MUHANDISLIK TA'LIMIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA VA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI
Abstract
Ushbu maqolada muhandislik ta’lim tizimida raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning dolzarbligi yoritilgan. Raqamli muhitda o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish, muhandis kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, ta’limda integratsiya, tarmoqlarararo hamkorlik, STEAM yondashuvi va virtual laboratoriyalar asosida muhandislik fanlarini o‘qitish istiqbollari ko‘rib chiqilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 595 MUHANDISLIK TA’LIMIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA VA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI Imomov Fozil Shakarbek o‘g‘li Guliston davlat pedagogika instituti, San’atshunoslik kafedrasi stajyor o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17433530 Annotatsiya. Ushbu maqolada muhandislik ta’lim tizimida raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning dolzarbligi yoritilgan. Raqamli muhitda o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish, muhandis kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, ta’limda integratsiya, tarmoqlarararo hamkorlik, STEAM yondashuvi va virtual laboratoriyalar asosida muhandislik fanlarini o‘qitish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: muhandislik ta’limi, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, integratsiya, STEAM, innovatsion ta’lim, muhandis kadrlar. Аннотация. В статье рассматриваются актуальные вопросы внедрения цифровой трансформации и технологий искусственного интеллекта в систему инженерного образования. Проанализированы пути модернизации учебного процесса в цифровой среде, повышения качества подготовки инженерных кадров, а также интеграционные подходы и применение инновационных образовательных технологий. Ключевые слова: инженерное образование, цифровая трансформация, искусственный интеллект, интеграция, STEAM, инновационное обучение. Abstract. This article discusses the relevance of implementing digital transformation and artificial intelligence technologies in engineering education. It analyzes the modernization of the educational process in a digital environment, ways to improve the quality of engineering training, and the integration of innovative teaching methods, including STEAM-based approaches and virtual laboratories. Keywords: engineering education, digital transformation, artificial intelligence, integration, STEAM, innovation, engineering skills. Bugungi kunda muhandislik ta’limida raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish nafaqat zamon talabi, balki global raqobatbardoshlikning asosiy omillaridan biri bo‘lib bormoqda. Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, ishlab chiqarishning avtomatlashtirilishi, sanoat 4.0 tamoyillarining joriy etilishi, “aqlli” (smart) texnologiyalar va kiber-fizik tizimlar asosidagi boshqaruv jarayonlari muhandislik sohasida mutlaqo yangi kompetensiyalarni talab qilmoqda. Shu sababli muhandis kadrlar endilikda faqat o‘z sohasidagi texnik bilimlar bilan cheklanib qolmay, raqamli tafakkur, analitik fikrlash, sun’iy intellekt asosida muammolarni modellashtirish va optimallashtirish ko‘nikmalariga ham ega bo‘lishlari zarur. Bugungi muhandis nafaqat texnik loyihani yaratadi, balki uning algoritmini tahlil qiladi, raqamli modelini sinovdan o‘tkazadi va ma’lumotlar asosida samaradorlikni prognozlaydi. Oliy ta’lim tizimi oldida esa shunga mos yangi vazifalar turibdi. Endilikda ta’lim jarayoni faqat nazariy bilim
