scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUHANDISLIK FANLARIGA YO'NALTIRILGAN SINFDAN TASHQARI MASHG'ULOTLARNING AHAMIYATI VA TASHKILIY SHAKLLARI

Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich, Ochilboyeva Gulshoda Shunxor qizi

Abstract

Mazkur maqolada muhandislik fanlariga asoslangan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘quvchilarning texnik tafakkurini rivojlantirish, kasbga yo‘naltirish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi roli tahlil qilingan. To‘garaklar, fanlararo loyihalar va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning ijodiy salohiyati ochiladi, zamonaviy texnologiyalarga qiziqishi ortadi. Muammolar, ularning yechimlari hamda samaradorlikni oshirish yo‘llari ko‘rsatilib, muhandislik ta’limining istiqbollari yoritilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 561 MUHANDISLIK FANLARIGA YO‘NALTIRILGAN SINFDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARNING AHAMIYATI VA TASHKILIY SHAKLLARI 1Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich, 2Ochilboyeva Gulshoda Shunxor qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti “San’atshunoslik” fakulteti. 1p.f.f.d., (PhD) v/b/ dotsent, 2talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.17430240 Annotatsiya. Mazkur maqolada muhandislik fanlariga asoslangan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘quvchilarning texnik tafakkurini rivojlantirish, kasbga yo‘naltirish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi roli tahlil qilingan. To‘garaklar, fanlararo loyihalar va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning ijodiy salohiyati ochiladi, zamonaviy texnologiyalarga qiziqishi ortadi. Muammolar, ularning yechimlari hamda samaradorlikni oshirish yo‘llari ko‘rsatilib, muhandislik ta’limining istiqbollari yoritilgan. Annotation: This article analyzes the role of extracurricular activities based on engineering subjects in developing students' technical thinking, guiding their career choices, and fostering practical skills. Through clubs, interdisciplinary projects, and hands-on activities, students' creative potential is nurtured, and their interest in modern technologies increases. The article also addresses existing challenges, proposes solutions, and outlines strategies to enhance effectiveness, thereby highlighting the prospects of engineering education. Аннотация: В данной статье анализируется роль внеурочных занятий, основанных на инженерных дисциплинах, в развитии технического мышления учащихся, их профессиональной ориентации и формировании практических навыков. Через кружки, междисциплинарные проекты и практические занятия раскрывается творческий потенциал учащихся и повышается интерес к современным технологиям. Рассматриваются проблемы, предлагаются их решения и пути повышения эффективности, освещаются перспективы инженерного образования. Kalit so'zlar; texnik tafakkur, kasbga yo‘naltirish, amaliy ko‘nikmalar, to‘garak mashg‘ulotlari, fanlararo integratsiya, texnologik madaniyat, loyihaviy ishlar, chizmachilik, informatika, model yasash, o‘quvchilar ijodi, real hayotga tayyorlash, pedagogik yondashuv, texnik innovatsiyalar. Keywords: technical thinking, career orientation, practical skills, extracurricular activities, interdisciplinary integration, technological culture, project-based activities, technical drawing, computer science, model building, students' creativity, preparation for real life, pedagogical approach, technical innovations Ключевые слова: техническое мышление, профориентация, практические навыки, внеклассные занятия, междисциплинарная интеграция, технологическая культура, проектная деятельность, чертёжное дело, информатика, моделирование, творчество учащихся, подготовка к реальной жизни, педагогический подход, технические инновации. Zamonaviy ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri – o‘quvchilarni amaliy faoliyatga yo‘naltirish, kasb tanlashga tayyorlash va texnik tafakkurini rivojlantirishdan INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 562 iboratdir. Bu jarayonda sinfdan tashqari mashg‘ulotlar muhim o‘rin egallaydi. Ayniqsa, muhandislik fanlariga asoslangan darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarda texnologik madaniyat, muhandislik yondashuvi va ishlab chiqarish jarayonlariga qiziqishni shakllantiradi. Muhandislik asoslarini o‘rgatishga yo‘naltirilgan to‘garaklar, loyihaviy ishlar, fanlararo integratsiyaga asoslangan mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilar nazariy bilimlarni amaliy faoliyatga tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qiladilar. Bu esa ularning keyingi kasbiy hayotida poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida muhandislik fanlariga oid bilim va ko‘nikmalarni o‘quvchilarga yetkazish, ularning kasbiy yo‘nalishlarini aniqlash va amaliy mehnatga jalb etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada sinfdan tashqari mashg‘ulotlar nafaqat dars jarayonining mantiqiy davomchisi, balki o‘quvchilarning muayyan sohada kasb tanlashiga yo‘naltiruvchi samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. An’anaviy metodikaga ko‘ra, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarning ixtiyoriga ko‘ra tashkil etilgan. Bunday yondashuv, ayrim ijobiy jihatlar bilan birga, muayyan kamchiliklarga ham ega. Xususan, o‘quvchilarning topshiriq va vazifalarga nisbatan mas’uliyatsizlik bilan qarashi, jamoaviy ishlarda sustkashlik, umumiy maqsadga befarqlik kabi holatlar kuzatiladi. Bu esa mashg‘ulotlarning umumiy samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Muhandislik fanlariga yo‘naltirilgan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda biz o‘quv mashqlarini imkon qadar qisqartirib, ularning o‘rniga real ishlab chiqarish jarayonlarini taqlid qiluvchi amaliy mashg‘ulotlarga e’tibor qaratdik. O‘quvchilar mehnat darslarida olgan bilim va ko‘nikmalar asosida yangi texnik echimlar ishlab chiqish, materiallarga ishlov berish texnologiyasini o‘zlashtirish, model yaratish kabi vazifalarni bajarishadi. Bu jarayonda ular nafaqat yangi texnologiyani o‘zlashtiradilar, balki uni muayyan buyum yaratishda qo‘llashni ham o‘rganadilar. Shu tariqa, muhandislik yo‘nalishidagi sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini ochish, ularda texnik tafakkurni rivojlantirish, jamoaviy mehnatga o‘rgatish va kasbga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu mashg‘ulotlarning asosiy vazifalari quyidagicha ifodalanadi: 1. O‘quvchilarning muhandislik fanlariga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, umumlashtirish va kengaytirish; 2. Texnika va ishlab chiqarish sohalariga oid ijodiy faoliyatga jalb qilish; 3. Hozirgi zamon sanoat va muhandislik texnologiyalari haqida tasavvur hosil qilish; 4. Amaliy mehnat asosida kasb tanlashga yo‘naltirish; 5. Muhandislik sohasiga ijobiy munosabatni shakllantirish. Muhandislik fanlariga asoslangan darsdan tashqari mashg‘ulotlar turli shakllarda amalga oshiriladi. Respublikamiz va xorijiy davlatlar tajribasini tahlil qilish orqali sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning quyidagi shakllarini ajratish mumkin: To‘garak mashg‘ulotlari. Bu eng keng tarqalgan shakl bo‘lib, ularning mazmuni va metodikasi o‘quvchilarning qiziqishi va yo‘nalishiga qarab turlicha bo‘ladi. Muhandislik yo‘nalishidagi to‘garaklar, ayniqsa, kasbga yo‘naltirish nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. Bunda to‘garak rahbarlari boshqa ixtisoslikdagi to‘garaklar tajribasini o‘rganib, o‘z faoliyatlarida ilg‘or tajribalarni joriy etishlari lozim. Fanga oid to‘garaklar. Bu turdagi mashg‘ulotlar, odatda, muayyan o‘quv fanlari – masalan, chizmachilik, texnologiya yoki informatika – bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Biroq, INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 563 tajriba shuni ko‘rsatadiki, ushbu to‘garaklar ko‘pincha nazariy bilim bilan cheklanib qoladi va amaliy mashg‘ulotlarga yetarli e’tibor berilmaydi. Bu esa o‘quvchilarning qiziqishini pasaytiradi va mashg‘ulotlar davomiyligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar - bu darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, amaliy faoliyatga yo‘naltirish va kasbga bo‘lgan munosabatni shakllantirishga qaratilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatdir. Ular darslik doirasidan chiqib, o‘quvchining individual qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Muhandislik yo‘nalishidagi mashg‘ulot shakllari. Pedagogik va psixologik tadqiqotlar hamda xorijiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, muhandislik ta’limi bo‘yicha sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni quyidagi asosiy shakllarda tashkil etish maqsadga muvofiqdir: Muhandislik to‘garaklari. Bu eng keng tarqalgan shakl bo‘lib, o‘quvchilar o‘z qiziqishlariga qarab muayyan texnik yo‘nalishdagi to‘garaklarga jalb qilinadi. Masalan: • Model konstruktorlik to‘garagi – o‘quvchilar oddiy mexanizmlar, maketlar va robotlar yaratadilar. • Elektronika to‘garagi – dastlabki elektron sxemalarni o‘rganish, ularga asoslangan qurilmalar yasash. • Chizma va