scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

NAMANGAN SHAHRI TRANSPORT TIZIMIDAGI MUAMMOLAR VA EKOLOGIK MASALALAR

Abdullayev Azizbek Abdumutalxon o'g'li

Abstract

ushbu maqolada Namangan shahrining transport tizimi holati, mavjud muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Shahar aholisi va avtomobil transportining keskin o‘sishi yo‘l infratuzilmasiga bosimni kuchaytirgan bo‘lib, tirbandliklar, jamoat transporti yetishmovchiligi, piyodalar va velosipedchilarga qulay sharoitlarning yo‘qligi kabi muammolar yuzaga kelgan. Statistik ma'lumotlar, hukumat qarorlari va xalqaro tajribalarga asoslangan holda, transport tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan amaliy va strategik yechimlar ko‘rib chiqilgan. Xususan, ekologik toza transport vositalarini joriy etish, "A" tasmalarini kengaytirish, infratuzilmani raqamlashtirish va xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikdagi loyihalar muammolarning yechimi sifatida tavsiya etilgan.

Full text

"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 140 NAMANGAN SHAHRI TRANSPORT TIZIMIDAGI MUAMMOLAR VA EKOLOGIK MASALALAR Abdullayev Azizbek Abdumutalxon o’g’li Geografiya yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Namangan davlat universiteti E-mail: azizbek[email protected] Annotatsiya: ushbu maqolada Namangan shahrining transport tizimi holati, mavjud muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Shahar aholisi va avtomobil transportining keskin o‘sishi yo‘l infratuzilmasiga bosimni kuchaytirgan bo‘lib, tirbandliklar, jamoat transporti yetishmovchiligi, piyodalar va velosipedchilarga qulay sharoitlarning yo‘qligi kabi muammolar yuzaga kelgan. Statistik ma'lumotlar, hukumat qarorlari va xalqaro tajribalarga asoslangan holda, transport tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan amaliy va strategik yechimlar ko‘rib chiqilgan. Xususan, ekologik toza transport vositalarini joriy etish, "A" tasmalarini kengaytirish, infratuzilmani raqamlashtirish va xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikdagi loyihalar muammolarning yechimi sifatida tavsiya etilgan. Kalit so‘zlar: Namangan, transport tizimi, tirbandlik, jamoat transporti, infratuzilma, BRT, elektrobus, ekologik transport, EBRD, shaharsozlik, raqamlashtirish. Kirish. Namangan viloyatida shahar aholisi 64,9 % ni tashkil etadi. Taqqoslash maqsadida, 2009-yilda bu ko‘rsatkich 37,1 % ni tashkil qilgan. Shu bilan birga, viloyat shahar aholisining ulushi bo‘yicha respublika hududlari ichida birinchi o‘rinni egallaydi. Shahar va shaharchalar soni sezilarli darajada o‘sib, umumiy 109 taga yetgan. Viloyat markazi Namangan shahri bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasidagi 120 ta shahar orasida Toshkent shahridan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi [10; 250-b.]. Jumladan, Namangan shahri – ko’p funksiyali viloyat markazi bo’lib, u Farg‘ona vodiysining muhim sanoat, madaniy va transport markazlaridan biri hisoblanadi. Aholi sonining jadal o‘sishi va avtomobillardan foydalanishning kengayishi shahar infratuzilmasiga kuchli bosim ko‘rsatmoqda. Bu esa transport tizimida tirbandlik, yo‘l-transport hodisalari, jamoat transporti samaradorligining pasayishi, piyodalar va velosipedchilar uchun xavfsiz sharoitlarning yetarli emasligi kabi muammolarni yuzaga keltirmoqda [1; 12-b.]. Transport tizimi shahar infratuzilmasining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U nafaqat iqtisodiy rivojlanish, balki ijtimoiy hayot sifati va ekologik barqarorlikni belgilovchi omildir [8; 41-b.]