PISHITILGAN IPLARNING NOTEKISLIK KO'RSATKICHLARINI TADQIQ ETISH
Abstract
Ushbu maqolada 100% paxta tolali, 50% paxta bilan 50% poliester tolali, 50% paxta bilan 50% modal tolali, 50% paxta bilan 50% viskoza tolali 25% modal, 25% viskoza bilan 50% paxta tolali aralashmalardan olingan 20x2tekli iplarning notekislik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan
Full text
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 63 PISHITILGAN IPLARNING NOTEKISLIK KO‘RSATKICHLARINI TADQIQ ETISH Xazratqulov M. A. Jizzax politexnika instituti Annotatsiya: Ushbu maqolada 100% paxta tolali, 50% paxta bilan 50% poliester tolali, 50% paxta bilan 50% modal tolali, 50% paxta bilan 50% viskoza tolali 25% modal, 25% viskoza bilan 50% paxta tolali aralashmalardan olingan 20x2tekli iplarning notekislik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan Kalit so‘zlari: iplarning notekisligi, variatsiya koeffitsiyenti, nepslar soni, tukdorligi, tukdorligi bo‘yicha variatsiya koeffitsiyenti Annotatsiya: в данной статье исследованы показатели неравномерности пряжи 20×2 текс, полученной из различных волокнистых смесей: 100% хлопка, смеси 50% хлопка и 50% полиэстера, 50% хлопка и 50% модала, 50% хлопка и 50% вискозы, а также смеси 50% хлопка, 25% модала и 25% вискозы. В ходе исследования определены основные параметры качества пряжи, такие как неравномерность, коэффициент вариации, количество непсов, пушистость и коэффициент вариации по пушистости. Ключевые слова: неравномерность пряжи, коэффициент вариации, количество непсов, пушистость, коэффициент вариации по пушистости. Annotatsiya: this article investigates the unevenness properties of 20×2 tex yarns produced from various fiber blends: 100% cotton; 50% cotton and 50% polyester; 50% cotton and 50% modal; 50% cotton and 50% viscose; as well as a blend of 50% cotton, 25% modal, and 25% viscose. The study examines key quality parameters of the yarns, including unevenness, coefficient of variation, number of neps, hairiness, and the coefficient of variation of hairiness. Keywords: yarn unevenness, coefficient of variation, number of neps, hairiness, coefficient of variation of hairiness. Kirish Respublikamizda hozirgi kunda maxsus kostyumbop matolar assortimentini kengaytirish, mehnat hamda energiya sarfini kamaytirish, resurslarni tejash, turli tolalardan samarali foydalanish imkonini beradigan resurstejamkor texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. Adabiyotlar tahlili Yigirish jarayonida tolalarning yo‘g‘onligi, uzilish kuchi va uzunligi muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, tolalarning yo‘g‘onligi ip yigirish jarayonida katta ahamiyatga ega. Olinadigan iplarning xususiyati tola yo‘g‘onligiga bog‘liqdir [1]. Iplarning eshilishi ularning xossalariga katta ta’sir etadi. Eshilish darajasi ortib borishi bilan ipdagi tolalar zichlashib ularning o‘rtacha zichlanganligi ortadi va ipning diametri kichiklashib boradi [2]. Tolalarning zichlanishi eshilishning boshlang‘ich davrida tez o‘zgaradi. Pishitilish jadalligi ortishiga mos ravishda ipning o‘rtacha zichligini o‘sishi kamayib boradi, diametri kamayadi [3,4]. Tahlil va natijalar Eshilishning ortishi ipning mustahkamligiga dastlabki bosqichda ijobiy ta’sir qiladi, ma’lum miqdordan keyin kamaya boshlaydi. Ipning maksimal mustahkamlikka ega bo‘lgan eshilish qiymati uning kritik eshilishi deyiladi. Kritik eshilishdan ortiqcha holllarda ip tashkil etuvchi tolalarning zo‘riqishi ortib parchalana boshlaydi.
