scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

CHIZMA GEOMETRIYA FANIDA TO'G'RI CHIZIQNING TEKISLIKKA BO'LGAN VAZIYATINI TALABALARGA NAZARIY VA AMALIY BILIMLARI ALOQADORLIGIDA O'RGATISH

Jumayev Isroil Omandovlat o'g'li, Rixsiboyeva Husnora Kamron qizi

Abstract

Mazkur maqolada nuqtadan tekislikka 900 li to’g’ri chiziq o‘tqazishni nazariy va amaliy bog‘lab o‘rgatish ko‘rsatilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 632 CHIZMA GEOMETRIYA FANIDA TO‘G‘RI CHIZIQNING TEKISLIKKA BO‘LGAN VAZIYATINI TALABALARGA NAZARIY VA AMALIY BILIMLARI ALOQADORLIGIDA O‘RGATISH 1Jumayev Isroil Omandovlat o‘g‘li, 2Rixsiboyeva Husnora Kamron qizi 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo’nalishi 3-kurs 23/2guruh kunduzgi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17436101 Annotatsiya. Mazkur maqolada nuqtadan tekislikka 900 li to’g’ri chiziq o‘tqazishni nazariy va amaliy bog‘lab o‘rgatish ko‘rsatilgan. Kalit so‘zlar: nuqta, to‘g‘ri chiziq, fazo, jism, metrik, pozitsion, geometrik tushuncha, hajm, yuza, uzunlik. Chizma geometriya, geometriya fanining bo‘limlaridan biri bo‘lib, uning asosiy vazifasi fazodagi jismlarni tekislikka akslantirish va tasvir (chizma)da metrik hamda pozitsion masalalarni geometrik qonun-qoidalar asosida yechish usullarini o‘rgatishdan iborat. Hozirgi kunga kelib barcha Oliy O‘quv yurtlarida chizma geometriya fani, fan sifatida o‘tib kelinmoqda. Chizma geometriya fani aniq fanlardan biri hisoblanib, undagi mavjud bo‘lgan qonun-qoidalarga muvofiq tarzda tasvir(chizma)larni fazoviy tasavvurimiz orqali qog‘ozda chizishimizdir. Bu fan asosan insonda fazoviy tasavvurni yanada kuchliroq shakillantirib, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Bu fanning hayotimizda tutgan o‘rni juda katta hisoblanadi. Jumladan hozirgi kunda bu fanning hayotimizda tutgan o‘rniga misol tariqasida bino inshoatlari, kundalik hayotimizda foydalaniladigan maishiy texnikalarimiz, avtomobil va hokazolarda ko‘rishimiz mumkin. Chizma geometriya fani bizning tasavvurimizni kengaytirib, dunyo qarashimizni yanada kuchliroq bo‘lishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi. Chizma chizishdan avval chizmaning qanday ekanligiga, mavzusiga va qonun-qoidalariga amal qilgan holda chizishimiz zarur. Chizmani tushunmasdan yokida uning qonun-qoidalariga ahamiyat bermasak bu fanni o‘zlashtira ololmaymiz. Hozirgi kunda ko‘plab talabalarning muammosi ham mana shunda hisoblanib, yani talabalar chizma geometriya darsini tushunmay o‘zlashtirishga qiynalishadi va bevosita bunga ustozlar aybdordek ko‘rinadi. Chizmani tushunmaganliklari uchun ham bu fan ularga qiyin tuyuladi, xuddiki murakkab narsadek ko‘rinadi. Aslini olib qaraganda bu fan juda qiziqarli va o‘ziga xos aniq fan hisoblanadi. Chizma geometriya fani o‘zida aniqlikni talab qiladi, birorta arzimagan hatolikka yo‘l qo‘yilsa ham chizmangiz mukkamal darajada chizilmagan hisoblanadi. Masalada fazoda berilgan nuqtadan tekislikka 900 li to‘g‘ri chiziq o‘tkazish nazariy va amaliy bog‘liqlikda tushuntirib o‘tilgan. Mаsаlа: Prоyеksiyаlаri оrqаli bеrilgаn S(S′,S″) nuqtаdаn izlаri bilаn bеrilgаn P(PH,PV) tеkisligigа 900 li pеrpеndikulyаr bо‘lgаn n (n′, n″) tо‘g‘ri сhiziq о‘tkаzilsin. 