scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TA'LIM SOHASIDA ICHKI IMKONIYATLAR ASOSIDA ATAMA VA SO'Z YARATISH TAJRIBASI

Kuchkarov Iskandarbek Alisher o'g'li

Abstract

Ta’lim sohasini xalqaro tajriba asosida rivojlantirish jarayonida ko’plab yangi so’z va terminlarga ehtiyoj sezilmoqda. Shu sabab ayrim atamalar neologizm sifatida kirib kelmoqda, ayrimlari esa ichki imkoniyatlar asosida yaratilinmoqda.

Full text

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 292 TA’LIM SOHASIDA ICHKI IMKONIYATLAR ASOSIDA ATAMA VA SO’Z YARATISH TAJRIBASI Kuchkarov Iskandarbek Alisher o’g’li ADPI tayanch doktoranti Email:[email protected]. 998934261881 Annotatsiya: Ta’lim sohasini xalqaro tajriba asosida rivojlantirish jarayonida ko’plab yangi so’z va terminlarga ehtiyoj sezilmoqda. Shu sabab ayrim atamalar neologizm sifatida kirib kelmoqda, ayrimlari esa ichki imkoniyatlar asosida yaratilinmoqda. Kalit so’zlar: ta’lim tizimi, ichki imkoniyat, termin Kirish. O‘zbek tili terminologiyasi rivojlanishining muhim yo‘nalishlaridan biri ta’lim sohasi bilan bog‘liq. Sovet davrida rus tilidan kirib kelgan ko‘plab ta’lim atamalari mustaqillik davrida milliy shaklga o‘g‘irildi yoki yangidan yaratildi. Bugungi kunda ona tilining qo‘llanish doirasini kengaytirish, tarixiy ildizlarini o‘rganish va ilmiy asosda rivojlantirish dolzarb masala bo‘lib, soha mutaxassislari zamonaviy darsliklar, lug‘atlar va zarur terminlarni yaratishga doir vazifalarni zimmasiga olmoqda [1][2]. Ayniqsa ta’lim tizimida fan tarmoqlari, lavozim va unvonlarga oid milliy terminologiyani shakllantirish yo‘lida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Mustaqillikdan so‘ng ko‘plab ruscha terminlar o‘zbekcha shaklga o‘g‘irildi yoki ularning mos milliy variantlari joriy qilindi. Masalan, “народное образование” atamasi o‘rniga “xalq ta’limi”, “начальное образование” o‘rniga “boshlang‘ich ta’lim”, “среднее образование” o‘rniga “o‘rta ta’lim”, “среднее специальное, профессиональное образование” o‘rniga esa “o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi” iboralari ishlatila boshlandi. Bu tizimda markaziy tushuncha sifatida “ta’lim” so‘zi alohida o‘rin egallaydi va u arabcha ildizga ega bo‘lib, rus tilidagi “obrazovanie” terminining to‘laqonli milliy muqobili sifatida qayta faollashtirilgan. Tadqiqotning maqsadi. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi ta’lim sohasida atama va so‘zlarni yaratishda o‘zbek tilining ichki imkoniyatlaridan qanday foydalanilayotganini chuqur o‘rganish, rus va boshqa tillardan kirib kelgan terminlarning milliylashtirilish mexanizmini tahlil qilish hamda yangi ilmiy-pedagogik diskursga qo‘shilayotgan atamalarning o‘rnini aniqlashdir. Tadqiqotning vazifalari. Tadqiqot doirasida bir qator muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi. Avvalo, ta’lim tizimida faol qo‘llanilayotgan mavjud leksik qatlamning kelib chiqishi va ularning shakllanish bosqichlarini chuqur o‘rganish rejalashtirilgan. Shuningdek, terminologik tizimda morfologik modellar va yasovchi qo‘shimchalarning jumladan, -lik,-chi, -shunoslik kabi birliklarning yangi atamalar yaratishdagi o‘rni tahlil etiladi. Mustaqillik davrida o‘zbekchalashtirilgan terminlar “xalq ta’limi”, “boshlang‘ich ta’lim”, “o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi”, “oliy ta’lim muassasasi (OTM)” kabi birliklar ruscha va xalqaro variantlar bilan qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. O‘qituvchilik va pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozim va unvonlarga oid terminlarning milliylashtirish jarayoni, jumladan “o‘qituvchi”, “tarbiyachi”, “dars beruvchi”, “doktorantura”, “PhD tadqiqot bosqichi” kabi birliklarning shakllanishi o‘rganiladi. Bundan tashqari, “elektron kundalik”, “masofaviy ta’lim”, “inklyuziv ta’lim” singari zamonaviy ta’limga oid terminlarning milliy uslubga moslashuv tajribasi tahlil qilinadi. ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 293 Shuningdek, ikkinchi tilda saqlanib qolgan, ammo milliy ekvivalenti ishlab chiqilgan terminlar aniqlanib, ularning qo‘llanish samaradorligi baholanadi. