OROL MUAMMOSI O'ZBEKISTON VA XORIJIY OLIMLAR HAMDA XALQARO TASHKILOTLAR NIGOHIDA
Abstract
ushbu maqolada bir qator mahalliy va xorijiy olimlarning Orol dengizi muammosiga bag’ishlangan ilmiy asarlarining tahlillari yoritilgan. Shuningdek, bu bo’yicha xalqaro nufuzli tashkilotlarni olib borayotgan ishlari haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.
Full text
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 103 OROL MUAMMOSI O’ZBEKISTON VA XORIJIY OLIMLAR HAMDA XALQARO TASHKILOTLAR NIGOHIDA Jabborova Gulsanamxon Namangan davlat pedogogika inistituti, Geografiya yo’nalishi talabasi E-mail: [email protected] Qoriyev Mirzoxid Namangan davlat pedagogika instituti, tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti. E-mail: [email protected] Annotatsiya: ushbu maqolada bir qator mahalliy va xorijiy olimlarning Orol dengizi muammosiga bag’ishlangan ilmiy asarlarining tahlillari yoritilgan. Shuningdek, bu bo’yicha xalqaro nufuzli tashkilotlarni olib borayotgan ishlari haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so’zlar: orol dengizi muammosi, ekologik muammolar, orol muammosi bo’yicha mahalliy va xalqaro olimlarning ilmiy tadqiqotlari. Orol dengizining inqirozi insoniyatning atrofmuhitga e’tiborsizligi oqibatlari haqida dahshatli eslatmadir. Biroq g’amxo’r odamlarning sa’y-harakatlari tufayli u yana umid va yangilanish ramziga aylanmoqda. Saida Mirziyoyeva Kirish. Orol dengizining qurishi nafaqat mintaqaviy, balki global ekologik muommo hisoblanadi. Orol bo’yi hududi ma’muriy jihatdan O’zbekiston va Qozog’iston hududida joylashgan. 1960-yilda uning maydoni orollari bilan birga 68,0 ming kv km ni, suvining hajmi esa 1000 kub km ni tashkil etgan [8]. Ammo, Sobiq ittifoq davridan to hozirga qadar sug’orish tizimlarini noto’g’ri boshqarilishi, yani, Orol dengiziga suv beradigan Amudaryo hamda Sirdaryo daryolarining suvini katta qismini (hozir esa deyarli barchasi) ekin maydonlariga yo’naltirilishi natijasida Orol dengizi sekin asta quriy boshladi. Orol dengizi muammosi hozirgi paytda inson faoliyatining salbiy oqibatlaridan biridir [6]. Quyida Orol dengizi qurishi masalasini O’zbekiston va xalqaro olimlar hamda xalqaro tashkilotlarning ilmiy izlanishlari, amalga oshirayotgan yechimlari asosida kengroq yoritiladi. Asosiy qism. O’zbekiston Orolni qurishini ekologik va iqtisodiy rivojlanish uchun asosiy to’siqlardan biri sifatida qabul qilgan. Dengizning qurishiga olib kelgan asosiy sabablar Amudaryo va Sirdayo suvlarining katta qismi paxta ekinzorlarini sug’orish uchun yo’naltirildi. Sovet davrida qurilgan kanallarning aksariyat qismi betonlashmagan edi, bu esa tuproq orqali katta miqdorda suvning yo’qolishiga olib kelgan va eng asosiy sabablardan biri bu Markaziy Osiyodagi davlatlar suvdan foydalanish bo’yicha kelishmovchiliklar Orol dengizi holatini yomonlashtirdi. Suv resurslaridan notog’ri foydalanish faqat Orol dengizining emas, uning atrofidagi butun ekotizmni izdan chiqardi. Baliqchilik va dengiz atrofidagi qishloq xo’jaligi tizimlari buzilib, o’rniga cho’l landshafti shakllana boshladi. Dengizning sathi keskin pasayishi Orolning qurigan qismi Orolqum deb ataluvchi tuzli cho’lga aylandi. Bu cho’l tuproqning sho’rlanishi va atrof muhitga tuzning DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15063892
