scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DETEKTIV JANR FENOMENI: KLASSIK AN'ANALAR VA ZAMONAVIY TALQINLAR

Jonimqulova Lobar G'ayrat qizi

Abstract

Ushbu maqolada detektiv janr adabiyotda jinoyatni ochish va ezgulik-yovuzlik ziddiyatini syujet markaziga qo‘ygan badiiy asar sifatida tahlil qilinadi. Janrning asosiy xususiyatlari, syujet tuzilishi va obrazlar orqali voqealarni izchil yoritish jarayoni muhokama qilinadi.

Full text

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 289 DETEKTIV JANR FENOMENI: KLASSIK AN’ANALAR VA ZAMONAVIY TALQINLAR Jonimqulova Lobar G'ayrat qizi Osiyo Texnologiyalar Universiteti “Xorijiy tili va adabiyoti” yo’nalishi 3-bosqich talabasi Tel: +998971770304 Annotatsiya: Ushbu maqolada detektiv janr adabiyotda jinoyatni ochish va ezgulik-yovuzlik ziddiyatini syujet markaziga qo‘ygan badiiy asar sifatida tahlil qilinadi. Janrning asosiy xususiyatlari, syujet tuzilishi va obrazlar orqali voqealarni izchil yoritish jarayoni muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: Detektiv adabiyot, Jinoyat sirlari, Tergov jarayoni, Kompozitsion tuzilma, Janr turlari. Insoniyat tarixida sirli voqealar va topishmoqlar doimiy qiziqish uyg‘otib kelgan. Odamzod qadimdan noma’lum hodisalarni tushunishga, ularning sababini anglashga intilgan. Shu bois sir motivi san’atning deyarli barcha sohalarida, jumladan, adabiyotda ham o‘z ifodasini topdi. Buning yorqin namunasini detektiv janr tashkil etadi. Bugun detektiv asarlar juda ommalashib ketganini ko‘rish qiyin emas. Kitob do‘konlarida ham yangi mualliflarning mashhur kitoblari, ham janr klassiklari yonma-yon turadi. Bu xilma-xillik esa ko‘pchilikni o‘ylantiradi: qaysi asar badiiy qiymatga ega, qaysisi oddiy tijoriy kitob? Bundan tashqari, detektiv janrning asl vazifasi ham bahsli: u shunchaki dam olish uchunmi yoki o‘quvchini o‘ylashga, muammoga yechim topishga majburlaydigan janrmi? Detektiv janr adabiyotda topishmoq motivini syujet markaziga olib chiqishi bilan ajralib turadi. Adabiyotshunos V. Bryusov ta’kidlaganidek, detektiv asar mohiyatan o‘quvchiga taqdim etilgan murakkab tenglamaga o‘xshaydi: matnda berilgan dalillardan foydalanib, kitobxon mustaqil yechim topishga urinadi. Shu bois detektiv o‘qish jarayoni ko‘pincha murakkab matematik masalani yechishga o‘xshab ketadi. “Detektiv” atamasini ilk bor amerikalik yozuvchi Anna Ketrin Grin adabiyotga olib kirgan. U “detektiv janrning onasi” sifatida tan olingan bo‘lib, 1878-yilda chop etilgan “Leavenworth ishi” romani unga katta shuhrat keltirgan. Huquqshunoslik bo‘yicha bilimlari muallifga jinoyat va tergov jarayonini realistik va badiiy shaklda aks ettirish imkonini ber Janr taraqqiyotida yana bir muhim shaxs — Edgar Allan Po edi. U 1840-yillarda yozgan hikoyalarida noodatiy detektiv obrazini yaratdi, deduktiv metodni adabiy jarayonga tatbiq qildi. Aynan Po asarlarida yolg‘on izlar, kutilmagan jinoyatchi yoki qulflangan xona siri kabi keyinchalik klassikaga aylangan usullar shakllangan. Ushbu tajribalar Artur Konan Doyl ijodiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Doyl yaratgan Sherlok Xolms qiyofasi esa hanuzgacha detektiv janrning eng yorqin timsoli sifatida qadrlanadi. Shuningdek, detektiv janrning shakllanishi va rivojida ilm-fan yutuqlari ham muhim omil bo‘ldi. XIX–XX asrlarda sud tibbiyoti, identifikatsiya usullari, barmoq izlari va yolg‘on detektori kabi yangiliklarning paydo bo‘lishi badiiy adabiyotga ham kirib keldi. Konan Doyl asarlarida ushbu ilmiy yangiliklar o‘z badiiy ifodasini topib, kitobxonni faqat voqealar rivoji emas, balki ilmiy asoslangan dalillar orqali ham qiziqtira oldi. Shu tariqa, detektiv janr o‘z davrining ilmiy-texnologik taraqqiyoti bilan uzviy aloqada shakllangan janr sifatida qaraladi. ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 290 Detektiv janr adabiyotning eng serqirra va mashhur turlaridan biri sifatida jahon miqyosida shakllangan va taraqqiy etgan. XIX asr oxirida Edgar Allan Po ijodida ilk ko‘rinishlarini topgan bu janr, keyinchalik Artur Konan Doyl, Agata Kristi, Raymond Chandler va Jorj Simenon kabi yozuvchilar orqali keng ommalashdi. Har bir adib o‘z ijodida yangi qahramon, yangicha uslub va badiiy ko‘rinish olib kirgan. Masalan, Agata Kristining Puaro obrazi bilan Simenonning Megre komissari bir-biridan tubdan farq qiladi: biri analitik tafakkurga, ikkinchisi esa inson ruhiyati va ijtimoiy muhitni chuqur tahlil qilishga asoslangan. Chandlerning qahramonlari esa “qora detektiv” maktabi an’anasini davom ettirib, jinoyatchilik dunyosining qo‘pol va real tasvirini berdi. Shu bilan birga, detektiv janr nafaqat G‘arb, balki Sharq adabiyotida ham o‘z o‘rnini topdi. Xususan, o‘zbek adabiyotida Tohir Malikning “Shaytanat” romanlari zamonaviy detektiv yo‘nalishining yorqin namunasi sifatida alohida ahamiyat kasb etdi. Ushbu asarlarda jinoyat va tergov voqealari bilan bir qatorda jamiyatdagi ijtimoiy muammolar, ma’naviy qadriyatlar va insoniy illatlar ham badiiy yoritilgan. Natijada o‘zbek detektiv adabiyoti milliy ruh va mahalliy hayot manzaralari bilan uyg‘unlashgan holda shakllandi. Bugungi davrda detektiv janr turli kichik turlarga ajralib, o‘zining ichki xilma-xilligini ko‘rsatmoqda. Klassik “boshqotirma” detektivi, “gotik” yo‘nalishdagi sirli voqealar, pikaresk ruhidagi sarguzashtli detektiv, ilmiy asoslangan tergov hikoyalari, psixologik va siyosiy detektivlar, josuslik janri — bularning barchasi mazkur yo‘nalishning kengayib borayotganidan dalolat beradi. Shu jihatdan detektiv adabiyot nafaqat kitobxonni hordiq chiqarishga, balki uni o‘ylashga, tahlil qilishga va hayotiy voqealarni chuqurroq anglashga undaydi. Ommaviy adabiyot tarkibidagi detektiv janri boshqa yo‘nalishlardan bir qator belgilar bilan ajralib turadi. Avvalo, u standartlashtirilgan shaklga ega bo‘lib, asarlar mazmunida muayyan qoliplar tez-tez takrorlanadi. Shu bilan birga, detektiv kitoblarning asosiy vazifasi ko‘ngilocharlikdir: ular o‘quvchini kundalik tashvishlardan uzoqlashtiradi, syujetdagi sirli voqealar orqali o‘quvchida qiziqish uyg‘otadi. Detektiv janrga xos bo‘lgan “formula” tushunchasi ham mavjud. Bu formula syujetning umumiy sxemasi, obrazlarning tipik tavsifi, voqealar rivojlanishining an’anaviy tartibini o‘z ichiga oladi. Shu sababli detektiv asarlar bir qarashda bir-biriga o‘xshashdek ko‘rinsa-da, har bir muallif o‘z uslubini qo‘shgan holda o‘ziga xos badiiy yechim yaratadi. Mazkur janr odatda uch asosiy bosqich orqali quriladi: 1. Sirli hodisa (odatda jinoyat yoki topishmoq) yuz beradi. 2. Tergov jarayoni amalga oshiriladi. 