MUSTAQIL TA'LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING MUAMMOLARI
Full text
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 98 MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING MUAMMOLARI. Sobirova Yodgoroy Yuldashboy qizi Andijon viloyati, Xo’jaobod tuman 13-maktab ingliz tili o’qituvchisi Kalit so’zlar: raqamli texnologiyalar, mustaqil ta’lim, muammolar, raqamli savodxonlik, internet, metodika. Ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari keng bo’lsada, ularni samarali qo’llash jarayonida qator muammolar yuzaga kelmoqda. Ushbu tezisda talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatida duch keladigan asosiy to’siqlar, ularning sabablari hamda bartaraf etish yo’llari tahlil qilinadi. Texnik va metodik cheklovlar, shuningdek, talabalar va o’qituvchilarning raqamli savodxonligi bilan bog’liq masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar ta’lim tizimining ajralmas qismiga aylangan bo’lsada, ularni qo’llash jarayonida turli qiyinchiliklar uchraydi. Eng avvalo, texnik infratuzilma yetarlicha rivojlanmagan hududlarda muammolar ko’proq seziladi. Masalan, internet tezligining pastligi yoki barqaror emasligi talabalarning onlayn darslarga to’liq qatnashishiga to’sqinlik qiladi (Warschauer, 2011). Elektron qurilmalarning yetishmasligi ham ayrim talabalarni teng imkoniyatlardan mahrum qiladi. ‘‘Speedtest Global Index (2023) ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistonning mobil internet tezligi o’rtacha 28,5 Mbit/s, fiksirlangan internet tezligi esa 41,2 Mbit/s ni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich Yevropa davlatlariga qaraganda ancha past bo’lib, onlayn ta’lim samaradorligiga to’sqinlik qilmoqda.’’ Ikkinchi muammo - talabalar va ba’zan o’qituvchilarning raqamli savodxonlik darajasi pastligidir (Ergasheva, 2021). Barcha talabalar bir xil darajada texnologiyadan foydalana olmaydi. Ba’zilar oddiy platformalardan ham foydalanishda qiynaladi., bu esa ularning mustaqil ta’lim faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. ‘‘O’zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2022-yilgi hisobotida qayd etilishicha, o’qituvchilarning 37 foizi raqamli vositalardan samarali foydalanish bo’yicha maxsus tayorgarlikka ega emas. Shuningdek, psixologik to’siqlarni ham inkor qilib bo’lmaydi. Ko’plab talabalar raqamli muhitda mustaqil ishlashga ko’nikmagan bo’ladi (Selwyn, 2016). Ular darsda o’qituvchiga tayangan holda ishlashga odatlangan, shuning uchun mustaqilizlanishda qiynaladi. Ba’zan ortiqcha chalg’ituvchi omillar – ijtimoiy tarmoqlar yoki boshqa internet resurslari ham mustaqil o’qishga salbiy ta’sir qiladi. ‘‘UNESCO (2022) hisobotiga ko’ra, dunyo bo’yicha talabalarning 60 foizdan ortig’i o’quv jarayonida muntazam onlayn ta’lim resurslaridan foydalanadi, ammo O’zbekistonda bu ko’rsatkich hali 40 foiz atrofida.’’ Metodik muammolar ham mavjud. O’qituvchilar barcha fan bo’yicha mos keladigan raqamli resurslarni topishda qiynaladilar (Hung and Khine, 2006). Ba’zida platformalarning mazmuni talabalarning ehtiyojiga to’liq javob bermaydi yoki topshiriqlar o’quv dasturi bilan mos tushmaydi. Natijada talabalar raqamli texnologiyalardan samarali foydalana olmaydi. Bu muammolarni hal qilish uchun bir nechta yo’nalishlar taklif etish mukin. Avvalo, texnik infratuzilmani yaxshilash, internet qamrovini kengaytirish va barcha talabalarni zarur qurilmalar bilan ta’minlash zarur. Shuningdek, talabalar va o’qituvchilar uchun raqamli savodxonlikni oshirish bo’yicha maxsus kurs va treninglar tashkil etilishi muhim. O’quv dasturlariga mos metodik qo’llanmalar ishlab chiqilishi ham samaradorlikni oshiradi. Raqamli texnologiyalar bilan bog’liq yana bir muammo – axborot xavfsizligidir. Talabalar internetdan foydalanishda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, soxta ma’lumotlarni ajrata olish yoki ishonchli manbalarni tanlashda ko’pincha qiyinchiliklarga duch keladilar (Livingstone & Helsper, 2007). Bu esa ularning o’quv jarayonida noto’g’ri axborotlardan foydalanishiga olib kelishi mumkin.
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 99 Shuningdek, raqamli ta’limning samaradorligi ko’pincha motivatsiya bilan ham bog’liq bo’ladi. Talabalar o’zini onlayn darslarda faol ko’rsatmasa, o’qituvchi ham ularning bilim darajasini to‘liq baholay olmaydi. Shu sababli, darslarni interaktiv qilish, talabalarni rag’batlantirish va ularga mustaqil izlanish topshiriqlarini berish muhimdir (Ryan & Deci, 2020). Bundan tashqari, raqamli vositalardan foydalanishda pedagogik yondashuv ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. O’qituvchi texnologiyani shunchaki vosita sifatida emas, balki ta’limiy maqsadlarga moslashtirilgan metod sifatida qo’llashi lozim. Masalan, muammoli vazifalar berish, onlayn muhokama forumlarini tashkil etish va jamoaviy loyihalarni amalga oshirish raqamli ta’limning samaradorligini oshiradi. Xulosa Raqamli texnologiyalar talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatida katta imkoniyatlar ochib bersada, ularni to’liq va samarali joriy etish uchun qator muammolarni bartaraf etish lozim. Texnik, metodik va psixologik to’siqlar bartaraf etilsa, talabalar o’z bilimlarini mustaqil rivojlantirishda raqamli resurslardan yanada samarali foydalana oladi. Bu esa kelajakda ta’lim sifatini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi (Selwyn, 2016). Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ergasheva, Sh. (2021). Raqamli savodxonlik va uning ta’limdagi ahamiyati. O‘zbekiston pedagogika ilmiy jurnali, 5(3), 22–27. 2. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi. (2022). Yillik hisobot. Toshkent. 3. Hung, D., & Khine, M. S. (2006). Engaging learning with emerging technologies. Springer. 4. Livingstone, S., & Helsper, E. (2007). Gradations in digital inclusion: Children, young people and the digital divide. New Media & Society, 9(4), 671–696. 5. Ryan, R. M., & Deci, E. L. (2020). Intrinsic and extrinsic motivation from a selfdetermination theory perspective: Definitions, theory, practices, and future directions. Contemporary Educational Psychology, 61, 101860. 6. Selwyn, N. (2016). Education and technology: Key issues and debates. Bloomsbury Publishing. 7. Speedtest Global Index. (2023). Global internet speed rankings. Retrieved from: https://www.speedtest.net/global-index 8. UNESCO. (2022). Education in a post-COVID world: Nine ideas for public action. Paris: UNESCO Publishing. 9. Warschauer, M. (2011). Learning in the cloud: How (and why) to transform schools with digital media. Language Learning & Technology, 15(2), 1–9.