Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 569 MAXSUS FANLAR VA ULARNI FAN SIFATIDA SHAKILLANISH BOSQICHLARI 1Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich, 2Islomova Ruxshona Saloxiddin qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti “San’atshunoslik” fakulteti. 1p.f.f.d., (PhD) v/b/ dotsent, 2Talaba: https://doi.org/10.5281/zenodo.17432965 Annotatsiya. Neolit inqilobi orqali ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tish, metallurgiya va keramika rivoji haqida ta’rif beriladi. Mezolit davrida madaniyatning o‘zgarishi, iqlim o‘zgarishlari va yangi hayvonlar paydo bo‘lishi ko‘rsatiladi. Eneolit, bronza va temir davrlari o‘ziga xos xususiyatlari bilan tahlil qilinib, ularning jamiyat va iqtisodga ta’siri yoritiladi. Davlatchilikning paydo bo‘lishi, hunarmandchilik va dehqonchilikning rivojlanishi, shuningdek, ijtimoiy tuzilmalar qanday o‘zgarishi ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy jamiyat taraqqiyoti, iqtisodiy fikrlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash muhimligi ta’kidlanadi. Pedagogik metodika va o‘qituvchilarning roli, ta’lim tizimining ahamiyati, shuningdek, bozor iqtisodiyotiga moslashish uchun iqtisodiy bilimlarning zarurligi haqida so‘z yuritiladi Annotation: The transition to a productive economy through the Neolithic Revolution, as well as the development of metallurgy and ceramics, is described. Changes in culture during the Mesolithic period, climate shifts, and the emergence of new animals are highlighted. The Eneolithic, Bronze, and Iron Ages are analyzed with their distinctive features, focusing on their impact on society and the economy. The emergence of statehood, the development of craftsmanship and agriculture, and changes in social structures are also examined. The importance of modern societal progress, economic thinking, and the training of highly qualified specialists is emphasized. The role of pedagogical methods and teachers, the significance of the education system, and the necessity of economic knowledge for adapting to a market economy are discussed. Аннотация: Описывается переход к производящему хозяйству через неолитическую революцию, развитие металлургии и керамики. Показываются изменения в культуре в мезолите, климатические изменения и появление новых животных. Энеолит, бронзовый и железный века анализируются с их характерными особенностями и освещается их влияние на общество и экономику. Рассматриваются возникновение государственности, развитие ремесел и земледелия, а также изменения в социальных структурах. Подчеркивается важность развития современного общества, экономического мышления и подготовки высококвалифицированных специалистов. Обсуждаются педагогические методы и роль учителей, значение системы образования, а также необходимость экономических знаний для адаптации к рыночной экономике. Kalit so'zlar; ibtidoiy jamiyat, arxeologik davrlashtirish, neolit inqilobi, eneolit davri, bronza davri, temir davri, davsizlikdan davlatchilikka o‘tish, pedagogik metodika, iqtisodiy tafakkur, mutaxassis kadrlar tayyorlash. Keywords: primitive society refers to the earliest stages of human social development. archaeological periodization divides history into different geological and cultural stages based on material findings. the neolithic revolution marks the transition from hunting and gathering to
