scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IQLIM ISISHIGA QARSHI KURASHISHDA "YASHIL MAKON" UMUMMILLIY LOYIHASINING AHAMIYATI

Qoriyev Mirzoxid; Ikramova Nozima

Abstract

ushbu maqolada O’zbekistonda 2021-yildan beri amalga oshirib kelinayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida millionlab ko’chatlar ekib, yashil maydonlarni kengaytirishning global iqlim isishiga qarshi ijobiy ta’siri muhokama qilingan.

Full text

"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 114 IQLIM ISISHIGA QARSHI KURASHISHDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASINING AHAMIYATI Qoriyev Mirzoxid Namangan davlat pedagogika instituti, tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti E-mail: [email protected] Ikramova Nozima NamDPI, geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo’nalishi iqtidorli talabasi. E-mail: [email protected] Annotatsiya: ushbu maqolada O’zbekistonda 2021-yildan beri amalga oshirib kelinayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida millionlab ko’chatlar ekib, yashil maydonlarni kengaytirishning global iqlim isishiga qarshi ijobiy ta’siri muhokama qilingan. Kalit so’zlar: global iqlim isishi, “Yashil makon” umummilliy loyihasi, o’simlik, o’rmon, CO2. Kirish. Butunjahon meteorologiya tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra 2024-yildagi yer yuzasining o’rtacha harorati 1850-1900 yillardagi o'rtacha ko'rsatkichdan 1,55°C (noaniqlik chegarasi ±0,13°C) yuqori bo’lganligini ta’kidlab, bu rekord darajadagi eng issiq yil ekanligini tasdiqladi [12]. Bu borada Markaziy Osiyodagi, xususan, O’zbekistondagi vaziyat yanada murakkab hisoblanadi. Bu xususda mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyev BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasidagi (COP28) nutqlarida “Mintaqamizda havo haroratining oshishi jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobar ko‘pdir. Favqulodda issiq kunlar soni 2 marta ortdi, muzliklar maydonining uchdan bir qismi yo‘qoldi” deya alohida ta’kidlab o’tganlar [11]. Global haroratning ortishi tabiatda keskin o’zgarishlarga va salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Qutb va baland tog’ muzliklarining tez erib ketayotganligi, suv tanqisligi va qurg’oqchilikning kuchayib borayotganligi shular jumlasidandir [5, 6]. Global iqlim isishini inson xo’jalik faoliyatiga ko’rsatayotgan salbiy ta’siri va jiddiy oqibatlarga olib kelayotganligi bois, bu jarayonga qarshi kurashish bo’yicha jaxon miqyosida, xususan, O’zbekistonda ham ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Mana shunday ishlardan biri mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasining ishga tushirilganligi va har yili ushbu loyiha doirasida butun mamlakat bo’ylab millionlab mevali va manzarali buta hamda daraxt ko’chatlarini ekilayotganligi hisoblanadi. Asosiy qism. “Yashil makon” umummilliy loyihasi, dastlab, 2021-yilning 2-noyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektorda xayrli tashabbus sifatida ilgari surildi. Shundan so‘ng mamlakat bo‘ylab ushbu tashabbus keng qo‘llab-quvvatlandi va ko’plab korxona-tashkilotlar, fuqarolar ham bu maqsadga o‘z hissasini qo‘shdi. Natijada shu yilning o’zida mamlakat bo’ylab 85 million tup ko’chatlar o’tqazilishiga erishildi [7]. Mazkur tashabbusni yanada qo’llab quvvatlash maqsadida Prezidentimizning 2021-yil 