Full text
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 359 BUXORO AMIRLIGI MADRASALARDA TA‘LIM TIZIMI Ma’rufov Sherzod Komil o‘g‘li GulDU “Tarix” kafedrasi o‘qituvchisi sherzodmaru[email protected]m Keldiyorova Sarvar Ochil qizi GulDU tarix yo‘nalishi talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada Buxoro amirligi davrida madrasalarda olib borilgan ta’lim jarayoni, uning mazmuni va o‘qitish uslublari tahlil qilinadi. Buxoro madrasalari o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoning eng yirik ilm maskanlaridan biri bo‘lib, bu yerda diniy hamda dunyoviy fanlar birgalikda o‘qitilgan. Qur’on, hadis, fiqh, mantiq, falsafa, tibbiyot, matematika, falakiyot kabi fanlar chuqur o‘rganilgan. Dars jarayonlari asosan mudarris tomonidan kitob o‘qish va tushuntirish, talabalarning yodlash hamda munozara asosida bilim olish shaklida olib borilgan. Madrasalar nafaqat diniy ta’lim markazi, balki ma’naviy va ilmiy tafakkur rivojining o‘chog‘i sifatida ham xizmat qilgan. Tadqiqotda Buxoro madrasalarining o‘sha davr ta’lim tizimidagi o‘rni, ahamiyati va bugungi ta’lim jarayoniga ko‘rsatgan tarixiy ta’siri yoritib beriladi. Kalit so’zlar: Buxoro madrasalari, arab tili grammatikasi, ashtarxoniylar, Meyendorf, Xanikov, Kunits, Madrasa, Zayd ibn Arkam, dunyoviy fanlar. Abstract: This study examines the educational system of madrasas during the Bukhara Emirate period, focusing on their structure, curriculum, and teaching methods. The Bukhara madrasas were among the most prominent centers of knowledge in medieval Central Asia, where both religious and secular sciences were taught simultaneously. Subjects such as the Qur’an, Hadith, Fiqh, Logic, Philosophy, Medicine, Mathematics, and Astronomy were deeply studied. The teaching process mainly involved teachers reading and interpreting classical texts, while students learned through memorization, repetition, and scholarly discussion. These institutions played a crucial role not only in providing religious education but also in shaping moral values and intellectual thought. The research highlights the significance of Bukhara madrasas in the historical development of education and their lasting influence on modern educational traditions. Faoliyat olib borgan madrasalarda ta’lim jarayoni qanday tashkil qilinganligi, shuningdek, qanday fanlar asosida kerakli islomiy bilimlar berilganligini bilish juda muhim sanaladi.
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 360 Tarixiy manbaalar o’rganilganda bir narsa ayon bo’ladiki, Markaziy Osiyoning hech bir yerida xox Buxoro madrasalari uchun bo’lsin xox boshqa madrasalar uchun davlat tomonidan fanlar o’qitilishi uchun darsliklar chop ettirilmagan. Shunga qaramasdan madrasalarda dars jarayonlari maxsus o’quv dasturlari asosida tashkil qilinib, talabalar ta’lim olishlari uchun ko’plab vaqf qilingan kitoblar asosida mashg’ulotlar olib borilgan. O’rta asrlar Buxoro madrasalarida tahsil olish istagida bo’lganlarning deyarli barchasi boshlang’ich bilimga ega bo’lganlar(Qur’onni o’qiy olganlar). Madrasadagi ta’limning dastlabki bosqichida talabalarga arab tili grammatikasi va sintaksisi fors tilida o’qitilgan. Bu degani, ba'zi talabalar madrasada o'qishni boshlashdan oldin, forsiy tilida o'rta ma'lumotlarga ega bo'lish uchun yozma fors tilidan dars olishgan. Sadriddin Ayniyning yozishicha, madrasalardagi bu masala bilan shug’ullanuvchi norasmiy tarbiyachi - “domullo-yi kunjaki” faoliyat olib borgan. Bu esa madrasalarda dastavval fors tilini keyin esa arab tilini yillar davomida mukammal o’rganish imkonini bergan. Arab tilini o’rganish jarayoni madrasa o’quv dasturining qariyb 30 foizini tashkil qilgan. Shundan so’ng talabaga mantiq (umumiy ta’limning deyarli 30 foizini tashkil qilgan va besh yildan kam bo’lmagan muddat o’qitilgan) va balog’at ( umumiy ta’limning 7 foizini tashkil qilgan) kabi fanlar o’qitilgan. Falsafa(hikmat fani - 7 foiz) va teologiya (kalom ilmi – 20 foiz) kabi fanlar talabaga o’quvning so’ngi olti