ZAMONAVIY TA'LIMDA CHIZMACHILIK FANINING OʻRNI VA AHAMIYATI
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida chizmachilik fanining tutgan oʻrni va uning amaliy holati tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek chizmachilik fani oʻquvchilarning amaliy, fazoviy tasavvur qilish koʻnikmalarini rivojlantirishda, ayniqsa texnikumlar va kasb-hunar kolleji va oliy ta’lim muassasalarida asosiy vosita hisoblanadi. Dars jarayonlari oʻquvchilarga yanada mazmunli va tushinarli boʻlishi uchun kompyuter grafikasi, AutoCAD, SolidWorks, Revit, CorelDRAW kabi dasturlar hozirgi kunda tadbiq qilinmoqda.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 620 ZAMONAVIY TA’LIMDA CHIZMACHILIK FANINING OʻRNI VA AHAMIYATI 1Jumayev Isroil Omandovlat o‘g‘li, 2Daminova Gulsanam Jamoliddin qizi, 3Musulmonova Madina Bunyod qizi 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti Muhandislik va kompyuter grafikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2,3Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi 2-kurs 24/1guruh kunduzgi talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.17436008 Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida chizmachilik fanining tutgan oʻrni va uning amaliy holati tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek chizmachilik fani oʻquvchilarning amaliy, fazoviy tasavvur qilish koʻnikmalarini rivojlantirishda, ayniqsa texnikumlar va kasb-hunar kolleji va oliy ta’lim muassasalarida asosiy vosita hisoblanadi. Dars jarayonlari oʻquvchilarga yanada mazmunli va tushinarli boʻlishi uchun kompyuter grafikasi, AutoCAD, SolidWorks, Revit, CorelDRAW kabi dasturlar hozirgi kunda tadbiq qilinmoqda. Kalit soʻzlar: Chizmachilik, AutoCAD, Revit, SolidWorks, kompyuter grafikasi, tasavvur. Zamonaviy ta’limda amaliy fanlarga boʻlgan talab tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, chizmachilik fani texnik tasavvurni shakllantirishda muhim vositalardan biri boʻlib xizmat qiladi. Har qanday muhandislik, arxitektura, dizayn,injiniriya va boshqa yoʻnalishda tahsil olayotgan yoshlar uchun chizmachilik fani asosiy vositadir. Bu fan orqali oʻquvchi yoshlarni kasbga yoʻnaltirish va amaliy mashgʻulotlar samaradorligini oshiradi. Chizmachilik insoniyat tarixida qadimdan mavjud boʻlgan va hozirgi kungacha oʻrganilib kelinayotgan fanlardan biridir. Uning dastlabki koʻrinishlari Bobil, qadimgi Misr va Yunoniston madaniyatlarida uchraydi. Bu davrlarda saroylar, ibodatxonalar va muhandislik inshootlari qurilishi jarayonlarida grafik tasvirlardan foydalanishgan. Oʻrta asrlarda arxitektorlar va quruvchilar chizmalarni qoʻlda geometrik asboblar yordamida tayyorlashgan. XVIII-XIX asrlarda chizmachilik, sanoat, muhandislik va texnika fanlarning ajralmas qismiga aylandi. XX asrda chizmachilik fan sifatida oʻquv dasturlariga kiritildi. AutoCAD (1982 yildan), SolidWorks kabi raqamli dasturlar paydo boʻlishi bilan bu soha yanada rivojlanib bormoqda. Chizmachilik fani geometriya, trigonometriya, fizika, texnik grafika, mekhanika va muhandislik kabi fanlar bilan uzviy bog’liq. AutoCAD, SolidWorks, CorelDRAW bu kabi grafik dasturlar chizmachilikni raqamlashtirib, uni interaktiv va tezkorlashtirishda samarali boʻldi. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv dasturida chizmachilik muhandislik yoʻnalishidagi barcha texnik kasb va mutaxassisliklar uchun majburiy fan hisoblanadi. Chizmachilik fani xalq xoʻjaligiga yetkazib beriladigan detal va buyumlarning ishchi chizmalarini taxt qilish qoidalarini oʻrganadi. Chizmachilik 5 ta boʻlimdan iborat. 1-bo‘lim: Geometrik chizmachilik - Ushbu bo‘limda turli shakllarni geometrik usullar yordamida qurish, ya’ni geometrik yasashlar bajarish qoidalari o‘rganiladi. Bunda chizmada