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 104 ko’tarilishi natijasida aholiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Bu bo’yicha bir necha O’zbekistonlik olimlar, jumladan, Abdrahmanov T., Jabbarov Z., Fayzullayev O., Abdullayev Sh., Shomurodova K.Sh. lar qurigan Orol tubining tuproq-gruntlarining morfologik belgilarini o’rgandilar [1]. Olimlar tomonidan cho’l qumli tuproqlarning o’rganish natijasida orol dengiz tubining qurib qolgan hududlarda tuproq profilidagi yer osti suvlarining kuchli bug’lanishi natijasida tuz kristallarining intensiv to’planish jaroyoni sodir bo’lib, unda quruq qoldiq o’rtacha 0,439%dan 1,147%gacha bo’lgan, shu bilan birga, sho’rlanish turi sulfat-xlorid ekanligi aniqlagan. Orol dengizi qurigan tubining janubiy qismi “0” nuqtadagi tuproq-gruntlari tarkibidagi zaharli tuzlar miqdori juda yuqori bo’lib bunday maydonlar katta hududlarni tashkil etadi. Ushbu tuproq-gruntlari (0-30 sm) qatlamlarda umumiy quruq qoldiq miqdori 1,454% dan 1678% orasida va umumiy ishqoriylik bo’yicha HCO3 miqdori 0,063% dan 0,088% orasida ekanligi aniqlagan, tahlil natijalariga ko’ra hududning ekologik-meliorativ holati yomonlashib boroyotganligi aniqlagan. Olimlarni dengizning yo’q bo’lib ketishi XX asrning eng yirik ofatiga aylanganligini takidlab o’tadi. Orol dengizi o’zining yo’qolishi bilan tabiiy muhitlarni o’zgartiradi, biologik va zoologik xilma-xillik, aholi salomatligi salbiy ta’sir ko’rsatishda davom etadi [2]. Orol muommosi bilan maxsus shug’ullangan olimlar va mutaxasislar tomonidan ko’tarilgan. Ular o’z fikrlarini ushbu muommo ustidan olib borgan. Ko’p yillik ilmiy izlanishlari asosida tushuntirib, dengizni barcha ekologik va ijtimoiyiqtisodiy ahamiyatini to’g’ri taxmin qilgan holda uning sathini ma’lum mutloq balandlikda saqlab qolish mumkinligi isbotlab berdilar. Orol dengizini dastlabki mutloq balandlikda (53)m ko’tarishning iloji yo’q. Orol sathini bir mutloq balandlikda saqlab qolish uchun hozirgi kunda bir necha fikrlar o’rtaga tashlanmoqda. 1. Ba’zilar Kaspiy dengiz suvini kanal orqali Orolga o’tkazishni: 2. Ko’pchilik Orolni Sibir daryolari suvi hisobiga to’ldirishni 3. Ba’zilari Amudaryo va Sirdaryo boshlanishi muzliklarni 17 ming kv km eritib yuborishni ko’pchilik maslahat berdilar. Markaziy Osiyodagi suv omborlari suvni daryolarga ochib yuborishni o’rtaga tashlagan. Bulardan tashqari ba’zi mutaxasislar Orol dengizi ostida taxminan 1-1,5 ming m chuqurlikda Orolning 1961 yilga qadar bo’lgan suv hajmiga nisbatan 4 barobar va undan ham ko’proq miqdordagi yer osti suvlari mavjud. Ushbu suvlarni bug’lanish yo’llari bilan bir necha skvojinalar (burg’ular) orqali dengizga ko’tarib chiqish mumkinligini ko’rsatadilar [7]. Bu haqda ko’plab olimlar birgalikda ilmiy ish va tadqiqotlar olib borib maqolalarda ma’lumotlar keltirgan. Bunga misol qilib Zafarjon Jabborov, To’xtasin Abdurahmonov, Gulnora To’lqinovna Djalilova, Samad Mahammadievlarning “Orol dengizni qurishining salbiy ta’sirini bartaraf qilishga yo’naltirilgan ishlar va ilmiy tadqiqotlar” maqolasida Orol dengizining qurishida reylefning ta’siri, iqlim o’zgarishi, yog’in miqdori, bug’lanish ko’rsatkichlari hamda dengizga quyuluvchi daryo suvlarining miqdor o’zgarishi, qirg’oqlanish jaroyoni va xorijiy tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida kengroq yoritib bergan [3]. Bundan tashqari ko’plab maqolalar yozib, ushbu maqolalarda orolbo’yi hududlari va uning qurigan tubida yashil qoplamalar yaratish rejasi bo’lib, shu hududlarda tarqalgan, tuproq gruntlarning sho’rlanganlik holati fizik kimyoviy va biologik xossalariga ko’ra o’simliklar ekish hududlarni guruhlashning ilmiy asosini yaratish bo’yicha amalga oshiriladigan tadqiqot usullarini amalga oshirish haqida ma’lumot berilgan. Orol dengizi O’zbekistonda joylashgan uning va bugungi taqdiri faqat bizgina emas balki butun xalqaro hamjamiyatga daxldor masala. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Orol dengizi falokati va uning oqibatlarini bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Orolbo’yi mintaqasida ekologik muommolarni hal etish va aholi turmush