yilida o’tilgan. Yuqoridagi barcha fanlarni to’liq o’qib o’zlashtirishga talaba tomonidan odatda qariyb o’n yilga yaqin vaqt sarflangan. Ayrim yuqori salohiyatli talabalar esa madrasadagi tahsil uchun olti yilga yaqin vaqt sarflashgan Movarounnahrga islom dini kirib kelishi bilan diniy ta’lim va u bilan bog‘liq ilm-fanlar ham jadal rivojlana boshladi. Ma’naviyatda erkin fikrlash, ilm-fanga hurmat va e’tibor, uning qadri va qimmatini yuksak darajada e’tirof etish ustuvor ahamiyat kasb etdi. Ayniqsa, diniy va dunyoviy ilmlar uzviy ravishda taraqqiy etib, qadimgi yunon, hind va boshqa xalqlarning ilmiy yutuqlaridan keng foydalanildi. Shu davrdan boshlab bu hududlarda maktablar va madrasalar tashkil topa boshladi. Madrasalar qadimdan Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida alohida nufuzga ega ta’lim maskani sifatida katta obro‘- e’tibor qozongan. Qadimdan Buxoro o‘zining ko‘plab madrasalari bilan mashhur bo‘lgan. Turli yurtlardan talabalar ilm olish maqsadida Buxoroga tashrif buyurishgan. Bu an’ana keyingi asrlarda ham davom etgan. Shu sababli aksar tarixchilar Buxoro haqida so‘z ketganda, avvalo uning ilm-fan markazi sifatidagi ahamiyatini ta’kidlab o‘tishgan. Xususan, Ashtarxoniylar davri tarixchisi Mahmud ibn Vali (XVII asr) Buxoroning ilm tarqatuvchi markaz sifatidagi o‘rnini quyidagicha ifodalaydi: “Olimlarning ko‘pligidan uni olimlar va ilm-fan bulog‘i deb ataydilar.”
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 361 XIX asrda Buxoroga safar qilgan Yevropa sayyohi E. K. Meyendorf esa shunday yozadi. “O‘zining ko‘plab maktablari, olimlari hamda mudarrislarining faoliyati tufayli Buxoro musulmonlar uchun ziyoratgohga aylangan. Ehtimol, shuning uchun ham u ‘sharif’ nomiga sazovor bo‘lgandir.” Rus sayyohi N. Xanikov o‘z esdaliklarida Buxoroni yirik ilm-fan, ma’rifat va diniy bilimlar markazi sifatida ta’riflab: “Buxoro ilm tarqatuvchi markaz hisoblangan va hisoblanadi,” — deb yozadi. Shuningdek, J. Kunits ham Buxoroni “arab-eron madaniyatining halqasi”, Markaziy Osiyo tarixida “Islomning yuragi”, 250 dan ortiq masjid va madrasalar markazi deb e’tirof etgan. “Madrasa” so‘zi arabcha “darasa” — “o‘rganmoq” fe’lidan olingan bo‘lib, “o‘rganish joyi” degan ma’noni anglatadi. Ilk islom davridayoq masjidlar barpo etila boshlandi. Dastlab ilm majlislari masjidlarda o‘tkazilgan bo‘lsa, keyinchalik esa ta’lim olish uchun maxsus joylar — madrasalar tashkil etilib, o‘quv jarayoni yo‘lga qo‘yildi. Movarounnahrga islom dini kirib kelishi bilan diniy ta’lim va u bilan bog‘liq ilmlar ham rivojlana boshladi. Ma’naviyatda erkin fikrlilik, ilm-fanga hurmat va e’tibor, uning qadri va qimmatini yuksak baholash ustuvor o‘rin egalladi. Ayniqsa, diniy va dunyoviy ilmlar uzviy ravishda taraqqiy etdi. Shu davrdan boshlab bu hududlarda maktablar va madrasalar paydo bo‘la boshladi. Madrasalar qadimdan Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida alohida nufuzga ega o‘quv maskani sifatida katta obro‘-e’tibor qozongan. Qadimiy Buxoro ham o‘zining ko‘p sonli madrasalari bilan mashhur bo‘lgan. Turli yurtlardan talabalar ilm olish maqsadida bu shaharga tashrif buyurishgan. Bu an’ana keyingi asrlarda ham davom etgan. Shu sababli aksar mualliflar Buxoro haqida so‘z borganda, avvalo uning shu jihatini — ilm markazi sifatidagi o‘rnini — ta’kidlab o‘tishgan. Xususan, Ashtarxoniylar davri tarixchisi Mahmud ibn Vali (XVII asr) Buxoroning ilm tarqatuvchi markaz sifatidagi xizmatini quyidagicha baholagan: “Olimlarning ko‘pligidan uni olimlar va ilm-fan bulog‘i deb ataydilar.” XIX asrda Buxoroga safar qilgan Yevropa sayyohi E.K. Meyendorf esa shunday yozadi: “O‘zining ko‘plab maktablari, olimlari hamda muqaddas qadamjolari sababli Buxoro musulmonlarning ziyoratgohiga aylangan. Ehtimol, shuning uchun u ‘Sharif’ nomiga sazovor bo‘lgandir.”Rus sayyohi N. Xanikov esa o‘z esdaliklarida Buxoroni yirik ilm-fan, ma’rifat va diniy bilimlar markazi sifatida ta’riflab: “Buxoro ilm tarqatuvchi markaz hisoblangan va hisoblanadi,” — deb yozadi.
