ATMOSFERA YOG'INLARIDAN TOMORQA MAYDONLARIDA SAMARALI FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Abstract
ushbu maqolada bugungi kunda yuz berayotgan suv taqchilligi muammosi va suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish bo’yicha olib borilayotgan chora tadbirlar to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari qurg’oqchil hududlarda atmosfera yog’inlarini samarali to’plash orqali dehqonchilikni rivojlantirish imkoniyatlari bo’yicha mulohazalar bayon qilingan.
Full text
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 172 ATMOSFERA YOG’INLARIDAN TOMORQA MAYDONLARIDA SAMARALI FOYDALANISH IMKONIYATLARI Solijonova Marhabo Namangan davlat pedogogika inistituti, Geografiya yo’nalishi talabasi E-mail: [email protected] Qoriyev Mirzoxid Namangan davlat pedagogika instituti, tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti E-mail: [email protected] Annotatsiya: ushbu maqolada bugungi kunda yuz berayotgan suv taqchilligi muammosi va suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish bo’yicha olib borilayotgan chora tadbirlar to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari qurg’oqchil hududlarda atmosfera yog’inlarini samarali to’plash orqali dehqonchilikni rivojlantirish imkoniyatlari bo’yicha mulohazalar bayon qilingan. Kalit so’zlar: suv taqchilligi muammosi, suv resurslarini tejash, atmosfera yog’inlarini to’plash, tomorqa maydonlari. KIRISH So’nggi yillarda dunyo hamjamiyatini qurg’oqchilik, suv tanqisligi, tuproq degradatsiyasi va cho’llanish kabi ekologik muommolar jiddiy tashvishga solmoqda. Iqlim o’zgarishi oqibatida 2050-yilga borib Tyan-Shan va Pomir tog’ tizmalaridagi jami muzliklarining 30-50 foizgacha bo’lgan qismi erib ketishi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida suvga bo’lgan talab 50 foizgacha oshishi kutilmoqda [4, 5]. Buning oqibatida O’zbekistonda suv tanqisligi o’rtacha 1525 foizgacha, cho’llanish darajasi esa 123 mln kvadrat metrga yetishishi mumkin. Aynan shu omil sabab mamlakatimizdagi minglab honadonlarning tomorqa yer maydonlarida qishloq xo’jaligi ekinlari yetishtirilmaydi. Mazkur holatlarni inobatga olib suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish, ayniqsa, atmosfera yog’inlarining to’plab tomorqa maydonlarida sug’orishga sarflash orqali qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. ASOSIY QISM O’zbekistonda suv taqchilligi yil sayin dolzab muommoga aylnib bormoqda. Qolaversa, yerosti suvlari kamayishi, iqlim o’zgarishi va qo’shni Afg’onistonda Qo’shtepa kanali qurilishi tufayli vaziyat yanada keskin tus olmoqda. Hozirgi kunda o’rganishlishlar natijasida 2030-yilga borib, O’zbekistonda yiliga 7 milliard kub metr suv yetishmovchilligi kuzatiladi, bu ayni paytdagi hajmning 25 foizi deganidir. 2050-yilga borib esa mazkur ko’rsatkich ikki barobar oshadi, ya’ni suv taqchilligi 14 milliard kub metrga yetishi mumkin [8]. Tabiiyki, suv resurslarining tobora oshib boroyotgan taqchilligi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida jiddiy to’siq bo’lishi mumkin. Aslida, O’zbekiston suvdan foydalanish samaradorligini oshirishda katta zaxiralarga ega. Suvning asosiy iste’molchisi qishloq xo’jaligi sohasi bo’lib, unda samarasiz hisoblanadigan an’anaviy “jo’yakli” sug’orish usuli hanuzgacha keng qo’llanadi [6]. Bundan tashqari, ekinlarni DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15063892
