scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

LYSIPHLEBUS FABARUM TURINING O'SIMLIK SHIRALARI TURLARI BO'YICHA RIVOJLANISH DINAMIKASI

Karimjonova Shaydo Oqiljon qizi

Abstract

Ushbu maqolada Lysiphlebus fabarum turining o‘simlik shiralari turlari bo‘yicha rivojlanish dinamikasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Lysiphlebus fabarum paraziti xavo xarorati 14 S da bo‘lganda 15 kunda bitta nasl berib, uning rivojlanishi uchun optimal xarorat 25 S va nisbiy namlik 70% bo‘lganda 8 kunda bitta nasl beradi. Parazit 6-8 S nisbiy namlik 80% da 120 kun saqlanganda 50% hayotchanligi saqlanib qoldi.

Full text

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 244 LYSIPHLEBUS FABARUM TURINING O‘SIMLIK SHIRALARI TURLARI BO‘YICHA RIVOJLANISH DINAMIKASI Karimjonova Shaydo Oqiljon qizi magistrant, Toshkent davlat agrar universiteti Annotatsiya:Ushbu maqolada Lysiphlebus fabarum turining o‘simlik shiralari turlari bo‘yicha rivojlanish dinamikasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Lysiphlebus fabarum paraziti xavo xarorati 14 S da bo‘lganda 15 kunda bitta nasl berib, uning rivojlanishi uchun optimal xarorat 25 S va nisbiy namlik 70% bo‘lganda 8 kunda bitta nasl beradi. Parazit 6-8 S nisbiy namlik 80% da 120 kun saqlanganda 50% hayotchanligi saqlanib qoldi. Kalit so‘zlar:o‘simlik shiralari, tur, rivojlanish dinamikasi, Lysiphlebus fabarum, turkum, nisbiy namlik, optimal harorat. Kirish. Hosildorlikni oshirishning asosiy omillaridan biri – bu serhosil, turli kasallik, hasharotlar, ekstrimal sharoitga chidamli navlar urug‘larini tanlab ekish va ekinlarni yuqori texnologiya asosida parvarishlashdir. Shu bilan birga zararli fitofaglarga qarshi o‘z vaqtida kurash olib borish ham yetishtirilayotgan hosilni saqlab qolish imkonini beradi. So‘ruvchi zararkunandalar ular o‘simlik shirasini so‘rib, uni rivojlanishdan ortda qoldiradi va hosildorlikni pasaytirib, sifatini buzadi. O‘simliklarda har xil yuqumli kasalliklar (ayniqsa virusli) tarqalishiga sababchi bo‘ladi. Ayrim hasharotlarning shirali chiqindilari (o‘simlik bitlari va oqqanot) o‘simlikni bargi va boshqa qismlarni ifloslantirishi tufayli saprofit zamburug‘larning rivojlanishi uchun qulay muhit yaratib, fotosintez jarayonini izdan chiqaradi. Qishloq xo‘jalik ekinlarini himoya qilish sohasida katta yutuqlarga erishilganligiga qaramay hali ham hosilni zararkunanda va kasalliklar ta’siridan ko‘p qismi nobud bo‘lmoqda. Jahon adabiyotdagi ma’lumotlarga ko‘ra qishloq xo‘jalik ekinlarida 70 mingdan ortiq turdagi hasharot va kanalar turkumiga mansub zararkunanda organizmlar uchraydi (Yaxontov V.V, 1931, Reynolds N.T., Adkisson P.L, 1990). Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilot FAO ma’lumotiga qaraganda jahonda zararkunanda, kasalliklar va begona o‘tlar sababli har yili hosilning 30-35 foizi nobud bo‘lmoqda. Jahonda zararli organizmlar ta’sirida 300 mlr. AQSh dollari miqdorida hosil yo‘qotilib, o‘simlikshunoslikda yetishtirilayotgan yalpi mahsulotning 40% nobud bo‘lmoqda (Reynolds N.T., Adkisson P.L.,1990). Rossiyada bu ko‘rsatkich 12-15 mlrd.dollarni tashkil etadi (Zaxarenko V.A., 1997). Shu jumladan, donli ekinlardan olinadigan hosilning 35%ni ya’ni 34 mlrd. dollar, kartoshkadan 5,06 mlrd. dollar, ya’ni 32,3%, qand lavlagidan 1,13 mlrd.dollar, ya’ni 24,5%, turli mevalardan 1,93 mlrd.dollar, ya’ni 23,4% ni yo‘qotiladi. Yil davomida faqat AQShda qishloq xo‘jalik mahsulotlarining yo‘qotilishida 160 tur fitopatogen bakteriyalar, 250 tur virus, 800 turdagi zararli hasharotlar va kanalar hamda 2000 xildagi begona o‘tlar ta’sirida 20 mlrd.dollardan ortiq zarar ko‘riladi (Bondarenko N.V, 1986 ). Hashorotlar sonining o’zgaruvchanlik mexanizmi populyatsiya zichligiga bog’liq bo’lgan muhit omillarini belgilab beradi (V.V.Yaxontov va A.SH.Xamrayev). Tadqiqot usullari. Entomologik hisoblar va kuzatuvlarni V.Yaxontov, G.Ya.Bey-Bienko, N.V. Bondarenko, A.A.Zaxvatkin, S.A.Murodov; Zararkunandalarning zichligini Sh.T.Xo‘jaev; Psevdafikusning dominantligi, soni esa K.K.Fasulati, S.N.Alimuhammedovning uslublari asosida bajarildi. Hashorotlarning zararlilik darajasini V.I.Tanskiy uslubi bo‘yicha aniqlandi. ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 245 Psevdafikusning sifat ko‘rsatgichlari B.P.Adashkevich, T.M.Atamirzaeva uslublari bo‘yicha, taksonomik qimmatliligi W.Quednau uslubi bo‘yicha, laboratoriya va dala tajribalarida biologik samaradorlik nazorat variantini inobatga oladigan V.S.Abbot formulasiga muvofiq aniqlandi. Olingan natijalarga K.Gar, B.A.Dospexov va G.F.Lakin uslublari yordamida matematik va statistik tahlil qilindi. Alohida holatlarda “o‘rtacha xatolikni” hisobga oluvchi kasriy usul qo‘llanildi. Variantlar orasidagi eng kichik farq O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutining matematik modellash va bashorat laboratoriyasida yaratilgan kompyuter dasturi yordamida aniqlanadi. Natijalar. Olib borilgan ilmiy tadqiqotalrining asosiy maqsadi Lysiphlebus fabarum turi oziqa zanjirini aniqlash va ularni o‘simlik shiralari turlari bo‘yicha rivojlanishini aniqlashdan iborat edi. O‘simlik shiralari turlari bo‘yicha Toshkent viloyatida sabzavot maydonlarida (Buka tumani “Temur” f/x)da tadqiqotlar olib borildi. Lysiphlebus fabarum turi bir necha turdagi o‘simlik shiralarida, aloxida tadqiqotlar asosida (Qiboay tumani “Salar Agro Fayz” f/x) agrobiotsenozlarda mavsumiy shakllanishi, turlarning rivojlanishi va mikdor zichligida o‘z ifodasini topdi. Kuzatishlar shuni kursatadiki, Toshkent viloyati agrobiotsenozida asosan bir necha turdagi o‘simlik shiralarining kaloniyalari uchraydi. Viloyatida asosan otquloqda (Rhopalosiphum nymphaeae), olma o‘simlik shiralari (Aphis pomi), g‘o‘za o‘simlik shiralari (Acyrthosiphon gossypii), karam o‘simlik shiralari (Brevicoryne brassicae L) turlarida Lysiphlebus fabarum parazit