DIDAKTIK TA'MINOT TUSHUNCHASI, MAZMUNI VA TA'LIM JARAYONIDAGI O'RNI
Abstract
Mazkur maqolada didaktik ta’minot tushunchasining mazmun-mohiyati hamda ta’lim jarayonidagi o’rni ilmiy-nazariy nuqtai nazardan yoritilgan. Didaktik ta’minot o’quv jarayonini samarali tashkil etish, o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini tizimli ravishda rivojlantirishda asosiy vosita hisoblanadi. Maqolada didaktik ta’minotning tarkibiy qismlari o’quv dasturi, o’quv qo’llanma, metodik ko’rsatmalar, texnik vositalar hamda axborot-resurslar majmui sifatida tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim samaradorligini oshirishda didaktik ta’minotning funksiyalari maqsadga yo’naltirish, motivatsiya berish, nazorat qilish, mustahkamlash va rivojlantirish kabi jihatlar alohida ko’rib chiqilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 603 DIDAKTIK TA’MINOT TUSHUNCHASI, MAZMUNI VA TA’LIM JARAYONIDAGI O’RNI 1Ismatov Ulfat Shuhratovich, 2Zokirov Farrux Shokir o’g’li 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti, “Tasviriy san’at va dizayn ” kafedrasi dotsenti, 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti, “Tasviriy san’at va dizayn ” kafedrasi 1-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17433558 Annotatsiya. Mazkur maqolada didaktik ta’minot tushunchasining mazmun-mohiyati hamda ta’lim jarayonidagi o’rni ilmiy-nazariy nuqtai nazardan yoritilgan. Didaktik ta’minot o’quv jarayonini samarali tashkil etish, o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini tizimli ravishda rivojlantirishda asosiy vosita hisoblanadi. Maqolada didaktik ta’minotning tarkibiy qismlari o’quv dasturi, o’quv qo’llanma, metodik ko’rsatmalar, texnik vositalar hamda axborotresurslar majmui sifatida tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim samaradorligini oshirishda didaktik ta’minotning funksiyalari maqsadga yo’naltirish, motivatsiya berish, nazorat qilish, mustahkamlash va rivojlantirish kabi jihatlar alohida ko’rib chiqilgan. Kalit so’zlar: Didaktik ta’minot, ta’lim jarayoni, pedagogik texnologiya, o’quv-uslubiy qo’llanma, zamonaviy ta’lim resurslari, ta’lim sifati, o’quv dasturi, metodik ko’rsatmalar, elektron ta’lim muhiti, innovatsion yondashuvlar. Annotation. This article explores the essence and significance of the concept of didactic support from a scientific and theoretical perspective. Didactic support is considered a key tool for effectively organizing the educational process and for systematically developing students’ knowledge, skills, and competencies. The article analyzes the structural components of didactic support, including the curriculum, educational manuals, methodological guidelines, technical tools, and information resources. In addition, the functions of didactic support such as goal orientation, motivation, control, reinforcement, and development are examined as crucial factors in enhancing the effectiveness of education. Keywords: Didactic support, educational process, pedagogical technology, educationalmethodical manual, modern educational resources, quality of education, curriculum, methodological guidelines, digital learning environment, innovative approaches. KIRISH O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini takomillashtirish va uning sifat samaradorligini oshirish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun (2020-yil 23-sentabr, O’RQ-637)da ta’lim jarayonini ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash vazifalari belgilab berilgan. Ushbu maqsadlarga erishishda ta’lim jarayonining puxta didaktik ta’minotga ega bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Didaktik ta’minot pedagogika fanining markaziy tushunchalaridan biri bo’lib, u o’qitish jarayonida qo’llaniladigan barcha vositalar, metodlar, o’quv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar, pedagogik texnologiyalar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari majmuidir. Olimlarning fikriga ko’ra (Y.A. Komenskiy, K.D. Ushinskiy, V.V. Kraevskiy, M. Ochilov va
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 604 boshqalar), ta’lim samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biri o’quv jarayonining to’liq va tizimli didaktik ta’minlanishidir. Bugungi kunda didaktik ta’minot tushunchasi nafaqat an’anaviy o’quv vositalari bilan, balki zamonaviy elektron resurslar, multimediali platformalar va innovatsion yondashuvlar bilan ham boyitilmoqda. Bu esa ta’lim jarayonini yanada samarali, qiziqarli va natijador tashkil etishga xizmat qiladi. Shu jihatdan didaktik ta’minotning mazmunini chuqur tadqiq qilish, uni ilmiy asosda tahlil etish va ta’lim jarayonidagi o’rnini belgilash pedagogika fanining dolzarb masalalaridan biridir. ADABIYOTLAR TAHLILI Didaktika - bu ta’lim va o’qitish jarayonlarini