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 362 Shuningdek, J. Kunits ham Buxoroni “arab-eron madaniyatining qal’asi”, Markaziy Osiyo tarixidagi “Islomning yuragi” deb atab, bu yerda 250 dan ortiq masjid va madrasalar mavjud bo‘lganini qayd etadi. Markaziy Osiyo madrasalari tarixi va ularning faoliyati haqida ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, mazkur... Talabalar madrasadagi o’qishlari davomida asosiy e’tiborni o’tilayotgan huquqiy fanlarning(usulul fiqh) mohiyatini tushunishga qaratganlar, ularni yod olishga emas. Madrasalarni muvaffaqiyatli tugatgan talabalarga diplom(ijoza) berilgan. Lekin, bu diplom o’sha davr talabalariga jamiyatda katta ulamolarga o’xshab qandaydir bir masuliyatli ijtimoiy vazifani yuklamagan. Ular madrasa ta’limidan keyin yoki ilm olishni davom ettirganlar yoki bir ustozga shogirt tushib sohalari bo’yicha ish boshlaganlar. Buxoro madrasalarida tahsil olish istagida bo’lgan o’quvchilar juda ko’p bo’lgan. Butun Markaziy Osiyo va unga qo’shni bo’lgan davlatlardan ko’plab talabalar madrasalarda tahsil olishgan. Madrasalardagi dars jarayonlarida talabalar bir vaqtning o’zida fors, arab va turkiy tillarda suhbatlashishgan. Turkiy tilda gaplashadigan talabalar uchun dars jarayonida foydalanishlari uchun turli lug’at kitoblar yozilgan. Jumladan, Angliyaning London shahrida joylashgan British kutubxonada saqlanayotgan Muhammad Karim al-Bulg’oriyning fors-arab-turkiy tilga mo’ljallangan “Sababi taqviyat al tahsi va najati tasni’ al vaqt” deb nomlangan lug’atidan madrasalardagi asosiy va qo’shimcha darslarda foydalanilgan. Shu kabi kitoblar, ayniqsa Buxoro madrasalarida tahsil olishni xoxlagan ko’plab turkiy tilda so’zlashuvchilar uchun juda muhim manba sanalgan. Xulosa qilib aytganda, Buxoro madrasalari va ularda tashkil qilingan dars jarayoinlari, u yerda beriladigan ta’lim va uning sifati sababli butun markaziy osiyo va unga qo’shni mamalakatlardan ilm istagida bo’lganlarni ushbu ko’hna shaharga borishga undagan. Madrasa — oliy oʻquv dargohi. Diniy ilmlar qatorida matematika, notiqlik sanʼati va mantiq, tilshunoslik, huquqshunoslik, falsafa, kalligrafiya, musiqa, tibbiyot, geografiya, astronomiya va boshqa ilmlar boʻyicha taʼlim beriladigan oʻquv binosi. Arab tilidan olingan, dars oʻtiladigan joy. Bu atama taʼlim berish uchun maxsus qurilgan oʻquv binolarini ifodalaydi. VII—VIII asrlarda islom dini ulamolari musulmon ilohiyoti masalalarini sharhlab berib turadigan markaz sifatida arab davlatlarida paydo boʻlgan. Madrasaning birinchi taʼlim muassasasi Zayd ibn Arkam mulkida Safo degan tepalik yaqinida boʻlib, u yerda Muhammad (s.a.v.) domla, shogirdlari esa uning izdoshlari edi. Hijratdan keyin Madinada Masjid an - Nabaviy masjidining sharqiy tomonida ,,Suffa” madrasasi tashkil etilgan. Keyinchalik Fotimiylar tomonidan 969–970 yillarda Qohirada ismoiliy taʼlimotini targʻib qilish