3. Hodisa fosh qilinadi, ya’ni sirli vaziyat yechimi topiladi. Bu jarayon klassik badiiy kompozitsiyaga mos kelib, boshlanish, avj nuqtasi va yakun bosqichini o‘zida mujassamlashtiradi. Ayrim hollarda yozuvchi voqealar ketma-ketligini buzib, syujetga yangi qiziqish elementlarini kiritishi ham mumkin. Detektivning asosiy maqsadi – jinoyatni fosh qilish. Shu bois, qahramonlarning ichki dunyosi, his-tuyg‘ulari ikkinchi planga o‘tadi. Markazda esa mantiqiy fikrlash, dalillarni izchil tahlil qilish va qahramon – tergovchining jinoyatni ochishdagi faoliyati turadi. Janrda ijobiy va salbiy obrazlarning o‘zaro qarama-qarshiligi ham muhim o‘rin tutadi: jinoyatchilar va ularning sheriklari bir tomonda bo‘lsa, tergovchi va yordamchilari boshqa ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 291 tomonda turadi. Bu ikki kuchning to‘qnashuvi oxir-oqibat ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasiga olib keladi. Biroq zamonaviy detektivlarda mazkur dualizm doimo qat’iy bo‘lavermaydi – masalan, ayrim hollarda tergovchi jinoyatchilar tomonidan chalg‘itilishi yoki hatto tergov guruhidagi shaxsning o‘zi jinoyatchi bo‘lib chiqishi mumkin. Xulosa Detektiv asarlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, janrning o‘ziga xos qonuniyatlari va stereotiplari mavjud. Bu esa yozuvchiga bir tomondan syujetni qurishda yordam beradi, boshqa tomondan esa ijodiy erkinlikni cheklaydi. Shu sababli muvaffaqiyatli detektiv yozuvchilardan biri bo‘lish uchun muallif mavjud qoliplarni qo‘llagan holda ham o‘z ijodiy individualligini namoyon eta olishi zarur. Detektiv hikoya bugungi kunda adabiyotning eng ko‘p o‘qiladigan va keng ommaga manzur bo‘lgan janrlaridan biri sifatida ajralib turadi. Oxirgi yillarda kitobxonlar orasida ushbu janrga bo‘lgan talabning ortishi uning shakl va uslublarining tobora xilma-xil bo‘lishiga olib kelmoqda. Nisbatan qisqa tarixga ega bo‘lishiga qaramay, detektiv adabiyotda Edgar Allan Po, Artur Konan Doyl, Agata Kristi singari mashhur ijodkorlarning nomlari oltin harflar bilan yozildi. Tadqiqot davomida dunyo adabiyotidagi yetakchi detektiv namunalari tahlil qilindi va bir nechta umumiy xulosalar shakllandi: birinchidan, detektiv janr ommaviy adabiyotning muhim tarkibiy qismi sifatida shakllangan; ikkinchidan, u o‘ziga xos kompozitsion tuzilishga ega bo‘lib, unda jinoyat sirining keltirilishi (ekspozitsiya), tergov jarayonining ochilishi (avj nuqtasi) va jinoyatchining fosh etilishi (yakun) an’anaviy elementlar sifatida namoyon bo‘ladi; uchinchidan, detektiv asarlarda qahramonlar odatda ikki qutbga – jinoyatchilar va ularni fosh qiluvchi tergovchi hamda uning yordamchilariga ajratiladi.Yarim asrlardan ortiq rivojlanish jarayonida detektiv janr asta-sekin muayyan an’analarga va yozilmagan qoidalarga ega bo‘ldi. Shu jihatdan detektiv adabiyot nafaqat o‘quvchini qiziqtiruvchi syujetlar bilan, balki o‘zining shakllangan kanonlari va qoidalarga sodiqligi bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. S.S.Dyne. Detektiv yozishning haqimda— 20 qoidasi -: http:// scriptmaking.ru/library/189/42308/one-dine-ss-twenty-rules-for-writing-detective novels.html. 2. Abdusalimova Sadoqatxon Adxamjonqizi “Detektiv janrining strukturaviy va kompozitsion xususiyatlari”. 3. Borisenko. A Faqat Xolms emas http://magazines.russ.ru/inostran/2008/1/bo7.html. 4. Konan Doyl Этюд в багровых тонах http://adelanta.info/library/detective/957.