entomofagini uchrash darajalari o‘rganildi. Dastlabki tadqiqotlar Toshkent viloyati Qiboay tumani “Salar Agro Fayz” fermer xo‘jaligi 1 gektar olma bog‘ maydonlarida olib borildi. Unga ko‘ra olma kuchatlarida o‘simlik shiralarining (Aphis pomi) rivojlanishi aprel oyining ikkinchi un kunligi (11-aprel.2018-yil) dan boshlandi. Bu davrda parazit liziflebusni birinchi avlodi uchib chiqishi kuzatildi. Parazitlarning uchib chiqqan birinchi avlodlari zararkunandalarga nisbatlari o‘rganildi, unga ko‘ra dastlabki parazit-xo‘jayin nisbatlari 1:50 ekanligi ma’lum bo‘ldi. Aprel oyining uchinchi un kunligi kelib nisbatlar 1:30 ga tushkanligi kuzatildi. Lysiphlebus fabarum parazitini o‘simlik shiralari turlari bo‘yicha pushdorligini aniqlash maqsadida biolaboratoriyada 20 dona tuvakchalarga ko‘chirib o‘tkazilgan otqulok o‘simligiga olma o‘simlik shiralari “Salar Agro Fayz” fermer xo‘jaligi olma bog‘i ko‘chatlaridan olib kelinib tarqatildi. Tuvakchalar maxsus entomologik to‘r bilan izolyatsiya qilindi, so‘ngra liziflebus paraziti jinslari 1:1 (♂:♀) nisbatda qo‘yib yuborildi. Tadqiqotlar natijasida ko‘ra parazit urg‘ochisi olma o‘simlik shiralariga o‘rtacha 62.3+0.04 taga yetkazib tuxum qo‘yganligi aniqlandi. Ushbu o‘simlik shiralari turida rivojlangan va uchib chiqqan parazit 5.4+0.02 kun yashadi, jinslari nisbati 1:4 (♂:♀) bo‘ldi,xo‘jayin avlodlarini zararlash darajasi 57.9 % bo‘lganligi kuzatildi. Tadqiqotlarni keyingi bosqichi otquloq o‘simlik shiralarida Lysiphlebus fabarum parazitini rivojlanishini o‘rganish bo‘yicha davom ettirildi. Unga ko‘ra otquloq o‘simlik shiralari Toshkent shaxri Botanika bog‘ida yovvoyi xolda o‘sgan va o‘simlik shiralari bilan zararlangan otquloq o‘simliklari ko‘zdan kechirildi. Ushbu o‘simlikda uchragan otquloq o‘simlik shiralari laboratoriyaga olib kelinib tuvakchalarda o‘stirilayotgan otquloq o‘simligiga o‘tkazildi va tuvakchalar maxsus entomologik to‘r bilan izolyatsiya qilindi, so‘ngra oldindan tayyorlab qo‘yilgan va oziqlantirilgan liziflebus paraziti jinslari 1:1 (♂:♀) nisbatda qo‘yib yuborildi. Kuzatuvlar beshinchi kunda boshlandi va beshinchi kundan boshlab xar kuni kuzatuvlar olib borildi. Unga ko‘ra parazit urg‘ochisi otquloq o‘simlik shiralariga o‘rtacha 74.2+0.05 ta zararladi. Ushbu o‘simlik shiralari turida rivojlangan parazit 6.8+0.04 kun yashadi, jinslari nisbati 1:5 (♂:♀) bo‘ldi,xo‘jayin avlodlarini zararlash darajasi esa 62.6 % bo‘lganligi tadqiqotlar natijasida aniqlandi. Tadqiqotlarning keyingi bosqichi g‘o‘za o‘simlik shiralarida olib borildi. Ushbu zararkunanda mamlakatimizda keng tarqalgan va g‘o‘za ekinida sezilarliy iqtisodiy zarar yetkazadi. Chunki ushbu tur o‘simlik shiralariga so‘ngi yillarda tartibsiz kimyoviy ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 246 preparatlarni sepilishi oqibatida o‘simlik shiralarini kimyoviy vositalarga chidamliligi ortib ketishi kuzatildi va g‘o‘za maydonlarida katta zarar yetkazib