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 570 farming and animal husbandry. the eneolithic period, or copper-stone age, is characterized by the use of copper tools alongside stone tools. Ключевые слова: первобытное общество, археологическая периодизация, неолитическая революция , энеолитический период, бронзовый век, железный век, бесгосударственности к государственности, педагогическая методика, экономическое мышление. подготовка квалифицированных специалистов Aqliy faoliyatning rivojlanishi. Arxeologik davrlashtirishni yer tarixining geologik davrlari bilan solishtirgan holda, pleystotsen – muzlik davri arafasi va muzlik davri, golotsenmuzlik chekinishidan so‘ng davrlar ajratilib, ular Qadimgi Sharqda mil. avv IV ming yillikka qadar bo‘lgan davr ibtidoiy jamiyat tarixiga to‘g‘ri keladi. XX asrda L. G. Morgan tomonidan davrlashtirish tizimi tahrir qilingan. Ibtidoiy jamoa tarixining ilk bosqichi “ibtidoiy to‘da”, ikkinchi bosqichi – “ibtidoiy urug‘ jamoasi” va so‘nggi bosqichi - “harbiy demokratiya” davri deb izohlanadi. Ibtidoiy jamiyat odamlarining yashash tarzi, jismoniy mehnat va aqliy tuzilishi, ular tomonidan yasalgan mehnat qurollarining turi va materialiga ko‘ra bir qancha davrlarga bo‘linadi. Biologik va mehnat jarayonida arxantrop (eng qadimgi odam) lar maymunlar dunyosidan juda uzoqlashib ketdilar. Bu mehnat qurollari yasash jarayonida boshning to‘g‘rilanishi, qo‘lning mehnat faoliyati uchun bo‘shashi, uning endi alohida vazifa bajarishi, ovqatning o‘zgarishi, go‘shtlik ovqat iste’mol qilinishi va boshqa tabiiy hamda ijtimoiy omillar maymunlarning tobora odamga yaqinlashishiga olib kelgan. Buyuk muzlash arafasida odamlar olovning foydali xususiyatlarini yaxshi o‘rganib olganlar. Fil, karkidon, bug‘u, zubr kabi yirik hayvonlarni ovlaganlar. Ashel davridayoq ibtidoiy ovchilar bir joyda uzoq yashab, o‘troqlikka o‘ta boshlaganlar. Yangi topilmalar kishilikning ilk bosqichidagi xo‘jalik hayoti haqidagi avvalgi tasavvurlarimizni o‘zgartirishga olib keldi. Umuman aytganda, sodda mashg‘ulotlardan biri bo‘lgan ovchilik va termachilik tirikchilikning asosiy manbai hisoblangan Ibtidoiy jamiyat hech qachon turg‘un bo‘lmagan, u o‘z rivojlanishida turli bosqichlarni bosib o‘tdi. Ibtidoiy tarixni davrlashtirishning bir necha turlarini ajratib ko‘rsatishadi. Bular umumtarixiy, arxeologik, antropologik turlardir. Davlatchilikning paydo bo‘lishi nazariyasi uchun arxeologiya fanining eng yangi ma’lumotlariga asoslanuvchi va ibtidoiy jamiyatning “neolit inqilobi”ga tomon rivojlanishining asosiy chegaralaridan biri sifatida ajralib turuvchi davrlashtirish alohida qimmatga egadir. Ushbu tushunchani tarix faniga ingliz arxeologi G. Chayld XX asr o‘rtasida olib kirdi. U neolit davrida o‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka, ya’ni ovchilik, baliqchilik va meva terishdan dehqonchilikka, chorvachilikka, metallurgiya va metallga ishlov berishga, keramika ishlab chiqarishga o‘tish chog‘ida insoniyat hayotining barcha sohalarida yuz bergan prinsipal jihatdan sifat to‘ntarishini ta’riflab berdi Mezolit davrida odamlarning moddiy va ma’naviy madaniyatida katta o‘zgarishlar yuz beradi. Harorat ko‘tarilishi bilan toshqin suvlar va yangi ko‘llar paydo bo‘ladi. Bu jarayonlar fauna va flora dunyosining rivojlanishiga ta’sir qiladi. Daryo va ko‘llarda baliqlar, yer yuzida yirik hayvonlar o‘rnida tez chopar, chaqqon mayda hayvonlar ko‘paya boshlaydi. Keng hududlarda turli xil o‘simliklar va daraxtlar o‘sadi. Ovchilikdan tashqari, baliqchilik rivojlanadi [6]. Mezolit davrining so‘nggi bosqichlarida termachilikdan dehqonchilikka o‘tish boshlangan Eneolit - neolit davridan keyingi davr hisoblanadi. Lotincha “eneus” – mis va yunoncha “litos”- tosh so‘zlaridan olingan bo‘lib, mistosh davri ma’nosini anglatadi. Eneolit mil. avv IV-