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 173 sug’orishda foydalanilgan suv resurslarining uchdan bir qismidan ko’prog’i tabiiy qoplamali irrigatsiya tarmoqlari yo’qotiladi. Shu bois, samarali suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish va irrigatsiya tarmoqlarida suv isrof bo’lishini keskin kamaytirish yaqin kelajakda kutilayotgan suv taqchiligi muommosining yagona yechimidir [7]. Suv tanqisligi asosan iqlimning o’zgarishi va antropogen omillar ta’sir ko’rsatmoqda. Bundan tashqari chuchuk suv ekotizmlarining ifloslanishi ham sabab bo’lmoqda. Suv tanqisligiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omillarni quyida sanab o’tamiz: 1. Iqlim o’zgarishi 2. Suv ifloslanishi 3. Suvdan samarasiz foydalanish. Ayniqsa qishloq xo’jaligi sohasida. 4. Yer osti suvlaridan me’yordan ortiq foydalanish. Yer osti suvlaridan foydalanilganda suvning katta qismi bug’lanib ketadi. 5. Infratuzilma. Shaharsozlikda va ekinlarni sug’orishda oqava quvurlarni talab darajasida emasligi. 6. Suvdan oqilona foydalanish bo’yicha malakali mutaxasislar va albatta o’quv kurslarining yetishmovchiligi. Oqibatda tuproq sho’rlanishi, daryolarda suv miqdori kamayishi, suv va tuproqni kimyoviy bilan ifloslanishi, daryo o’zanlarining o’zgarishi natijsida aholi yashash joylarini qisqarishiga olib keladi. Bularning oldini olish uchun suvdan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, suv tejamkorlig taxnologiyalarni joriy qilish, yashil hudularni kengaytirish kerek. Yurtimizda suv resusrlarini tejash, undan maqsadli va samarali foydalanishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasidagi keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan ekinlarni tomchilatib, yomg’irlatib, pulsar kabi turli suv tejovchi texnologiyalar yordamida sug’oriladigan maydonlarni kengaytirish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 1-martdagi “Qishloq xo’jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-144-sonli Qarorida mamlakatimizda qariyb 500 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish belgilangan [1]. Prezidentimizning 2020-yil 30-iyundagi “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qo’shimcha chora tadbirlari tog’risida”gi PQ-4767son [3] hamda 2021 yil 16 dekabrdagi “Tomorqadan foydalanish samaradorligining oshirish shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslari moliyaviy qo’llab quvvatlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar tog’risida”gi PQ-54-son [2] Qarorlarida tomorqa xo’jaliklaridan mahsulot yetishtirishni ko’paytirish orqali aholi daromadini oshirish, ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’ldirish maqsadida keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, suv ta’minoti og’ir tomorqa yerlari va foydalanishdan chiqqan maydonlarni sug’orish quduqlarini burg’ulash, daryolar va kanallardan suv chiqarish ishlari amalga oshirilmoqda. Ammo, suv ta’minoti og’ir bo’lgan tomorqa yerlari va foydalanishdan chiqqan maydonlarni sug’orish uchun vertikal sug’orish quduqlarni burg’ulash daryolar va kanallardan suv chiqarish katta mablag’ va suv talab etiladi. Shu bois kam mehnat va mablag’ evaziga aholi honadonlarining uy tomlaridan atmosfera yog’inlari hisobiga to’planib tushadigan yomg’ir va qor suvlarini maxsus yer ostiga qurilgan hovuzchalardan samarali to’plash orqali suv zahirasini shakllantirish hamda uni honadonlar tomorqa ekinlarini sug’orishga yo’naltirish ijobiy samara berishi mumkin. Buning uchun suv ta’minoti og’ir bo’lgan aholi honadonlarining uy tomlaridan atmosfera yog’inlari hisobiga to’planib tushadigan yomg’ir va qor suvlarini maxsus yer ostiga qurilgan hovuzchalarda samarali to’plash orqali suv zahirasini shakllantirish hamda uni