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 64 Kompleks iplarda pishitilishning ijobiy ta’siri yigirilgan iplarnikidan ancha past. Iplarning eshilish darajasi oshishi bilan ularning ko‘p davrli cho‘zilish deformatsiyasiga chidamligi oshadi. Ip yigirish korxonalarida turli tolalar aralashmasidan olingan iplarga turli xil emulsiya shimdirish va 400 br/m, 500 br/m berib pishitish asosida namunalar olinib, ularning notekislik ko‘rsatkichlari aniqlandi va olingan sinov natijalari 1 va 4-jadvallarda keltirildi. 1-jadval Turli tola tarkibli tolalar aralashmasidan olingan (300 br/m berilgan) pishitilgan iplarning sifat ko‘rsatkichlarini tadqiq etish t/ r Ko‘rsatkichl ar Aralashma tarkibi,% 100 % paxt a tolali 50% paxta bilan 50% poliester tola aralashmasid an olingan ip 50% paxta bilan 50% modal tola aralashmasid an olingan ip 50% paxta bilan 50% viskoza tola aralashmasid an olingan ip 25% modal, 25% viskoza bilan 50% paxta tola aralashmasid an olingan ip 1. Iplarning notekisligi U, % 7,75 7,51 8,15 8,12 7,50 2. Variatsiya koeffitsiyenti CVm, % 9,8 9,39 10,25 10,16 9,45 3. 1 m variatsiya koeffitsiyenti CVm, % 3,21 2,93 4,71 2,41 2,56 4. 10 m variatsiya koeffitsiyenti CVm, % 2,49 1,55 3,80 1,94 1,69 5. Nepslar soni Neps+140% 45,0 37,5 60,0 42,5 - 6. Nepslar soni Neps+200% - 5,0 - - - 7. Nepslar soni Neps+280% - - - - - 8. Tukdorligi 9,31 5,27 8,98 6,25 7,55 9. Tukdorligi bo‘yicha variatsiya koeffitsiyenti 2,39 1,24 2,48 1,93 1,98 2-jadval Turli tola tarkibli tolalar aralashmasidan olingan (400 br/m berilgan) pishitilgan iplarning sifat ko‘rsatkichlarini tadqiq etish t/ Ko‘rsatkichl Aralashma tarkibi,%
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 65 r ar 100 % paxt a tolali 50% paxta bilan 50% poliester tola aralashmasid an olingan ip 50% paxta bilan 50% modal tola aralashmasid an olingan ip 50% paxta bilan 50% viskoza tola aralashmasid an olingan ip 25% modal, 25% viskoza bilan 50% paxta tola aralashmasid an olingan ip 1. Iplarning notekisligi U, % 7,18 7,17 7,86 7,73 7,25 2. Variatsiya koeffitsiyenti CVm, % 9,1 8,85 9,65 9,10 9,26 3. 1 m variatsiya koeffitsiyenti CVm, % 2,96 2,42 2,71 2,11 2,28 4. 10 m variatsiya koeffitsiyenti CVm, % 1,90 2,58 1,09 3,56 2,08 5. Nepslar soni Neps+140% 12,5 22,5 12,5 45,0 27,5 6. Nepslar soni Neps+200% 12,5 - - 10,0 17,5 7. Nepslar soni Neps+280% 2,5 - - 2,5 12,5 8. Tukdorligi 9,03 4,96 6,17 8,68 7,05 9. Tukdorligi bo‘yicha variatsiya koeffitsiyenti 2,36 1,27 1,82 2,43 1,95 Tadqiqot natijalari tahlilidan ko‘rinib turibdiki, 100% paxta tolasidan olingan, 300 br/m buram berilgan pishitilgan arqoq ipining ko‘rsatkichlariga nisbatan solishtirsak, 50% paxta bilan 50% poliester tolalar aralashmasidan olingan pishitilgan arqoq ipining notekisligi 3,1% ga, variatsiya koeffitsiyenti 4,2% ga, tukdorligi 43,3% ga, tukdorligi bo‘yicha variatsiya koeffitsiyenti 48,1% ga kamaydi, 50% paxta bilan 50% modal tolalar aralashmasidan olingan pishitilgan arqoq ipining notekisligi 4,9% ga, variatsiya koeffitsiyenti 4,4% ga oshdi, tukdorligi 3,5%ga kamaydi, tukdorligi bo‘yicha variatsiya koeffitsiyenti 41% ga