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 571 III ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Ko‘pgina hududlarda neolit davri jamoalari bilan bir vaqtda hukmron bo‘lgan. Misning kashf etilishi va undan mehnat qurollari yasashning ixtiro qilinishi haqida fanda turli xil qarashlar mavjud. Eneolit davri iqlim sharoiti hozirgi davrdan ancha farq qilgan. Yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan. Eneolitning ilk bosqichida aholi bir-biriga zich qilib qurilgan bir xonali uylardan iborat qishloqlarda istiqomat qilganlar [8]. O‘rta Osiyoning shimoli - sharq dashtlarida va Orol dengizi sohillarida ovchilik, baliqchilik va ilk chorvachilik xo‘jaliklari rivojlandi. Buxoro vohasidagi Lavlakon, Beshbuloq makonlari va Zamonbobo qabristonining eng pastki qatlamlari eneolit davriga oiddir. Bundan tashqari, Qoraqum cho‘li, janubi - g‘arbda Kopetdog‘ bilan chegaralangan Turkmaniston yerlari quruq va issiq iqlimli o‘lkadir. Joytun madaniyati asosida Anov III va Nomozgoh I – III davrlariga mansub eneolit zamoni madaniyati keng tarqalgan [2]. O‘rta Osiyo aholisi bronza davri bosqichiga o‘tgach, mahalliy ishlab chiqarish taraqqiyotida yangi davr boshlanadi. Bu davr mil. avv IIIming yillikning o‘rtalariII ming yilliklarga mansub bo‘lib, bronza mis bilan qo‘rg‘oshin va qalay qotishmasidir. U o‘z xususiyatlari bilan misdan ustun turadi, ya’ni bronza misga qaraganda qattiq va pishiqdir. O‘rta Osiyo hududida ham ishlab chiqaruvchi kuchlar ancha taraqqiy topib, janubiy viloyatlarda ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklarning shakllari yangi asosda rivojlangan. Mil. avv II ming yillikda dehqonchilik va chorvachilik O‘rta Osiyo aholisi xo‘jaligining asosiy sohalari bo‘lgan. Bronzadan yasalgan qurollar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtirgani tufayli, O‘rta Osiyo dashtlarida yashagan qabilalar asosan chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘lishgan. Qadimgi Sharqda shahardavlatlar vujudga kelishi bilan hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqqan. Bronza davrida maxsus kulolchilik ishlab chiqarish vujudga kelgan. O‘rta Osiyoning turli viloyatlarida (Kopetdog‘, Quyi Murg‘ob vohasi, Janubiy O‘zbekiston ) mutaxassis kulollar paydo bo‘la boshlagan. Bronza davrida sopol idishlar tayyorlash ham ancha takomillashdi [9]. Temir davri O‘rta Osiyo hududida mil. avv I ming yillikka mansub hisoblanadi. O‘rta Osiyoda ilk temir davrining boshlanishi va temir metallurgiyasi - metallchilik kashf etilishi haqida arxeologlar orasida ilmiy bahslar boradi. Olimlarning bir guruhi O‘rta Osiyodagi ilk temir davri Eron va Hindistonga zamondosh bo‘lib, mil. avv XVIII asrlarda boshlangan deb hisoblaydi. Ammo Anov va Dalvarzinda topilgan eng qadimgi temir o‘roq va pichoq mil. avv VIIIVII asrlar bilan izohlanadi [10]. Mil. avv I ming yillik boshlariga oid yodgorliklardan Janubiy Turkmanistonda 46 ta qadimgi qishloq xarobasi ma'lum, bunday xarobalar Surxondaryoda 8 ta, Qashqadaryoda 7 ta topilgan. Quyi Murg‘obda Yoztepa, Arvalitepa, Ko‘hnatepa, Uchtepa, Surxondaryodagi Kuchuktepa, Bandixon I va Qiziltepa, Qashqadaryodagi Yerqo‘rg‘on, Chiroqchitepa va Sangirtepa ham shunday xarobalar sirasiga kiradi. Temir qurollarining keng tarqalishi mehnat unumdorligini oshirdi. Bu jarayon yanada rivoj topgan ishlab chiqarish usuliga o‘tilishiga zamin hozirladi. Urug‘ jamoasi o‘rnini hududiy qo‘shnichilik jamoasi egallay boshladi [2]. Jahonning turli mintaqalarida ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi jarayonida ilk davlat uyushmalarining yuzaga kela boshlaganligini kuzatish