scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

USMON AZIMNING "SO'NGSO'ZLAR" ASARIDA QO'LLANGAN OKKOZIONAL SO'ZLAR VA ULARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Rashidova, Sarvinoz

Abstract

This article provides a linguistic analysis of the occasionalisms used in Usmon Azim’s “So‘ng so‘zlar”. The main focus is on the lexical and semantic nature of the new words created by the poet, as well as on how these units differ from existing words in the Uzbek language in terms of form and meaning. The article also highlights the role of occasionalisms in enriching the content of the literary text, expressing the poet’s individual style, and expanding the word-formation potential of the Uzbek language.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 213 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us USMON AZIMNING “SO‘NGSO‘ZLAR” ASARIDA QO‘LLANGAN OKKOZIONAL SO‘ZLAR VA ULARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI Rashidova Sarvinoz Mirzohid Qizi Samarqand shahar 12-maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Usmon Azimning “So‘ngso‘zlar” asarida qo‘llangan okkazional birliklar lingvistik tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor muallif tomonidan yaratilgan so‘zlarning leksik-semantik tabiati, ularning shakl va ma’no jihatidan o‘zbek tilidagi mavjud birliklardan farqlanishiga qaratilgan. Maqolada okkazionalizmlarning badiiy matn mazmunini boyitish, ijodkor uslubini ifodalash va so‘z yasalish imkoniyatlarini kengaytirishdagi roli ko‘rsatib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: Usmon Azim, “So‘ngso‘zlar”, okkazional birlik, leksik-semantik xususiyat, individual uslub, badiiy nutq. LEXICAL AND SEMANTIC CHARACTERISTICS OF OCCASIONALISMS IN USMON AZIM’S “SO‘NGSO‘ZLAR” ABSTRACT This article provides a linguistic analysis of the occasionalisms used in Usmon Azim’s “So‘ng so‘zlar”. The main focus is on the lexical and semantic nature of the new words created by the poet, as well as on how these units differ from existing words in the Uzbek language in terms of form and meaning. The article also highlights the role of occasionalisms in enriching the content of the literary text, expressing the poet’s individual style, and expanding the word-formation potential of the Uzbek language. Keywords: Usmon Azim, “So‘ngso‘zlar”, occasionalism, lexical-semantic features, individual style, literary language. KIRISH Til – xalq ruhining, tafakkurining va madaniyatining eng yuksak ifodachisidir. Til jamiyat bilan birga yashaydi, rivojlanadi va yangilanadi. Shu bois u doimiy harakatda bo‘lgan, yangilikni qabul qila oladigan ijtimoiy aloqa vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Ijodkor esa tilga o‘z individualligi, o‘ziga xos dunyoqarashi orqali hayot baxsh etadi. Har bir yozuvchi yoki shoirning tili o‘ziga xos shaxsiy estetik olamni yaratadi – u tilning imkoniyatlarini yangicha jilolantiradi, yangi so‘z birikmalari, ma’nolar, ohanglar kashf etadi. Shu jarayonda okkozional birliklar, ya’ni ijodkor tomonidan INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 214 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us muayyan badiiy niyat asosida yaratilgan yangi so‘zlar vujudga keladi. Zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin vakili Usmon Azim ijodida ham tilning bunday imkoniyatlari kengayib boradi. ASOSIY QISM Okkozional birliklar tilda mavjud bo‘lmagan va qolipga solinmagan, ijodkorning ma’lum badiiy maqsadni ko‘zlab yaratgan yangicha so‘z va birikmalardir. Bu atama lotincha “occasonalis” so‘zidan olingan bo‘lib, lug‘aviy maʼnosiga ko‘ra “tasodifiy” degan tushunchani bildiradi. Lingvistikaga oid lug‘atlarda unga quyidagicha taʼrif beriladi: “Umum tomonidan qabul qilingan qo‘llashlarga mos kelmaydigan, yakkalik xususiyatiga ega bo‘lgan, maxsus matn tarkibiga singdirilgan usual, qiyos”. [1] Okkozional birliklar, asosan, badiiy nutqda uchraydi. Chunki ijodkor uchun so‘zning yangiligi, ohangi va emotsional ta’siri muhimdir. Usmon Azimning nafaqat she’riyatida, balki nasrida ham so‘zlar oddiy leksik birlik sifatida emas, badiiy-estetik ma’no yuklagan vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Quyida muallifning “So‘ngso‘zlar” asarida uchragan ba’zi okkozional birliklar izohiga to‘xtalamiz. Masalan, asarda uchraydigan kitobxo‘r so‘zi okkozional birlik sifatida e’tiborga loyiq. Gapning indallosiga ko‘chsam, o‘sha kun Adabiyotga men kabi butun borlig‘ini bag‘ishlab yaxshi ko‘radigan, u haqida erta-yu kech tinmay mulohaza qilishga tayyor, kitobxo‘r , atrofda kechayotgan voqealarga, hattoki dunyoga ham o‘zicha munosabatga ega — o‘zimga o‘xshagan odamni — yaqin