ADABIY TA'LIMDA KOGNITIV EMPATIYANING AHAMIYATI
Abstract
Mazkur maqolada adabiyot darslarining kognitiv empatiya rivojiga ta’siri, o‘quvchi shaxsini ruhiy va ijtimoiy jihatdan shakllantirishdagi ahamiyati tahlil etiladi. Kognitiv empatiya tushunchasining mazmuni, uni adabiy ta’lim jarayoniga integratsiya qilish yo‘llari hamda o‘qituvchining empatik kompetensiyasini rivojlantirish metodlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, adabiy matn tahlili orqali o‘quvchi boshqalar hissiyotini anglash, tahlil qilish va tushunish ko‘nikmalarini hosil qiladi, bu esa uning emotsional va ijtimoiy intellektini rivojlantiradi.
Full text
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 177 177 ADABIY TA’LIMDA KOGNITIV EMPATIYANING AHAMIYATI Akbaraliyeva Robiyaxon Tohirjon qizi Magistrant. Ilmiy rahbar: Yusupova Shohidaxon Pedagogika fanlari doktori, professor, Andijon davlat pedagogika instituti. Annotatsiya: Mazkur maqolada adabiyot darslarining kognitiv empatiya rivojiga ta’siri, o‘quvchi shaxsini ruhiy va ijtimoiy jihatdan shakllantirishdagi ahamiyati tahlil etiladi. Kognitiv empatiya tushunchasining mazmuni, uni adabiy ta’lim jarayoniga integratsiya qilish yo‘llari hamda o‘qituvchining empatik kompetensiyasini rivojlantirish metodlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, adabiy matn tahlili orqali o‘quvchi boshqalar hissiyotini anglash, tahlil qilish va tushunish ko‘nikmalarini hosil qiladi, bu esa uning emotsional va ijtimoiy intellektini rivojlantiradi. Kalit so‘zlar: kognitiv empatiya, adabiyot ta’limi, terapevtik salohiyat, empatik o‘qish, emotsional intellekt, o‘quvchi shaxsi. Annotation: This article analyzes the impact of literature lessons on the development of cognitive empathy and their importance in shaping students’ psychological and social personality. The concept of cognitive empathy, ways of integrating it into the process of literary education, and methods for developing teachers’ empathic competence are discussed. The research results show that through the analysis of literary texts, students develop the ability to recognize, analyze, and understand the emotions of others, which in turn enhances their emotional and social intelligence. Keywords: cognitive empathy, literary education, therapeutic potential, empathic reading, emotional intelligence, student personality. Bugungi kunda ta’lim tizimida insonparvarlik va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtayi nazardan adabiyot fani nafaqat estetik zavq manbai, balki ruhiy-psixologik terapiya vositasi sifatida ham e’tirof etilmoqda. Adabiyot orqali inson o‘z histuyg‘ularini anglaydi, boshqalarning kechinmalarini tushunadi va shu orqali empatiya shakllanadi. Empatiya bu boshqa odamning his-tuygʻularini, kechinmalarini tushunish va oʻzida ham his qilish qobiliyatidir. U zamonaviy psixologiyaning o‘ziga xos turi bo‘lib, u odamning o‘zini boshqa shaxs o‘rnida tasavvur qilish, boshqa birovning istaklari, his-tuyg‘ulari, g‘oyalari va harakatlarini refleks darajasida amalga oshirish, boshqalarga yaxshi munosabatda bo‘lish qobiliyatini anglatadi. Bu oʻzgalarning nuqtai nazaridan narsalarni koʻra olish, ularning ahvolini his qilish va hamdardlik bildirish imkonini beradi. O‘zga insonlarning tashvishlari va his-tuyg‘ularini o‘z his-tuyg‘ulari nuqtai nazaridan tushuna oladigan va qabul qila oladigan shaxs empat deb ataladi. Empatiya hissiy (oʻzga his-tuygʻularini his qilish), kognitiv (oʻzga fikrlarini tushunish) va predikativ (oʻzgalarning kayfiyatini bashorat qilish) turlarga boʻlinadi. Shu bilan bir qatorda, bugungi kunda ta’lim tizimida kognitiv ta’lim tushunchasi ommalashmoqda. Kognitiv ta’lim – bu o‘quvchilarning intellektual rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan pedagogik yondashuv bo‘lib, bilimlarni o‘zlashtirishdan ko‘ra ularni anglash, qayta ishlash va amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishni maqsad qiladi.1shaxsning individual qobiliyatlarini aniqlash va ularni rivojlantirish uchun ham kognitiv ta’kim sharoit yaratuvchi asosiy qurol hisoblanadi. Bu ta’lim yondashuvi o‘quvchilarda o‘z-o‘zini baholash, axborotni qayta ishlash va mustaqil fikr yuritish qobiliyatlarini shakllantiradi. Shu asosda 1Namatov M, Qodirov N. Ta’limda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash. – Toshkent: Fan, 2019.