mumkin. Dehqonchilikning va chorvachilikning paydo bo‘lishi, hunarmandchilikning vujudga kelib taraqqiy etishi, mehnat qurollarining takomillashishi mehnat unumdorligining oshishiga olib keldi. Ayni paytda urug‘ jamoasi hududiy qo‘shni jamoasiga aylana bordi. Aholi joylashgan yerlarni, dehqonchilik bilan mashg‘ul vohalarni dushmandan himoya qilish jamoaning ichki va tashqi munosabatlarini huquqiy rivojlantirish va nazorat qilish zarurati ilk davlat birlashmalari rivojlanishining boshlanishiga sabab bo‘ldi. [11] O‘rta Osiyo janubida ilk davlatchilik tuzumiga o‘tish bosqichi bronza davriga to‘g‘ri keladi. Mintaqaning boshqa
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 572 hududlarida ilk shaharlar va davlatlarning vujudga kelishi turli davrlar bilan belgilanadi. Ularning o‘troq dehqonchilik viloyatlarida va dasht chorvadorlar madaniyati sharoitida shakllanishi turlicha omillarga asoslangan Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi uchun iqtisodiy o‘sish omillarining sifat jihatdan takomillashib borish jarayoni xosdir. Fan-texnika taraqqiyotining ilg‘or natijalarini qo‘llash, ishlab chiqarishni intensivlashtirish, yuqori samarali texnika texnologiyalardan foydalanish bilan bir qatorda, eng muhimi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bu boradagi muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xalqaro mehnat taqsimotida munosib o‘rin egallash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini tam’minlash muammolari ko‘p jihatdan ishchi kuchining bilimi, malakasi, vaziyatiga qarab ish tuta olishiga bog‘liq. Kelajakda erishishimiz lozim bo‘lgan buyuk maqsadlarga yetishish uchun eng avvalo yuqori malakali, zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlar tayyorlashimiz kerak. Biz oldimizga qanday vazifa qo‘ymaylik, qanday muammoni yechish zaruriyati tug‘ilmasin, gap oxir-oqibat baribir kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimiz kelajagi o‘rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlarni tayyorlashga bog‘liqdir.Mamlakatimizda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” va 1997-yildan kuchga kirgan kadrlar tayyorlashning milliy dasturi bo‘yicha butun ta’lim tizimi isloh qilinar ekan, asosiy diqqat ana shunday saviyadagi kadrlar tayyorlashga qaratilgan. Yoshlar tarbiyasi hamda ularni tarbiyalashda ta’lim tizimining naqadar ahamiyatga egaligi, Prezidentimizning Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining “Ta’lim kelajakka yo‘naltirilgan sarmoya” mintaqaviy konferensiyasi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigidagi ushbu jumlalardan ham anglash mumkin: “Hozirgi paytda bir haqiqatni har qachongidan ko‘ra teran anglab olish muhim ahamiyatga ega. Samarali ta’lim tizimini yaratmasdan turib, jamiyatni isloh etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini tasavvur etish qiyin. Ushbu sohaga ustuvor ahamiyat berilishi shubhasiz, uning kelgusi taraqqiyoti uchun zamin hozirlashdir”. Bilimdon mutaxassis kadrlarni tayyorlash, inson salohiyatini yuzaga chiqarish esa har jihatdan ustozlarga, ularning bilimdonlik bilan o‘qitish jarayonini tashkil qilishi va dars berishiga bog‘liq. Shuning uchun ham o‘quv jarayonini tashkil etish, talabalarning chuqur bilim olishiga yordam beruvchi o‘quv uslublarini qo‘llashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi davrda o‘quv jarayonini tashkil etish o‘qituvchidan faqat chuqur bilimgina emas, balki pedagogik mahoratga ega bo‘lishlarini, dars berishning turli metodlarini bilishni hamda o‘z ustida tinmay ishlashni ham talab qiladi. Har bir insonning hayoti asosini iqtisodiy