. Namangan shahri O‘zbekistonning shimoli-sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, aholisi 2025-yilga kelib 713,4 mingdan ortdi [9]. Shu sababli, transport tizimidagi muammolar va ekologik oqibatlar masalasi dolzarbdir. Asosiy qism. Namangan shahri 1926-yilda tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda uning aholisi ancha ortgan, umumiy yer maydoni esa 18 ming gektarni tashkil etadi. 2019-yilda Chortoq va Namangan tumanlaridan 57 ming nafar aholi istiqomat qiluvchi hududlar hamda 6,3 ming gektar yer maydonlari qoʻshilganligi sababli, ushbu hududda yashovchi aholining shahar markaziga qatnovida muammolar yuzaga kelayotgan edi [11]. Bundan tashqari, Demografik o‘sish va transport yuklamasi 2016–2021 yillar davomida Namangan shahri aholisi 135 ming kishiga (27 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15063892 "ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 141 %) oshgan, shaxsiy avtomobillar soni esa 43 ming taga (155 %) ko‘paygan [1; 13-b.]. Bu jarayon shahar ichidagi yo‘llarda, xususan, quyida 1-rasmdagi Uychi (xaritada 1-raqami), A. Navoiy (xaritada 2-raqami), I. Karimov, Chorsu va boshqa ko‘chalar kesishmalarida tirbandlik va xavfli vaziyatlarni kuchaytirgan. Hozirda Namangan shahri kundalikda 220 mingdan ortiq yo‘lovchi tashish imkoniyatiga ega bo‘lib, jami 3 mingdan ortiq transport vositalari faoliyat yuritadi. Ulardan 220 tasi avtobuslardir [2, 7-b.]. 1-rasm. Namangan shaharidagi asosiy tirbandlik ko’chalaridan biri Izoh: Mazkur xarita OpenTopoMap sayti ma’lumotio asosida muallif tomonidan shakllantirildi. So‘nggi yillarda jamoat transportini modernizatsiya qilish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2024 yil avgustida Xitoyning Yutong kompaniyasidan 36 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Ularda GPS tizimi, video kuzatuv kameralari va elektron to‘lov tizimlari o‘rnatilgan [4]. 2025 yilning mart oyida yana 30 ta Zhongtong avtobusi yetkazib berildi [5]. Bundan tashqari, Yevropa Rekonstruktsiya va Taraqqiyot Banki (EBRD) bilan hamkorlikda elektr avtobuslarni joriy etish loyihasi ishlab chiqilmoqda. Britaniyaning Atkins kompaniyasi mazkur loyiha rejasini ishlab chiqmoqda [6]. Transport vositalari sonining o‘sishi va shahardagi jamoat transportining (avtobus va b.) katta qismini atmosferaga ko‘plab zararli moddalar chiqishiga hamda ekologik muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Chunonchi, Namangan shahrida havo sifatini asosan transport vositalari belgilaydi. Namangan havosida azot oksidlari, uglerod oksidi va chang zarralari miqdori oshmoqda [2; 8-b.]. Bundan tashqari, shaharda piyodalar va velosipedchilar uchun sharoitlar yetarli emas. Tadqiqotlarga ko‘ra, piyodalarga qulaylik indeksi – 45/100 ball, velosiped yo‘llari esa 35/100 ball bilan baholangan [8]. 2023–2025 yillar davomida voyaga yetmaganlar ishtirokida 40 ta transport hodisasi qayd etilgan. 2024 yilda esa ikki bola og‘ir tan jarohati olgan [2; 9-b.]. Bu esa xavfsizlik masalasining "ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 142 dolzarbligini ko‘rsatadi. Shu kabi va boshqa muammolarni oldini olish uchun quyidagi takliflar ishlab chiqilgan. ✓ BRT tizimini (Bus Rapid Transit) joriy etish – asosiy yo‘nalishlarda maxsus avtobus yo‘laklarini tashkil etish. ✓ Elektr transporti – EBRD loyihasi doirasida ekologik toza avtobuslarni keltirish. ✓ Yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish – svetoforlarni optimallashtirish, ko‘priklar qurish, yo‘l belgilari tizimini yaxshilash. ✓ Piyodalar va velosipedlar uchun qulay muhit yaratish – maxsus zonalar va yo‘llar qurilishi orqali ekologik transportni rag‘batlantirish. Qolaversa, Tezkor avtobus transporti — bu avtobuslar qatnoviga asoslangan tezkor jamoat transporti tizimi bo‘lib, u o‘ziga xos xususiyatlari sababli nisbatan arzon xarajatlarga qaramay yuqori yo‘lovchi sig‘imi, tezligi va xizmat ko‘rsatish sifati bilan ajralib turadi. Ushbu tizimning