CHIZMA GEOMETRIYA FANI VA AXBOROT TEXNALOGIYALARI INTEGRATSIYASI
Abstract
Mazkur maqolada chizma geometriya fanining nazariy asoslari va ularning zamonaviy axborot texnologiyalari bilan integratsiyasi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi o‘rni, grafik dasturlardan foydalanishning afzalliklari hamda chizma geometriya masalalarini yechishda qo‘llanishi yoritilgan. Shuningdek, fan va axborot texnologiyalarining o‘zaro uyg‘unligi orqali talabalar fazoviy tafakkuri, ijodiy yondashuvi va muhandislik ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada pedagogik va psixalogik jihatlar ham yoritilib, xulosa va amaliy takliflar berilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 636 CHIZMA GEOMETRIYA FANI VA AXBOROT TEXNALOGIYALARI INTEGRATSIYASI 1Jumayev Isroil Omandovlat o‘g‘li, 2Zokirov Elbek Nurbek o‘g‘li 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi 3-kurs 23/2guruh kunduzgi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17436118 Annotatsiya. Mazkur maqolada chizma geometriya fanining nazariy asoslari va ularning zamonaviy axborot texnologiyalari bilan integratsiyasi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi o‘rni, grafik dasturlardan foydalanishning afzalliklari hamda chizma geometriya masalalarini yechishda qo‘llanishi yoritilgan. Shuningdek, fan va axborot texnologiyalarining o‘zaro uyg‘unligi orqali talabalar fazoviy tafakkuri, ijodiy yondashuvi va muhandislik ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada pedagogik va psixalogik jihatlar ham yoritilib, xulosa va amaliy takliflar berilgan. Kalit so’zlar: Chizma geometriya, axborot texnologiyalari, AutoCAD, SolidWorks, fazoviy tafakkur, muhandislik grafikasi, 3D modellashtirish. Аннотация: В данной статье научно анализируются теоретические основы начертательной геометрии и их интеграция с современными информационными технологиями. Освещена роль информационных технологий в образовательном процессе, преимущества использования графических программ и их применение при решении задач начертательной геометрии. Также рассмотрены возможности развития пространственного мышления, творческого подхода и инженерных навыков студентов через взаимодействие науки и информационных технологий. В статье также освещаются педагогические и психологические аспекты, даются выводы и практические предложения. Ключевые слова: Начертательная геометрия, информационные технологии, AutoCAD, SolidWorks, пространственное мышление, инженерная графика, 3Dмоделирование. Abstract: This article provides a scientific analysis of the theoretical foundations of descriptive geometry and its integration with modern information technologies. The role of information technologies in the educational process, the advantages of using graphic programs, and their application in solving problems of descriptive geometry are highlighted. The possibilities of developing students' spatial thinking, creative approach, and engineering skills through the integration of science and information technologies were also considered. The article also covers pedagogical and psychological aspects, provides conclusions and practical suggestions. Keywords: Descriptive geometry, information technologies, AutoCAD, SolidWorks, spatial thinking, engineering graphics, 3D modeling.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 637 Bugungi kunda ilm-fan va texnika sohalarining jadal rivojlanishi ta’lim tizimi oldinga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Xususan, muhandislik sohasida faoliyat yuritadigan mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi zamonaviy talablarga javob berishi, ular nafaqat nazariy bilimlarga, balki amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishlari zarur. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, chizma geometriya fani muhandislik ta’limining asosiy poydevorlaridan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ushbu fan fazoviy jismlarni tekislikda aniq va to‘liq tasvirlash usullarini o‘rgatadi, talabalarda mantiqiy tafakkurni shakllantiradi hamda muhandislik grafikasi asoslarini puxta egallashga imkon yaratadi. Chizma geometriya nafaqat texnik sohalarda, balki arxitektura, qurilish, masinasozlik, dizayn kabi yo‘nalishlarda ham keng qo‘llaniladi. Ushbu fan orqali talaba murakkab fazoviy shakllarning geometrik xususiyatlarini tahlil qiladi, ularni proyeksiyalash asosida sodda grafik ifodalar hosil qiladi va texnik hujjatlarni ishlab chiqishga tayyorlanadi. Shu jihatdan chizma geometriya fani nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy faoliyatni tashkil etishda ham poydevor vazifasini bajaradi. Hozirgi davrda ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini keng joriy etish masalasi dolzarb bo‘lib, bu chizma geometriya faniga ham bevosita taalluqlidir. An’anaviy