O'ZBEKISTONDA CHIZMA GEOMETRIYA FANINING RIVOJLANISH TARIXI VA ILMIY ASOSLARI
Abstract
Mazkur maqolada chizma geometriya fanining kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari va uning O‘zbekistondagi oliy ta’lim tizimidagi o‘rni tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan. IX–XI asrlarda Markaziy Osiyoda yashab ijod qilgan buyuk allomalar — Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr al-Farobiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino asarlarida uchraydigan proyeksiyalash haqidagi dastlabki qarashlar ushbu fandagi ilk ilmiy yondashuvlar sifatida ko‘rsatilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 565 O‘ZBEKISTONDA CHIZMA GEOMETRIYA FANINING RIVOJLANISH TARIXI VA ILMIY ASOSLARI 1Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich, 2Fayziqulova Ruhshona Jamshid qizi 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti “San’atshunoslik” fakulteti “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi p.f.f.d., v/b dotsent, 2Talaba. https://doi.org/10.5281/zenodo.17430250 Annotatsiya. Mazkur maqolada chizma geometriya fanining kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari va uning O‘zbekistondagi oliy ta’lim tizimidagi o‘rni tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan. IX–XI asrlarda Markaziy Osiyoda yashab ijod qilgan buyuk allomalar — Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr al-Farobiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino asarlarida uchraydigan proyeksiyalash haqidagi dastlabki qarashlar ushbu fandagi ilk ilmiy yondashuvlar sifatida ko‘rsatilgan. Annotation: This article analyzes the origins, stages of development, and the role of the subject of descriptive geometry in the higher education system of Uzbekistan, based on historical sources. The initial scientific approaches to projection in this field are identified in the works of great scholars who lived and worked in Central Asia during the 9th–11th centuries, such as Muhammad al-Khwarizmi, Abu Nasr al-Farabi, Ahmad al-Fergani, Abu Rayhan al-Biruni, and Abu Ali ibn Sina. Аннотация: В данной статье проанализированы происхождение, этапы развития и место дисциплины чертёжной геометрии в системе высшего образования Узбекистана на основе исторических источников. Первые научные подходы к проецированию в этой области представлены в трудах великих учёных, живших и творивших в Средней Азии в IX–XI веках — Мухаммада аль-Хорезми, Абу Насра аль-Фараби, Ахмада аль-Фергани, Абу Райхана Беруни и Абу Али ибн Сины. Kalit so‘zlar; Chizma geometriya, proyeksiyalash, markaziy osiyo allomalari, texnika oliy o‘quv yurtlari, turkiston xalq universiteti, turkiston davlat universiteti, o‘rta osiyo davlat universiteti, texnika fakulteti, chizma geometriya va chizmachilik kafedrasi, pedagogik metodika, texnik chizmachilik, ilmiy seminarlar, ilmiy aloqalar. Keywords: Descriptive geometry, projection, scholars of Central Asia, technical higher education institutions, Turkestan People's University, Turkestan State University, Central Asian State University, Faculty of Engineering, Department of Descriptive Geometry and Technical Drawing, pedagogical methodology, technical drawing, scientific seminars, scientific collaboration. Ключевые слова: Начертательная геометрия, проецирование, ученые Центральной Азии, высшие технические учебные заведения, Народный университет Туркестана, Государственный университет Туркестана, Государственный университет Средней Азии, инженерный факультет, кафедра начертательной геометрии и технического черчения, педагогическая методика, техническое черчение, научные семинары, научные связи.