scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DARYО XAVZALARIDAN FOYDALANISH: EKOLOGIK JIHATLAR VA MUAMMOLAR

I.Toshkanov

Abstract

maqolada Qum va shag’al qazib olish jarayonida yuzaga keladigan asosiyekologik muammolar ko’rib chiqilgan. Qazish ishlarining tabiiy muhitga, suv oqimiga, havosifatiga va biodiversitetga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, ekologik ta’sirlarni kamaytirish vabarqaror rivojlanishni ta’minlash uchun qo’llanilishi mumkin bo’lgan asosiy chora-tadbirlartavsiya qilingan. Maqola Qoradaryo misolida qum va shag’al qazib olishning ekologik jihatlarigae’tibor qaratgan holda, bu sohadagi ekologik muammolarni hal etish yo’llarini o’rganishga xizmat

Full text

"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 95 DARYО XAVZALARIDAN FOYDALANISH: EKOLOGIK JIHATLAR VA MUAMMOLAR I.Toshkanov NamDU mustaqil tadqiqotchisi Annotatsiya: maqolada Qum va shag’al qazib olish jarayonida yuzaga keladigan asosiy ekologik muammolar ko’rib chiqilgan. Qazish ishlarining tabiiy muhitga, suv oqimiga, havo sifatiga va biodiversitetga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, ekologik ta’sirlarni kamaytirish va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun qo’llanilishi mumkin bo’lgan asosiy chora-tadbirlar tavsiya qilingan. Maqola Qoradaryo misolida qum va shag’al qazib olishning ekologik jihatlariga e’tibor qaratgan holda, bu sohadagi ekologik muammolarni hal etish yo’llarini o’rganishga xizmat qiladi. Kalit so’z: qum va shag’al, qazib olish, ekologik muammolar, Qoradaryo, suv oqimi, ekologik ta’sir, barqaror rivojlanish, ekologik rekulьtivatsiya, atrof muhitni muhofaza qilish Bugungi kunga kelib, atmosfera havosining ifloslanishi, biologik xilma-xillikning kamayishi, tuproq degradatsiyasi dunyo miqyosida global tashvish uyg’otmoqda. Bu, o’z navbatida tabiiy resurslarni tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat va jamiyat hayoti uchun muhim ustuvor yo’nalishga aylandi. Yurtimizda aholining qulay tabiiy muhitga ega bo’lishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning oldini olishga jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Keyingi yillarda O’zbekistonda qurilish ko’lamining kengayishi va noruda materiallarga bo’lgan ehtiyojning keskin oshishi natijasida daryo o’zanlari, sohil bo’yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida noruda materiallarni qazib olish bilan shug’ullanib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlari soni ortib bormoqda. Buning oqibatida suv resurslari zaxiralarining kamayib ketishi, daryo qirg’oqlarining yemirilishi, suvni muhofaza qilish zonalarining turli chiqindilar bilan ifloslantirilishi holatlari yuz berib, sug’orish tizimlari, elektr energiya, transport va gidrotexnika infratuzilma ob’ektlariga zarar yetkazilmoqda. Bu borada O’zbekiston Prezidentining «Suv havzalarida noruda materiallarini qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonida shu haqida ma’lum qilindi. Farmonga ko’ra, endilikda daryo o’zanlari, sohil bo’yi mintaqalari va suv muhofaza zonalaridan qum-shag’al materiallari qazib olish faqat «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali amalga oshirilishi va moratoriy davrida daryo o’zanlari, sohil bo’yi mintaqalari va suv muhofaza zonalaridan qum-shag’al materiallarini noqonuniy qazib olish natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun jarima miqdori 10 baravarga yetkazildi. Ko’rinib turibdiki, keyingi yillarda ayrim daryo xavzalaridan qurilish