30-dekabrdagi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15063892 "ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 115 “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraхtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-46-son Farmoni e’lon qilindi. Mazkur Farmonga binoan butun mamlakat miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasini tadbiq etish va shu loyiha asosida daraхtzorlarni koʻpaytirishga qaratilgan quyidagi muhim vazifalarni bajarish belgilandi, jumladan: - daraхtlarni ekish va parvarish qilish sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish; - ilmiy yondashuvlar asosida hududlarning tuproq-iqlim va boshqa хususiyatlarini aniqlashga qaratilgan tadqiqot va tahlillarni amalga oshirish hamda buning natijasida hududlar kesimida respublika хaritasini ishlab chiqish; - koʻchatхonalar sonini koʻpaytirish, tuproq unumdorligini hisobga olgan holda, hududlar iqlimiga mos хorijiy manzarali daraхtlarni mahalliylashtirish; - hududlarda "yashil bogʻlar" va "yashil jamoat parklari"ni barpo etish; - daraхtlarni sugʻorish tizimini qayta koʻrib chiqish, uning samarali faoliyatini ta’minlash; - har bir daraхtni parvarish qilish uchun mas’ul boʻlgan shaхslarni belgilash, bu borada ragʻbatlantirish meхanizmlarini keng joriy etish; - daraхtlarni shikastlantirish va nobud qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, mazkur yoʻnalishda jamoatchilik nazoratini yanada oshirish [4]. Prezidentimiz raisligida 2022-yil 2-fevral kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish borasidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Unda ““Yashil makon“ umummilliy loyihasi bir yillik tadbir emas. Uning doirasida kelgusi besh yilda 1 milliard tup daraxt ko‘chatini ekishni maqsad qilganmiz. Bu umummilliy harakatning natijasi har bir mahallada ko‘rinishi kerak, bu savobli ishni havas bilan qilish kerak”, — dedi davlat rahbari [8]. Mazkur tashabbusni butun mamlakat bo’ylab qo’llab quvvatlanishi o’laroq 2022-yilda jami bo’lib 202,7 million tup daraxt ko‘chatlari ekilgan [7]. Prezidentimiz tomonidan 2023-yil 11-sentabrda ““O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni e’lon qilindi [8]. Mazkur strategiya 5 ta ustuvor yo‘nalish hamda 100 ta maqsaddan iborat bo’lib, uning 67-maqsadi Ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga bag’ishlangan. Buning uchun “Yashil makon” umummilliy loyihasini kengaytirish, mamlakat bo’ylab faollik bilan tadbiq etishga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur maqsaddan kelib chiqib: - har yili mamlakat bo’ylab 200 million tup daraxt ekib borish va respublikada yashillik darajasini 30 foizga yetkazish, ekiladigan har bir daraxtni parvarish qilish va sug‘orish tizimini yaratish. - 1 984 ta yashil bog‘lar barpo etish, shu jumladan 112 ta yirik sanoat korxonasi tomonidan o‘z va tutash hududlarida uch yil davomida 30 million tup ko‘chatdan iborat “yashil belbog‘”lar barpo etish. - Barcha davlat idoralari, korxonalar, ta’lim muassasalari hududlarida “yashil bog‘lari”ni tashkil etish. - Toshkent shahrida yashil maydonlar hududini 5 barobar ko‘paytirib, 5 ming gektarga yetkazish. - “Yashil makon” umummilliy loyihasi tashabbuslariga mos tarzda respublikaning 10 ta hududida aerobiologik monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish. - Shahar va tuman markazlarida har 50-100 ming aholi uchun “jamoat parklari”ni