1-rasm INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 633 Mаsаlаning yесhimi: Prоyеksiyаlаri оrqаli bеrilgаn S(S′,S″) nuqtа vа izlаri bilаn bеrilgаn P(PH,PV) tеkisligi сhizib оlinаdi. S′ nuqtаdаn n′ tо‘g‘ri сhiziqni PH izigа (k′┴PH) 900 li pеrpеndikulyаr qilib сhizilаdi. S″ nuqtаdаn n″ tо‘g‘ri сhiziqni PV izigа (k″┴PV) 900 li pеrpеndikulyаr qilib tо‘g‘ri сhiziq сhizilаdi vа mаsаlа jаvоbi tugаllаngаn hisоblаnаdi. 1-rasm Berilishi INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 634 Ishlanishi 1-rasm FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Sh.Murodov, L.Hakimov, A.Xolmurzayev, M. Jumayev, A. To‘xfayev. Chizma geometriya. Toshkent -2006 2. Pulat Adilov,. Isroil Jumaev,. (2018). New View to Executing Sketch and Technical Drawing. Eastern European Scientific Journal (ISSN 2199-7977), 102-104. 3. Omandovlat o‘g‘li, J. I. (2021). MUHANDISLIK GRAFIKASI FANLARIDA UCH O‘LCHAMLI FAZONI AUTO CAD DASTURIDAN FOYDALANIB QO‘LLASH USULLARI VA AHAMIYATI.”. МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ № 3-2, 99-101. 4. Omandovlat o‘g‘li, J. I. (2021) CHIZMALARNI AUTOCAD DASTURIDA CHIZISHDA DASTURNING MAVJUD MURAKKABLIKLARINI QO‘LDA CHIZISHGA MOSLASHTIRISH (O‘RGATISH) USULLARI.”. МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ № 3-2, 94-99. 5. ugli Jumayev, I. O. (2022). USING THE MOST CONVENIENT METHOD OF FINDING EQUAL SIDED POLYGONS (By Dividing the Diameter into Equal Sections). Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(11), 1271-1279. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 635 6. Omandovlat o‘g‘li, J. I. (2020). CHIZMACHILIK DARSLARIDA AUTOCAD DASTURIDAN FOYDALANISHNING YUTUQ VA KAMCHILIKLARI TAHLILI.”. Maktab va hayot MAXSUS SON, 2. 7. Norboy o'g'li, A. N., & Shaydulloyevich, B. Q. Ko'kiyev Boburmirzo Baxodir o'g'li & Jumayev Isroil Omandovlat o'g'li (2020). Methods of developing creative abilities in children. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(10), 151153. 8. Jumayev, I. (2020). The conveniences of teaching using autocad software. Экономика и социум, (10 (77)), 94-97. 9. Jumayev I.O. (2021). CHIZMACHILIK DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISH METODIKASI. Экономика и социум, (11-2 (90)), 798-808. 10. Jumayev, I. O. (2021). CHIZMACHILIK FANINING PROYEKSION CHIZMACHILIK BO’LIMIDA AUTOCAD DASTURINING UCH O’LCHAMLI IMKONIYATLARINI QO’LLASH VA UNING AHAMIYATI. Экономика и социум, (11-2 (90)), 809-814. 11. Omandovlat o‘g‘li, J. I. (2021). MUHANDISLIK GRAFIKASI FANLARIDA UCH O‘LCHAMLI FAZONI AUTO CAD DASTURIDAN FOYDALANIB QO‘LLASH USULLARI VA AHAMIYATI.”. МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ № 3-2, 99-101. 12. Isroil, J. (2023). TEACHING STUDENTS TO PROVIDE THEORETICAL AND PRACTICAL KNOWLEDGE IN SOLVING PROBLEMS OF DRAWING GEOMETRY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 4(11), 61-68.