ilmiy asosda o’rganadigan, ularning mazmuni, metodlari va vositalarini tizimli ravishda aniqlashga qaratilgan pedagogika fanining asosiy yo’nalishidir. Didaktika atamasi yunoncha didaktikos so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “o’rgatish san’ati” yoki “o’rgatishga oid” ma’nolarini anglatadi 1 . Didaktika atamasi ilk bor 1613yilda nemis olimi Volfgang Ratkening (1571 - 1635) “Didaktika yoki ta’lim san’ati” deb nomlangan maruzasida ilk bor qo’llanilgan 2 . U ta’lim jarayonida til o’rgatish usullarini takomillashtirish, o’quv jarayonini ona tilida olib boorish g’oyalarini ilgari surgan. Ratkening fikricha, ta’lim jarayoni tabiatga muvofiq tashkil qilinishi va asta sekinlik bilan o’rgatilishi kerak. Didaktika rivojlanish tarixida chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670)ning xizmatlari alohida o’rin tutadi. U ta’lim nazariyasini mustaqil ilmiy bilim sohasi sifatida asoslab bergan olimlardan biri hisoblanadi. Komenskiyning 1657-yilda yaratilgan mashhur “Buyuk didaktika” (“Didactica Magna”) asarida didaktikaning asosiy qonuniyatlari, ta’lim jarayonining umumiy tamoyillari va nazariy poydevori batafsil yoritilgan. Mazkur asarda muallif ta’limni keng jamoatchilik uchun ochiq va umumiy bo’lishi kerakligini ta’kidlab, “barchaga hamma narsani o’rgatish” g’oyasini ilgari suradi. Komenskiy ta’lim jarayonini uzluksiz hamda izchil tizim sifatida talqin qilib, uni bolalik davridan boshlab hayotning barcha bosqichlariga qadar olib borish zarurligini asoslab berdi. U, shuningdek, darsni o’quv jarayonining markaziy shakli sifatida belgilab, ta’limni bosqichma-bosqich tashkil qilish tamoyilini ilgari surdi. Uning ta’kidlashicha, bilimlarni o’zlashtirish jarayonida oddiy tushunchalardan murakkab tushunchalarga tomon izchil harakat qilish lozim. Bu yondashuv o’quvchilarning bilimni mustahkam o’zlashtirishiga, tafakkurini rivojlantirishga va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Didaktika fani tarixiy taraqqiyot davomida turli davrlarda yirik pedagog olimlarning ilmiy qarashlari orqali shakllanib, bugungi kunda ta’lim jarayonining asosiy nazariy va amaliy yo’nalishlarini belgilab beruvchi ilmiy soha sifatida namoyon bo’lmoqda. Keyingi asrlarda K.D. Ushinskiy (1824–1870) didaktika nazariyasini yanada rivojlantirib, uni ta’lim jarayonining ilmiy asoslari bilan boyitdi. Uning “Человек как предмет воспитания” (1868) asarida ta’limning maqsadi, mazmuni va metodlari shaxsning rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq holda tahlil qilingan. XX asrda esa V.V. Kraevskiy (1986), I.Ya. Lerner va M.N. Skatkin kabi olimlar didaktik 1 Гусев, А. В. История педагогики и образования. Москва: Просвещение, 2017, s. 45. 2 Ratke, W. (1613). Didactica, oder Lehrkunst [Didaktika yoki ta’lim san’ati]. Maruza. Germaniya.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 605 tushunchalarning ilmiy tizimini ishlab chiqib, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Didaktikaning rivojlanish jarayonida “didaktik ta’minot” tushunchasi muhim o‘rin egallaydi. Ushbu tushuncha ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va uning sifatini oshirishga xizmat qiluvchi o‘quv-metodik resurslar, vositalar hamda tashkiliy-pedagogik shartsharoitlarning majmuasini o‘zida mujassamlashtiradi. Didaktik ta’minot deganda faqatgina darslik va o‘quv qo‘llanmalar emas, balki o‘quv dasturlari, metodik tavsiyalar, ko‘rgazmali qurollar, elektron o‘quv resurslari, interfaol ta’lim texnologiyalari hamda zamonaviy axborotkommunikatsiya vositalari ham nazarda tutiladi. Shu jihatdan, didaktik ta’minot ta’lim jarayonining uzluksizligi, tizimliligi va samaradorligini ta’minlovchi asosiy omil hisoblanadi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, ta’lim tizimida didaktik ta’minot masalalariga alohida e’tibor qaratila boshlandi. M. Ochilov (2012), S. Qosimov va N. Azizxo’jayevlarning ilmiy ishlari ta’lim mazmunini modernizatsiya qilish, darslik va metodik qo’llanmalarni yangilash, shuningdek, elektron ta’lim resurslarini yaratish zaruriyatini asoslab berdi. Ularning ta’kidlashicha, didaktik ta’minot ta’lim jarayonining uzviy qismi bo’lib, o’quvchi shaxsining bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish, ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Didaktik ta’minot ta’lim jarayonida bir necha muhim vazifalarni bajaradi: 1. Ta’lim mazmunini samarali yetkazish vositasi. Darsliklar, metodik tavsiyalar va elektron resurslar o’quvchilarga nazariy bilimlarni tizimli va chuqur o’zlashtirish imkonini beradi. UNESCO (2015) ma’lumotlariga ko’ra, sifatli o’quv-metodik majmualar ta’lim samaradorligini 30–40% gacha oshirishi mumkin. 