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 596 berish bilan chegaralanmasligi, balki talabalarda raqamli savodxonlik, mantiqiy muhandislik fikrlash, kreativ yondashuv hamda sun’iy intellekt algoritmlaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishni ko‘zlashi lozim. Bu borada zamonaviy o‘quv muhitini yaratish, virtual laboratoriyalar, 3D modellash va simulyatsiya tizimlari, onlayn loyihaviy platformalar (masalan, Autodesk, MATLAB Simulink, SolidWorks, Ansys va boshqalar) asosida ta’lim jarayonini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, yetakchi texnik universitetlar – MIT (AQSh), ETH Zurich (Shveytsariya) va Tokyo Institute of Technology (Yaponiya) singari muassasalarda talabalarga “AI-based Design Thinking”, “Smart Manufacturing” kabi fanlar orqali nafaqat texnik bilim, balki raqamli innovatsion tafakkurni ham shakllantirishga e’tibor qaratilmoqda. Demak, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ham muhandislik yo‘nalishlarini raqamli iqtisodiyot talablariga moslashtirish, sun’iy intellekt va dasturlash asoslarini majburiy komponent sifatida o‘quv rejasiga kiritish, talabalarning ijodiy-analitik fikrlash salohiyatini oshirish kelajak muvaffaqiyatining kafolati hisoblanadi. Bugungi kunda jamiyatning barcha sohalarida, xususan ta’lim tizimida raqamli transformatsiya jarayoni jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Raqamli transformatsiya – bu faqat texnologiyalarni joriy etish emas, balki ta’lim jarayonining mazmuni, shakli va boshqaruv tizimini tubdan yangilash, uni raqamli muhitga moslashtirish demakdir. U o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi an’anaviy munosabatlarni qayta shakllantiradi, bilim olish jarayonini interaktiv, innovatsion va integrativ tusga keltiradi. Muhandislik ta’limida raqamli transformatsiyaning roli ayniqsa beqiyosdir. Chunki muhandislik fani o‘z mohiyatiga ko‘ra amaliyotga tayanadi, texnologik yangiliklar bilan uzviy bog‘liqdir. Shu sababli, raqamli texnologiyalarni muhandislik ta’limiga integratsiyalash – bu faqat qulaylik emas, balki zarurat, zamon talabi hisoblanadi. Raqamli transformatsiya muhandislik ta’limida quyidagi yangi imkoniyatlarni yaratadi: 3D modellashtirish va CAD/CAM tizimlari yordamida real muhandislik loyihalarini raqamli shaklda modellashtirish, ularni turli sharoitlarda sinovdan o‘tkazish va optimallashtirish imkonini beradi. Bu esa o‘quvchilarda fazoviy fikrlash, texnik tasavvur va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Virtual laboratoriyalar tajriba mashg‘ulotlarini raqamli muhitda o‘tkazish imkonini yaratadi. Masalan, fizik yoki mexanik jarayonlar simulyatsiyasi yordamida talabalar murakkab tajribalarni xavfsiz, tejamkor va samarali tarzda bajarishlari mumkin. IoT (Internet of Things) texnologiyalari orqali o‘lchov, nazorat va monitoring jarayonlari real vaqt rejimida amalga oshiriladi. Bu muhandislik tizimlarining ishlash dinamikasini chuqur tahlil qilish, shuningdek, aqlli tizimlarni yaratish bo‘yicha tajriba orttirishga xizmat qiladi. Sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili algoritmlari yordamida dizayn, tahlil, prognozlash va optimallashtirish jarayonlari avtomatlashtiriladi. Bu o‘z navbatida muhandislik ishlarining aniqligi va samaradorligini oshiradi. Raqamli transformatsiya orqali muhandislik ta’limi nazariya va amaliyot o‘rtasidagi tafovutni qisqartiradi, talabalarni real ishlab chiqarish muhitiga yaqinlashtiradi. Masalan, raqamli tvins (digital twins) texnologiyasi yordamida ishlab chiqarish obyekti yoki tizimining raqamli nusxasi yaratiladi, bu esa talabaga ishlab chiqarish jarayonini virtual tarzda o‘rganish imkonini beradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 597 Bundan tashqari, raqamli transformatsiya o‘qituvchilarga ham pedagogik innovatsiyalarni tatbiq etish, individual o‘qitish strategiyalarini ishlab chiqish, baholashni avtomatlashtirish hamda o‘quvchi faoliyatini tahlil qilish imkonini beradi. Ilmiy nuqtai nazardan, bu jarayon konnektivizm (raqamli o‘rganish nazariyasi) tamoyillariga tayanadi. Unga ko‘ra, bilimlar insonning ongida emas, balki