muhandislik grafikasi to‘garagi – texnik hujjatlar tayyorlash, chizmachilik asoslarini mukammallashtirish. To‘garaklar o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, konstruktorlik yondashuvi va muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Loyihaviy ishlar. Muhandislik fanlari bo‘yicha loyiha asosida ishlash – o‘quvchilar uchun eng samarali metodlardan biridir. Loyiha quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 1. Muammo tanlash 2. Yechim yo‘llarini taklif qilish 3. Texnik chizmalar tuzish 4. Model yoki qurilma yaratish 5. Natijalarni tahlil qilish va taqdimot qilish Amaliyotda uchraydigan muammolar va yechimlar Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim hollarda sinfdan tashqari muhandislik mashg‘ulotlari o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erisha olmaydi. Bunga sabablar: • O‘quvchilar tomonidan mas’uliyatsiz yondashuv; • Mashg‘ulotlarning faqat nazariy asosda olib borilishi; • Zarur moddiy texnik baza yetishmasligi; • To‘garak rahbarlarining kasbga yo‘naltirish borasidagi bilim va tajribasining yetarli emasligi. Ushbu muammolarning oldini olish uchun quyidagilarni tavsiya etish mumkin: • Mashg‘ulotlarda amaliyotga urg‘u berish, “qilayotgan ishing nima foyda keltiradi?” degan savolga javob topishga undash. • Fanlararo aloqani kuchaytirish va loyiha asosida o‘qitish texnologiyalarini joriy etish. • Maktab va kollejlar, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda qo‘shma mashg‘ulotlar tashkil qilish. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 564 • Iqtidorli o‘quvchilar ishtirokida texnik tanlovlar, olimpiadalar, ko‘rgazmalar tashkil etish. Muhandislik fanlariga asoslangan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar – bu o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyatga tatbiq qilish, texnologik tafakkurni shakllantirish va kelajakda o‘z kasbini ongli tanlashga tayyorlashning samarali vositasidir. Bunday mashg‘ulotlar orqali o‘quvchi nafaqat bilim oladi, balki uni qo‘llashni o‘rganadi, ijod qiladi va o‘z salohiyatini ochadi. Shu bois, muhandislik yo‘nalishidagi to‘garak va loyihalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni tobora ortib bormoqda. Kelajak muhandislarini bugun tayyorlash uchun aynan shu yo‘nalishdagi sinfdan tashqari ta’limga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Muhandislik fanlariga asoslangan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarni real hayotga yaqinlashtiradi, ularning ijodkorligini oshiradi va bo‘lajak kasbini ongli ravishda tanlashiga xizmat qiladi. Bunday mashg‘ulotlarda nazariy bilimlar amaliy faoliyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, o‘quvchilarni zamonaviy sanoat, texnologiya va muhandislik olamiga qadam qo‘yishga tayyorlaydi. Shu bois, umumta’lim maktablarida bu yo‘nalishdagi mashg‘ulotlar tizimli va maqsadli tarzda tashkil etilishi zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Boburmirzo, Kukiev., Achilov, Nurbek, Norboy o‘g‘li & Bekqulov, Qudrat, Shaydulloyevich. (2019). Technology for creating images in autocad. European Journal of Research and Reflection in Educational Science. 7 (12), 49-54-220. 2. Shaydulloyevich, B. K. (2020). Increasing students’ graphic literacy through teaching the sciences of drafting and descriptive geometry. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 75-78. 3. Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li, Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich, Ko‘kiyev Boburmirzo Baxodir o‘g‘li & Jumayev Isroil Omandovlat o‘g‘li (2020). Methods of developing creative abilities in children. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (10), Part II, 151-153. 4. Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich., Kukiyev Boburmirzo Bahodir ugli., Avazova Guzal Rustambek qizi. (2020). The works in the framework of five initiatives at chirchik state pedagogical institute in tashkent region. EPRA International Journal of Research and Development, 5 (3), p. 411-412. 5. Boizaqova, S. A., Bekqulov Q.Sh. (2021). Ko‘rinishlar mavzusni tushuntirishda detal modelini o‘ziga qarab o‘rganishning ahamiyat. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 96-101. 6. Ko‘kiyev, J. S., Bekqulov Q.Sh. (2021). MUHANDISLIK GRAFIKASI FANLARINI BOSHQA FANLAR BILAN BOG'LIQLIGI. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 34-39. 7. Boizaqova Sh.A., Bekqulov Q.Sh. Ko‘rinishlar mavzusni tushuntrishda detal modelini o‘ziga qarab o‘rganishning ahamiyati. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў, № 3, 117-120.