2. O’quv jarayonining uzviyligini ta’minlash. O’quv dasturlari va metodik ko’rsatmalar darsliklar mazmunini milliy ta’lim standartlari bilan uyg‘unlashtiradi. Bu jarayon o’quvchida tizimli bilim va barqaror ko’nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. 3. Innovatsion texnologiyalarni joriy etish imkoniyati. Interfaol metodlar, multimedia vositalari va elektron resurslar o’quvchilarni faollikka undaydi, mustaqil fikrlash va ijodiy izlanish ko’nikmalarini rivojlantiradi. M. Ochilov (2012) elektron darslik va virtual laboratoriyalarni qo’llash o’quvchilarning amaliy bilimlarini sezilarli darajada mustahkamlashini ta’kidlaydi. 4. Ta’lim sifatini nazorat qilish vositasi. Metodik tavsiyalar va baholash mezonlari o’quvchilarning bilim darajasini aniqlash, ularning rivojlanish dinamikasini kuzatish va ta’lim jarayonini takomillashtirish imkonini beradi. Bu esa ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. 5. O’qituvchi faoliyatini yengillashtirish. Tayyor metodik qo’llanmalar va o’quv resurslaridan foydalanish o’qituvchining vaqtini tejaydi va pedagogik ijodkorlikni rivojlantirishga sharoit yaratadi. Shu sababli O’zbekiston ta’lim tizimida darslik va metodik majmualarni yangilash doimiy e’tibor markazida turadi (O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hisobotlari, 2020). Jahon tajribasida ham didaktik ta’minotga alohida ahamiyat berilmoqda. Xususan, Yevropa ta’lim tizimida u kompetensiyaviy yondashuv asosida qayta ishlab chiqilgan o’quv dasturlari, multimedia vositalaridan keng foydalanish va interfaol metodlar bilan bog‘liq holda ta’lim samaradorligini oshirish vositasi sifatida qaraladi. XULOSA
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 606 Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, ta’lim jarayonining samaradorligi, eng avvalo, uning puxta didaktik ta’minotga ega bo’lishi bilan belgilanadi. Didaktika fanining tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan nazariy qarashlar (Y.A. Komenskiy, K.D. Ushinskiy, V.V. Kraevskiy va boshqalar) bugungi kunda ham o’z dolzarbligini yo’qotmagan bo’lib, ular ta’limning maqsad, mazmun va metodlarini ilmiy asoslashda mustahkam poydevor vazifasini bajaradi. Didaktik ta’minot tushunchasi o’qitish jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur bo’lgan barcha o’quv-metodik resurslar, vositalar va sharoitlarni o’zida mujassamlashtiradi. Uning mazmuni darslik va metodik qo’llanmalardan tortib, zamonaviy elektron ta’lim resurslari, multimedia platformalari va interfaol texnologiyalargacha bo’lgan keng ko’lamli vositalarni qamrab oladi. Bugungi globallashuv va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash davrida didaktik ta’minot nafaqat o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish, balki ularning ijodiy va mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirishga ham xizmat qilmoqda. UNESCO (2015) ma’lumotlariga ko’ra, sifatli ishlab chiqilgan o’quv-metodik majmualar ta’lim samaradorligini 30-40 foizgacha oshirish imkonini beradi. Shuningdek, O’zbekistonda mustaqillikdan so’ng qabul qilingan “Ta’lim to’g‘risida”gi Qonun (2020) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997) ta’lim jarayonida didaktik ta’minotni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilishini ko’rsatmoqda. Bu esa ta’lim mazmunini modernizatsiya qilish, darslik va metodik qo’llanmalarni yangilash hamda elektron ta’lim resurslarini yaratish zaruriyatini taqozo etmoqda. Xulosa sifatida aytish mumkinki, didaktik ta’minot ta’lim jarayonining ajralmas qismi va sifat kafolati bo’lib, u o’quvchilarda mustahkam bilim, barqaror ko’nikma va ijodiy salohiyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bois, didaktik ta’minotni ilmiy asosda takomillashtirish va uni ta’lim amaliyotiga samarali tatbiq etish zamonaviy pedagogika fanining eng dolzarb vazifalaridan biridir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Komenskiy, Y.A. Didactica Magna (“Buyuk didaktika”). – Prag, 1632. 2. Ушинский, К.Д. Человек как предмет воспитания. Опыт педагогической антропологии. – Москва: Педагогика, 1988. 3. Краевский, В.В. Основы обучения. Дидактика и методика. – Москва: Академия, 2001. 4. Зиёмухамедов, А., Абдуллаева, Х. Pedagogika nazariyasi va tarixi. – Toshkent: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, 2010. 5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “Ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi qarori. – Toshkent, 2019. 6. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent: Adolat, 2020. 7. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to’g‘risidagi qarori. – Toshkent, 1997. 8. UNESCO. Education for All Global Monitoring Report. – Paris, 2015. 9. Mavlonova, R., To’xtaxo’jaeva, M., Xoliqova, N. Pedagogika. – Toshkent: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2012. 10. Sayidahmedov, N. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2016.