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 363 markazi sifatida al-Azhar masjidi tashkil etildi, keyinchalik u Ayyubiylar hukmronligi ostida sunniylik institutiga aylangan. IX—XII asrlarda islom diniga eʼtiqod qilinadigan mamlakatlarda, jumladan, Markaziy Osiyoda tarqaldi. Narshaxiyning ,,Buxoro tarixi” asarida 937-yilgi yongʻinda zarar koʻrgan Forjak madrasasi Markaziy Osiyodagi dastlabki madrasalardandir. Abbosiylar davrining oxirlarida, saljuqiylar vaziri Niyom al-Mulk tomonidan Madrasai Nizomiyya nomi bilan Eron, Mesopotamiya va Xurosonda tarixda birinchi rasmiy madrasalar tarmog'i qurilgan. U madrasalar keyingi bir necha asrlar davomida musulmon dunyosining katta qismiga tarqaldi va me'moriy dizaynning o‘xshash modellarini qabul qildiOʻzining shakllanish davrida madrasa atamasi oliy oʻquv yurtini nazarda tutgan boʻlib, uning oʻquv dasturida dastlab faqat ,,diniy fanlar” kiritilgan boʻlsa, keyinchalik koʻplab madrasalarda mantiq, matematika va falsafa kabi diniy va ,,dunyoviy fanlar” oʻqitiladi. Madrasalar asosan fiqh ilmini oʻrganishga qaratilgan edi. IX asrda mazhablar shakllanganidan keyin islom huquqiy taʼlim tizimidagi ,,ijozat at-tadris va-al-iftoʼ” (,,huquqiy fikrni oʻrgatish va berish uchun litsenziya”) paydo boʻlgan. Talabalar madrasani tamomlagach, ularga faqih ,,fiqh olimi”, muftiy ,,fatvo berishda malakali olim”, mudarris ,,ustoz” maqomlari beruvchi ijozalar berilgan[. ,,Ijozat at-tadris” dars berishga layoqatli islom ulamolariga berilgan. XV asr Damashqdagi 155 ta madrasadan uchtasi tibbiyot maktabi edi. Madrasalarning xon madrasalari, eshon madrasalari, xususiy madrasalar kabi turlari boʻlgan. Madrasa muassislari madrasani taʼminlash uchun maxsus mulk – vaqf ajratishgan va bu mulkni boshqaruvchi mutavvalini tayinlashgan. Madrasalarning vaqf daromadlaridan bir qismi madrasa binosini taʼmirlash uchun ajratilgan, maʼlum qismi mutavvali, mudarrislar, talabalar, masjid imomi, muazzini, sartaroshi, farroshi va boshqa xizmatchilarga berilgan. Madrasa oʻquv dasturining umumiy jihatlari X – XII asrlarda ishlab chiqilgan va keyinchalik takomillashib borgan. Mashgʻulotlar, odatda, sentabrda boshlanib, may oyigacha davom etgan. Yoz oylari va ramazon oyida taʼtilga chiqilgan. Madrasada hafta kunlari tahsil (shanba, yakshanba, dushanba, seshanba) — mashgʻulot kunlari va taʼtil (chorshanba, payshanba, juma) — oʻtilganlarni takrorlash hamda dam olish kunlariga boʻlingan. Darslar quyosh chiqish payti (bomdod nomozidan keyinoq) boshlangan. Madrasada taʼlim 3 bosqichda: boshlangʻich (adno), oʻrta (avsat) va yuqori (aʼlo) guruhlarda olib borilgan. Adno bosqichi ,,Aqoid” kitobini oʻqishga oʻtguncha davom etgan, avsat bosqichi ,,Aqoid” kitobini oʻqishdan boshlanib, ,,Sharhi mulla” kitobini oʻrganguncha boʻlgan va undan keyingi murakkab qoʻllanmalarni oʻrganuvchilar aʼlo bosqichi talabalari hisoblangan. Madrasada oʻqish talabalar iqtidoriga qarab, 7 – 12 yil davom etgan. Markaziy Osiyodagi madrasalarda arab va fors tilida yozilgan kitoblar