do‘stni uchratgandim. [2; 37] Adabiy tildagi me’yoriy shakl “kitobxon” bo‘lib, bu so‘z kitob o‘quvchi kishi” ma’nosini bildiradi. Ko‘rinib turibdiki, okkozionalizmni hosil qilishda affiksoidlar ham ishtirok etadi. Affiksoid asli leksik birlik bo‘lib, keyinchalik xuddi affiks kabi bir necha leksemalarga qo‘shilib kelish xususiyatiga ega bo‘ladi [3;55]. Mazkur so‘zning ikkinchi qismi fors-tojik tilida iste’mol qilish ma’nosini bildiradi va o‘zbek tilidagi so‘zlar bilan birikkan holatda uchraydi: oshxo‘r (palovni yaxshi ko‘ruvchi inson), nonxo‘r (ko‘p non yeydigan, nonni yaxshi ko‘radigan). Muallif bu komponent orqali kitobni shunchaki o‘quvchi emas, balki kitobni hayotining bir qismi sifatida sezuvchi, undan lazzat oluvchi inson obrazini yaratadi. Bu holatda -xo‘r o‘zining semantik xususiyatini saqlagan holda, okkozional so‘z yasash vositasi sifatida ishlatilgan. Yana bir o‘rinda “yurakdosh” so‘zi orqali -dosh affiksining okkozionalizm hosil qilishda ishtiroki ko‘rinadi. Bu qo‘shimcha “biror narsada sherik, o‘rtoq ma’nosini bildiradi. Masalan, sinfdosh, safdosh, xonadosh kabi. Tilimizda dildosh deb ishlatilgan shakli biz uchun tanish bo‘lsa-da, bu qo‘llanilishni faqatgina Usmon Azim “So‘ngso‘zlar” asarining bir necha o‘rinlarida kuzatamiz. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 215 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us Erkin bilan tanishgan kunimdan boshlab esa, hamfikr tengdosh, yurakdosh do‘st va, aytish mumkinki, to‘ppa-to‘g‘ri adabiy davra topdim. [2; 37] Allaqachonlar ijodidan o‘zimni uzoqroq tutganim bu shoir bilan didimiz bir, yurakdosh ekanmiz-da! Yurakdoshlik — juda ajib tuyg‘u. [2; 98] Adabiy tilda yurakdosh degan tayyor leksema mavjud emas. Muallif bu so‘z orqali “bir yurakdan o‘tuvchi his-tuyg’ularga sherik bo‘luvchi inson”, “ruhiy yaqin, qalban birlashgan kishi” ma’nosini ifodalaydi. Yana bir o‘rinda yangi yasalmani hosil qilinganini uchratamiz. “Tushunish mumkin bo‘lmagan”, “anglab bo‘lmaydigan” degan ma’noni ifodalash uchun “tushuniksiz” degan okkozionalizmni qo‘llaydi: Bunday suhbatlarning yurakni oʻstirguvchi, aqlni charxlovchi va yana allaqanday tushunuksiz taʼsir tufayli shoir yuragini kamolot sari eltguvchi ulkan sehri bor edikim, uning bu fazilatini ushbu davradagilar ham keyin — yillar oʻtib anglaydilar. [2; 61] O‘zbek adabiy tilida “tushunarsiz” so‘zi ko‘p qo‘llanadi. Misolda bu so‘z oddiy mantiqiy anglashdan tashqari hissiy holatni ifodalaydi. ya’ni, shoirning yuragiga ta’sir qilayotgan kuchni aql bilan izohlab bo‘lmaydi, faqat his qilish mumkin. Asarda uchraydigan yana bir topilmalarda biri “orkashlik” okkozional so‘zidir. -kash affiksi ot va sifat yasashda ishlatiluvchi unumli qo‘shimcha (mehnatkash, aravakash). Eng qizigʻi, sportga ishqibozlik tufayli yoʻqotgan vaqtimga hech qachon achinmayman. Axir, sportga ishqibozlik ham orkashlikning bir koʻrinishi-da! Ori bor odam hech qachon dunyoning nomardliklariga beparvo qarab turmaydi. [2,5] “Orkashlik” so‘zi o‘zbek adabiy tilida mavjud bo‘lmagan, lekin muallif tomonidan ijodiy yo‘l bilan yaratilgan okkazional birlikdir. So‘z tarkibida “or” (vijdon, nomus) va forscha -kash (egasi, sohibi) komponentlari birlashib, “or egasi bo‘lishlik, vijdonlilik” ma’nosini bildiradi. Ushbu birlik yordamida muallif sportga bo‘lgan sadoqatni axloqiy qadriyatlar bilan bog‘laydi. “Orkashlik” bu o‘rinda vijdon, or va halollikni anglatuvchi poetik tushunchaga aylangan bo‘lib, muallif tilidagi individual ijodkorlikning yorqin namunasi sifatida e’tirof etiladi. XULOSA Til — har bir ijodkor qo‘lida yangidan jilolanadigan, o‘z imkoniyatlarini cheksiz namoyon etuvchi tirik tizimdir. Ijodkorning tildagi yangicha yondashuvi, mavjud birliklarga o‘ziga xos ma’no yuklashi natijasida okkazionalizmlar vujudga keladi. Bu kabi so‘zlar adabiy til boyligini kengaytiradi, obrazlilikni oshiradi hamda shoirning individual uslubini yaqqol ko‘rsatadi. Usmon Azim ijodida uchraydigan okkozional birliklar shoirning so‘zga yangicha nafas, yangi badiiy ohang bag‘ishlaganidan dalolat beradi. U so‘z orqali nafaqat ma’no, balki ruhiy holat, his-tuyg‘u va dunyoqarashni ifodalashga erishadi. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 216 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Розинтель Д.Э., Теленкова М.А. Словарь – справочник линвистических терминов. М.:Просвещение. 1967.С.197 2. Азим У. Сўнгсўзлар. – Тошкент: Илм-зиё-заковат, 2020. -512 б. 3. To’xtasinova O.Y. “O’zbek tilida leksik okkozionalizmlar va ularning badiiyestetik xususiyatlari”. Filol.fan nomz. Dissert, avtoref. -T., 2007. 4. Шамсиддинов Ҳ. Ўзбек тилида сўзларнинг функционал-семантик синонимлари. Филол.фан.докт...дис.-Тошкент; 1999