tarmoqlar – ya’ni raqamli platformalar, ma’lumot bazalari va ijtimoiy tizimlar orqali shakllanadi. Muhandislik ta’limida bu yondashuv talabalarning o‘zaro hamkorligi, ijodiy fikrlashi va muammolarni raqamli vositalar yordamida hal etish qobiliyatini rivojlantiradi. Shunday qilib, muhandislik ta’limida raqamli transformatsiya – bu kelajak muhandislarini raqamli iqtisodiyot sharoitida samarali faoliyat yurita oladigan, innovatsion fikrlovchi, raqamli madaniyatga ega shaxslar sifatida shakllantirishning eng muhim omilidir. U o‘qitish jarayoniga texnologiyani emas, yangicha tafakkurni, tizimli yondashuvni va ijodiy muhandislik madaniyatini olib kiradi. Sun’iy ntellect texnologiyalarining muhandislik ta’limidagi o‘rni. Zamonaviy dunyoda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari inson faoliyatining deyarli barcha sohalariga kirib bormoqda. Ayniqsa, ta’lim tizimi bu jarayonning eng faol maydoniga aylangan. Sun’iy intellekt bugungi kunda faqat yordamchi vosita emas, balki ta’limni boshqaruvchi, tahlil qiluvchi va shaxsga yo‘naltirilgan tarzda yo‘naltiruvchi aqlli tizim sifatida shakllanmoqda. Muhandislik ta’limida SI texnologiyalarining joriy etilishi nafaqat o‘qitish uslublarini o‘zgartirmoqda, balki muhandislik fikrlash madaniyatini, tahliliy yondashuvni va ijodiy dizayn jarayonini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Sun’iy intellektning muhandislik ta’limidagi asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: Adaptiv ta’lim tizimlari – har bir talabaga individual o‘quv yo‘lini taklif etadi. Bu tizimlar talabaning bilim darajasini, o‘qish tezligini va xatolik turlarini tahlil qilib, unga mos murakkablikdagi topshiriqlarni avtomatik shakllantiradi. Natijada, o‘qitish jarayoni shaxsga yo‘naltirilgan, moslashuvchan va samarali tus oladi. Mashinali o‘qitish algoritmlari (Machine Learning) – o‘quvchilar faoliyati bo‘yicha yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilib, ularning natijalarini bashoratlaydi. Masalan, dasturlash yoki mexanik tahlil bo‘yicha topshiriqlarda tizim talabaning xatoliklarini aniqlab, takomillashtirish uchun tavsiyalar beradi. Avtomatik baholash tizimlari – muhandislik loyihalari, chizmalar yoki 3D modellarni avtomatik tahlil qilish imkonini beradi. Bunday tizimlar nafaqat texnik aniqlikni, balki dizaynning funksional jihatlarini ham baholay oladi. Bu o‘qituvchining ishini yengillashtirib, talaba natijalarini obyektiv va tezkor baholash imkonini yaratadi. Raqamli yordamchilar va chatbotlar – talabalarga laboratoriya ishlarini bajarish, dasturlash muammolarini hal etish yoki grafik modellashtirishda yo‘l-yo‘riq beradi. Bunday yordamchilar doimiy muloqotda bo‘lib, o‘quvchining savollariga javob beradi va uni o‘quv jarayonida yo‘naltirib turadi. SI texnologiyalarining joriy etilishi muhandislik ta’limiga intellektual avtomatlashtirish, ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish, real vaqt rejimida tahlil va optimallashtirish imkoniyatlarini olib kirmoqda. Bu esa talabalarda kritik fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal etish, algoritmik tafakkur va innovatsion yondashuv ko‘nikmalarini shakllantiradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 598 Ilmiy nuqtai nazardan, sun’iy intellekt asosidagi ta’lim tizimlari kognitiv psixologiya va neyropedagogika tamoyillariga tayanadi. Ular inson miyasi faoliyatiga o‘xshash tarzda ishlaydi: axborotni qabul qiladi, uni qayta ishlaydi va yangi bilim shaklida qaytaradi. Shu jihatdan, SI nafaqat o‘qitish vositasi, balki ta’limdagi raqamli hamkor sifatida namoyon bo‘lmoqda. Kelajakda sun’iy intellekt yordamida muhandislik fanlarini o‘qitish yanada samarali, tezkor, moslashuvchan va interaktiv bo‘lishi kutilmoqda. Bunday ta’lim modeli o‘quvchi shaxsining intellektual rivojini, ijodkorligini va mustaqil qaror qabul qilish salohiyatini