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 621 to‘g‘ri chiziqlar, aylana, ellips, parabolalar kabi elementlarni chizish usullari, ularning o‘zaro joylashuvi va nisbatlari tahlil qilinadi. 2-bo‘lim: Proeksion chizmachilik - Mazkur bo‘limda murakkab fazoviy shakllarning tekislikda tasvirini yaratish yo‘llari, ya’ni proyeksion chizmachilik asoslari o‘rganiladi. Detal va modellarni frontal, gorizontal, profil proyeksiyalarda ifodalash, aksonometrik tasvirlarni qurish hamda ularga kesimlar va qirqimlarni qo‘llash qoidalari tahlil qilinadi. 3-bo‘lim: Mashinasozlik chizmachiligi - bu bo‘limda mashina detallari, mexanizmlar va texnik buyumlarning ishchi chizmalarini tuzish qoidalari o‘rganiladi. Detallarning standart belgilanmalari, o‘lchamlari, biriktirish usullari va montaj chizmalarini tayyorlash prinsiplari yoritiladi. 4-bo‘lim: Qurilish chizmachiligi bo‘limi. Turli binolar va inshootlarning qurilish chizmalarini tuzish qoidalari — ya’ni plan, fasad, qirqim kabi asosiy chizma turlari o‘rganiladi. Shuningdek, bu bo‘limda chizmalarni son belgili proyeksiyalash usuli asosida qurish tamoyillari, jumladan mano (asosiy) proyeksiya, aksonometrik tasvir va perspektiv chizmalar haqida bilimlar beriladi. 5-bo‘lim: Topografik chizmachilik. Ushbu bo‘limda yer yuzasi relyefini ifodalash va uning ustida olib boriladigan qurilish ishlarini tasvirlashga oid chizmalarni tuzish qoidalari o‘rgatiladi. Jumladan, tuproqni qazish va to‘kish, nishabliklarni aniqlash va landshaftlarni tasvirlash kabi topografik elementlar chizmada qanday aks ettirilishi zarurligi yoritiladi. Chizmachilik fanini oʻrganishda chizmachilik asboblaridan foydalaniladi. Chizmalar chizishda kerak boʻladigan asboblariga gotovalnya, chizgʻich, uchburchakliklar, lekalolar, reysshina, transportir kabi ish qurollari kiradi. Chizmachilik ashyolariga chizma qog’ozi, qalam, chizgʻich, tush, qadoqlar kiradi. Chizmachilik jihozlariga chizma stollari, chizma taxtalari, chizma mashinalari, shaxsiy kompyuter kabilar kiradi. Hozirgi kunda biz AutoCAD platformasini raqamli chizmachilik deb atasak maqsadga muvofiq boʻlgadi. AutoCAD bu jarayonni kompyuterda bajarish imkonini beradi. An’anaviy qoʻlda chizilgan chizmalar bunda ancha tez va aniqlik bilan yaratiladi. Chiziqlar, oʻlchamlar, koʻrinishlar, kesimlar elektron shaklida avtomatik yaratiladi. Chizmachilikdagi GOST yoke OʻzDSt talablariga mos formatlar yaratish mumkin. Bundan tashqari chizmachilik fanini yanada mazmunli qilish uchun Revit – axborotli chizmachilik (BIM) dan xam samarali foydalanamiz. Revit faqat chizma emas, balki har bir element ( deraza, devot, nishablik) haqida axborotli model yaratib beradi. Bu chizmachilikni yanada rivojlantiradibunda har bir detal nafaqat koʻrinadi, balki uning fizik va konstruktiv xususiyatlari xam mavjud. AutoCAD, Revit va boshqa shunga oʻxshash dasturlar chizmachilik fanining zamonaviy raqamli vositalaridir. Chizmachilik fanining didaktik vazifalari oʻquvchilarning kuzatuvchanlik, sinchikovlik, aniqlik va mehnat madanyatini rivojlantirishda samarali fandir. Pedagog olim V. A. Shitovning fikriga koʻra: “Chizmachilik mashg’kulotlari – bu tafakkur mehnati. Unda tafakkur aniqlik, tartib va intizomga oʻrgatadi.” Bugungi raqamli davrda chizmachilik fani nafaqat an’anaviy metodlarda, balki zamonaviy kompyuter dasturlari orqali oʻqitilishi bilan ham alohida oʻrin tutadi. Ayniqsa AutoCAD, Revit va yana shu kabi dasturlar professional grafik va loyihalash dasturlarining oʻquv jarayoniga tatbiq etilishi chizmachilik fanining ilmiyuslubiy asoslarini chuqurroq oʻzlashtirishga xizmat qilib kelmoqda. Bu kabi dasturlar yordamida talabalar va