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 566 Chizma geometriya fani boshqa fanlar singari insonning mehnat faoliyati natijasida paydo boʻlgan. IX XI asrlarda Markaziy Osiyo hududida yashab ijod qilgan allomalar: Muhammad al Xorazmiy, Abu Nasr al Farobiy, Ahmad al Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalarning geometriya va astronomiya asarlarida proyeksiyalash haqida ayrim ma’lumotlar keltirilgan. Ma’lumki, 1918-yilda Oʻrta Osiyo va Qozog‘istonda birinchi tashkil qilingan oliy oʻquv yurti Turkiston Xalq Universiteti hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti hisoblanadi. 1920-yilda bu universitet Turkiston Davlat universiteti, 1923-yildan boshlab, Oʻrta Osiyo Davlat universiteti deb nomlanib, bir necha yangi mutaxassislik, jumladan, texnika va gidrotexnik inshootlar, qurilish yoʻnalishlari tashkil qilindi. Natijada. Texnika fakulteti talabalariga fundamental tabiiy fanlar va umum muhandislik fanlari ham oʻqitila boshlandi. Universitetning texnika va qurilish inshootlari yoʻnalishlarida oʻsha vaqtdan boshlab mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlarida hozirgi vaqtda oʻqitiladigan “Chizma geometriya” va “Chizmachilik” fanlari oʻqitila boshlangan deb hisoblash mumkin. Dastlab, chizma geometriya va chizmachilik fanlari birgalikda oʻqitilib, oʻquv jarayoni chizmalarni chizish va ularni oʻqiy olishga qaratilgan. 1928-yilda Turkiston Davlat Universiteti tarkibidagi muhandislik-melioratsiya fakulteti asosida Oʻrta Osiyo paxtachilik irrigatsiya, politexnika instituti tashkil qilindi. Shuningdek, 1930-34-yillarda universitet tarkibidan bir necha texnika oliy oʻquv yurtlari ajralib chiqib, bu institutlarda “Chizma geometriya va chizmachilik” kafedralari tashkil qilindi va umum muhandislik fanlari qatorida grafika fanlari ham toʻliq oʻqitila boshladi. Dastlabki yillarda fanni oʻqitish uchun uning oʻqitish metodikasiga, talabalar bajaradigan chizmalar toʻplamlarini tuzish va yosh oʻqituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish kabi ishlarga katta e’tibor berilgan 1926-1946yillarda. Toshkentdagi texnika oliy oʻquv yurtlarida oʻsha davrning mashhur geometr olimlaridan professorlar S.M.Kolotov, M.Y.Gromov va V.O.Gordon, E.I.Godik va boshqalar chizma geometriya va chizmachilikdan dars berish bilan bir qatorda oʻzlarining fundamental ilmiy ishlarini olib borganlar. Ular pedagog oʻqituvchilarning bilim malakalarini oshirishga, kafedralarning ilmiy metodik faoliyatini yaxshilashga katta hissa qoʻshgan professorlar hisoblanadi. Professor S.M.Kolotov 1926-1944-yillarda Oʻzbekistonda yashab, turli inshootlarni loyihalashda, qurilish va sanoatni qayta tiklash ishlarida faol qatnashib, Oʻrta Osiyo Industrial instituti hozirgi Toshkent davlat texnika universitetida chizma geometriya va arxitektura loyihalash fanlardan mashg‘ulotlar olib borgan. 1933-yilda u “Chizma geometriya kursi” darsligini yozib, “Yordamchi proyeksiyalash” usulini nazariy tomondan asoslab, usulni pozitsion va metrik masalalarni yechishdagi qulay tadbig‘ini koʻrsatgan. Shu yillarda soyalar yasash, perspektiv tasvirlar yasashga ham bir necha ilmiy ishlar yaratgan. 1939-yilda unga Oʻrta Osiyo industrial qurilish instituti ilmiy kengash qaroriga asosan Oliy attestatsiya komissiyasining qarori bilan professorlik unvoni tasdiqlangan. 