SIFATLI TA'LIM-BARQAROR TARAQQIYOT KAFOLATI: XORIJIY TAJRIBA VA MAHALLIY AMALIYOT
Abstract
X
Full text
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 234 SIFATLI TA’LIM-BARQAROR TARAQQIYOT KAFOLATI: XORIJIY TAJRIBA VA MAHALLIY AMALIYOT Eshmuminova Oybarchin Botirovna A.AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGIK MAHORAT MILLIY INSTITUTI TAYANCH DOKTORANTI E-mail: [email protected] +998 90 933 39 20 +998 99 029 39 20 Ta’lim insonning yuksalish darajasi, millatning ko’zgusi, mamlakatning taraqqiyot poydevori, yurtning kelajagidir. Ta’lim bor joyda xalqning ongi, ma’naviyati, madaniyati, dunyoqarashi, ijtimoiy va siyosiy fikrlashi, iqtisodiy ravnaqi o’sib boradi. Ta’limni yuqori cho’qqiga olib chiqqan millat esa, har tomonlama yuksalaveradi. Ta’lim avvalo oiladan ya’ni bola maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlariga borguncha otaona tomonidan berib boriladi. So’ngra bolalar bog’chasi, maktab va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarida olib boriladi. Prezidentimizning 2025-yil 8-sentabrdagi “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-277 son qarori maktabdan tashqari ta’lim tizimi yanada sifatli ta’limni tashkil etishiga qaratilgan. Unda tizim faoliyatini qaytadan ko’rib chiqish, zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali bolalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, ularni intellektual jihatdan yuksaltirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, tariximiz, milliy madaniyat va qadriyatlarimizga sodiq farzandlar qilib tarbiyalash maqsadi belgilab berilgan. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi hamda Respublika o’quvchi-yoshlar markazi negizida Respublika “Kelajak” markazi tashkil etiladi. Maktabdan tashqari ta’limning xorij tajribasiga nazar soladigan bo’lsak, Yaponiyada maktabdan tashqari ta’lim asosan ikki turga bo’linadi ya’ni sport hamda madaniyat to‘garaklari. Yaponiyalik bolalarning deyarli 60%i maktabdan tashqari to’graklarga qatnashadilar. “Kram maktablari” deb nomlanuvchi maktabdan tashqari ta’lim tizimida o’quvchilar san’at, suzish, abakus va xattotlik kabi to’garaklarga hamda barcha darajadagi kirish imtixonlariga tayyorgarlik darslariga qatnashadilar. Bu turdagi ta’lim muassasalarining narxlari qimmat bo’lsada yaponiyalik ota-onalar afzal ko’rishadi. Xitoy bugungi kunda ilm-fanga e’tibor qaratadigan mamlakatlar reytengida AQShdan keyin 2o’rinda turadi.1Inson kapitaliga tegishli miqdorda sarmoya kiritib, tayyorlayotgan mutaxassislarning aksariyati mehnat bozorida yuqori natijalarni ko’rsatib kelmoqda. Xitoyda maktab o’quvchilari odatda 12 soat, ba’zan esa 14 soat darsda bo’ladilar, shu sababli kechqurun yoki dam olish kunlarida band bo’lishlari uchun ota-onalar farzandlarini maktabdan tashqari ta’limga jalb etishadi. Ular pianino, rasm chizish, sport to’garaklariga qatnashadilar. Eng asosiy 1https//issek.hse.ru/mirror/pubs/share/direct/482453573.png