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 622 oʻquvchi yoshlar chizma chizishni emas, balki loyiharni fazoviy tahlil qilish, ularni virtual tarzda qurish va muhandislik chizmalarni modellashtirish imkoniyatiga ega boʻlib kelishmoqdalar. Zamonaviy bu kabi texnologik vositalarning qoʻllanilishi oʻquvchilarning ijodiy salohiyatini oshiradi, rivojlantiradi ularni amaliyotga yoʻnaltiradi va kelajak kasblariga tayyorlaydi. Ayniqsa, arxitektura, muhandislik qurilish va sanoat dizayni sohalarida chizmachilik va raqamli loyihalash dasturlaring integratsiyasi zamonaviy ish bozori talablariga mos kadirlar tayyorlashda muhim omildir. Shunday qilib chizmachilik fani oddiy chizmalarni chizish degani emas, balki bugungi raqamli muhitda keng qoʻllaniladigan, zamonaviy texnologiyalar bilan takomillashtirilgan, innovatsion firlash va amaliy bilimlarni uyg’unlashtiruvchi kuchli oʻquv predmeti sifatida qaralishi lozim. XULOSA Xulosa qilib aytganda, chizmachilik fani zamonaviy ta’lim tizimida muhim o‘rin tutadi. U nafaqat texnik va muhandislik sohalarida zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantiradi, balki o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini, tasavvurini va ijodiy yondashuvini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda innovatsion texnologiyalar, kompyuter grafikasi va sanoat dizayni sohalarining rivojlanishi chizmachilik fanining ahamiyatini yanada oshirmoqda. Shu sababli, ta’lim jarayonida chizmachilik faniga alohida e’tibor qaratish, uni zamonaviy uslublar bilan boyitish va amaliy mashg‘ulotlar orqali chuqurlashtirish bugungi kun talabi hisoblanadi. Shuningdek, ushbu dasturlar bilan ishlash o‘quvchilarda fazoviy tafakkur, analitik yondashuv va texnik savodxonlikni rivojlantiradi. Shunday ekan, chizmachilik fanining zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan integratsiyasi uni strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ta’limiy yo‘nalishga aylandi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Shitov V.A. Методика преподавания черчения. – Moskva: Prosveshchenie, 1989. 2. Toshpulatov Sh.A. Chizmachilik asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2005. 3. GOST 2.301-2.105: Texnik chizmalar bo‘yicha davlat standartlari. 4. UNESCO (2023). Visual Literacy and Technical Thinking in 21st Century Education. 5. Omandovlat o‘g‘li, J. I. (2021). Muhandislik grafikasi fanlarida uch o‘lchamli fazoni auto cad dasturidan foydalanib qo‘llash usullari va ahamiyati.”. Mуғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў № 3-2, 99-101. 6. Omandovlat o‘g‘li, J. I. (2021) Chizmalarni autocad dasturida chizishda dasturning mavjud murakkabliklarini qo‘lda chizishga moslashtirish (o‘rgatish) usullari.”. Mуғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў № 3-2, 94-99. 7. ugli Jumayev, I. O. (2022). Using the most convenient method of finding equal sided polygons (By Dividing the Diameter into Equal Sections). Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10 (11), 1271-1279. 8. Omandovlat o‘g‘li, J. I. (2020). Chizmachilik darslarida autocad dasturidan foydalanishning Yutuq va kamchiliklari tahlili.”. Maktab va hayot MAXSUS SON, 2. 9. Jumayev, I. (2020). The conveniences of teaching using autocad software. Экономика и социум, (10 (77)), 94-97.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 623 10. Jumayev I.O. (2021). Chizmachilik darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish metodikasi. Экономика и социум, (11-2 (90)), 798-808. 11. Jumayev, I. O. (2021). Chizmachilik fanining proyeksion chizmachilik bo’limida autocad dasturining uch o’lchamli imkoniyatlarini qo’llash va uning ahamiyati. Экономика и социум, (11-2 (90)), 809-814. 12. Omandovlat o‘g‘li, J. I. (2021). Muhandislik grafikasi fanlarida uch o‘lchamli fazoni auto cad dasturidan foydalanib qo‘llash usullari va ahamiyati.”. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў № 3-2, 99-101. 13. Isroil, J. (2023). Teaching students to provide theoretical and practical knowledge in solving problems of drawing geometry. Current research journal of pedagogics, 4(11), 6168.