g‘o‘za rivojini pasayishiga olib keladi. Natijada g‘o‘za xosildorligi pasayadi va tola sifati tushib ketadi. Shu sabab biz tadqiqotlarimizda aynan ushbu tur o‘simlik shiralarini bioekologiyasini chuqur o‘rganish va Lysiphlebus fabarum parazitini qo‘llash bo‘yicha ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib bordik. G‘o‘za o‘simlik shiralari ham yuqoridagi usullar asosida laboratoriyaga olib kelindi. Bu davr 10-20 iyun kunlariga to‘g‘ri keldi, bu davrda havo xarorati o‘rtacha +35 S0va havo nisbiy namligi esa 49 % ni tashkil qildi (2023-2024 yy). Laboratoriya sharoyitida 12 fevral 2023 yilda 30 dona maxsus tuvakchalarga ekilgan pomidorning “Yusupov” naviga g‘o‘za o‘simlik shiralari qo‘yib yuborildi va tuvakchalar maxsus entomologik to‘r bilan izolyatsiya qilib qo‘yildi. O‘simlik shiralari pomidorning yangi o‘sayotgan novdalariga 2-3 kun ichida yaxshilab joylashib bo‘lgan, oziqlantirilgan liziflebus (Lysiphlebus fabarum) paraziti jinslari 1:1 (♂:♀) nisbatda qo‘yib yuborildi. 21-jadval Lysiphlebus fabarum parazit entomofagini o‘simlik shiralari turlari bo‘yicha rivojlanishi. (Laboratoriya tajribalari, 2023-2024 yy). № O‘simlik shiralarini turlari Lysiphlebus fabarum biologik ko‘rsatgichlari Urg‘ochi zotning pushtdorligi (dona) Yashovchanligi (kunlar) Jinslar nisbati (♂:♀) Xo‘jayin turlarini zararlash darajasi (%) 1 Olma o‘simlik shiralari (Aphis pomi) 62,3+0,04 5,4+0,02 1:4 57,9 2 Otquloq o‘simlik shiralari (Rhopalosiphum nymphaeae) 74,2+0,05 6,8+0,04 1:5 62,6 3 G‘o‘za o‘simlik shiralari (Aphis gossypii) 79,6+0,03 7,1+0,02 1:5 67,2 4 Karam o‘simlik shiralari (Brevicoryne brassicae) 82,3+0,02 5,7+0,03 1:4 71,4 Kuzatuvlar beshinchi kunda boshlandi. Unga ko‘ra parazit urg‘ochisi g‘o‘za o‘simlik shiralariga o‘rtacha 79.6+0.03 tadan zararlanishi malum bo‘ldi. Ushbu o‘simlik shiralari turida rivojlangan parazit 7.1+0.02 kun yashadi, jinslari nisbati 1:5 (♂:♀) bo‘ldi,parazit bilan zararlanish oqibatida, mo‘miyolanib, shishib qolgan o‘simlik shiralari ko‘zdan kechirilganida, xo‘jayin avlodlarini zararlanish darajasi 67.2 % bo‘lganligi aniqlandi. ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 247 Tadqiqotlarni kengaytirish maqsadida sabzavot ekinlarida va ayniqsa karamda ko‘p uchrab zarar yetkagadigan karam o‘simlik shiralarida liziflebus (Lysiphlebus fabarum) paraziti rivojlanishi bo‘yicha davom yettirildi. Unga ko‘ra karam o‘simlik shiralari Toshkent davlat agrar universitetining tajriba uchaskasida karamning “Buxarest” navi ekilgan 0.30 gektar maydonidan laboratoriyaga olib kelindi. Laboratoriya sharoyitida tuvakchalarda o‘stirilayotgan pomidorga karam o‘simlik shiralari ko‘chirib o‘tkazildi va tuvakchalar maxsus entomologik to‘r bilan izolyatsiya qilib qo‘yildi. O‘simlik shiralari pomidor ekiniga o‘tib va 4-5 kun ichida yaxshilab joylashib olgach, oldindan tayyorlab qo‘yilgan va oziqlantirilgan liziflebus (Lysiphlebus fabarum) paraziti jinslari 1:1 (♂:♀) nisbatda qo‘yib yuborildi. Kuzatuvlar beshinchi kunda boshlab olib borildi. Unga ko‘ra parazit karam o‘simlik shiralariga o‘rtacha 82.3+0.02 ta tuxum qo‘ydi. Ushbu o‘simlik shiralari turida rivojlangan parazit avlodlari 5.7+0.03 kun yashadi, jinslari nisbati 1:4 (♂:♀) bo‘ldi,xo‘jayin avlodlarini zararlash darajasi esa 71.4 % bo‘lganligi kuzatildi.