YOSH FUTBOLCHILARNING SIMMETRIK-ASIMMETRIK HARAKATLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Abstract
Ushbu maqolada yosh futbolchilarning simmetrik va assimetrik harakatlari bo‘yicha ma’lumotlar aks ettirilgan bo‘lib, ushbu maqolada keltirilgan ma’lumotlar asosida murabbiylar o‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishlari mumkin bo‘ladi.
Full text
485 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 YOSH FUTBOLCHILARNING SIMMETRIK-ASIMMETRIK HARAKATLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI A.A. Tulyaganov O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o'qituvchisi. [email protected] O'zbekiston Respublikasi Chirchiq shahri. https://doi.org/10.5281/zenodo.17437896 Annotatsiya. Ushbu maqolada yosh futbolchilarning simmetrik va assimetrik harakatlari bo‘yicha ma’lumotlar aks ettirilgan bo‘lib, ushbu maqolada keltirilgan ma’lumotlar asosida murabbiylar o‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishlari mumkin bo‘ladi. Kalit so`zlar: futbolchi, o`yin, muammo, vaziyat, gurux, sport. АНАЛИЗ ДАННЫХ О СИММЕТРИЧНЫХ И АСИММЕТРИЧНЫХ ДВИЖЕНИЯХ ЮНЫХ ФУТБОЛИСТОВ Аннотация. В данной статье отражены данные о симметричных и асимметричных движениях юных футболистов, и на основе представленной информации тренеры смогут эффективно организовывать тренировочные занятия. Ключевые слова: футболист, игра, проблема, ситуация, группа, вид спорта. ANALYSIS OF DATA ON SYMMETRICAL AND ASYMMETRIC MOVEMENTS OF YOUNG FOOTBALL PLAYERS Abstract. This article reflects data on the symmetrical and asymmetric movements of young football players, and based on the information provided, coaches will be able to effectively organize training sessions. Keywords: football player, game, problem, situation, group, sport. Dolzarbligi. Dunyoda so‘nggi yillarda futbol sport turini shiddat bilan o‘sishi, xalqaro miqyosdagi musobaqalarda o‘yinchilardan yuqori saviyadagi mahoratni talab etilishi futbolchilardan o‘quv-mashg‘ulot jarayonida jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish, texniktaktik tayyorgarlik darajasini takomillashtirish, texnik usullarni qulay va noqulay oyoqda bexato bajarish talabini qo‘ymoqda. Bu, ayniqsa, o‘naqay va chapaqay futbolchilardan texnik harakatlarni faqatgina o‘zlariga qulay bo‘lgan oyoqda bajarishidan tashqari, qarama-qarshi oyoqda ham yuqori mahorat bilan bajarishlarini talab qiladi. Yosh futbolchilarni texnik harakatlarga o‘rgatishda o‘naqaylarni chap oyoq va chapaqaylarni o‘ng oyoq harakatlarini, ularning funksional asimmetriyasi asosida shakllantirish muammmosi tadqiqotchilar tomonidan yetarli darajada o‘rganilmagan va chuqur tadqiq qilinishini talab qiladi, chunki oyoqlarning asimmetriyasini hisobga olish futbolchilarni tayyorlash samaradorligini oshirish imkonini beradi. Ishning maqsadi. Yosh futbolchilarni o`naqay-chapaqay xarakatlarinin rivojlantirish bo`yicha tavsiyalar isghlab chiqish. Tadqiqotning olib borilishi va muhokamasi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, futbol nazariyasi va uslubiyati sohasidagi bir qator mutaxassislarning ilmiy-uslubiy ishlarida sport o‘yinlarida sportchilar tomonidan o‘yinning texnik harakatlarini bajarilishida funksional asimmetriyani inobatga olish, shunga asosan futbolchilarni, ayniqsa boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida texnik tayyorgarligini oshirish masalalari deyarli yoritilmagan.