1935-1941 va 1945-1946yillarda professor M.Ya.Gromov Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti. “Chizma geometriya va chizmachilik” kafedrasida mudirlik qilgan. Shu davrlarda u kafedrada ilmiy va metodik ishlarni rivojlantirib, yoyiluvchi chiziqli sirtlar nazariyasi va konform almashtirish usullarini yaratdi va chizma geometriyani egri chiziqlar, sirtlarning hosil boʻlishi va ularning yoyilmalarini yasashga doir yangi nazariy asoslar kiritdi. M.Y.Gromov 1937-yilda rus tilida “Proyeksion chizmachilik” boʻyicha masalalar toʻplami kabi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 567 oʻquv qoʻllanmalar yaratdi.( M.Y.Gromov 1941-1945-yillarda Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislar institute hozirgi Irrigatsiya va Melioratsiya instituti) “Chizma geometriya va mashinasozlik chizmachiligi” kafedrasida ham mudir boʻlib ishlab, u shu yillarda Oʻrta Osiyo politexnika institutiga (hozirgi Toshkent Davlat texnika universiteti) chizma geometriyadan ma’ruzalar oʻqigan. Bu davrda u oʻzining “Chizma geometriya’’ darsligining 1 va 2-qismlariga tegishli nazariy va amaliy malumotlarni yaratgan. Professor V.O.Gordon 1941-1945 yillarda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti “Chizma geometriya va chizmachilik” kafedrasiga rahbarlik qildi. U shu davrda oʻzining ilmiy va pedagogik faoliyatida chizma geometriya fanini nazariy va umumta’lim. maktablarida oʻqitiladigan “Chizmachilik” predmetini metodik tomondan rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan. Shu yillarda V.O.Gordon “Chizma geometriya kursi” kitobini yozib tugatgan va keyinchalik chop ettirdi. Hozirgi kunda bu kitob 24 marta qayta nashr qilinib, Rossiya texnika oliy oʻquv yurtlari uchun asosiy klassik darsliklardan biri hisoblanadi 1947-1948. R.Xorunov tomonidan 1961-yilda oʻzbek tilida “Chizma geometriya kursi” dan mexanik mutaxassislar uchun darsligi chop etildi. Bu darslikning yaratilishi bilan chizma geometriya fani terminlari tizimining oʻzbek tilidagi variant yaratildi.1964-yilda darslikning ikkinchi nashri chop etildi. Bunda muallif chizma geometriya fani namunaviy dasturida belgilangan barcha boblarini kiritib, kitobni texnika oliy oʻquv yurtlarining qurilish va arxitektura mutaxassislari uchun moʻljallab tayyorladi. Fan terminlari, darslik va adabiy tili metodik tomondan yanada takomillashtirildi. Uning bu kitobi 1974 va 1997-yillarida qayta chop etildi. 1961, 1966, 1971 yillarda R.Xorunov rahbarligida “Chizma geometriya va muhandislik grafikasining nazariy va amaliy masalalari” boʻyicha Toshkentda sobiq Butun ittifoq konferensiyalari oʻtkazildi. Dotsent Yusuf Qirg‘izboyev Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida 19511978 yillarda kafedra mudiri boʻlib faol ishlab, 1958 yilda oʻzbek tilida birinchi marta mexanika ixtisosligi uchun “Chizma geometriya” oʻquv qoʻllanmasini chop ettirdi. U ayrim chizmalarning berilishi, oʻzining uslubiy tomonlariga koʻra boshqa adabiyotlardan farq qiladi. Y.Qirg‘izboyevning kitobida tasvirlash usullarida oʻzbek tilida birinchi marta ishlatilgan atamalar tizimi yaratildi. 1950-yilda u Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining chizma geometriya va chizmachilik kafedrasini tashkil qilib, bir necha yillar shu yerda ishladi. Shu kafedrani pedagog kadrlar bilan ta’minlashda arzigulik ishlarni amalga oshirdi. I.Raxmonov, A.Tadjiboyev, P.Odilov, R.R.Ismatullayev, M.Sharipova, I.Ismoilov kabi olimlarga ustozlik qildi. Oʻzbek tilida chizma geometriya fanidan birinchi oʻquv adabiyotlari yaratgani uchun Y.Qirg‘izboyevga 1961-yilda dotsent ilmiy unvoni berildi. Uning “Chizma geometriya” oʻquv qoʻllanmasi 1972-yilda mexanika ixtisosliklari uchun darslik sifatida chop etildi. 