Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 546 GRAFIKA FANLARINI O‘ZLASHTIRISHIDA KO‘RGAZMALILIKNING AHAMIYATI (OLIY TA’LIM TIZIMI MISOLIDA) Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li1, Bektoyeva Gulnoza Tojiboyevna2 1P.f.f.d (PhD) dotsent v.b, CHDPU talabasi2 https://doi.org/10.5281/zenodo.17430183 Annotatsiya. Maqola hozirgi zamonda ilm-fan va texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida yuksak malakali mutaxassislar tayyorlashda oliy ta’lim muassasalari oldidagi mas'uliyatni muhokama qiladi. Chizma geometriya va chizmachilik fanini o‘qitishda ko‘rgazmali metodlarning ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Ko‘rish orqali bilim o‘zlashtirishning yuqori samaradorligi ilmiy tadqiqotlar va o‘zbek xalq maqollari misolida asoslanadi. Birinchi kurs talabalarining fazoviy tasavvur qobiliyatidagi muammolar va ularni bartaraf etishda ko‘rgazmali vositalardan foydalanishning afzalliklari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o‘qituvchilarning ko‘rgazmali metodlardan samarali foydalanishi uchun rioya qilinishi kerak bo‘lgan shartlar keltiriladi. Grafika fanida ko‘rgazmalilik talabalarning ob’ektlarni tushunishini osonlashtirib, ularning sifat, o‘lcham va tuzilishni idrok etishlariga yordam beradi. Kalit so’zlar. Oliy ta’lim, chizma geometriya, chizmachilik, ko‘rgazmali metodlar, fazoviy tasavvur, ta’lim sifati, grafika fanlari, pedagogik-psixologik tadqiqotlar, mutaxassislar tayyorlash Аннотация: Статья рассматривает ответственность высших учебных заведений за подготовку высококвалифицированных специалистов в условиях стремительного развития науки и технологий. Особое внимание уделяется значимости наглядных методов обучения при преподавании начертательной геометрии и черчения. Высокая эффективность усвоения знаний через зрительное восприятие обосновывается научными исследованиями и подкрепляется примерами узбекских народных пословиц. Рассматриваются проблемы первокурсников в области пространственного воображения и преимущества использования наглядных средств для их преодоления. Также приведены условия, которым должны следовать преподаватели для эффективного применения наглядных методов. В графических дисциплинах наглядность облегчает понимание студентами объектов, способствуя усвоению знаний о качестве, размерах и структуре. Ключевые слова: Высшее образование, начертательная геометрия, черчение, наглядные методы обучения, пространственное воображение, качество образования, графические дисциплины, педагогическо-психологические исследования, подготовка специалистов Annotation: The article discusses the responsibility of higher education institutions in preparing highly qualified specialists amid the rapid development of science and technology. The importance of visual teaching methods in the instruction of descriptive geometry and drafting is particularly emphasized. The high effectiveness of learning through visual perception is substantiated by scientific research and exemplified by Uzbek folk proverbs. The challenges faced by first-year students in spatial visualization and the advantages of using visual aids to
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 547 address these issues are examined. Additionally, the conditions that instructors should follow to effectively utilize visual methods are outlined. In graphic disciplines, visual aids facilitate students’ understanding of objects, aiding in their comprehension of quality, dimensions, and structure. Keywords: Higher education, descriptive geometry, drafting, visual teaching methods, spatial visualization, educational quality, graphic disciplines, pedagogical-psychological research, specialist training Ilm-fan, texnika-texnologiyalar rivojlanib borayotgan hozirgi davrda yuksak malakali, yetuk kadrlarga bo‘lgan talab oshib bormoqdaki, bu o‘z navbatida, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari zimmasiga ma’suliyatli vazifani yuklaydi. Zero, oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan mutaxassislar zukko, bilimdon va har tomonlama komil inson bo‘lish bilan birga, turli vaziyatlarda ma’suliyatni his etgan holda faoliyat yuritadigan kadrlar bo‘lishligini unutmasligimiz lozim. Bu esa, talabalarga beriladigan bilimlar sifatining oshirishni talab qiladi. Chunonchi, chizma geometriya va chizmachilik fani ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarida, har bir mavzuni talabalarning yaxshi o‘zlashtirishlari uchun nimalardan foydalanish lozimligi ko‘ndalang turadi. Ma’lumki, uzluksiz ta’limda ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlarning ham alohida o‘rni mavjud. Ushbu metoddan foydalanish zaruriyati ko‘rsatmalilik tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko‘rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajmini ko‘rishni, faqat 3 foizigina eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi. Pedagogik-psixologik yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo‘ladiki, shaxs tomonidan o‘zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko‘rish