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 174 tomorqa maydonlaridagi ekinlarni sug’orishga yo’naltiriladi. Bu jarayonni quyidagicha amalga oshiriladi: a). Uy tomlariga yaqin bo’lgan qulay bir joyga yomg’ir va qor suvlarini to’plash uchun yer ostiga maxsus xovuzchalar qazib, ularni suv o’tkazmaydigan qilib betonlab chiqiladi, b). Uy tomlaridan to’planib tushadigan yomg’ir va qor suvlarini suv yig’uvchi xovuzchlar tomon yo’naltirish uchun tarnovlar o’rnatiladi. c). Tarnovlardan tushayotgan suvni toza holda xovuzlarga to’planishi uchun maxsus filtrlar o’rnatiladi. d). To’plangan zaxira suvlarini tomorqa maydonlarini tomchilatib sug’orishga yo’naltirish uchun xovuzlardan tomorqa maydonlar tomon tomchilatgich shlanglar yotqiziladi (1-rasm) 1-rasm. Aholi honadonlarining uy tomlaridan atmosfera yog’inlari hisobiga to’planib tushadigan yomg’ir va qor suvlarini maxsus yer ostiga qurilgan hovuzchalarda samarali to’plash hamda uni tomorqa maydonlaridagi ekinlarni sug’orishga yo’naltirish. Mazkur amaliyotni qo’llash natijasida suv resurslari bo’lgan qishloq aholi punktlaridagi tomorqa maydonlarida sug’orish uchun atmosfera yog’in suvlaridan iborat bo’lgan suv resurslari zaxirasi yaratiladi. Chuchuk suv resurslariga ega bo’lgan qishloq aholi punktlarida esa tomorqa maydonlarini sug’orishga sarflanoyotgan suv resurslarining ma’lum qismini tejab qolish imkoniyatini yuzaga keladi. Mavsumiy suv bilan ta’minlanadigan qishloq aholi punktlarida aholi ehtiyoji uchun maishiy yumushlarini (yuvinish, kiyim-kechak va idishlarni yuvish, turli uy hayvonlarni sug’orish va h.k) bajarishda zarur bo’lgan suv resurslari zaxirasini yaratish imkoniyatini yuzaga keladi. XULOSA Xulosa qilib oladigan bo’lsak Atmosfera yog’inlari inson hayoti va xo’jalik faoliyatida eng muhim tabiiy boyliklaridan biridir. Atmosfera yo’ginlaridan samarali foydalanish – kelajak avlodlar uchun barqaror rivojlanishning kafolati, ekologik xavfsizlikning muhim sharti va suv resurslaridan oqilona foydalanishning eng maqbul yo’llaridan biridir. Har bir hudud o’z imkoniyaniyatidan kelib chiqib, yog’in suvini yig’ish va undan foydalanish tizimini shakllantirsa, suv tanqisligi muammosini sezilarli darajada yengillshtirish mumkin bo’ladi
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 175 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori – „Qishloq xo’jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”. 2022-yil 1-mart, PQ-144-son. Toshkent sh. 2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori – „Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida ”. 2021-yil 16-dekabr, PQ-54-son. Toshkent sh. 3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori – „Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida ”. 2020-yil 30-iyun, PQ4767-son. Toshkent sh. 4. Chathuranika I. et al. Implementation of water-saving agro-technologies and irrigation methods in agriculture of Uzbekistan on a large scale as an urgent issue //Sustainable Water Resources Management. – 2022. – Т. 8. – №. 5. – С. 155. 5. Камолов Б. А. и др. Наманган вилоятининг суғорма деҳқончилик соҳасига сувтежамкор агротехнологиялар ва суғориш усулларини кенг жорий этишнинг зарурати хусусида //Вестник магистратуры. – 2022. – №. 5-4 (128). – С. 22-24. 6. Кориев М. Р. Мульчирование как самая важная водосберегающая агротехнология в орошаемом земледелии засушливых регионов //Экономика и социум. – 2019. – №. 11 (66). – С. 326-331. 7. Koriev M. R., Kamalov B. A. Experimental results of garnening without irrigation in the arid conditions/Geography in the globalization period: problems and decisions //Proceedings of the scientifi-practical conference of the young scientists and students. Tashkent. – 2014. – С. 139-140. 8. www.uza.uz – O‘zbekistonda suv muammosini yumshatish borasida qanday choralar ko‘rilyapti? 2025. Manba: https://uza.uz/oz/posts/ozbekistonda-suv-muammosiniyumshatish-borasida-qanday-choralar-korilyapti_567449