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy tahlil, lingvistik kuzatish, morfologiksemantik tahlil va hujjatli manbalar bilan ishlash metodlaridan foydalanildi. O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid qonunlari, terminologiya qo‘llanmalari hamda ilmiy adabiyotlardan olingan ma’lumotlar umumlashtirildi [3]. Ilmiy yangilik. Ta’lim sohasida ruscha atamalarni o‘zbek tilining ichki morfologik imkoniyatlari asosida milliylashtirish jarayoni tizimli ravishda o‘rganildi. “Ta’lim” atamasining markaziyligi, uning arabcha ildizi va fonetik moslashuv xususiyatlari, shuningdek, soha terminlarida “o‘quv”, “o‘rta”, “maxsus” singari qadimiy birliklar faollashuvi tahlil qilindi [4]. Tadqiqot jarayonida xalqaro miqyosda keng qo‘llaniladigan “PhD” va “DSc” kabi ilmiy unvonlarning o‘zbek tili sintaksisiga moslashtirilgan shaklda qo‘llanayotgani aniqlandi. Shu bilan birga, pedagogik faoliyatga oid atamalarda o‘zbek tilining tarixiy birliklari “o‘qituvchi”, “tarbiyachi” kabi so‘zlar qayta tiklanib, rasmiy terminologik tizimga singdirilgani ilmiy yangilik sifatida baholandi. Bundan tashqari, “masofaviy ta’lim”, “elektron kundalik”, “inklyuziv ta’lim” singari yarim tarjima–yarim o‘zlashma atamalarning morfologik va xronologik shakllanishi chuqur tahlil qilindi. Ushbu terminlar zamonaviy ta’lim jarayonining yangi bosqichida milliy tilning moslashuvchanligini ko‘rsatib beradi. Natijalar. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sovet davrida keng qo‘llanilgan ko‘plab ta’lim terminlari mustaqillik yillarida milliy shaklga o‘g‘irildi. Xususan: “народное образование” - “xalq ta’limi”; “начальное образование” - “boshlang‘ich ta’lim”; “среднее образование” - “o‘rta ta’lim”; “среднее специальное, профессиональное образование” → “o‘rta maxsus, kasbhunar ta’limi”. Oliy ta’lim muassasalari nomlanishida ruscha “ВУЗ” o‘rniga “OTM” atamasi kiritildi. “Aspirantura” termini esa “doktorantura” va “PhD tadqiqot bosqichi” shaklida yangilandi. “Bakalavr” va “magistr” kabi xalqaro atamalar saqlab qolingan bo‘lsa-da, ular bilan bir qatorda “bakalavriat bosqichi”, “magistrlik bosqichi” kabi milliy shakllar ham keng qo‘llanmoqda. Pedagogik faoliyatga oid qadimgi birliklar ham qayta normallashtirildi: “учитель” - “o‘qituvchi”; “воспитатель” - “tarbiyachi”; “преподаватель” - “dars beruvchi”; “завуч” - “o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari”. Shuningdek, zamonaviy ta’lim jarayonida “elektron kundalik”, “masofaviy ta’lim”, “inklyuziv ta’lim” kabi terminlar milliylashib, elektron tizimlar va raqamli platformalar bilan uyg‘unlashdi. Til tizimida esa to‘liq milliy tusga ega bo‘lgan terminlar shakllandi: “sinf”, “daraja”, “yo‘nalish”, “mutaxassislik”, “shahodatnoma”, “bitiruv malakaviy ishi” kabi birliklar pedagogik diskursning tayanch unsurlariga aylandi. Bundan tashqari, “pedagogika” atamasi fonetik va grafik jihatdan o‘zbek lotin yozuvi me’yorlariga moslashtirildi. Xulosa. Ta’lim terminologiyasini milliylashtirish jarayoni o‘zbek tilining ichki lingvistik ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 294 imkoniyatlariga tayanib, o‘z konseptual salohiyatini boyitmoqda. Yangi terminlarni shakllantirishda yasovchi qo‘shimchalardan, tarixiy leksik qatlamdan va zamonaviy til usullaridan foydalanish natijasida til boyib, ilmiy-pedagogik diskursda mustaqil konseptual tafakkur shakllanmoqda. Tadqiqot natijalari milliy terminologiya siyosatini yanada takomillashtirish, yangi ilmiy yo‘nalishlar uchun mos o‘zbekcha atamalar yaratish va ularni yagona me’yorlar asosida qo‘llash zarurligini tasdiqlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Xudoyberganov A. Ta’lim terminologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari. – Toshkent: Fan, 2020. — B. 45–52 2. Muqaddas M. O‘zbek terminologiyasi va til siyosati. – Toshkent: Universitet, 2019. — B. 88–96. 3. “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, 2020. — B. 12–18. 4. DadaBoyev H. O‘zbek terminologiyasi. – Toshkent: TDOTU, 2019. — B. 61–69.