ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA'LIMIY TALQINI MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI
Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida atrof-muhitni asrashmasalalari ko‘rib chiqilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik ongni shakllantirishningahamiyati ta’kidlanib, ularni tabiatga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish metod vausullari tahlil qilingan. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekologik madaniyatnirivojlantirish uchun tashkil etiladigan tadbirlar va amaliy mashg‘ulotlarning roli ko‘rsatib o‘tilgan.
Full text
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 97 ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI Muxtorova Moxiraxon Ma’rufjon qizi Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida atrof-muhitni asrash masalalari ko‘rib chiqilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik ongni shakllantirishning ahamiyati ta’kidlanib, ularni tabiatga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish metod va usullari tahlil qilingan. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekologik madaniyatni rivojlantirish uchun tashkil etiladigan tadbirlar va amaliy mashg‘ulotlarning roli ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, ta’lim, ekologiya, madaniyat, bolalar, mashg‘ulot, rivojlantirish. Ekologik ta’lim-tarbiya ta’lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo‘lib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ekologik tarbiyalash jarayonida tarbiyalanuvchilarni yashab turgan tabiatimiz boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza qilishga o‘rgatib boramiz. Xalqimizda yaxshi bir naql bor: “Atrof-muhit tozaligi uyning ostonasidan boshlanadi”. Har bir xonadonning sarishtaligi, obodligi uning ostonasida, koʻcha-kuy, hovli-joyni toza va saranjom tutishda bilinadi. “Qush uyasida koʻrganini qiladi” deganlaridek, ota-onalar bolalarga tabiat inʼom etgan yer va suvni asrab-avaylash, tuproq va havoni ifloslantirmaslik, oʻsimlik-yashillik olamini saqlash haqidagi oʻgitlarni doimiy ravishda singdirishlari va ularning hayot mezoniga aylantirishlari talab etiladi. Farzandlarimizga, oʻlkamiz uchun tobora qadrli boʻlib borayotgan ichimlik suvidan tejab-tergab foydalanish munosabatini shakllantirish ayniqsa, oʻta muhim masaladir. Bolalarning atrof-muhitga boʻlgan nojoʻya munosabatiga ota-onalar munosabat bildirishlari va buning salbiy oqibatini tushuntirib, tabiiy muhit tozaligi, havoning musaffoligi avvalom bor bizning salomatligimiz, hayotimiz barqarorligini taʼminlashini astoydil uqtirib borishlari lozim. “Toza muhit bu sogʻlom hayot muhiti” qoidasini oilaning turmush tarzi va dunyoqarashi, kundalik zaruriyati, amaliy koʻnikmasi va hayotiy ehtiyojiga aylantirish zarurdir. Ekologik-huquqiy taʼlim va tarbiya asosan oilada olib borilishini inobatga oladigan boʻlsak, demak har bir oilada oʻsib-ulgʻayayotgan yoshlarimiz mustaqil davlatimizning ekologik siyosati hamda uning mazmunini, huquqiy-ekologik muammolar hamda ularni hal qilishning huquqiyiqtisodiy tomonlarini yaxshi bilishlari, chuqur huquqiy-ekologik bilimlarga ega boʻlishlari va jamiyat faoliyatining ekologik sohasida faol qatnashishlari zarur boʻladi. Atrofni chiroyli va ozoda saqlash oiladan boshlanadi. Mashinalardan chiqindi uloqtirib tabiatga zarar keltirib obodonlashtirish xodimlarini mehnatini behurmat qilishlari ham uchrab turadi. Buni oldini olish uchun tabiatni asrash uchun qonun bilan himoya qilingan. “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksi 123-moddasida transport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish jarima solinishiga sabab DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15063892
