FARGʻONA VILOYATIDA QANDLI DIABET 2-TUR KASALLIGIDA OʻTKIR VA SURUNKALI ASORATLARNING TARQALGANLIGINI OʻRGANISH
Abstract
Farg‘ona viloyatida diabet 2-tur bemorlarda o‘tkir (ketoatsidoz, giperosmolyar koma) va surunkali (retinopatiya, nefropatiya) asoratlar o‘rganildi. Natijalarda surunkali asoratlar yuqori uchrashi aniqlandi. Asoratlarni kamaytirishda skrining va sog‘lom turmush tarzi muhimligi ko‘rsatildi.
Full text
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 41 FARGʻONA VILOYATIDA QANDLI DIABET 2-TUR KASALLIGIDA OʻTKIR VA SURUNKALI ASORATLARNING TARQALGANLIGINI OʻRGANISH Rahmatullayeva Guljahon Ulugʻbek qiz FJSTI endokrinologiya yoʻnalishi boʻyicha 2-kurs magistri Karimova M.M T.f.n Annotatsiya: Farg‘ona viloyatida diabet 2-tur bemorlarda o‘tkir (ketoatsidoz, giperosmolyar koma) va surunkali (retinopatiya, nefropatiya) asoratlar o‘rganildi. Natijalarda surunkali asoratlar yuqori uchrashi aniqlandi. Asoratlarni kamaytirishda skrining va sog‘lom turmush tarzi muhimligi ko‘rsatildi. Qandli diabet 2-tur kasalligi dunyo bo‘yicha va O‘zbekiston hududida eng ko‘p tarqalgan endokrin kasalliklardan biridir. Uning o‘tkir (diabetik ketoatsidoz, giperosmolyar koma, laktatatsidoz) hamda surunkali (diabetik retinopatiya, nefropatiya, neyropatiya, angiopatiya) asoratlari bemorlarning hayot sifatini pasaytiradi va nogironlikka olib kelishi mumkin. Farg‘ona viloyatida ushbu kasallikning asoratlarini chuqur o‘rganish, profilaktika va davolash choralarini takomillashtirish zaruriyat hisoblanadi. Tadqiqot davomida Farg‘ona viloyatidagi poliklinika va shifoxonalarda ro‘yxatda turgan 2-tur qandli diabet bemorlari bo‘yicha tibbiy hujjatlar o‘rganildi. Klinik, laborator va instrumental usullar, shuningdek, statistik tahlil usullari qo‘llanildi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida bemorlarning muayyan qismida o‘tkir asoratlar — kardiovaskulyar o'zgarishlar, ketoatsidoz va giperosmolyar koma kuzatildi. Surunkali asoratlardan esa diabetik retinopatiya va nefropatiya yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi. Shuningdek, neyropatiya va oyoq yaralari bilan kechuvchi diabetik oyoq sindromi ham aniqlangan. Asoratlarning ko‘pligi kasallik davomiyligi, glyukozani nazorat qilish darajasi va hayot tarziga bog‘liq ekanligi qayd etildi. Xulosa Farg‘ona viloyatida qandli diabet 2-tur bemorlari orasida o‘tkir va surunkali asoratlar yuqori uchramoqda. Bunda retinopatiya, kardiovaskulyar o'zgarishlar, nefropatiya va neyropatiya kabi surunkali asoratlar yetakchi o‘rin tutadi. Kasallik oqibatlarini kamaytirish uchun muntazam skrining, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va dori vositalarini to‘g‘ri qo‘llash muhimdir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari. 2. International Diabetes Federation. IDF Diabetes Atlas, 10th edition, 2021. 3. Dedov I.I., Shestakova M.V. «Сахарный диабет. Руководство для врачей». – Москва, 2020. 4. American Diabetes Association. Standards of Medical Care in Diabetes – 2023.