tashkil etish kabi vazifalar belgilandi. Bundan tashqari, O‘rmonlar maydonini kengaytirish deb nomlangan 68-maqsad doirasida yerlarni eroziyadan va melioratsiya obyektlarini qum ko‘chishidan saqlash uchun 26 200 gektar "ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 116 ihota daraxtzorlarini barpo etish; respublikada o‘rmon bilan qoplangan maydonlarni 6,1 million gektarga yetkazish; o‘rmon fondining tog‘ va tog‘oldi hududlari plantatsiyalarini barpo qilish; cho‘l hududlarida o‘simliklarni ko‘paytirish; hududlarda himoya o‘rmonzorlarini barpo etish vazifalari belgilandi. Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning salbiy ta’sirini yumshatish deb nomlangan 69maqsad doirasida esa Orolbo‘yi mintaqasidagi o‘rmonzorlarni 2,3 million gektarga yetkazish; Orol dengizining qurigan tubida qo‘shimcha 600 ming gektar yashil maydonlarni barpo etib, ularning umumiy hajmini 2,6 million gektarga yoki hududning 80 foiziga yetkazish ko’zda tutilgan. Eng asosiysi “Iqlim o‘zgarishi salbiy ta’sirining oldini olish” maqsadi doirasida cho‘llanish, qurg‘oqchilik, chang-qum bo‘ronlari va haroratning ko‘tarilishiga qarshi chora sifatida jami 600 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” — himoya o‘rmonzorlarini barpo etish belgilandi. “Yashil makon” umummilliy loyihasini har yili izchillik bilan davom ettirish, shu bilan birga uning samaradorligini yanada oshirish maqsadida keying yillarda yana bir qator Prezident qaror va farmonlari e’lon qilindi. Bu bo’yicha, Prezidentimizning 2024-yil 30-noyabrdagi ““Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni qo‘llabquvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-804-son Qarori [11] hamda 2025-yil 30-maydagi ““Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamda o‘rmonlarni boshqarish tizimida islohotlarni izchil davom ettirish, yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF90-son Farmonlari [1] shular jumlasidandir. Umuman olganda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘tgan 4 yil davomida respublika bo‘yicha jami 872 mln tup daraxt va buta ko‘chatlari ekildi [9]. Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda daraxt ko’chatlarini ekib, hududlarni yashillashtirishga va shu orqali iqlim isishiga qarshi kurashishga katta e’tibor qaratilmoqda. Haqiqattan ham daraxtlar iqlimni mo’tadillashtirishga juda katta xissa qo’shadi. Bunga quyidagilar orqali ishonch hosil qilishimiz mumkin. Jumladan: 1. O‘simliklar yashil barglari orqali quyosh nurlari ta’sirida fotosintez reaksiyasini amalga oshiradi va eng asosiy parnik gazi hisoblanadigan karbonat angidrid (CO₂) gazlarini o‘zlashtirib, atrof muhitdagi ortiqcha CO₂ miqdorini kamaytirishga hissa qo’shadi. 2. O‘simliklar fotosintez reaksiyasi orqali o’zlashtirgan CO₂ gazlarini o‘z tanalarida, jumladan, ildizlari, barglari, novdalari va o‘lik organik qoldiqlari tarkibida uglerod shaklida uzoq vaqt saqlanadi. Shu tarzda yillar davomida katta hajmdagi CO₂ uglerod shaklida “saqlanadi” va atmosferaga qaytishi sekinlashadi. 3. Okeanlardan keyingi eng katta tabiiy karbonat angidridni o’zlashtiruvchilar – bu o‘rmonlar, ayniqsa tropik yomg‘ir o‘rmonlari hisoblanib, ular yilga millionlab tonna CO₂ ni yutib qoladi va yer yuzasidagi uglerodining taxminan 30 % ini o‘zida saqlaydi. 