(3.1-jadval). Tadqiqot natijalariga ko‘ra Lysiphlebus fabarum parazit entomofagi olma o‘simlik shiralarida juda yaxshi rivojlanishi aniqlandi, shunga mos xolda xayotchangligi ham yuqori bo‘ldi (7.4+0.02), biologik samaradorligi ham 87.9 % ni ko‘rsatdi. Qolgan turlarga nisbatan rivojlanishi va Pushtdorligi biroz pastroq deb karam o‘simlik shiralari ekanligi ma’lum bo‘ldi. Tadqiqotlarning keyingi bosqichi o‘simlik shiralarining Toshkent viloyati populyatsiyasida Lysiphlebus fabarum parazitini biologik ko‘rsatgichlarini o‘simlik shiralari turlarida rivojlanishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borildi. Unga ko‘ra Toshkent viloyati, Sayxonobod tumani “Biloliddin Fayz” fermer xo‘jaligini g‘o‘za va sabzavot maydonlarida tadqiqotlar o‘tkazildi. Tadqiqotlar 15-20 iyun kunlari olib borilib, bu davrda havo xarorati o‘rtacha +38 S0va havo nisbiy namligi esa 46 % ni tashkil qildi. Ushbu fermer xo‘jaligida asosan g‘o‘za o‘simlik shiralari (Aphis gossypii) va karam o‘simlik shiralari (Brevicoryne brassicae L) vakillari uchradi. Ushbu uchragan o‘simlik shiralari turlari bilan agrobiotsenozni o‘zida ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Unga ko‘ra Biloliddin Fayz fermer xo‘jaligining 5 gektar g‘o‘za maydonida kuchli zararlangan 100 ta g‘o‘za ko‘chatlari alohida-alohida qilib maxsus entomologik to‘r bilan izolyatsiya qilib qo‘yildi. 3.2-jadval Lysiphlebus fabarum parazit entomofagini Toshkent viloyati populyatsiyasining biologik ko‘rsatgichlarini o‘simlik shiralari turlari bo‘yicha rivojlanishi (Laboratoriya tajribalari, 2023-2024 yy) № O‘simlik shiralarini turlari Lysiphlebus fabarum biologik ko‘rsatgichlari Urg‘ochi zotning pushtdorligi (dona) Yashovchanligi (kunlar) Jinslar nisbati (♂:♀) Xo‘jayin turlarini zararlash darajasi (%) 1 G‘o‘za o‘simlik shiralari (Aphis gossypii) 68,1+0,05 6,4+0,02 1:5 60,0 2 Karam o‘simlik shiralari (Brevicoryne brassicae) 73,8+0,04 5,1+0,05 1:4 72,6 ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 248 So‘ngra, oziqlantirilgan liziflebus (Lysiphlebus fabarum) paraziti jinslari 1:1 (♂:♀) nisbatda qo‘yib yuborildi. Kuzatuvlar beshinchi kunda boshlab olib borildi. Toshkent viloyati populyatsiyasi Toshkent viloyati populyatsiyasidan biroz farq qilib, parazitning biologik hususiyatlarini barcha ko‘rsatkichlari past bo‘ldi. Ushbu o‘simlik shiralari turida rivojlangan parazit 6.4+0.02 kun yashadi, jinslari nisbati 1:5 (♂:♀) bo‘ldi,parazit bilan zararlanish oqibatida, mo‘miyolanib va shishib qolgan o‘simlik shiralari ko‘zdan kechirilganida, xo‘jayin avlodlarini