1976-yilda Y.Qirg‘izboyev “Chizma geometriyadan masalalar toʻplamlari” oʻquv qoʻllanmani chop ettirdi. Uning rahbarligida “Texnik chizmachilik kursi” (ham mualliflar Z.Inog‘amova, T.Rixsiboyev) 1987-yilda nashr qilindi. Oʻzbek tilidagi chizmachilik fani atamalari majmuasi kengaytirilib, ularning metodik sifati yaxshilanib borildi. 1974-yilda Yu.Qirg‘izboyev, E.Sobitov, L.Xakimov, I.Raxmonovlar muallifligida oʻzbek tilida birinchi marta texnika oliy oʻquv yurtlari uchun “Mashinasozlik chizmachilik kursi” darsligi yaratildi. Darslikda nazariy va amaliy ma’lumotlar bilan bir qatorda chizmachilikda uchraydigan fan terminlarining majmuasi yaratildi. 1963-yildan boshlab, Sh.K.Murodov respublikamiz pedagoglaridan birinchi boʻlib professor S.M.Kolotovning Kiyevdagi ilmiy maktabiga aspranturaga oʻqishga kirishi tufayli
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 568 Ukraina olimlari bilan ilmiy aloqalar yoʻlga qoʻyildi. Kiyev ilmiy maktabining hozirgi rahbari Ukrainada xizmat koʻrsatgan fan arbobi, texnika fanlari doktori, professor V.E.Mixaylenkoning 1968-yilda birinchi marta Buxoro (BDPI) va Samarqand oliy oʻquv yurtlariga (SamDAQI) kelib ma’ruzalar oʻqishi va undan keying yillarda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Qoʻqon, Chimkent va Jambul shaharlariga bir necha bor kelishi va ilmiy seminarlar oʻtkazib, izlanuvchi tadqiqotchi va aspirantlar tanlanishi Oʻzbekiston va qoʻshni respublikalarda “Chizma geometriya” fanining rivojlanishiga asosiy sabablardan biri boʻldi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Boburmirzo, Kukiev., Achilov, Nurbek, Norboy o‘g‘li & Bekqulov, Qudrat, Shaydulloyevich. (2019). Technology for creating images in autocad. European Journal of Research and Reflection in Educational Science. 7 (12), 49-54-220. 2. Shaydulloyevich, B. K. (2020). Increasing students’ graphic literacy through teaching the sciences of drafting and descriptive geometry. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 75-78. 3. Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li, Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich, Ko‘kiyev Boburmirzo Baxodir o‘g‘li & Jumayev Isroil Omandovlat o‘g‘li (2020). Methods of developing creative abilities in children. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (10), Part II, 151-153. 4. Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich., Kukiyev Boburmirzo Bahodir ugli., Avazova Guzal Rustambek qizi. (2020). The works in the framework of five initiatives at chirchik state pedagogical institute in tashkent region. EPRA International Journal of Research and Development, 5 (3), p. 411-412. 5. Boizaqova, S. A., Bekqulov Q.Sh. (2021). Ko‘rinishlar mavzusni tushuntirishda detal modelini o‘ziga qarab o‘rganishning ahamiyat. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 96-101. 6. Ko‘kiyev, J. S., Bekqulov Q.Sh. (2021). MUHANDISLIK GRAFIKASI FANLARINI BOSHQA FANLAR BILAN BOG'LIQLIGI. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 34-39. 7. Boizaqova Sh.A., Bekqulov Q.Sh. Ko‘rinishlar mavzusni tushuntrishda detal modelini o‘ziga qarab o‘rganishning ahamiyati. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў, № 3, 117-120.