rivojlantiradi. Eng muhimi, SI texnologiyalari yordamida muhandislik ta’limi inson va texnologiya o‘rtasidagi hamkorlikni yangi darajaga olib chiqadi – aqlli muhandislik tafakkurini shakllantiradi. Zamonaviy muhandislik ta’limi texnologik inqiloblar va raqamli o‘zgarishlar davrida inson tafakkurining yangi bosqichiga kirib kelmoqda. Bu jarayonda innovatsion yondashuv va fanlararo integratsiya muhandislik ta’limining strategik ustuvor yo‘nalishiga aylanmoqda. Innovatsion yondashuv – bu faqat yangi texnologiyalarni qo‘llash emas, balki ta’lim mazmuni, metodikasi va tashkil etish shaklini yangilash demakdir. U o‘qitish jarayoniga ijodiy tafakkur, tanqidiy fikrlash va muammoli vaziyatlarni hal etish kompetensiyalarini kiritadi. Muhandislik fanlari uchun bu yondashuv – nazariya va amaliyot o‘rtasidagi ko‘prikni mustahkamlash, o‘quvchini ishlab chiqarish muhitiga tayyorlashning eng samarali yo‘lidir. Bugungi kunda muhandislik ta’limini modernizatsiya qilishda STEAM tizimi (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu konsepsiya ta’lim jarayonida fan va texnologiyani san’at va ijod bilan uyg‘unlashtiradi. STEAM yondashuvi quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: • Texnik va ijodiy tafakkurni birlashtirish – muhandislik loyihalarida estetik did, dizayn fikrlash va ergonomik yechimlarni shakllantirishga yordam beradi. • Murakkab muammolarni tahlil qilish va yechim topish qobiliyatini rivojlantirish – talabalar nazariy bilimlarni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llashni o‘rganadilar, bu esa ularni mustaqil qaror qabul qila oladigan mutaxassislarga aylantiradi. • Jamoaviy loyiha faoliyatini shakllantirish – talabalarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantiradi, muhandislik jarayonlarida hamkorlik madaniyatini mustahkamlaydi. STEAM yondashuvi aslida an’anaviy o‘qitish modelidan farqli ravishda o‘quvchining “bilim oluvchi emas, bilim yaratuvchi” sifatidagi rolini kuchaytiradi. Har bir loyiha, har bir topshiriq tahlil, tajriba, dizayn va natijani himoya qilish bosqichlaridan iborat bo‘lib, bu jarayon o‘z navbatida muhandislik tafakkurining tizimli shakllanishiga olib keladi. Bundan tashqari, innovatsion yondashuvning yana bir muhim jihati – ta’lim va sanoat integratsiyasidir. Bu integratsiya nazariy bilimlarni ishlab chiqarish amaliyoti bilan uyg‘unlashtiradi. Oliy o‘quv yurtlari va sanoat korxonalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish natijasida talabalar real ishlab chiqarish muhitida loyiha faoliyatini olib boradi, bu esa ularni amaliy ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh mutaxassislarga aylantiradi. Masalan, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda yaratilgan “dual ta’lim tizimi” yoki “kampus-sanoat laboratoriyalari” modeli muhandislik yo‘nalishlarida o‘qiyotgan talabalar uchun real texnik muammolarni hal etish tajribasini beradi. Shu tarzda, ta’lim jarayoni akademik nazariya bilan cheklanmay, ishlab chiqarish ehtiyojlariga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ilmiy jihatdan olganda, integratsion yondashuv konstruktivizm va interdisiplinar ta’lim nazariyasi tamoyillariga
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 599 asoslanadi. Bu yondashuvga ko‘ra, bilimlar turli fanlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar orqali yaxlit tizim sifatida shakllanadi. Muhandislik ta’limida bu tamoyil muhandisning texnik bilimlari bilan bir qatorda ijtimoiy, estetik va ekologik mas’uliyatni ham rivojlantiradi. Shunday qilib, innovatsion yondashuv va integratsiya masalalari muhandislik ta’limining yangilanish, uyg‘unlashuv va ijodiy taraqqiyot bosqichini ifodalaydi. U o‘quv jarayonini faqat bilim berish tizimi emas, balki ijodiy fikrlovchi, tahlil qiluvchi, yangilik yaratuvchi shaxsni shakllantirish maydoniga aylantiradi. XXI asr raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va axborot tarmoqlarining asridir. Shunday sharoitda muhandislik ta’limining asosiy vazifasi: zamonaviy raqamli muhitda faoliyat yurita oladigan, texnologik fikrlashga ega, global miqyosda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Bugungi kunda muhandislik sohasi tobora murakkablashib, inson mehnatini algoritmik tizimlar, raqamli platformalar va intellektual dasturlar bilan uyg‘unlashtirmoqda. Shu bois muhandis kadrlar tayyorlash jarayoni an’anaviy bilim berishdan ko‘ra, raqamli tafakkur, innovatsion fikrlash va ijodiy muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilishi zarur. Kelajak muhandislarining tayyorgarligi quyidagi asosiy yo‘nalishlarda yangilanishni talab qiladi: Raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish – bu zamonaviy muhandislik faoliyatining poydevoridir. Talabalarda kodlash (programming), algoritmik fikrlash, ma’lumotlar tahlili (Big Data Analysis), sun’iy intellekt tizimlari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. Ushbu ko‘nikmalar muhandisning texnik muammolarni raqamli yechimlar orqali hal etish salohiyatini oshiradi. Virtual va kengaytirilgan haqiqat (VR/AR) asosida o‘qitish – muhandislik ta’limida amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish uchun muhim vositadir. VR/AR texnologiyalari yordamida talaba murakkab texnik tizimlarni, mexanizmlar yoki inshootlarni virtual tarzda o‘rganadi, ularni boshqarish, tahlil qilish va takomillashtirish imkoniga ega bo‘ladi. Bunday ta’lim shakli xavfsiz, iqtisodiy va ijodiy jihatdan samarali bo‘lib, talabaning fazoviy tafakkurini va texnik sezgirligini rivojlantiradi. Masofaviy va gibrid ta’lim – global hamkorlik va raqamli loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytiradi. Muhandislik ta’limida onlayn platformalar, ochiq ma’lumotlar bazalari (Open Source), xalqaro loyiha tarmoqlari orqali talabalar dunyo miqyosidagi muhandislik muammolari bilan tanishadilar. Bu jarayon ularning xalqaro tajriba almashish, kommunikatsiya va jamoaviy muhandislik madaniyatini shakllantiradi. Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik bilimlarini oshirish – raqamli davrda har bir muhandisning majburiy kompetensiyasidir. Muhandislik tizimlarida ma’lumotlarni himoya qilish, xavfsiz dasturiy muhit yaratish, tarmoqlarni kiberhujumlardan saqlash texnologiyalarini o‘rganish kelajak mutaxassisining barqaror faoliyatini ta’minlaydi. Bu nafaqat texnik, balki axloqiy mas’uliyat va professionallik belgisi hamdir. Raqamli muhitda muhandis kadrlar tayyorlash jarayoni, aslida, ta’lim, texnologiya va inson omili o‘rtasidagi yangi muvozanatni shakllantiradi. Zamonaviy muhandis endi faqat texnik mutaxassis emas, balki ijtimoiy-texnologik tizimlarning dizayneri, innovatsion fikr egasi va axborot madaniyatini rivojlantiruvchi shaxs sifatida namoyon bo‘ladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 600 Ilmiy nuqtai nazardan, bu yo‘nalish raqamli pedagogika, kompetensiyaga asoslangan ta’lim va konstruktiv yondashuv tamoyillariga tayanadi. Har bir talaba o‘quv jarayonida faqat tayyor bilimni emas, balki o‘zi yaratgan raqamli mahsulot, loyiha yoki innovatsion g‘oya orqali o‘rganadi. Shunday qilib, raqamli muhitda muhandis kadrlar tayyorlash istiqbollari – bu ta’limni yangi paradigmasiga o‘tish, unda ijodkorlik, tarmoqli fikrlash, texnologik savodxonlik va insoniy mas’uliyat uyg‘unlashgan tizimni shakllantirish demakdir. Bu jarayon orqali O‘zbekiston va jahon miqyosida raqamli muhandislik maktabining yangi avlodi shakllanadi. Xalqaro tajriba va O‘zbekiston istiqbollari muhandislik ta’limida. Bugungi globallashuv sharoitida muhandislik ta’limi milliy chegaralardan chiqib, xalqaro miqyosdagi standartlar bilan uyg‘unlashmoqda. Zamonaviy muhandislik – bu faqat texnik bilimlar yig‘indisi emas, balki raqamli tafakkur, algoritmik madaniyat, ijodiy