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 364 oʻqitilgan, ular talabalarga mudarris tomonidan turkiy tilda sharhlab berilgan. Madrasa oʻquv kursi, odatda, ,,Avvali ilm” deb nomlangan fors tilidagi oʻquv qoʻllanmasini oʻzlashtirish bilan boshlangan. Keyin oʻrta asrlarning ilmiy tili hisoblangan arab tili grammatikasi (arab tili morfologiyasi — sarfi va sintaksisi — nahvi ,,Bidon”, ,,Kofiya” kabi darsliklar asosida) oʻqitilgan. Arab tili grammatikasidan soʻng oʻquv kursi 2 boʻlimga: umumtaʼlim kursi – mushkulot va fiqh kursi – masala boʻlimlariga ajratilgan. Madrasalarda fiqh kursining faroiz — meros huquqi qismi bilan birga matematika fani ham majburiy oʻquv kursiga kiritilgan. Talabalar oʻz xohish-istaklari va qobiliyatlariga qarab mushkulot yoki masala boʻlimlaridan birini, agar istasalar har ikki boʻlimni oʻqib tamomlashlari mumkin boʻlgan. Madrasalarda toʻliq kursni oʻqib tamomlash uchun talabalardan falsafa va huquq fanlariga oid taxminan 137 darslik – qoʻllanmani oʻzlashtirish talab etilgan. Bu darsliklarning aksariyatini markaziy osiyolik allomalarning asarlari, jumladan, Imom Buxoriy va Imom Termiziylarning hadis toʻplamlari, Moturidiyning ,,Kitob at-tavhid”, Burhoniddin Margʻinoniyning ,,al-Hidoya fi sharh al-bidoya”, Abdurahmon Jomiyning ,,al-Favoid ad-diyoiya” kabi asarlari tashkil etgan. Madrasalarda talabalarning qiziqishlari va mudarrislarning mavjudligiga qarab, falakiyot, handasa, tibbiyot, kimyo, jugʻrofiya, tarix, adabiyot, aruz ilmi, meʼmorlik asoslari, xattotlik, musiqa, axloq, notiqlik kabi fanlar ham oʻqitilgan. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Markaziy Osiyo madrasalari oʻquv dasturi birmuncha isloh etilib, ularda oʻqitiladigan fanlar tarkibiga turk, rus, fransuz, ingliz tillari, fizika, ziroatchilik, hisob, gigiyena, psixologiya, metodika, trigonometriya, siyosiy iqtisod, tijorat kabi fanlar kirib kela boshlagan. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligida 336, Xorazmda 132, Turkiston generalgubernatorligida 348 madrasa boʻlgan. XX asrning 2-choragi boshlarida sovet hukumati tomonidan madrasalar diniy muassasalar qatorida davlatdan ajratilgan va ,,xurofot oʻchoqlari” tamgʻasi bilan tugatib yuborilgan. Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ixtiyorida qolgan bir nechta madrasa esa endilikda faqat ruhoniylar tayyorlaydigan oʻrta va oliy diniy oʻquv yurtlariga aylantirilgan. Xulosa: Buxoro amirligi davrida madrasalar nafaqat diniy, balki ilmiy-ma’rifiy hayotning markaziga aylangan. Bu maskanlarda Qur’on, hadis, fiqh, mantiq, falsafa, matematika, tibbiyot kabi fanlar chuqur o‘rganilgan. Madrasalar orqali ko‘plab olimlar yetishib chiqqan va ular butun islom olamida ilm-fanning rivojiga katta hissa qo‘shgan. Shu bois Buxoro nafaqat O‘rta Osiyoda, balki butun musulmon dunyosida ilm va ma’rifat markazi sifatida e’tirof etilgan.
