scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PNEVMOMEXANIK IP YIGIRISH USULLARI TASNIFI

Jumaniyazov Kadam,Salimov Shuhrat Halimovich, Nazarov Ramazon Anvarovich

Abstract

X

Full text

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 173 173 PNEVMOMEXANIK IP YIGIRISH USULLARI TASNIFI Jumaniyazov Kadam Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot institute direktori t.f.d., prof. Salimov Shuhrat Halimovich Buxoro davlat texnika universiteti t.f.f.d., dotsent Nazarov Ramazon Anvarovich Buxoro davlat texnika universiteti o’qituvchi-stajyor Jahonda ip ishlab chiqarishning samarador texnologiyasini yaratish, tayyor mahsulotlarning sifat koʻrsatkichlarini yaxshilaydigan, zamonaviy va takomillashtirilgan rеsurstеjamkor tеxnologiyalar va tеxnika vositalarining yangi turlarini yaratishga yoʻnaltirlgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu borada, yigirilgan ip ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish, tеxnologik jarayonlarga ijobiy ta’sir etadigan mе’yoriy paramеtrlarni aniqlash alohida ahamiyat berilmoqda. To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda ipning sifat ko‘rsatkichlari muhimdir. Shu sababli turli maqsadlar uchun yigirilgan turli chiziqli zichlikdagi iplarga ishlatilish turiga qarab talablar qo‘yiladi. Ushbu talablar yigirish sistemasini va foydalaniladigan xom ashyo turini belgilab beradi. Ipning asosiy ko‘rsatkichlari, bu - uning pishiqligi, ya’ni mustahkamligidir. Ipning ushbu ko‘rsatkichi undan olinadigan mahsulotlarning sifatini ta’minlab beradi. Ip yigirishda texnologik jarayonning barqarorligini ta’minlash tayyor mahsulotlarning sifatiga kafolat bo‘ladi. Har bir yigirish sistemasidan olingan ipning sifat ko‘rsatkichlari turlicha bo‘ladi. To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan iplarning 60% dan ko‘pi halqali karda usulida olinadi. Ushbu yigirish sistemasida olingan iplar to‘quvchilik korxonalarining asosiy xom ashyosi hisoblanadi. Qayta tarash yigirish sistemasida ishlab chiqarilgan iplar ancha mustahkam, silliq, ravon, notekisligi kam va cho‘ziluvchan bo‘ladi. Ushbu iplardan yupqa nafis gazlamalar, tikuv iplari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Pnevmomexanik usulda yigirilgan iplar ancha yumshoq, g‘ovak va mustahkamligi boshqa yigirish sistemasidagi iplarga nisbatan ancha past bo‘ladi. Chunki ip shakllanish jarayonida tolalarni ipning ko‘ndalang kesimida bir tekisda joylashmasligi sababli ushbu yigirish sistemasida olingan ipning pishiqligi past bo‘lishini ta’minlaydi. E.Pigalev tadqiqot ishida yigiruv rotorida ip shakllanishida tolali tugunchalar paydo boʻlish oqibatida ushbu usulda yigirilgan ip mustahkamligi past bo‘lishi sabablarini o‘rgangan. Natijada tolalar ipning o‘zak qismida ko‘proq va uning atrofidagi tolalar kam miqdorda joylashishi sababli pnevmomexanik usulda olingan iplarda pishiqlik past bo‘lishini kuzatgan. Ba’zi ilmiy tadqiqot ishlari da pnevmomexanik usulda olingan ipning nisbiy uzilish kuchi halqali yigirish mashinasida ishlab chiqarilgan ipning uzilish kuchiga nisbatan 25-30% past bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu farq ip o‘zagiga nisbatan tolalarning kichik yo‘nalishi va