yondashuv va ijtimoiy mas’uliyatni birlashtirgan tizimdir. Shuning uchun ham jahondagi ilg‘or texnik universitetlar ta’limni raqamli integratsiya asosida qayta shakllantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Dunyoning yetakchi muhandislik oliygohlari – Massachusetts Institute of Technology (MIT, AQSh), ETH Zurich (Shveytsariya), National University of Singapore (NUS), Technical University of Munich (Germaniya) kabi ta’lim maskanlari raqamli o‘qitish, sun’iy intellekt asosidagi tahlil tizimlari, virtual laboratoriyalar va “aqlli kampus” konsepsiyasini muvaffaqiyatli joriy etgan. Masalan: MIT muhandislik fakultetlarida “AI-driven Engineering Education” (Sun’iy intellektga asoslangan muhandislik ta’limi) dasturini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, u talabalarning har bir o‘quv jarayonini algoritmik tahlil asosida shaxsga moslashtiradi. ETH Zurichda raqamli tvinn (digital twin) texnologiyalari yordamida talabalar real inshoot va tizimlarning virtual nusxasida tajriba o‘tkazish imkoniyatiga ega. NUS esa muhandislikni “Design Thinking” va “Smart Manufacturing” yondashuvlari bilan birlashtirib, ijodkorlik va texnik tafakkurni uyg‘unlashtirgan o‘qitish modelini amalda qo‘llamoqda. Ushbu tajribalar shuni ko‘rsatadiki, muhandislik ta’limining kelajagi raqamli integratsiya, sun’iy intellekt va amaliy innovatsiyalar uyg‘unligida shakllanadi. O‘zbekiston ham muhandislik ta’limida raqamli transformatsiya va intellektual texnologiyalarni joriy etish yo‘lida izchil islohotlarni amalga oshirmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatda bir qator strategik tashabbuslar hayotga tatbiq etilmoqda: “Raqamli universitet” konsepsiyasi joriy etilmoqda. Bu loyihalar ta’lim jarayonini to‘liq elektron platformaga o‘tkazish, masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, talabalar faoliyatini avtomatik tahlil qilish kabi imkoniyatlarni yaratmoqda. “Sun’iy intellekt bo‘yicha milliy markaz” tashkil etilishi esa O‘zbekistonda intellektual texnologiyalarni ishlab chiqish, tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha muhim qadam bo‘ldi. “Dual ta’lim tizimi” muhandislik yo‘nalishlarida kengaymoqda. Bu tizim orqali talabalar o‘qish bilan birga ishlab chiqarishda amaliy faoliyat olib boradi, bu esa ularning kasbiy tayyorgarligini kuchaytiradi. Bundan tashqari, respublikada “Innopolis”, “Digital Engineering” va “IT Park” kabi innovatsion markazlar bilan hamkorlik kuchaytirilmoqda. Bu muhandislik yo‘nalishidagi yosh
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 601 mutaxassislarning startap loyihalari, raqamli texnologiyalar asosida ishlangan yechimlari va xalqaro grant dasturlarida ishtirokini ta’minlayapti. Muhandislik ta’limida raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish – bu zamonaviy ta’limning strategik yo‘nalishidir. Raqamli muhitning kengayishi, axborot texnologiyalarining jadallik bilan rivojlanishi muhandislik sohasida o‘qitishning mazmuni, metodikasi va shakllarini tubdan o‘zgartirmoqda. Endilikda muhandislik ta’limi faqat nazariy bilimlarni emas, balki raqamli kompetensiyalar, analitik fikrlash, ijodiy yondashuv va innovatsion muammolarni hal etish ko‘nikmalarini ham shakllantirishi zarur. Sun’iy intellekt texnologiyalari ta’lim jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan tarzda tashkil etish imkonini beradi. Adaptiv o‘qitish tizimlari, mashinali o‘rganish algoritmlari, avtomatik baholash va tahlil vositalari o‘qituvchining yukini kamaytiradi, ta’lim samaradorligini oshiradi. Bunday tizimlar yordamida har bir talabaga moslashtirilgan individual o‘quv yo‘li yaratiladi, bu esa o‘quv jarayonini yanada insonparvar va natijaga yo‘naltirilgan qiladi. Kelajak muhandislari uchun raqamli transformatsiya faqat texnik vosita emas, balki tafakkur madaniyatini shakllantiruvchi asosiy omildir. 