4. O’simliklar barglari orqali transpiratsiya qiladi, ya’ni, o‘simliklar ildizlari orqali tuproqdan so’rib olgan suvni barg og’izchalari yordamida bug‘latib, havoga chiqaradi. Shu orqali yaqin atrofdagi havoni sovutib, mahalliy mikroiqlimni shakllantiradi. Ayniqsa daraxtzor va bog‘ hududlarida bu jarayonlar mahalliy haroratni yoz oylarida 2–5°C gacha pasaytiradi. Bu bo’yicha Toshkent shahridagi Parkent va Mahtumquli ko‘chalarida o’tkazilgan tajriba natijalariga ko’ra daraxt bor joydagi havo harorati daraxt yo’q joydagi havo haroratidan 7°C gacha pastroq bo’lgani aniqlangan (1-rasm) [10]. "ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 117 1-rasm. Daraxtlarni havo haroratiga ta’sirini aniqlash bo’yicha Toshkent shahridagi Parkent va Mahtumquli ko‘chalarida o’tkazilgan tajriba natijalari [10]. 5. Daraxtzorlar shamol tezligini pasaytiradi va iqlimga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Jumladan, yoz faslida issiq garmsel shamollarininng tezligini kamaytirib, tuproqdan namni bug’lanib ketishidan, qishloq xo‘jaligi ekinlarini qurib qolishidan va shamol eroziyasidan himoya qiladi. Qishda esa izg’irin sovuq shamollar tezligini kamaytirib, daraxtlarni sovuq urishidan muhofaza qiladi. 6. Daraxtlarning ildizlari tuproqni mustahkamlaydi, eroziyaning oldini oladi. Tuproq eroziyasi iqlim o‘zgarishini kuchaytiradigan CO₂ chiqishiga sabab bo‘ladi. Shu bois daraxtlar tuproqni karbon yutuvchi sifatida saqlashga xizmat qiladi. 7. Daraxtlar nafaqat CO₂ ni yutadi, balki metan (CH₄) va azot oksidi (N₂O) kabi boshqa parnik gazlarning atmosferadagi ta’sirini bilvosita kamaytirishga yordam beradi. 8. Yashil daraxtzorlar tuproq yoki asfaltga qaraganda quyosh nurini ko‘proq yutib, issiqlikni qaytarishni kamaytiradi va hududiy iqlimni mo‘tadillashtiradi. 9. Daraxt barglari havodagi chang zarralari, tutun, og‘ir metall va zararli gazlarni ushlab qoladi. Bu nafaqat inson salomatligini himoya qiladi, balki iqlimga ta’sir qiluvchi ifloslantiruvchi moddalar miqdorini kamaytiradi. 10. Shaharlardagi ko‘p sonli daraxtlar yoz oylarida haroratni pasaytirib, energiya sarfini kamaytiradi. Masalan, konditsionerlardan foydalanishni qisqartiradi. Bu esa elektr energiyasi ishlab chiqarishda chiqadigan CO₂ miqdorini ham kamaytiradi. 11. Daraxtzorlar ko‘plab hayvon va o‘simlik turlarining yashash joyi hisoblanadi. Natijada ekotizim barqarorligi ta’minlanadi. Uning barqarorligi esa iqlim tizimining barqarorligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Daraxtlarning iqlimga ijobiy ta’sirini quyidagi jadval orqali yanada aniqroq ko’rishimiz mumkin (1-jadval) "ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 118 1-jadval Daraxtlarning iqlimga ijobiy ta’siri Jarayon Daraxtlarning roli Iqlimga ta’siri Fotosintez CO₂ gazini yutib, kislorod chiqaradi Atmosferadagi parnik gazlarini kamaytiradi Uglerodni saqlash Tanasi, bargi, ildizida karbonni saqlaydi CO₂ ning atmosferaga qaytishini sekinlashtiradi Karbon yutuvchilar O‘rmonlar yiliga millionlab tonna CO₂ ni o‘zlashtiradi Yer yuzasidagi karbon balansini barqarorlashtiradi Transpiratsiya Barglari orqali suvni bug‘lantiradi Havoni sovutadi, mahalliy mikroiqlim hosil qiladi Shamolni kamaytirish Shamol tezligini pasaytiradi Issiq garmsel va izg’irin sovuq shamollardan himoya qiladi Tuproqni mustahkamlash Ildizlari tuproqni tutib turadi Tuproq eroziyasidan asrab, tuproq qatlamidagi CO₂ ni havoga chiqib ketishini kamaytiradi Atmosfera tozaligi Chang, tutun, zararli gazlarni ushlab