va boshqa maqsadlarda tadbirkorlar tomonidan foydalanish darajasi bir muncha oshgan. E’tiborli jihati aynan bu jihat Qoradaryo daryo o’zanida ham sodir bo’lib, ayrim ekologik buzilishlarga olib kelmoqda. Qoradaryo - O’zbekistonning Namangan va Farg’ona viloyatlari hududidan o’tadigan muhim daryolardan biri. U Norin daryosining bir tarmog’i sifatida Qoradaryo nomini olgan va keyinchalik DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15063892 "ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 96 Sirdaryo daryosini tashkil etadi. Qoradaryoning umumiy uzunligi taxminan 378 km, havza maydoni esa 30,100 km² atrofida. Qoradaryo daryosi mahalliy aholi uchun muhim suv manbai hisoblanadi. U qishloq xo’jaligi, ichimlik suvi va sanoat ehtiyojlari uchun foydalaniladi. Shuningdek, daryo atrofidagi ekosistema biologik xilma-xillikni saqlashda muhim rolь o’ynaydi. Mazkur daryo mahalliy aholi uchun ichimlik suvi manbai hisoblanadi. Daryo resurslari mayda tosh va qum chiqindilari hamda aralash qattiq materiallardan iborat. Ushbu mahsulotlar kundalik xayotda keng ko’lamda foydalaniladi. Qurilish va shaharsozlikda yarim tayyor xom ashyo sifatida foydalaniladi. Daryo o’zanidan qazib olingan tosh va tosh mahsulotlari to’g’ridan-to’g’ri qurilish ishlarida, bino inshootlarni asosiy fundament qismini tayyorlashda, ko’chalarni birlamchi shag’allash maqsadlarida keng foydalanib kelinadi. Hozirgi kunda qurilishda foydalanib kelinayotgan, ya’ni toshmaydalagichlarda hosil bo’ladigan ikkilamchi mahsulotlarining asosini ham mana shu daryo o’zani ta’minlab beradi. Biroq, hozirgi kunda aholi orasida hamda xavfsiz daryo unitar korxonasi tomonida qazib olish va daryo o’zanlarini tozalash maqsadida elektron auktsion orqali shartli chegaralar asosida daryo o’zanlari bo’lib berilgan. Biroq, keyingi yillarda Qoradaryo daryosi o’zani va uning atrofida ayrim xolatlar ko’zga tashlanmoqda. Xususan, • Qum va shag’al qazish o’simliklar va hayvonot turlarining yashash muhitini buzilishi, • Daryodan qum va shag’al qazish suv oqimining tabiiy yo’nalishini o’zgartirishi, suvning sho’rlanishi va ifloslanishiga olib kelishi, • Qazish va tashish ishlari davomida havoga chang va mayda zarrachalar chiqishi, • Qazish texnikasi ishlayotgan vaqtda yuqori shovqin yuzaga kelishi, • Qazishma ishlari doirasida daryodagi suv oqimi va sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi va x.k kuzatilmoqda. Shu o’rinda aytish mumkinki, bunday xolatlarni salbiy ta’siri tez orada ko’rinmasligi yoki sezilmasligi mumkin. Lekin vaqtlar o’tishi davomida o’z ta’sirini ko’rsatmasdan qolmaydi. Shu o’rinda qurilish ishlarida qum-shag’alga zarurat bo’lganda, daryo o’zanlarini tozalash ishlarini olib boruvchi tadbirkorlik sub’ektlariga murojaat qilinsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. O’zboshimchalik bilan, noqonuniy tarzda duch kelgan joydan qum-shag’al ortish, tashash bilan shug’ullanuvchilar, Yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish talablarini buzgan deb topiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 1. Ashrafov, J. A. (2018). Qum va shag’al qazib olishning ekologik ta’siri. Toshkent: Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti. 2. Nazarov, S. M. (2020). Daryo ekotizimlarida qum va shag’al qazish muammolari va yechimlari. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, 12(3), 45-53. 3. Mirzoev, O. T. (2019). Qum va shag’al qazib olishda barqarorlik masalalari. Toshkent: Qurilish va atrof muhit jurnali, 7(2), 22-30.