3D modellashtirish, VR/AR texnologiyalari, IoT tizimlari va big data tahlili muhandislik fikrining yangi qirralarini ochib bermoqda. Shu bilan birga, axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik, algoritmik tafakkur, kodlash madaniyati kabi yo‘nalishlar ham muhandislik o‘quv dasturlarining ajralmas qismiga aylanishi kerak. O‘zbekiston uchun bu jarayonlarda xalqaro tajribadan samarali foydalanish muhimdir. MIT (AQSh), ETH Zurich (Shveytsariya) va NUS (Singapur) kabi yetakchi texnik universitetlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, raqamli integratsiya ta’limni global standartlarga olib chiqadi. Shu yo‘nalishda mamlakatimizda “Raqamli universitet” konsepsiyasi, “Sun’iy intellekt milliy markazi”, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi kabi tashabbuslar muhandislik ta’limini yangi bosqichga olib chiqish uchun poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni. 2. Mirziyoyev Sh.M. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” – Toshkent, 2022. 3. UNESCO. Engineering for Sustainable Development: Delivering on the Sustainable Development Goals, 2021. 4. OECD (2023). The Future of Education and Skills: Education 2030 Framework. 5. Karimov A., To‘xtayev N. “Muhandislik ta’limida raqamli texnologiyalarni qo‘llash”, Oliy ta’lim muammolari jurnali, 2024. 6. World Economic Forum. The Future of Jobs Report, 2023. 7. Inoyatov, O. (2025). TEKISLIKLARNING OʻZARO PARALLELLIGI. Ижтимоийгуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социальногуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5(S/1), 495–500. https://doi.org/10.47390/SPR1342V5SI1Y2025N76. 8. Alimjanovna Y. S. TOOLS AND CRITERIA OF COMPOSITION IN THE CREATIVE PROCESS OF FINE ARTS CLASSES OF UNIVERSITY SCHOOLS //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2024. – Т. 5. – №. 02. – С. 48-58.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 602 9. РЗ Хайров - International Journal of Education, Social Science & …, 2023. Педагогические условия информационно-коммуникационных технологий в совершенствовании профессионально-методической подготовки будущих учителей. https://scholar.google.com/scholar?cluster=7155828144032195359&hl=en&oi=scholarr 10. Bolbekovich, Nusharov B. "The Role and Significance of Fine Art in Preparing Future Fine Art Teachers for Independent or Creative Activity." World Bulletin of Social Sciences, vol. 22, 28 May. 2023, pp. 235-239. 11. Khudayberdievich, B. A. . (2024). The Role of Physiognomics in Teaching Students to Draw Portraits. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 5(3), 12. https://doi.org/10.47134/emergent.v3i1.38 12. Имомов Ф. CHIZMACHILIK FANINING O ‘QUVCHILARNING SHAXSIY RIVOJIGA TA’SIRI //Свет науки. – 2025. – №. 10 (45). 13. Shakarbek o‘g‘li I. F. CHIZMACHILIK DARSLARIDA INDIVIDUAL YONDASHUV TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISHDA USUL VA VOSITALAR //PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI. – 2025. – Т. 14. – №. 01. – С. 266-269. 14. Khojamkulov, R. (2024). THE IMPORTANCE OF DEVELOPING DESIGN COMPETENCES OF FUTURE ENGINEERS USING COMPUTER GRAPHICS. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 4(5). https://doi.org/10.47390/SPR1342V4I5Y2024N57. 15. Baxtiyarova , F. (2023). MODERN TECHNOLOGIES IN DEVELOPING PROFESSIONAL CREATIVE ACTIVITY OF STUDENTS. Ilm-Fan Va ta’lim, 1(1). извлечено от https://ilmfanvatalim.uz/index.php/ift/article/view/120. 16. Pardaboevich, Jumaboev Nabi. "BEAUTY AND MORAL EDUCATION IN EASTERN PEDAGOGY: OPPORTUNITIES FOR APPLICATION IN THE PROCESS OF ARTISTIC EDUCATION. IQRO INDEXING, 16 (01), 170-172." 2025. 17. MORAL AND AESTHETIC PRINCIPLES OF EASTERN THINKERS: APPLICATION IN MODERN EDUCATION. (2025). International Journal of Artificial Intelligence, 5(05), 1489-1494. https://www.academicpublishers.org/journals/index.php/ijai/article/view/4677.