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 105 sharoitini yaxshilash bo’yicha qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev 2017yil 19-sentabr kuni birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 72sessiyasida Orolbo’yi mintaqasini “Ekologik innovatsiya va tehnologiyalar hududi”deb e’lon qilish haqida BMT bosh assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishini taklif etgan va bu rezalyutsiya 2021 yilda 60 ta davlat tomonidan bir ovozdan maqullandi. Ushbu maqom xalqaro ko’makni jalb qilishi va yangi ekologik loyihalarini boshlash imkonini berdi. 47 ta yo’nalish bo’yicha loyihalar ro’yhati shakllantirdi. Bundan tashqari ko’plab xalqaro tashkilotlar Orol dengizini qaytarish uchun amaliy chora tadbirlar qo’llab kelmoqda. NASA tashkiloti sun’iy yo’ldosh ma’lumotlari orqali Orolning qurishi va hududiy o’zgarishlarini kuzatmoqda va tadqiqotlar natijasida dengiz qurishining iqlim va tuproq sifatiga salbiy ta’sirini batafsil yoritib berdi. Xalqaro Orolni qutqarish jamg’armasi (XOQJ) tashkil etildi. Bu tashkilotlar suv resrlarini boshqarish va ekologik muommolarini hal qilishda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. BMT, Jahon banki hamda Global ekologik fond tashkilotlari tomonidan Orol hududini tiklash va aholini qo’llab quvvatlash uchun moliyaviy yordam ko’rsatib kelinmoqda. BMT Orol dengizi muamosiga katta ahamiyat bermoqda. BMT Taraqqiyot dasturi YUNESKO, YUNFPA, BMT ko’ngillilar dasturining O’zbekistondagi vakolatxonalari tomonidan amalga oshirayotgan BMT qo’shma dasturi Orol dengizi inqirozi natijasida zarar ko’rgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlashga, muvafaqqiyatli loyihalarni ko’paytirish milliy darajada inson xavfsizligi konsepsiyasi doirasini kengaytirish va donorlarning muvofaqlashtirilgan harakati uchun yangi moliyaviy maxanizmi yaratishga qaratilgan [6]. Shuningdek, so’nngi yillarda global ekologik muommolar keskinlashgan sharoitda mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash atrof-muhitni va hayvonot dunyosi muhofazasi va aholi salomatligini himoya qilish, tabiiy muhitni saqlab qolish biologik xilma-xillik qisqarishining oldini olish, iqlim o’zgarishining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish, transchegaraviy muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish suv resurslaridan ijobiy o’zgarishlar amalga oshirilmoqda [5]. Ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan Orol dengizining kelgan ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muommolarini bartaraf etishga jiddiy e’tibor qaratilayotgani hamda 2025 yilni O’zbekistonda “Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili deb e’lon qilishni taklif qildi. Ushbu dasturda “yashil tehnologiyalarni joriy etish, suvni tejash, ko’kalamzor hududlarini keskin ko’paytirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, chiqindilar muammosini hal qilish, eng muhumi aholi salomatligini mustahkamlash kabi masalalar ustuvor ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 12-noyabr kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo’lib o’tgan BMTning Iqlim o’zgarishi to’g’risidagi hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) doirasidagi Jahon yetakchilari sammitining yalpi majlisida nutq so’zlab qator tashabbuslarni ilgari surgan va COP29 mamlakatlari vakillarini 2025-yil 15-mayda - Xalqaro iqlim kunida Orolbo’yida o’tkaziladigan raqamli “yashil” taashabbuslar global festivalida ishtirok etishga taklif etgandi. Bugungi kunda Orolbo’yi hududida amalga inoshirilayotgan ekologik tiklanish loyihalari bu muommoga qarshi kurashda muhim qadamlardir. Daraxtzorlar ekish, suvdan foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish kabi chora-tadbirlar dengizning qisman tiklanishiga hudud aholisining hayotini yaxshilashga yordam bermoqda. Ammo buning hammasi yetarli emas. Orolni tiklash jaroyoni davom etayotgan bir paytda insoniyat bu hatolarni yana takrorlamasligi va hozirgi bolayotgan fojialardan saboq chiqarishimiz lozim.