486 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Futbolda musobaqa faoliyatining samaradorligi va natijadorligi ko‘pgina omillarga bog‘liq bo‘lib, ulardan biri futbolchilarda o‘yin faoliyatida “qulay” va “noqulay” oyoqda texnik usullarni bajara olish ko‘nikmasini shakllantirish hisoblanadi. Bolalar futbol nazariyasi va metodologiyasida uzoq vaqt davomida eng kam rivojlangan masalalardan biri koʻp yillik texnik tayyorgarlikdagi harakat asimmetriyasini koʻrib chiqish boʻlib qolmoqda. Oʻrganilayotgan muammoning nazariy asoslarini oʻrganish shuni koʻrsatadiki, futbol texnikasining asimmetriyasi boʻyicha juda kam ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Shu bilan birga, ikki tomonlama simmetrik koʻp yillik tayyorgarlik tizimida ega boʻlgan futbolchilarni texnik tayyorgarlikning fragmentar usullari ham deyarli oʻrganilmagan. Bunda tezlikni oshirish zarurligi, va shundan kelib chiqqan holda, topshiriqning murakkablashuvi asimmetriyaning ortishini chaqiradi: - murakkab texnik sport turlarida yuqori malakali sportchilar koʻproq simmetrik shakllangan texnik harakatlar va taktik variantlar bagajiga ega; Biz tomonimizdan boshlangʻich tayyorlov guruhidagi yosh futbolchilarning asimmetrik harakat faoliyatlarini rivojlantirish asosida toʻpni boshqarish texnikasiga oʻrgatish ishimizning asosiy maqsadi boʻlganligini inobatga olib, oʻquv mashgʻulot jarayonida qulay va noqulay oyoqda toʻpni boshqarish texnikasiga oʻrgatishni samarali tashkil etish uchun, noqulay oyoqdagi texnik-taktik va jismoniy tayyorgarlik samaradorligini yaxshilash uchun, mashgʻulot olib borish metodikasi ishlab chiqildi. Metodikamiz uch bosqichdan iborat boʻlib texnik-taktik harakat faoliyatini oddiydan murakkab jarayonga bosqichma-bosqich qulay oyoqdan noqulay oyoqqa oʻtishga moʻljallangan. Bu dasturni ishlab chiqishda biz kuyidagi 1-jadval asosidan foydalanildi. 1-jadval Oʻquv mashgʻulotini tashkil etish metodikasi Bosqich Oy Bajariladigan holat Qulay oyoqda Noqulay oyoqda Holatlar Dastlabki holat 69,2% 30,8% Assimetrik Birinchi bosqich I 60% 40% Assimetrik II 55% 45% Assimetrik Ikkinchi bosqich III 50% 50% Simmetrik IV 50% 50% Simmetrik Uchinchi bosqich V 45% 50% Assimetrik VI 40% 60% Assimetrik Metodikani keng yoritish maqsadida biz tomonimizdan metodika ishlab chiqildi. Quyidagi rasmda bosqichma-bosqich nima vazifalarni bajarilishi yoritilgan (1-rasm).
487 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 1-rasm. Yosh futbolchilarni o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi Birinchi bosqich. Bu bosqichda biz ikkinchi bosqichdagi oʻquv mashgʻulot jarayonida simmetrik shaklida olib borishga yoʻnaltirish uchun foydalandik. Dastlabki oʻquv mashgʻulot jarayonida qulay va noqulay oyoqlarda olib boriladigan mashqlarni soat taqsimotini (qulay oyoqda texnik va taktik mashgʻulotlarga 69.20%, noqulay oyoqda 30.80%) simmetriya shakliga toʻgʻrilashga qaratildi. Biz tomonimizdan boshlangʻich tayyorlov guruhidagi yoshlarga qiyinchilik tugʻdirmaslik uchun simmetrik shaklida oʻquv mashgʻulotlarni keyingi bosqichga qoldirdik. Birinchi oy davomida biz, oʻquv mashgʻulot jarayonida qulay oyoq uchun 60% hamda noqulay oyoqda 40% taqsimlangan holda olib borishga harakat qilgan boʻlsak, ikkinchi oyda 55%, 45% holatda oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etdi. Ikkinchi bosqich. Bu bosqichda biz tomonimizdan texnik va taktik tayyorgarlikni simmetrik shaklida olib borishga harakat qildik (qulay oyoqda 50% va noqulay oyoqda 50%). Bundan tashqari bu bosqichda uchinchi bosqichga tayyorlov qismi boʻlib xizmat qildi. Barcha oʻquv mashgʻulot jarayonida foydalaniladigan tayyorgarliklarni nazorat ostida simmetrik shakliga oʻtkazdik. Uchinchi bosqich. Bu bosqichda biz oʻquv mashgʻulotlarni assimetrik shaklida noqulay oyoqqa urgʻu bergan holda oʻtkazishga harakat qildik. Bunda qulay oyoqda beshinchi oyda 45% ga 55% shaklida tashkil etilgan boʻlsak, oltinchi oydagi taqsimot 40% ga 60 tashkil etdi. Texnik harakatlarga oʻrgatish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar.