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 365 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Асророва Лобар Цобилжон кизи Бухоро мадрасалари тарихидан: 2. Ахмадхон ибн Исмоилхон мероси Т.: «Hilol-Nashr» 2017. - 224 б. 3. М.Турсунова. Мадрасалар таълимида адабиёт сабоғи. Монография. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2010. – 110 бет. 4. Komil o‘g, M. R. S. (2025, May). TURK XOQONLIGI: DASTLABKI DAVLATLILIK SHAKLLARI VA ULARNING O ‘RTA OSIYO TARIXIDAGI ROLI. In International Conference on Modern Science and Scientific Studies (pp. 343349). 5. Komil o‘g, M. R. S. (2025, May). TURK XOQONLIGI: DASTLABKI DAVLATLILIK SHAKLLARI VA ULARNING O ‘RTA OSIYO TARIXIDAGI ROLI. In International Conference on Modern Science and Scientific Studies (pp. 343349). 6. Komil o‘g, M. R. S., Hoshimjon o‘g‘li, R. I., Mamatkarimovna, A. Z., & Vildanovich, G. S. (2025, May). GERMANIYA IMPERIYASI 1870–1918 YILLARDAGI KOLONIAL REJALARIDA MARKAZIY OSIYONING O ‘RNI. In INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE (Vol. 3, No. 31, pp. 277-280). 7. Komil o‘g, M. R. S., & Eshmurza oʻg‘li, Q. S. (2025). HISTORY OF COIN MILLING IN UZBEKISTAN: PERIODIC RESEARCH AND HISTORICALCULTURAL SIGNIFICANCE. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 6(51), 620-623. 8. Komil o‘g, M. R. S., & Gʻofurjonovna, S. D. U. (2025). AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DIPLOMATIYASI YANGI TADQIQOTLARDA. SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 8(4), 172-181. 9. Komil o‘g, M. R. S., & Gʻofurjonovna, S. D. U. (2025). AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DIPLOMATIYASI YANGI TADQIQOTLARDA. SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 8(4), 172-181. 10. RAXIMOVICH, N., MUTALLIB, I., & MA’RUFOV SHERZOD, K. O. G. (2022). HISTORICAL FACTORS THAT CONTRIBUTED TO THE DEVELOPMENT OF SCIENCE AND CULTURE IN CENTRAL ASIA. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 2(4), 160165. 11. MA’RUFOV, S. (2025). SIRDARYO VILOYATI HUDUDIDAGI MANZILGOHLARNING O ‘RTA ASRLARDAGI MODDIY MADANIYATI XUSUSIDA YANGICHA QARASHLAR. ACTA NUUz, 1(1.2), 1.
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 366 12. Ma’rufov, S., & Abdullayev, A. (2024). O’RTA OSIYODA MUSIQA SAN’ATINING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH TARIXI. Talqin va tadqiqotlar, 1(1). 13. Кудратов, С., & Маъруфов, Ш. (2021). МИРЗАЧЎЛДАГИ ҚАДИМГИ СУВ ИНШОАТЛАРИ. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, 4(11). 14. Sherzod, M. (2025). The Social, Economic and Cultural Life of The Population of The Syrdarya Region in The Middle Ages. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF HISTORY, 6(01), 4-7. 15. Сулаймонович, Қ. С. (2024). СИРДАРЁ ТАРИХИ ЯНГИ АРХЕОЛОГИК ТАДҚИҚОТЛАР ТАЛҚИНИДА. PEDAGOG, 7(11), 68-72. 16. Sherzod, M. R. (2024). NEW VIEWS ON ARCHAEOLOGICAL MONUMENTS LOCATED IN SIRDARYA REGION. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 4(2), 1-6. 17. Ma’rufov, S., & Bekmurodov, S. (2024). XONLIKLAR DAVRIDA MUSIQA ILMIGA ILMIGA QARATILGAN E’TIBOR. Talqin va tadqiqotlar, 1(1). 18. Абдуматов–Исследователь, А., & Маъруфов, Ш. (2025, May). ТУРЕЦКАЯ ВНЕШНЯЯ ПОЛИТИКА В ОТНОШЕНИИ ТЮРКОЯЗЫЧНЫХ ГОСУДАРСТВ ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ—ЧЛЕНОВ ЕАЭС (1991–2015 ГГ.). In International Conference on Modern Science and Scientific Studies (pp. 293-296). 19. Gulchehra, A., Alisher, A., & Sherzod, M. R. (2025). G'ARBIY TURK XOQONLIGI. YANGI O ‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI, 2(9), 477-487. 20. Sherzod, M. R., Gulchehra, A., & Alisher, A. (2025). ARXEOLOGIYA FANINING YО'NALISHLARI. YANGI O ‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI, 2(9), 467-476. 21. Alisher, A., Gulchehra, A., & Sherzod, M. R. (2025). SUV OSTI ARXEOLOGIYASI TADQIQOTINING ISTIQBOLLARI. YANGI O ‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI, 2(9), 456-466.