usullar asosida murakkab chizmalarni bajarish talabalardan ko‘p vaqt va kuch talab qilsa, zamonaviy kompyuter dasturlari yordamida bu jarayon ancha qulay va samarali kechadi. AutoCAD, 3DS Max, SolidWorks, Compass-3D kabi grafik dasturlar, 3D modellashtirish vositalari, interaktiv ta’lim platformalari va vizualizatsiya texnologiyalari talabalarda fazoviy tasavvurni yanada rivojlantirishga, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga yordam beradi. Demak, chizma geometriya fanining axborot texnologiyalari bilan uyg‘unligi nafaqat ta’lim sifatini oshirishda, balki bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda ham alohida o‘rin tutadi. Shu sababli, mazkur mavzuni ilmiy jihatdan tahlil qilish, uning nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish bugungi kun ta’lim jarayonining muhim vazifalaridan biridir. Chizma geometriya fanining nazariy asoslari. Chizma geometriya fani XVIII asrda fransuz olimi Gaspar Monj tomonidan shakllantirilgan. U fazoviy shakllarni tekislikda proyeksiyalar yordamida tasvirlashning nazariy asoslarini ishlab chiqqan. Keyinchalik bu fan muhandislik grafikasining asosiy bo‘limiga aylandi va texnik mutaxassis tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Bugungi kunda chizma geometriya nafaqat muhandislikda, balki arxitektura, dizayn va qurilish sohalarida ham keng qo‘llanilmoqda. Axborot texnalogiyalarining talim jarayonidagi roli. Axborot texnologiyalari ta’limda yangi metod va yondashuvlarni qo‘llash imkonini beradi. Kompyuter grafikasi, multimedia, 3D vizualizatsiya kabi vositalar o‘quvchilarning bilimlarni yanada samarali o‘zlashtirishiga yordam beradi. Xususan, chizma geometriya fanida 2D va 3D grafik dasturlar yordamida murakkab fazoviy figuralar oson va tez tasvirlanadi. Bu esa o‘quvchilarning nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlaydi, balki amaliy ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Chizma geometriya va axborot texnalogiyalari integratsiyasi. Chizma geometriya masalalarini yechishda AutoCAD, SolidWorks, Kompas-3D kabi zamonaviy grafik dasturlar keng qo‘llanilmoqda. Mazkur dasturlar yordamida nafaqat sodda shakllar, balki murakkab fazoviy jismlar ham aniq va ishonchli tarzda modellashtiriladi. Masalan, AutoCAD dasturi orqali tekisliklarning kesishishi, fazoviy figuralarning proyeksiyalari, turli kesimlari va aksonometriya chizmalari qisqa vaqt ichida yuqori aniqlikda bajarilishi mumkin. Bu esa an’anaviy usullarda ko‘p vaqt va kuch talab qiladigan jarayonlarni soddalashtiradi hamda ta’lim samaradorligini
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 638 oshiradi. SolidWorks va Kompas-3D dasturlari esa 3D modellar yaratishda keng imkoniyatlar taqdim etadi. Ushbu dasturlarda ob’ektlarning fazoviy ko‘rinishini turli rakurslardan kuzatish, ularning mexanik yoki texnologik xususiyatlarini tahlil qilish, montaj jarayonlarini simulyatsiya qilish mumkin. Talabalar bu jarayon orqali nafaqat chizma geometriya qonuniyatlarini o‘zlashtiradilar, balki haqiqiy muhandislik jarayonlariga yaqin sharoitda ishlash imkoniga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, ushbu dasturlar yordamida talabalar virtual loyihalash, texnik hujjatlar tayyorlash, 3D printer uchun modellar yaratish kabi ko‘nikmalarni egallaydilar. Bu esa ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga tayyorlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyalarining qo‘llanishi fazoviy tafakkurni chuqur shakllantiribgina qolmay, balki talabalarda mustaqil fikrlash, kreativ yondashuv va muammolarni innovatsion yechish qobiliyatlarini ham rivojlantiradi. Shu tarzda chizma geometriya fanining axborot texnologiyalari bilan uyg‘unlashuvi o‘quv jarayonini yanada samarali, qiziqarli va zamonaviy talablarga moslashtiradi. Bu integratsiya nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, balki amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda ham hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Amaliy qo’llanmalar va tajribalar. Amaliy mashg‘ulotlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarda yuqori samaradorlik beradi. Masalan, AutoCAD dasturida geometrik shakllar proyeksiyasi aniq va tez bajariladi. 3D modellashtirish orqali talabalar murakkab figuralarning turli burchaklardan ko‘rinishini o‘rganadilar. Bu esa nafaqat fazoviy tasavvurni, balki ijodiy yondashuvni ham shakllantiradi. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, grafik dasturlardan foydalangan talabalar an’anaviy usuldagilarga qaraganda tezroq va mukammalroq chizmalar yaratadilar. Pedagogik va psixalogik jihatlar: Chizma geometriya fanida axborot texnologiyalaridan foydalanish nafaqat bilimlarni samarali o‘zlashtirish, balki o‘quvchilarning psixologik rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 3D modellar bilan ishlash diqqatni jamlash, sabr-toqat va tartiblilikni oshiradi. Shuningdek, talabalarda mustaqil fikrlash, kreativlik va muammolarni tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlanadi. Pedagogik yondashuvlarda interfaol metodlardan foydalanish darslarni qiziqarli va samarali qiladi. Bunday metodlar oliy va o’rta maxsus ta’limdagi amaliy tajribalarda o’z aksini topgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Chizma geometriya va axborot texnologiyalarining o‘zaro integratsiyasi zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi, fazoviy tasavvuri hamda muhandislik kompetensiyalarini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. An’anaviy chizmachilik metodlari o‘quvchilarga geometrik qonuniyatlarni chuqur o‘zlashtirish imkonini bersa, zamonaviy dasturiy vositalar ularning bilim va ko‘nikmalarini interaktiv tarzda mustahkamlashga, loyihalashda aniqlik va samaradorlikni oshirishga zamin yaratadi. Bundan tashqari, ushbu integratsiya o‘quvchilarni nafaqat nazariy bilimlarga, balki amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishiga olib keladi. Chunki ular grafik axborotni tezkor qayta ishlash, murakkab fazoviy shakllarni modellashtirish va zamonaviy muhandislik dasturlaridan foydalanish orqali kelajakdagi kasbiy faoliyatiga tayyorlanadi. Xulosa qilib aytganda kelajakda Chizma geometriya va axborot texnologiyalarini yanada kengroq integratsiyalash ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni joriy qilish, o‘qitish samaradorligini oshirish va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi. Shuningdek, bu
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 639 jarayon o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, kreativ yondashuv va muammolarni yechishda ilg‘or texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shunday qilib, chizma geometriya va axborot texnologiyalari uyg‘unligi bugungi kun ta’limining ajralmas qismi sifatida kelajakda texnologik taraqqiyotga moslashgan, ijodkor va malakali mutaxassislarni yetishtirishda asosiy omillardan biri bo‘lib qoladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. G. Monge, (1795). Géométrie descriptive. Paris. 2. A. J. Aliev, (2005). Chizma geometriya. Toshkent: O‘qituvchi. 3. A. Abdurahmonov, (2012). Muhandislik grafika va chizma geometriya asoslari. Toshkent: Fan. 4. B. Hakimov, (2018). Chizma geometriya va injiniring grafikasi. Toshkent: TDTU nashriyoti. 5. Gosudarstvennyy standart. (2009). GOST 2.305–2008. ESKD. Chertezhi. Izobrazheniya – vidy, razrezy, secheniya. Moskva: Standartinform. 6. V. Shapiro, (2017). Geometric modeling and computer graphics. Springer. 7. Autodesk. (2020). AutoCAD user guide. Autodesk Inc. 8. Dassault Systèmes. (2019). SolidWorks essentials: Parts and assemblies. Dassault Systèmes Press. 9. O. Xolmatov, (2021). Axborot texnologiyalari va ta’lim jarayoni. Toshkent: Fan va texnologiya. 10. M.Nuritdinov, (2020). Axborot texnologiyalarining ta’lim tizimidagi o‘rni. Oliy ta’lim muammolari jurnali, (2), 45–52. 11. Omandovlat o‘g‘li, J. I. (2021). Muhandislik grafikasi fanlarida uch o‘lchamli fazoni Auto CAD dasturidan foydalanib qo‘llash usullari va ahamiyati.”. Mуғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў № 3-2, 99-101. 12. Omandovlat o‘g‘li, J. I. (2021) Chizmalarni Auto CAD dasturida chizishda dasturning mavjud murakkabliklarini qo‘lda chizishga moslashtirish (o‘rgatish) usullari.”. Mуғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў № 3-2, 94-99. 13. ugli Jumayev, I. O. (2022). Using the most convenient method of finding equal sided polygons (By Dividing the Diameter into Equal Sections). Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10 (11), 1271-1279. 14. Omandovlat o‘g‘li, J. I. (2020). Chizmachilik darslarida Auto CAD dasturidan foydalanishning yutuq va kamchiliklari tahlili.”. Maktab va hayot MAXSUS SON, 2. 15. Jumayev, I. (2020). The conveniences of teaching using autocad software. Экономика и социум, (10 (77)), 94-97. 16. Jumayev, I. O. (2021). Chizmachilik fanining proyeksion chizmachilik bo’limida Auto CAD dasturining uch o’lchamli imkoniyatlarini qo’llash va uning ahamiyati. Экономика и социум, (11-2 (90)), 809-814. 17. Isroil, J. (2023). Teaching students to provide theoretical and practical knowledge in solving problems of drawing geometry. Current research journal of pedagogics, 4(11), 6168. 18. Autodesk. (2023). AutoCAD official documentation. Retrieved from https://www.autodesk.com/autocad
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 640 19. Dassault Systèmes. (2023). SolidWorks learning resources. Retrieved from https://www.solidworks.com/learn 20. PositivePsychology.com. (2022). Positive psychology in education: Your ultimate guide. Retrieved from https://positivepsychology.com/education