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 98 bo‘lishi aytib o‘tilgan. Unga ko‘ra, poyezdlarning vagonlari, avtotransport vositalari va shahar yo‘lovchilar transportidan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, kodeksning 82-moddasiga muvofiq muhofaza qilinayotgan tabiiy hudud rejimini buzish, 91moddaga muvofiq chiqindilarni noqonuniy joyga tashlash uchun ham jarimalar belgilangan. Ko‘pchilik davlatlarda ham chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash taqiqlanadi, buni bir qancha davlatlar misolida ko‘rib chiqamiz. 1. AQSHning turli shtatlarida belgilanmagan joylarda chiqindi tashlash uchun qonunlar mavjud bo‘lsa-da, ular joy va chiqindining hajmiga qarab farqlanadi. Fuqarolarga 25 dollardan boshlangan jarimalar, haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yish va qamoq jazosi ham belgilanishi mumkin. 2. Buyuk Britaniyada ham ochiq tabiat va suv havzalariga chiqindi tashlash yoki mashinadan uloqtirish uchun jarimalar mavjud. Jarimalar miqdori 150 funt sterlingdan 2500 funt sterlinggacha belgilangan. 3. Germaniyada o‘rmonlar, shahar ko‘chalariga tashlangan chiqindilar uchun ularning turi, tashlab ketilgan joyiga qarab jarimalar to‘lanadi. 4. Yaponiya ko‘chalarida chiqindi idishlar mavjud emas. Odamlar chiqindilarni ko‘chaga tashlagandan ko‘ra o‘zi bilan uyiga olib ketishni afzal ko‘radi va chiqindi tashlaganlik uchun 1000 yuangacha jarima belgilangan. Singapurda ham ko‘chaga chiqindi tashlaganlarga qat’iy choralar bor. Qoidani birinchi marta buzganlar uchun jarima 1000 Singapur AQSh dollari, 2-marta buzganlar uchun 2000 Singapur AQSh dollari qilib belgilangan. Ekologik tarbiya-axloqiy tarbiyaning ajralmas qismidir. Kishilarda ekologik ong va tafakkurni, ekologik dunyoqarashni hosil qilish tabiatni dialektik tushunishga yordam beradi. Hamma bosqichlarda ekologik ta’lim va tarbiyani talab etilgan darajada amalga oshirish uchun bu vazifaning muhimligini va mas’uliyatini yaxshi bilgan yoshlarni tayyorlash zarur [2. 154-b]. Ekologik ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifa va maqsadlari inson tabiat bilan va unda sodir bolayotgan voqeliklar bilan qiziqtirish, inson, tabiat o‘rtasidagi muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash, yechish yo‘llari, choratadbirlarini topish yetarli ekologik bilimlarga ega bo‘lgan holda atrof-muhit muhofazasini amalga oshirishdir. Ekologik ta’lim-tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat: Jamiyat va tabiatning rivojlanish qonunlari; ular o‘rtasidagi munosabatlarni chuqur o‘rgatish va zamonaviy fikrlay oladigan shaxsni tayyorlash; Ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirish va ishlab chiqarish kuchlarini yo‘naltirishda turli tabiiy hududlarning ekologik holatini biladigan va kelajakning ekologik rejasini tuzadigan avlodni tarbiyalash; Har bir inson, jamiyat va jamiyat ichidagi turli guruhlar, toifalar, sinflarning o‘zlari yashab turgan tabiat, uning boyliklarini saqlashga xizmat qiladigan yoshlarni yetishtirish; Jamiyat a’zolariga o‘zlarining ijtimoiy, madaniy, diniy qarashlari va urfodatlarini rivojlantirishda yashab turgan joy, vodiy, adirlar, tog‘larning go‘zalligi, ularning inson hayoti va salomatligidagi ahamiyatini tushuntirish, yosh avlodda tabiatga nisbatan mehr-muhabbat uyg‘otish ishlarini olib borish. Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda bog‘cha tarbiyachilari, maktab va o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, turli о`yinlar, kinofilmlar orqali tabiiy va ijtimoiy fanlarni o‘tishda o‘zlari yashab turgan joydagi tabiiy voqelik va ekologik holatlarga bog‘lab, ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishi hamda darslar o‘tishi kerak. Shunday ishlar amalga oshirilganda har bir bog‘cha bolasi, maktab o`quvchisi va talabalar o‘simlikning qurishi, qushning ucholmasligi, adir yoki to‘qayning yonishi,