zararlash darajasi 60.0 % bo‘lganligi aniqlandi. Karam o‘simlik shiralarini(Brevicoryne brassicae) Toshkent viloyati populyatsiyasida liziflebus (Lysiphlebus fabarum) biologik ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida olib borilgan tadqiqotlarda ham karam o‘simlik shiralari bilan kuchli zararlangan karam ko‘chati maxsus entomologik to‘r bilan izolyatsiya qilib qo‘yildi va liziflebus (Lysiphlebus fabarum) paraziti jinslari 1:1 (♂:♀) nisbatda qo‘yib yuborildi. (4.10-jadval). 3.3-rasm. Karam o‘simlik shiralari (Brevicoryne brassicae) karam barglarini kuchli zararlashi. (Sayxonobod tumani “Biloliddin Fayz” f/x. 2023 y). Parazitni rivojlanishi xisobga olish ishlari beshinchi kunda boshlab olib borildi. Unga ko‘ra parazit karam o‘simlik shiralariga o‘rtacha 73.8+0.04 ta tuxum qo‘ydi. Ushbu o‘simlik shiralari turida rivojlangan parazit avlodlari 5.1+0.05 kun yashadi, jinslari nisbati 1:4 (♂:♀) bo‘ldi, xo‘jayin avlodlarini zararlash darajasi esa 72.6 % bo‘lganligi kuzatildi. Lysiphlebus fabarum parazitini o‘simlik shiralari turlari bo‘yicha rivojlanishini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlardan shu narsa aniq bo‘ldiki, liziflebus parazit entomofagi Toshkent viloyatida biologik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ldi. Toshkent viloyatida esa birmuncha past bo‘lganligi kuzatildi. Buning asosiy sababi Toshkent viloyati Toshkent viloyatida havo nisbiy namligi pastligi va xavo xaroratining yuqori ekanligi parazitning rivojlanishi, pushdorligi, xayotchangligi va biologik samaradorligiga ta’sir o‘tkazganligi aniqlandi. Xulosa. Lysiphlebus fabarum paraziti xavo xarorati 14 S da bo‘lganda 15 kunda bitta nasl berib, uning rivojlanishi uchun optimal xarorat 25 S va nisbiy namlik 70% bo‘lganda 8 kunda bitta nasl beradi. Parazit 6-8 S nisbiy namlik 80% da 120 kun saqlanganda 50% xayotchanligi saqlanib qoldi. ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 249 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Axmedov M., Mansurxujaeva M. Iqlimlashtirilgan daraxt va butalar o‘simlik shiralari aniqlagichi. - Toshkent, 1998. – 59-65 b. 2. Бей-Биенко Г .Я. Общая энтомология. 3-е изд., доп. - М.: Высш. Школа, 1980. С. 98136 3. Бигон М., Харпер Дж., Таунсенд К. Экология. Особи, популяции и сообщества. -М.: Мир. 1989. Т.1-2. /Т. 1./,-667 с./Т.2./. С. 420-447. 4. Божко М.П. Тли кормовых растений. Вища школа. -Харьков, 1976. С.123-134. 5. Верещагин Б.В., Андреев A.B., Верещагина А.Б. Тли Молдавии. - Кишинев: Штиинца, 1985. - 158 с. 6. Вернадский В.И. Проблемы биогеохимии. - М - Л.: Изд-во АН СССР, 1940. С. 1618. 7. Викторов Г.А. Экология паразитов-энтомофагов. -М.:Наука, 1976. С.113-126. 8. Габрид Н.В. Тли деревьев и кустарников Прииссыкулья. - Фрунзе: Илим, 1989. С.180187. 9. Гильяров А.М. Популяционная экология. - М.: Изд. МГУ, 1990. С.189-191. 10. Давлетшина А.Г. Тли рода Aphis L. фауны Узбекистана. - Ташкент, Наука. 1964. С.102-134.