asosiy unsurlari quyidagilardan iborat: ajratilgan avtobus koridorlari (odatda ko‘chaning markaziy qismi bo‘ylab joylashtiriladi); avtobusga chiqishdan oldin yo‘l haqini yig‘ish tizimi; platforma darajasida o‘tirish imkoniyati (avtobus poliga tenglashtirilgan balandlikdagi platformalar orqali); chorrahalarda avtobuslarga ustuvorlik berilishi hamda xizmat sifatini taʼminlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar [12]. Xulosa. Namangan shahri transport tizimidagi asosiy muammolar sirasiga — eskirgan avtobuslar, tirbandliklar va yo‘l infratuzilmasining yetarli emasligi kiradi. Bu esa shahar transport tizimida aholi sonining o‘sishi va avtomobillarning keskin ko‘payishi tufayli murakkab vaziyatda ekanligini anglatadi. Ekologik muammolar esa asosan transport chiqindilaridan va boshqalardan kelib chiqmoqda. Shuningdek, jamoat transporti imkoniyatlari yetarli emas, piyodalar va velosipedchilar uchun qulayliklar sust rivojlangan. So‘nggi yillarda jamoat transportini modernizatsiya qilish, elektroavtobuslar joriy etish, yangi avtobuslar xaridi va yo‘l rekonstruksiyasi kabi tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xusasan, xalqaro hamkorlik asosida amalga oshirilayotgan loyihalar (Yutong va Zhongtong avtobuslari, EBRD tashabbuslari, BRT tizimi) transport tizimini barqaror va ekologik xavfsiz shaklda rivojlantirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu Namangan shahrining ekologik barqarorligi va transport tizimining samaradorligini oshirishda muhim qadamdir. Binobarin, Jamoat transportini elektr energiyasi asosida ishlovchi avtobuslarga o‘tkazish havo ifloslanishini sezilarli kamaytirishi mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Abdurahmonov, A., & Abdurazzakov, A. (2021). Implementation of innovative ideas in digitization of the transport sector in Namangan region. ResearchGate, pp. 12–15. https://www.researchgate.net/publication/358264173 2. Namangan viloyati hokimligi. (2025). Namangan shahrining transport tizimini modernizatsiya qilish rejalari. Namangan shahar transport boshqarmasi ma'lumotlari, pp. 4– 9. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. (2023). Jamoat transportini isloh qilish va zamonaviylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida. 16.02.2023. 4. XS.uz. (2024). Namangan shahriga zamonaviy avtobuslarning yangi turkumi keltirildi. https://xs.uz/uz/post/namangan-shahriga-zamonavij-avtobuslarning-yangi-turkumi-keltirildi "ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 143 5. Daryo.uz. (2025). Uzbekistan expands public transport as Namangan receives 30 new buses from China. https://daryo.uz/en/2025/03/24/uzbekistan-expands-public-transport-asnamangan-receives-30-new-buses-from-china 6. Yuz.uz. (2025). Namangan va Nukusda jamoat transporti EBRD bilan hamkorlikda takomillashtiriladi. https://yuz.uz/uz/news/namangan-va-nukus-shahri-jamoat-transportitizimi-takomillashtiriladi 7. Nomadlio.com. (2024). Namangan transport va infratuzilmasi sharhi. https://nomadlio.com/namangan/transportation/ 8. Islomov, A. (2020). Shahar transport tizimining rivojlanishi va ekologik ta’siri. Toshkent: Fan. – 250 b. 9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy veb-sayti. URL: www.stat.uz 10. Qurbonov Sh.B., Federko V.N. Oʻzbekiston geografiyasi (II qism. Oʻzbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) [darslik]. – Toshkent: Yangi Chirchiq prints, 2024. – 382 b. 11. Namangan shahri tarkibida yangi tuman tashkil etilmoqda https://yuz.uz/uz/news/ 12. Tuxtabayev M. A., Dadabayev D. R. Namangan shahrining shahar ichi tezkor yo’lovchi avtobuslarida tashishni tashkil qilish // https://cyberleninka.ru/article/n/namangan-shahriningshahar-ichi-tezkor-yo-lovchi-avtobuslarida-tashishni-tashkil-qilish/viewer.