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 106 Xulosa. Xulosa qilib aytganda butun dunyoda globallashib borayotgan suv tanqisligi iqlim o’zgarishlari turli xil fojialar hamma-hammasi inson omilining tabiatga ta’siridir. Inson omilining takomillashishi bilan fan va texnika inqilobi yuzaga keladi. Insoniyat suvdan no’tog’ri foydalanganligi tufayli bugungi kunda suv tanqisligidan aziyat chekmoqda. Iqlim o’zgarib havo isishi sababli katta maydonlarda muzliklarning erishi kuzatilmoqda. Natijada dunyo okeani sathi ko’tarilib, yer yuzasi okean ostida qolmoqda. Bu yer yuzidagi insoniyat uchun katta fojiadir. Orol dengizini qurishi natijasida iqlim keskin o’zgardi. Yozi issiqroq qish esa sovuqroq bo’lib qoldi. Bu esa mintaqadagi insonlar yashash sharoitiga hamda qishloq xo’jaligiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Hozirda Orolni tiklashga harakat qilinmoqda, lekin bu uzoq vatqni talab etadi. Hozirgi kunda insoniyatning eng muhim vazifasi inson va tabiat munosabatlarining uyg’unlashtirish. Inson va tabiat bir-biriga chambarchas bog’liq bo’lib ularning munosabati uyg’un bo’lsa hayot barqaror rivojlanadi. Tabiat inson uchun muhim manba bo’lib tabiiy resurslardan hamda suv manbalaridan tog’ri va ehtiyotkorona foydalanish zarur. Buning uchun har bir inson tabiatni asrashga o’z hissasini qo’shishi kerak. Tabiatni asrash va undan oqilona foydalanish insoniyatning kelajagini belgilaydi. Inson va tabiat o’rtasidagi uyg’un munosabatlarni ta’minlash har birimiz mas’uliyat bilan harakat qilishimiz kerak. Shundagina biz istagan sog’lom ekologik muhitga erishishimiz mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Abdrakmanov T. et al. Orol dengizi qurigan tubida hosil bo'lgan tuproq-gruntlarini meliorativ holati. Newsletter of khorazm ma’mun academy, 6 (1), 10–14 [Электронный ресурс]. 2. Erkudov V. et al. Physiological responses to wearing N95 face mask against dust: HRV study with local youngster males in Aral Sea region //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 575. – С. 05005. 3. Jabborov Z. va b. Orol dengizi qurishining salbiy ta’sirini bartaraf qilishga yo’naltirilgan ishlar va ilmiy tadqiqotlar //O’zbekiston agrar fani xabarnomasi. – 2024. №5 (17). – B. 141145. 4. Mahammadjanova R., Qoriyev M. Ekologik muammolar va tabiiy ofatlarning salbiy oqibatlari xususida //Universal xalqaro ilmiy jurnal. – 2024. – Т. 1. – №. 6. – С. 44-49. 5. Rustamjonovich Q.M., Ubaydullayeva M.M., Abdulxaqova Sh.K., Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ekologik savodxonligini oshirishda jonli tabiat burchaklarining o’rni //Research Focus. – 2023. – Т. 2. – №.1. – С. 487-490. 6. www.kun.uz – BMT Bosh kotibi Orol dengizining hozirgi hududini ko‘rib chiqdi. 2017-yil 10-may. Manba: https://kun.uz/news/2017/06/10/bmt-bos-kotibi-orol-dengizining-hozirgiududini-kurib-cikdi 7. www.megabaza.net – Ekologik muammolar va ularning yechimi (Referat). 2025. Manba: https://megabaza.net/ekologik-muammolar-va-ularning-yechimi-referat/qiziqarlimalumotlar/ 8. www.uz.wikipedia.org – Orol dengizi. 2025-yil 3-sentyabr. Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Orol_dengizi