qoladi Havoni tozalaydi, issiqxona effektini kamaytiradi Shahar issiq oroli effektini kamaytirish Soya salqinlik hosil qiladi, havoni salqinlashtiradi Shaharlarda haroratni pasaytiradi, energiya sarfini qisqartiradi Biologik xilmaxillikni qo‘llabquvvatlash Hayvon va o‘simliklar uchun yashash joyi yaratadi Ekotizim va iqlim barqarorligini mustahkamlaydi Energiya tejamkorligi Binolarga soyabondek ta’sir etib, yozda quyosh nuridan, qishda sovuq shamoldan himoya qiladi Isitish-sovutishga ketadigan energiya sarfini kamaytiradi Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, daraxtlar iqlimga benihoya ijobiy ta’sir ko’rsatadi va iqlim o’zgarishiga qarshi kurashishda samarali yechim bo’la oladi. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, daraxtlar karbon yutuvchi, havo tozalovchi, mikroiqlimni tartibga soluvchi va bioxilma-xillikni qo‘llab-quvvatlovchi tabiiy tizim sifatida iqlimni mo‘tadillashtirishda beqiyos ahamiyatga egadir. Shu bois iqlim o’zgarishiga qarshi kurashishda yashil o’simliklarni muhofaza qilish hamda o’rmonlar maydonini kengaytirishning ahamiyati juda yuqoridir. Bu borada mamlakatimizda olib borilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi iqlim o’zgarishiga qarshi kurashishda samarali usul ekanligini anglash qiyin emas. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-804son Qarori. 2024-yil 30-noyabr. Toshkent sh. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamda o‘rmonlarni boshqarish tizimida islohotlarni izchil davom ettirish, yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-90-son Farmoni. 2025-yil 30-may. Toshkent sh. "ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 119 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “““O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni. 2023-yil 11-sentabr. Toshkent sh. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-46-son Farmoni. 30.12.2021 y. Toshkent sh. 5. Qoriyev M. Global iqlim isishi sharoitida mevali daraxtlar vegetatsiyasidagi o ‘zgarishlar //Farg‘ona davlat universiteti. – 2024. – №. 2. – C. 141-141. 6. Qoriyev M., Mushtariy M. Global iqlim isishini o‘simliklar vegetatsiyasiga ta’siri //Journal of Experimental Studies. – 2023. – Т. 1. – №. 4. – C. 10-14. 7. www.daryo.uz – Bosh prokuratura: “Yashil makon” loyihasiga mas’uliyatsiz yondashgan 29 nafar rahbar javobgarlikka tortiladi. 05.08.2023. https://daryo.uz/2023/08/05/boshprokuratura-yashil-makon-loyihasiga-masuliyatsiz-yondashgan-29-nafar-rahbarjavobgarliklikka-tortiladi 8. www.gazeta.uz – 1 martdan «Yashil yillik» umummilliy tadbiri boshlanadi. 2022-yil, 3fevral. https://www.gazeta.uz/oz/2022/02/03/green-year/ 9. www.kun.uz.uz – O‘zbekistonda 2030 yilgacha yashillik darajasi 30 foizga yetkaziladi. 02.06.2025. https://kun.uz/news/2025/06/02/ozbekistonda-2030-yilgacha-yashillik-darajasi30-foizga-yetkaziladi 10. www.kun.uz. – Toshkent ko‘chalarida tajriba – daraxtlar haroratga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 21.08.2023. https://kun.uz/19324992 11. www.xabardor.uz – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasidagi (COP28) nutqi. 02.12.2023. https://xabardor.uz/uz/25660 12. www.wmo.int – WMO confirms 2024 as warmest year on record at about 1.55°C above preindustrial level. 10 January 2025. https://wmo.int/news/media-centre/wmo-confirms-2024warmest-year-record-about-155degc-above-pre-industrial-level