ularning taranglik darajasini sezilarli darajada pasayishi bilan izohlanadi. E.Pigalev ilmiy tadqiqot ishida ip shakllanishida buramlar taqsimlanishini oʻrgangan. Pnevmomexanik usulda ishlab chiqarilgan iplar orasida paxta va kimyoviy tolalar aralashmasidan olingan iplarning pishiqligi eng yuqori bo‘lishi aniqlangan. E.Pigalev va F.Putzscher ilmiy tadqiqot ishlarida pnevmomexanik yigirish usuli ip strukturasidagi egri va ilmoqsimon tolalar soni va uning mustahkamligi o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganilgan. ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 174 174 B.Wulfhorst ilmiy tadqiqot ishi muallifi ta’kidlashicha, o‘zak atrofida o‘ralgan tolalar guruhining ko‘p bo‘lishi, nisbiy uzish kuchining kamayishiga olib kelishi aytib o‘tilgan. Bunda ipning shakllanishida qatnashuvchi tolalar orasida ishqalanish kuchlari kamligi natijasida ipning nisbiy uzish kuchining kamayishi kuzatilgan. R.Schneirder ilmiy tadqiqot ishida ipning ko‘ndalang kesimida tolalar joylashishini ipning sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rgangan. Bunda muallif pishitish jarayonini uch zonaga bo‘lib o‘rgangan: 1) ichki zonada pishitish jarayonida sirpanib ketmaydigan tolalar harakatini. 2) pishitishda tolalar sirpanishi tufayli ichki zonaning pishitilishi bilan farq qiladigan o‘rta zonani. 3) ipning o‘zak qismiga o‘raladigan tashqi zonadagi tolalar harakatini oʻrgangan. N.Sheyko pnevmomexanik ipning nisbiy uzish kuchi kamligi sabablaridan biri ipdagi tolalar zichligining kamligi bilan izohlagan. Ushbu holatni pnevmomexanik ipning pishiqligida ishtirok etadigan tolalar ishqalanish kuchi yigirish texnologik jarayoniga bog‘liqligini va shu sababli ishqalanish kuchi kam ekanligini bildiradi. R.Huber tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida ip yigirish jarayonida tolalar kam kuch ostida bo‘lishi, faqatgina kamera sirti yuzasidagi tolalargina ip strukturasida ahamiyatli ekanligi xulosa qilingan. I.Migushov ilmiy tadqiqot ishi da mahsulotdagi buram berish jarayoni (pishitish) mahsulotning cho‘zilishga chidamliligini keskin oshiradigan asosiy omillardan hisoblanadi. Biroq, buramlar soni ortib borgan sari ipning qattiqligi ortadi. Tolalarni bir biriga nisbatan ishqalanish kuchini ortiruvchi ikkinchi omil bu markazdan qochma kuch hisoblanadi. Markazdan qochma kuch ortgani sari tolalarning kamera devori hamda bir biri bilan ishqalanish kuchi ortib boradi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1. Q.Gʻ. Gʻofurov, S.L.Matismoilov, M.Sh.Xoliyarov. Yigiruv korxonalari jixozlari. Darslik. T.: Shark 2007 y -171 bet. 2. Gʻofurov Q.Gʻ., Matismailov S.L. Xorijiy firmalarning yigirish texnologiyasi va jixozlari. Toshkent, 2002. 3. Gʻofurov J.Q., Jumaniyazov Q.J., Gʻofurov J. Pnevmomexanik yigirish kamerasi diametrining ip strukturasi va xossalariga taʼsiri, Toʻqimachilik muammolari. -Toshkent, 2006 y., №3., 50 b. 4. Pavlov Yu.V. i dr. Teoriya protsessov texnologiya i oborudovaniye pryadeniya xlopka i ximicheskix volokon. Ivanovo, 2000 g. 5. Jumaniyazov Q.J., Gʻofurov J., Alishev Sh.A. Pnevmomexanik yigirish kamerasi qiya sirtida tolalar transportirovkasi jarayoni tahlili, Toʻqimachilik muammolari, 2007 y., №1.