INVESTITSIYA LOYIHALARGA MAKTOIQTISODIY KO'RSATKICHLANRINIG TA'SIRNI EKONOMETRIK MODEL ASOSIDA BAHOLASH MASALALARI
Abstract
X
Full text
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 295 INVESTITSIYA LOYIHALARGA MAKTOIQTISODIY KO’RSATKICHLANRINIG TA’SIRNI EKONOMETRIK MODEL ASOSIDA BAHOLASH MASALALARI Umarxujayev Anvarhon Muzaffarovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi O‘zbekistonning hozirgi iqtisodiyoti investitsiya resurslarini, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan bog‘liq qator muammolarga duch kelmoqda. Bunga quyidagilar kiradi: infratuzilmaning yomon rivojlanishi, yetarlicha moliyalashtirilmaganligi, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga investitsiyalarni jalb qilish uchun shart-sharoitlarning yo‘qligi, investitsiya jozibadorligini global miqyosda rag‘batlantirmaslik, investitsiyalarni hududlar o‘rtasida taqsimlashda nomutanosiblikning yuqori darajasi. Bularning barchasi O‘zbekiston Respublikasida investisiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish zarurligini tasdiqlaydi va mazkur dissertatsiyaning dolzarbligi va ahamiyatini ta’kidlaydi. Zamonaviy xorijiy adabiyotlarda investitsion va sarmoyaviy jozibadorlik masalalari J.M.Rozenberg, D.Norkott, G.Birman, S.Shmidt va boshqalarning asarlarida o‘z aksini topgan. Investitsion faoliyat, investitsion jozibadorlik nazariyasi va amaliyoti qoʻshni mamlakatlar olimlari I.A. Blank, V.V. Bocharov, V.M. Popov, Yu.A. Korchagin, D.E. Starik, S.V. Valdaytsev, I.M.Vorobyova, A.M. Ponomarev, G.V. Novikova, S.A.Gusarova, L.L.Igonina, L.I. Yuzvovich va boshqalar. Rossiya ilmiy adabiyotida qulay investitsiya muhitini yaratish muammolari ham ko'plab olimlarning diqqat markazida bo'lib, N.G. Karimov, J. Jamolov, M.N. Abdullaeva, A.A. Sobirov va O.D. Xamraqulova, J.K. Musaeva, M. Tursunova, M.I. To'raeva va boshqalar. Ekonometrik modelni ishlab chiqishda milliy iqtisodiyotiga invеstitsion loyihalar hajmiga taʼsir etuvchi omillarninig baholashda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki (https://cbu.uz), O’zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiylar vazirligi (https://gov.uz/oz/digital) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi (https://stat.uz/) ning 2017 yildan 2023 yilgacha bo’lgan davrda jami kuzatuvlar soni 90 ta oylik ko’rsatkichlaridan iborat ma’lumot manbalaridan foydalanildi. Shuningdek, ko’p o’lchovli regressiya (LS) modeli Gauss-Markov shartlari ko’rib chiqildi hamda Durbin-Watson, Shapiro-Wilk va Breusch-Pagan kabi ishonch testlari yordamida statistik ahamiyatlilik darajasi baholandi. Ekonometrik tadqiqotlarni ishlab chiqishda ko'p omilli chiziqli regression tenglamalari mustaqil o'zgaruvchilarning natijaviy o’zgaruvchiga ta'sirini aks ettiruvchi murakkab chiziqli modellar hisoblanib, har bir omilning mutlaq ta'sirini va natijaning ularga bog'liqligini ifodalaydi. Ko’p omilli chiziqli regressiya (LS) model formulasi quyida keltirilgan. yt=τ0 + τ1 a1 + τ2 a2 +⋯+τqaq +ϵ (1) Bu yerda, yt-natijaviy omilni anglatadi, a1, a2, a3– mustaqil o’zgaruvchilarni izohlaydi, τ0– kesmani izohlaydi, τ1,τ2,τ3mustaqil o’zgaruvchilarning koeffisentini hamda ϵ hatolik atamasini anglatadi. Ekonometrik tenglamada investitsion loyihalar hajmiga ta’sir etuvchi omillar sifatida valyuta kursi, raqamli platformlar orqali savdo hajmi, iqtisodiy faoliyatdagi hodimlar ish haqi, YAIM hajmi hamda eksport hajmining o’zaro ta’siri baholangan. Ekonometrik tadqiqot bo’yicha barcha o’zgaruvchilar natural logoriflandi hamda quyida shakllantirildi. Ekonometrik model bo’yicha barcha o’zgaruvchilar quyida keltilgan. Milliy iqtisodiyotda investitsion loyihalar hajmi-loginvestment (bog’liq o’zgaruvchi), valyuta kursi - logexchang_rate (mustaqil o’zgaruvchi), raqamli platformlar orqali savdo hajmi -
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 296 logsales_dig_plat (mustaqil o’zgaruvchi), iqtisodiy faoliyatdagi hodimlar ish haqi - logmin_wage (mustaqil o’zgaruvchi), YAIM hajmilogGDP (mustaqil o’zgaruvchi), eksporti hajmilogexport (mustaqil o’zgaruvchi); Ekonometrik model bo’yicha gipotezalar quyidagicha shakllantirildi: Nol gipoteza (H₀): Valyuta kursi, raqamli platformlar orqali savdo hajmi, iqtisodiy faoliyatdagi hodimlar ish haqi, YAIM hajmi hamda eksporti hajmi milliy iqtisodiyotda investitsion loyihalar hajmiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatmaydi. Muqobil gipotezalar (H₁): Valyuta kursi, raqamli platformlar orqali savdo hajmi, iqtisodiy faoliyatdagi hodimlar ish haqi, YAIM hajmi hamda eksporti hajmi investitsion loyihalar hajmiga sezilarli darajada bog’liqlik ta’sir mavjud. Milliy iqtisodiyotda valyuta kursining bir foizga ortishi natijasida investitsion loyihalar hajmining 1.21%ga kamayishiga sabab bo’ladi. Milliy iqtisodiyotda raqamli platformlar orqali savdo hajmining bir foizga ortishi natijasida investitsion loyihalar hajmining 0.91%ga oshishiga erishiladi. Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy faoliyatdagi hodimlar ish haqining bir foiza ortishi natijasida investitsion loyihalar hajmining 0.78%ga ortishiga olib keladi. Milliy iqtisodiyotda YAIM hajmining bir foizga ortishi natijasida investitsion loyihalar hajmining 0.69%ga oshishiga olib keladi. Shuningdek milliy iqtisodiyotda eksport hajmining bir foizga ortishi natijasida investitsion loyihalar hajmining 0.69%ga oshishiga zamin yaratadi. Ekonometrik modelga ko’ra valyuta kursi, raqamli platformlar orqali savdo hajmi, iqtisodiy faoliyatdagi hodimlar ish haqi, YAIM hajmi hamda eksporti hajmi yuqori raqamli texnologoylar investitsiyalar hajmi o’zaro taʼsirini o’rganish bo’yicha olib borilgan tahlillar va xulosalar natijasida quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Milliy iqtisodiyotda yuqori raqamli texnologiyalarga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi va unga ta’sir etuvchi omillar bo‘yicha ko‘p omilli chiziqli (LS) model natijalari tahliliga ko‘ra bir qator muhim xulosalar shakllantirildi. Avvalo, valyuta kursining bir foizga oshishi raqamli texnologiyalarga investitsiyalar hajmini 1,21 foizga kamaytiradi. Bu holat kuchli milliy valyuta xorijiy investitsiyalar uchun xarajatlarni oshirib, ularning jozibadorligini pasaytirishini ko‘rsatadi. Shu bois, valyuta kursining barqarorligi investitsion muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Raqamli platformalar orqali savdoning o‘sishi esa aksincha, investitsiyalar hajmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: savdoning 1% o‘sishi raqamli texnologiyalar bo‘yicha investitsiyalarni 0,91% oshiradi. Bu raqamli iqtisodiyotning investitsion muhitni faollashtirishdagi o‘rni yuksakligini tasdiqlaydi. Ish haqi darajasining o‘sishi ham investitsiyalarni rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib, 1% o‘sish natijasida investitsiyalar 0,67% ortadi. Bu esa malakali ishchi kuchi va innovatsion yechimlarga talabning oshishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, YAIMning 1% o‘sishi investitsiyalar hajmini 0,78% ga oshirishi aniqlangan. Bu iqtisodiy o‘sish va investitsion faollik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ifodalaydi. Eksport hajmining kengayishi ham raqamli investitsiyalarni 0,69% ga oshiradi, bu esa tashqi savdo salohiyatining texnologik yangilanishni rag‘batlantirishdagi rolini ko‘rsatadi. Umuman olganda, raqamli savdo, ish haqi, YAIM va eksport o‘sishi investitsiyalarni jalb etuvchi asosiy omillar sifatida baholanadi. Shu sababli, hukumat va tadbirkorlik subyektlari raqamli infratuzilmani rivojlantirish, eksportni kengaytirish va iqtisodiy barqarorlikni saqlashga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Adabiyotlar: 1. Каримов Н.Г. Иностранные инвестиции в экономику Республики Узбекистан и их финансовое обеспечение: автореферат дис. кандидата экономических наук: 08.00.10. - Ташкент, 1998. - 24 с. 2. Файзуллаев Д.А. Современные тенденции привлечения и использования
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 297 иностранных инвестиций в Республике Узбекистан: дис. кандидата экономических наук: 08.00.14. - Ташкент, 2004. - 145 с. 3. Жамолов Ж. Совершенствование способов привлечения иностранных инвестиций в экономику Узбекистана// Экономика и образование. 2022, № 23(2). С. 40-45. https://cedr.tsue.uz/ 4. Абдуллаева М.Н. Основные направления инвестиционного развития хозяйствующих субъектов// “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral, 2021 yil. http://iqtisodiyot.tsue.uz/ 5. Собиров А.А. Отраслевой и региональный анализ привлечения и освоения прямых иностранных инвестиций в Узбекистане// “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2018 йил. 6. Хамракулова О.Д., Рашидов Б. Проблемы инвестирования в инновационном развитии экономики Узбекистана // Архивариус. 2021. №2 (56). URL: https://cyberleninka.ru/ Мусаева Ж.К. Роль инвестиций в экономике Узбекистана// Интернаука. 2019, № 9-1 (91). С. 76-78. https://elibrary.ru/item.asp?id=38541168 7. Турсунова М. Роль инвестиций в социально-экономическом развитии Республики Узбекистан и важность их привлечения// Экономика и бизнес: теория и практика. 2018. №5-2. URL: https://cyberleninka.ru/ 8. Тураева А.И. Инвестиции в развитие национальной экономики Республики Узбекистан// “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 5, sentyabroktyabr, 2021 yil. С. 197-113