488 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Birinchi bosqichning birinchi oyida. Qoʻyidagi shaklda vositalarni joriy etishga harakat qildik. Birinchi oyda bunda vositalarni qulay oyoqda 60% va noqulay oyoqda 40% shaklida olib borishga harakat qildik va quyidagi shiddat zonalarida mashqlarni bajarilishiga eʼtibor qaratdik. Oddiy mashqlarda quyidagicha bajarildi: - qulay oyoqda toʻpni olib yurish harakatlarida, toʻpni oshirib berish, toʻpni toʻxtatish (oyoqda), toʻpni olib qoʻyish harakatlari va raqibni aldab oʻtish harakatlarida 80-120 zarba/daqiqada 35%, 121-150 zarba/daqiqada 45% va 151 zarba/daqiqadan yuqori boʻlgan 20% tashkil etgan. - noqulay oyoqda toʻpni olib yurish harakatlarida, toʻpni oshirib berish, toʻpni toʻxtatish (oyoqda), toʻpni olib qoʻyish harakatlari va raqibni aldab oʻtish harakatlarida 80-120 zarba/daqiqada 30%, 121-150 zarba/daqiqada 40% va 151 zarba/daqiqadan yuqori boʻlgan 30% tashkil etgan. Murakkab mashqlarda quyidagicha bajarildi: - qulay oyoqda toʻpni olib yurish harakatlarida, toʻpni oshirib berish, toʻpni toʻxtatish (oyoqda), toʻpni olib qoʻyish harakatlari va raqibni aldab oʻtish harakatlarida 80-120 zarba/daqiqada 30%, 121-150 zarba/daqiqada 45% va 151 zarba/daqiqadan yuqori boʻlgan 25% tashkil etgan; - noqulay oyoqda toʻpni olib yurish harakatlarida, toʻpni oshirib berish, toʻpni toʻxtatish (oyoqda), toʻpni olib qoʻyish harakatlari va raqibni aldab oʻtish harakatlarida 80-120 zarba/daqiqada 25%, 121-150 zarba/daqiqada 45% va 151 zarba/daqiqadan yuqori boʻlgan 30% tashkil etgan. Xulosa qilib aytganda tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy futbolda sportchilarga boʻlgan talablarning doimiy oʻsishi bilan belgilanadi. Aksariyat mutaxassislar soʻnggi oʻn yillikdagi milliy va yoshlar musobaqalarining beqaror chiqishlarini bizning futbolchilarimiz va texnik mahorat boʻyicha eng yaxshi xorijiy jamoalarning tengdoshlari oʻrtasida sezilarli darajada ortda qolishlari bilan bogʻlashadi. Futbolchining tayyorgarlik darajasi barcha jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasiga bogʻliq, ammo ularning rivojlanishi turli amplua, yoshi va mashgʻulot bosqichidagi oʻyinchilarda farq qiladi. Bundan tashqari, maʼlum bir vaziyatda qiyin koordinatsion texnik-taktik harakat vazifalari yetakchi va yetakchi boʻlmagan oyoq-qoʻllar tomonidan amalga oshiriladi. Shuning uchun mashgʻulot jarayonining samaradorligini cheklovchi omillarni oʻz vaqtida aniqlash, qoʻl va oyoq qismining asimmetriyasini hisobga olgan holda yangi boshlagan yosh sportchilarni texnik tayyorlash metodologiyasini takomillashtirish kerak. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Махамаджанов Ф.Р. Подготовка юных футболистов с учетом возрастных особенностей. Автореф.дис. … док. фил. пед. наук. (PhD) по педагогическим наукам. Чирчик 2019. - 55 с. 2. Мирзақулов А.Г., Тўлаганов А.А., Пўлатов С.Н. Футбол ўйин қоидалари ва мусобақаларни ташкил этиш. Услубий қўлланма. Тошкент. 2014. – 52 б. 3. Миҳалевский В.И Кадровая политика в футболе: проблемы и перспективы / Теория и практика физической культуры.-2010-№9.-С. 70-72. 4. Монаков Г.В. Подготовка футболистов. М., 2007.-288 с.
489 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 5. Нуримов З.Р. Обоснование эффективных средств совершенствования групповых тактических действий квалифицированных футболистов: автореф. дис… канд. пед. наук / Нуримов Зафар Рахмонбердиевич. Т. 2004.-24 с. 6. Nurimov R.I, «Futbol nazariyasi va uslubiyati» Darslik. 2015 yil, Ilmiy texnika axborot press nashriyoti, 363 b.