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 99 suvning befoyda oqishiga befarq bo`lmaydi. Tabiat, uning jonzotlariga, o‘zi ichadigan suvga nisbatan joni achishadi, ahvolni yaxshilash uchun ichki intilish tuyg'usi vujudga keladi. Bu esa insondagi yangi biologik kuchdir. Uning yangi aqlzakovatining inqilobi, ekologik ta’limtarbiyaning g‘alabasi bo‘ladi. Maktabgacha ta’limda ekologik tarbiyaning maqsadlari: Tabiatga bo‘lgan muhabbat va e’tiborni shakllantirish; atrof-muhitni asrash ko‘nikmalarini rivojlantirish; hayvonot va o‘simlik olami haqidagi bilimlarini kengaytirish; ekologik ong va madaniyatni tarbiyalash. Ekologik tarbiyada qo‘llaniladigan usullar: Kuzatish: Bolalar bilan daraxtlar, qushlar, havo harorati, yomg‘ir kabi tabiiy hodisalarni kuzatish orqali ularning tabiatga bo‘lgan qiziqishini oshirish mumkin. Amaliy mashg‘ulotlar: Gul ekish, bog‘cha hovlisini tozalash, chiqindilarni ajratish singari faoliyatlar orqali ekologik odatlarni shakllantirish. Ertaklar, she’rlar, hikoyalar: Ekologik mazmundagi adabiyotlar orqali bolalarda tabiatni asrash tushunchasini shakllantirish. Rasmlar va qo‘l mehnati mashg‘ulotlari: Tabiiy materiallardan foydalanib turli buyumlar yasash orqali ekologik ongni mustahkamlash. Tabiat qo‘yniga ekskursiyalar: Real hayotda tabiat bilan bevosita tanishish bolalarning taassurotlarini kuchaytiradi. XULOSA: maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekologik tarbiya bolalarda atrof-muhitga nisbatan mehr-muhabbat, e’tibor, mas’uliyat va ekologik madaniyatni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Yosh bolalar tabiatni his qilishga va unga mehr bilan qarashga moyil bo‘lgani sababli, aynan shu davrda ekologik tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhimdir. Ekologik tarbiyani samarali tashkil etish uchun pedagoglar tomonidan tabiatga oid kuzatishlar, amaliy mashg‘ulotlar, ekologik ertak va o‘yinlar, tabiatga chiqishlar keng qo‘llanilishi kerak. Bu orqali bolalarda nafaqat ekologik bilimlar balki, tabiatni asrashga doir ongli munosabat va foydali ko‘nikmalar shakllanadi. Shunday qilib, ekologik tarbiya orqali biz kelajak avlodni tabiatni asraydigan, ongli, mas’uliyatli va ekologik madaniyatga ega shaxslar etib tarbiyalaymiz. Bu esa barqaror rivojlanishning muhim kafolatidir. FОYDАLАNILGАN АDАBIYОTLАR 1. Nigmatov A. N. Ekologiyaning nazariy asoslari: o‘quv qo‘llanma / A. Nigmatov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2013. – 268 b. 2. Tо‘xtayev A. S. Ekologiya. Pedagogika institutlarining talabalari uchun о‘quv qо‘llanma. T., «О‘qituvchi», 1998. — 192 b. 3. Ahmadul Ergashev, Temur Ergashev. “Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish” “Yangi asr avlodi”, 2005-yil. 4. Xo’janazarov O’.E., Yakubjonova Sh. “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish”.O’quv qo’llanma. Toshkent-2018. 5. Xodjimatov A.N.,Alimkulov N.R., Xolmurodov Sh.A., Djuraev M.E. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish. T:. “Innovasion rivojlanish nashriyoti-Matbaa uyi”., 2020. 228 b. 6. Ergashev A., Yulchiyeva M., Ahmedov O’., Abzalov A. Umumiy ekologiya. Toshkent-2014.