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 178 178 kognitiv empatiya ham oʻzga odamning fikrlash jarayonini, uning maʼlum bir vaziyatda o‘zini qanday his qilayotganini tushunish uchun taqqoslash va analitik fikrlashni qoʻllash shakli sanaladi. “Kognitiv empatiya” termini psixologiyada insonning boshqa shaxsning ruhiy holatini mantiqiy tushunish va tahlil qilish qobiliyati sifatida talqin qilinadi. Bu jarayon “aql bilan his etish” deb ham yuritiladi. Psixolog M. Hoffmanning ta’kidlashicha, kognitiv empatiya bolaning ijtimoiy tajribasi, o‘qish va o‘zaro muloqot orqali rivojlanadi. U emotsional intellektning tarkibiy qismi sifatida insonni ijtimoiy muvozanatda tutadi. Adabiyot o‘qitish jarayonida kognitiv empatiya o‘quvchining qahramon xatti-harakatini tahlil qilish, sabab-oqibat munosabatini anglash, boshqa insonlarning his-tuyg‘ulariga nisbatan bag‘rikeng bo‘lish, o‘z his-tuyg‘ularini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Misol uchun, A. Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida Kumush obrazining fojiali taqdiri orqali o‘quvchi insoniy sadoqat va sadoqatning oqibatlarini tahlil qiladi, “Nima uchun u shunday fojia qurboni bo‘ldi?” degan savolning yechimini izlaydi. Bu jarayon kognitiv empatiya shakllanishining amaliy ko‘rinishidir. Adabiyot darslari shunchaki matn tahlili emas, balki ruhiy davolovchi jarayondir. Qahramonlar orqali o‘quvchi o‘z hayotidagi muammolarga nazar tashlaydi, ularni ichki dunyosi bilan solishtiradi. Bu jarayonda o‘quvchi o‘z hissiyotlarini tushunishni o‘rganadi, boshqalar histuyg‘ulariga nisbatan e’tiborli bo‘ladi, o‘zaro munosabatlarda empatik fikrlashni qo‘llaydi. Natijada, adabiyot darsi o‘quvchining ruhiy barqarorligini mustahkamlovchi terapevtik makonga aylanadi. O‘qituvchi o‘quvchilarda kognitiv empatiyani rivojlantirish uchun “Ichki monolog”, “Empatik intervyu”, “Psixologik tahlil”, “Muammoli vaziyat” metodlaridan foydalanishi mumkin. Masalan, “Psixologik tahlil” metodida asardagi ruhiy kechinmalar sababi mantiqan tahlil qilinadi. Real nazariy asoslarga, badiiy-estetik mantiq talablariga javob bera oladigan tahlil o‘quvchining haqiqiy yordamchisi bo‘la oladi. Yan Amos Komenskiyning ta’biri bilan aytganda, “Mumkin bo‘lgan hamma narsa tuyg‘ularning his etilishi uchun yetkazilishi kerak”. Kognitiv empatiya adabiyot ta’limining eng muhim psixopedagogik maqsadlaridan biridir. U o‘quvchi tafakkurini chuqurlashtiradi, shaxslararo tushunishni mustahkamlaydi va adabiy asarlarni idrok etish darajasini oshiradi. Shunday ekan, zamonaviy adabiyot darslari o‘quvchining nafaqat bilim olishini, balki ruhiy o‘sishini ham ta’minlovchi darsga aylanishi zarur. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Namatov M, Qodirov N. Ta’limda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash. – Toshkent: Fan, 2019. 2. Rasulov A. Tanqid. Talqin. Baholash. – Toshkent: Fan, 2006. 3. Safo Matchon. Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar. 4. To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi, T., 2020.