retseptorlari yordamida o‘zlashtiriladi. Demak, bundan ko‘rinib turibdiki, o‘zbek xalqining “Yuz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi” maqoli ilmiy asosga ega ekan. Namoyish metodi o‘rganilayotgan ob’ekt harakat dinamikasini ochib berishda qo‘l keladi va ayni chog‘da predmetning tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi haqida to‘laqonli ma’lumot berishda keng qo‘llaniladi. Tabiiy ob’ektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so‘ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. Ko‘rsatish ko‘p holatlarda o‘rganilayotgan ob’ektlarning sub’ekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasi (doskasi)ga chizish yoki o‘qituvchining maxsus jihozlar yordamida ko‘rsatib berishi hisobiga amalga oshadi, bunda ushbu tajriba asosida yotuvchi tamoyillarni tushunish osonlashadi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, birinchi kursga qabul qilingan talabalarda fazoviy tasavvuri yetarli darajada rivojlanmaganligi uchun, o‘qishning dastlabki davrida ular chizmaga qarab uni fazoda tiklashga, ya’ni fazoviy holatini ko‘z oldilariga keltirishlari qiyin kechadi. Shuning uchun grafika darslarini o‘qitishda ko‘rgazmalilik katta ahamiyatga ega. Chunki fazoda har xil geometrik jismlarning shakli, o‘lchamlari va o‘zaro joylashishlari ularning chizmalari asosida o‘rganiladi. Bu esa, fan mavzularini bayon qilishda ularga oid ko‘rgazmalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Aniq geometrik jismlarsiz yoki ularning modellarisiz hamda rasmlari va yaqqol chizmalarisiz talabalar ongida o‘rganilayotgan mavzuni aniq fazoviy tasavvuri va tushunchalarini hosil qilib bo‘lmaydi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 548 Psixologik nuqtai nazardan ko‘rgazmaliliklar uchga, asliy-buyumli, tasvirli va asliybuyumli, tasvirli. Grafika fanlarida ularning har uchala turidan foydalanish mumkin. Masalan, umumiy holatdagi ikkita tekislikning o‘zaro kesishish chizig‘ini yasash jarayonini doskada chizilgan epyur orqali olib borilsa, masalani yechish uchun bajariladigan qo‘shimcha amallar ko‘pchilik talabalarga tushunarli bo‘lmaydi. Agar o‘qituvchi masalani epyurda ishlashdan avval masalani fazoviy holatini doskada yoki ko‘rgazmali plakatlardan foydalanib ko‘rsatib bersa, yoki tushuntirishni yaqqol tasvirda va epyurda parallel ravishda olib borsa, yaxshiroq natijaga erishadi. Chizma geometriyaning nuqta, to‘g‘ri chiziq, tekislik va ularning epyurlarda qayta tuzishga oid mavzular bo‘yicha masalalarni epyuri va fazoviy holatini chizish ko‘p vaqtni olmasada, sirtlarni kesishish chizig‘ini aniqlashga oid masalalarni ishlashda vaqt yetishmasligi kabi ko‘pgina muammolar tug‘iladi. Ayrim masalalarning shartini o‘zini doskaga chizishga ko‘p vaqt ketishi, talabalar daftarga chizishi vaqtida chizmalarning katta-kichikligi va masala javobini turlicha chiqishi, ya’ni talaba daftaridagi masala yechimini doskadagi yechimdan farq qilinishi, talabalarning tushunib olishlarini qiyinlashtiradi va ko‘p hollarda talaba daftarida masalalarni yecha olmay qolib ketadi. Yuqoridagi muammolarni oldini olish uchun o‘qituvchi mavzuni tushuntirish vaqtida mavzuga oid ko‘rgazmali plakatlardan foydalanib, xususan sirtlarni kesishish chizig‘ini topishga doir har xil fazoviy holatlarini talabalarga o‘rgatishi lozim. O‘qituvchi ko‘rgazmali metodlardan foydalanishda samaradorlikka erishish uchun quyidagi shartlarga amal qilishi maqsadga muvofiqdir: • ko‘rgazmalilikning talabalar yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishi; • namoyish etilayotgan ob’ektlar barcha talabalarga yaxshi va qulay ko‘rinib turishi; • namoyishda uning boshlang‘ich bosqichi va asosiy jarayon (holat)larning ajralib turishi; • tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini chizib ko‘rsatish asosida tashkil etilishi; • namoyish va illyustratsiya o‘quv materialining mazmuni bilan uyg‘un bo‘la olishi lozim. Grafika fanarida ko‘rgazmalilik talabalarning bilish jarayoniga ma’lum darajada yordam beradi. Talabalarga o‘rganiladigan ob’ektlar (texnik detallar, modellar) ni turli ko‘rinishda berilishlarining kuzatishni boyitadi. Chunki, bu yerda ko‘rish, sezish va muskul retseptor apparatlari kabi analizatorlar qo‘shiladi. Bundan tashqari, texnik detallarni ushlab ko‘rib bilish va sirtining tashqi ko‘rinishini ko‘zdan kechirib idrok qilish, talabalarga sirtlarga ishlov berish sifatini, detal o‘lchamini, o‘tish joylarining ravonligini va boshqalarni aniqlashga yordam beradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 549 Shunday qilib grafika dars mashg‘ulotlarida modellar, detallar, o‘quv jadvallari ko‘rgazmali plakatlar va shu kabilar qo‘llanilsa, darslar qiziqarli va samarali o‘tadi va talabalarning har bir mavzuni o‘zlashtirishi oshadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati. 1. I.Raxmonov va boshqalar, Chizmachilikdan ma’lumotnoma, Toshkent, Alisher Navoiy kutubxonasi, 2005. 2. E.Ro‘ziyev, A.Ashirboyev, Muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi – T. 2010. Fan va texnologiya.