kamaydi, 50% paxta bilan 50% viskoza tolalar aralashmasidan olingan pishitilgan arqoq ipining notekisligi 4,6% ga, variatsiya koeffitsiyenti 3,6% ga oshdi, tukdorligi 32,9% ga, tukdorligi bo‘yicha variatsiya koeffitsiyenti 19,2% ga kamaydi, 25% modal, 25% viskoza bilan 50% paxta tolalar aralashmasidan olingan pishitilgan arqoq ipining notekisligi 3,3% ga, variatsiya koeffitsiyenti 3,5% ga, tukdorligi 18,9% ga, tukdorligi bo‘yicha variatsiya koeffitsiyenti 17,2% ga kamaydi. Sinov natijalari bo‘yicha boshqa buram berib pishitilgan iplarning ko‘rsatkichlari ham tahlil etildi. 100% paxta tolasidan olingan, 400 br/m buram berilgan pishitilgan arqoq ipining ko‘rsatkichlariga nisbatan solishtirsak, 50% paxta bilan 50% poliester tolalar aralashmasidan olingan pishitilgan arqoq ipining notekisligi 0,2% ga, variatsiya koeffitsiyenti 2,7% ga, tukdorligi 45,1% ga, tukdorligi bo‘yicha variatsiya koeffitsiyenti 46,2% ga kamaydi, 50% paxta bilan 50% modal tolalar aralashmasidan olingan pishitilgan arqoq ipining notekisligi 8,7% ga,
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 66 variatsiya koeffitsiyenti 5,7% ga oshdi, tukdorligi 31,7%ga, tukdorligi bo‘yicha variatsiya koeffitsiyenti 22,9% ga kamaydi, 50% paxta bilan 50% viskoza tolalar aralashmasidan olingan pishitilgan arqoq ipining notekisligi 7,1% ga oshdi, variatsiya koeffitsiyenti o‘zgarmadi, tukdorligi 31,7% ga, tukdorligi bo‘yicha variatsiya koeffitsiyenti 22,9% ga kamaydi, 25% modal, 25% viskoza bilan 50% paxta tolalar aralashmasidan olingan pishitilgan arqoq ipining notekisligi 7,1% ga, variatsiya koeffitsiyenti 0,9 oshdi% ga, tukdorligi 3,8% ga kamaydi, tukdorligi bo‘yicha variatsiya koeffitsiyenti 4,1% ga oshdi. Xulosa Sinov natijalarini 400 br/m berib pishitilgan iplarning ko‘rsatkichlariga nisbatan solishtiradigan bo‘lsak, iplarni 500 va 600 br/m pishitib olingan iplarning notekisligi, variatsiya koeffitsiyenti, tukdorligi va tukdorligi bo‘yicha variatsiya koeffitsiyenti 3,1% dan 48,1% gacha oshganligi aniqlandi. Undan tashqari, iplarga 300 br/m buram beradigan bo‘lsak, iplarning sifat ko‘rsatkichlari 400 br/m buram berilgan iplarning ko‘rsatkichlariga nisbatan past bo‘ladi. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Квасникова, В. В. Мировой рынок льняной ткани: состояние и перспективы развития : монография / В. В. Квасникова, О. О. Герасимова. – Витебск: УО «ВГТУ», 2022. – 101 с. 2. Иванов Д.Н., Кулешова А.А. Эксперимент формообразования современного костюма // Международный студенческий научный вестник. 2015. № 4-4 с. 3. T.Ochilov, H.Yodgorova, Sh.Shumkarova, M.Yuldasheva. Study the state of deformation of fibers with variable properties. // E3S Web of Conferences (Scopus), 2023. –P. 273–276. – T. 434. – №.4. 4. Atanafasov M.R., Ochilov T.A., Usmonova Sh.A., Yuldashyev J.N., Hakimov Sh.H.Influence of Cotton Fiber of Different Composition and Secondary Material Resources on Single-Cycle Elongation Deformation of Yarns // International Journal of Innovative Research in Science, Engineering and Technology – India, Volume 11, Issue 2, February 2022. pp.11351137.