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 235 to’garaklardan biri bu xitoyliklar uchun ingliz tilidir, ba’zan ular 2 yoshdan o’rganishni boshlaydilar. Janubiy Koreya Yalpi ichki mahsuloti reytingida dunyoda 2-o’rinda, ta’limga ajratayotgan mablag’i bo’yicha 5-o’rinni egallab kelmoqda. Bu mamlakatda maktabdan tashqari ta’lim har qanday bolaning rivojlanish elementi bo’lib, odatda maktab darsliklariga hamohang ya’ni chambarchas bog’liqdir. Ushbu mamlakatda maktabdan tashqari ta’limning turlari sport, musiqa, raqs, chet tillarini o’rganish, kitoblar tahlili hamda jamoat ishlarida ishtirok etish ya’ni volontyorlik kabilardir. Janubiy Koreyada “Yarim kunlik ish yoki ko’ngillilik” deb nomlangan maktabdan tashqari ta’lim shakli ham mavjud bo’lib, bunda yuqori sinf o’quvchilari uchun kelajakda egallashni istagan kasblari uchun tayyorgarlik ko’rib boradilar va bu asosida ko’pgina kasblarda mutaxassislar zaxirasi shakllanib boradi. Qozog’iston Respublikasida maktabdan tashqari ta’lim seshanba va payshanba kunlari tushdan keyin olib boriladi. Rus, ingliz, olmon, fransuz tillarini o’rganish, futbol, karate, stol tennisi, shaxmat, basketbol kabi sport turlari Qozog’istonlik bolalarning jonu dili. Ayniqsa, mamlakatda yoshlarni milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash maqsadida kurash, chavandozlik kabi milliy sport o’yinlari juda keng tashkil etilgan. Qirg’iziston Respublikasida maktabdan tashqari ta’lim mutlaqo bepul bo’lib, faqatgina zarur hollarda kerakli xom-ashyo uchun ota-onalardan to’lov olinishi mumkin. To’garaklar haftada 3 kun tashkil etilgan bo’lib, uzog’i bilan 50-60 daqiqa etib belgilangan. Sport, rasm chizish, pazandachilik, musiqa, robototexnika hamda salomatlik va fitness klublaridan iborat. Bugungi kunda mamlakatimizda ham ta’lim, ilm-fan va ilmiy faoliyatga yo‘naltirilayotgan mablag’ yalpi ichki mahsulotni 2030-yilgacha 2 %ga2yetkazish belgilangan. Respublikamizda 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablarida bor yo‘g‘i 350 mingga yaqin o’quvchi-yoshlar 7 turdagi 79 nomdagi to’garaklarga jalb etilgan. Bundan ko’rinib turibdiki, tizimni qayta ko’rib chiqish va rivojlantirish zarur. -Maktabda o’qiganlik haqida beriladigan sertifikatning maqomini oshirish, ota-onalar e’tiborining kuchayishiga olib keladi. -Zamonaviy hamda talab yuqori kasblarga qiziqish uyg’otib, ilmiy, texnikaviy, ijodiy salohiyatini ro’yobga chiqarish zarur. -Bolalarning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish va o’zini erkin tutishi, o’rgangan bilim va tajribalarini hayotda qo’llay olish imkoniyatiga ega bo’lishlari lozimdir. -Malakali mutaxassislar va xususiy sektorlarni jalb qilish orqali tizimni sifatli ta’lim tashkilotiga aylantirish mumkin. -Boshqaruv va kadrlarning kasbiy rivojlanishini qo’llab-quvvatlashni takomillashtirish, sohada moddiy-texnik baza va zamonaviy texnologiyalarni xalqaro andozaga mos ravishda rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, “Kelajak” markazi bugunning ham, kelajakning ham muhim poydevori. Bu tizim orqali yoshlarning qobiliyati yuzaga chiqadi, bo’sh vaqti mazmunli tashkil etiladi va jamiyatga foydali shaxslar yetishib chiqadi. Xalqaro tajriba, ichki imkoniyatlar va siyosiy irodani 2O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabridagi PF-6097-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ilmfanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko’rsatkichlari va indikatorlari.
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 236 birlashtirib, mamlakatda maktabdan tashqari ta’limni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyati mavjud. Eng asosiysi, bu tizimni isloh qilish orqali vatanga sodiq, bilimli, tashabbuskor va raqobatbardosh yoshlarni tarbiyalaymiz.