faoliyat tashkil etar ekan, tabiiyki har bir odamdan iqtisodiy fikrlashni o‘rganish talab etiladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan bu talab yanada kuchaydi. Farzandlarimizning yoshlikdan iqtisodiy fikrlay bilishi uchun, mamlakatimizda o‘rta maktabdan boshlab itqtisodiy bilim asoslarini o‘rganishga kirishildi. Oliy o‘quv yurtining, ayniqsa, iqtisodiy yo‘nalishdagi o‘quv yurtining talabalari esa iqtisodiy fikrlashnigina emas, keng doiradagi iqtisodiy muammolarni aniqlash, tahlil qilish, iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga baho berish, bu o‘zgarishlar kelajakda qanday natijaga olib kelishi mumkinligini his qila bilishi, ko‘z o‘ngiga keltira bilishni o‘rganishi zarur. Buning uchun esa iqtisodiy fanlarni chuqur bilish talab qilinadi. Murakkab xo‘jalik dunyosini aks ettiruvchi bu fanlarni o‘rganish uchun to‘g‘ri metod tanlash muhim ahamiyatga ega. Dars o‘tishda to‘g‘ri metod tanlanmasa, nazariy jihatdan o‘qituvchining bilimi yuqori bo‘lishidan qatʻiy nazar, kutilgan natijani bermaydi. O‘qituvchining bilimi pedagogik mahorat bilan qo‘shilgandagina o‘quv jarayonini samarali tashkil etish mumkin. Buning uchun o‘quv
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 573 jarayonini tashkil etishning turli metodlari va ularni qo‘llashni bilish kerak. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi (uslubiyati) aynan ana shu maqsadga qaratilgan. Dars berish metodi atamasi bilan birgalikda, odatda, o‘qitish, dars berish uslubi atamasi ham tez-tez ishlatib turiladi. Pedagogika bola yetaklovchi) atamasi qadimiy boʻlib, “bola yetaklovchi” degan maʼnoni bildiruvchi grekcha “paydogogos“ soʻzidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarning koʻrsatishicha, qadimgi Yunonistonda oʻz xoʻjayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan, harbiy mahoratni oʻrgatgan tarbiyachini, yaʼni qullarni „pedagog“ (bola yetaklovchi) deb atashgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Boburmirzo, Kukiev., Achilov, Nurbek, Norboy o‘g‘li & Bekqulov, Qudrat, Shaydulloyevich. (2019). Technology for creating images in autocad. European Journal of Research and Reflection in Educational Science. 7 (12), 49-54-220. 2. Shaydulloyevich, B. K. (2020). Increasing students’ graphic literacy through teaching the sciences of drafting and descriptive geometry. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 75-78. 3. Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li, Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich, Ko‘kiyev Boburmirzo Baxodir o‘g‘li & Jumayev Isroil Omandovlat o‘g‘li (2020). Methods of developing creative abilities in children. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (10), Part II, 151-153. 4. Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich., Kukiyev Boburmirzo Bahodir ugli., Avazova Guzal Rustambek qizi. (2020). The works in the framework of five initiatives at chirchik state pedagogical institute in tashkent region. EPRA International Journal of Research and Development, 5 (3), p. 411-412. 5. Boizaqova, S. A., Bekqulov Q.Sh. (2021). Ko‘rinishlar mavzusni tushuntirishda detal modelini o‘ziga qarab o‘rganishning ahamiyat. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 96-101. 6. Ko‘kiyev, J. S., Bekqulov Q.Sh. (2021). MUHANDISLIK GRAFIKASI FANLARINI BOSHQA FANLAR BILAN BOG'LIQLIGI. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 34-39. 7. Boizaqova Sh.A., Bekqulov Q.Sh. Ko‘rinishlar mavzusni tushuntrishda detal modelini o‘ziga qarab o‘rganishning ahamiyati. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў, № 3, 117-120.