scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

CHIZMACHILIK TA'LIMIDA DIDAKTIK O'YINLARDAN FOYDALANISHNING O'QUV-TARBIYAVIY AHAMIYATI

Ko'kiyev Boburmirzo Baxodir o'g'li, Karshiboyeva Muattar Sherali qizi

Abstract

Mazkur maqolada chizmachilik ta’limida didaktik o‘yinlardan foydalanishning o‘quv-tarbiyaviy ahamiyati ko‘rsatildi. O‘yinlar orqali o‘quvchilarda fazoviy tafakkur, texnik fikrlash va ijodiy ko‘nikmalar rivojlantiriladi

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 655 CHIZMACHILIK TA’LIMIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING O‘QUV-TARBIYAVIY AHAMIYATI 1Ko‘kiyev Boburmirzo Baxodir o‘g‘li, 2Karshiboyeva Muattar Sherali qizi 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti p.f.f.d., dotsenti, 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17439173 Annotatsiya. Mazkur maqolada chizmachilik ta’limida didaktik o‘yinlardan foydalanishning o‘quv-tarbiyaviy ahamiyati ko‘rsatildi. O‘yinlar orqali o‘quvchilarda fazoviy tafakkur, texnik fikrlash va ijodiy ko‘nikmalar rivojlantiriladi Annotation. The article highlights the educational and developmental value of didactic games in teaching technical drawing. Games enhance students’ spatial thinking, technical reasoning, and creative skills. Аннотация. В статье показана образовательная и воспитательная роль дидактических игр в обучении черчению. Игры развивают у студентов пространственное и техническое мышление, а также творческие навыки. Kalit so‘zlar: Chizmachilik, muhandislik grafikasi, didaktik o‘yin, interfaol metod, ijodiy faoliyat. Keywords: Technical drawing, engineering graphics, didactic games, interactive method, creative activity. Ключевые слова: Чертеж, инженерная графика, дидактическая игра, интерактивный метод, творческая деятельность. O‘zbekiston ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlashni bosh maqsad qilib qo‘ymoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash – mamlakat taraqqiyotining eng muhim sharti hisoblanadi.” Chizmachilik fani o‘quvchilarda fazoviy tasavvur, texnik tafakkur va amaliy ko‘nikmalarni shakllantiruvchi asosiy fanlardan biridir. Bu jarayonda didaktik o‘yinlardan foydalanish darslarni qiziqarli tashkil etish, o‘quvchilarning fan bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash va kasbiy qiziqishini kuchaytirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, bunday yondashuv ijodiy fikrlashni, hamkorlikda ishlashni va muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. KIM TO‘G‘RI AYTADI. O‘yinning sharti. To‘g‘ri chiziq kesmasi proyeksiyalar tekisligiga nisbatan qanday vaziyatlarda tursa, o‘zining haqiqiy uzunligida va nuqta ko‘rinishida tasvirlanishini aniqlash. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 656 1-rasm.s. 2-rasm. 3-rasm Maqsad. O‘quvchilarning proyeksiyalash mavzui buyicha o‘zlashtirgan bilim va kunikmalarini mustaqkamlash, fazоviy tafakkurini tako millashtirish va ularni atrоfmuhitni kuzatishga оdatlantirish. Jiqozlar. Sinfdagi hamma o‘quvchilarga yaqqol ko‘rinadigan kattalikdagi uchta tekislikdan iborat proyeksiya apparati (1-rasm. s.) va to‘g‘ri chiziq kesmasini ifоdalaydigan cho‘p. Har xil vaziyatdagi to‘g‘ri chiziqlarning proyeksiyalari tasvirlangan plakat chizmalar (2rasm). O‘yinning tafsil oti. O‘qituvchi cho‘pni quliga о lib: «Mana shu cho‘pni to‘g‘ri chiziq kеsmasi dеb faraz qilasiz va fazоda shunday tutib turasizki, u proyeksiyalash apparata tekisliklaridan birida o‘zining haqiqiy uzunligida yoki nuqta ko‘rinishida tasvirlansin», deydi. O‘quvchilardan biri cho‘pni olib, proyeksiyalash apparata fazоsida proyeksiyalar tеkisliklaridan biriga, masalan, gorizоntal proyeksiyalar tekisligi N ga parallel vaziyatda jоylashtiradi (3-rasm) va cho‘p N ga o‘zining haqiqiy uzunligida proyeksiyalanishini ko‘rsatadi. Shu payt o‘qituvchi cho‘p bоshqa frоntal V va profil W proyeksiyalar tekisliklariga qanday proyeksiyalanayotganini so‘raydi. O‘quvchi esa: «O‘zining haqiqiy uzunligidan qisqaro q proyeksiyalanmo qda», deb javоb beradi. Keyin o‘qituvchi mazkur to‘g‘ri chiziqlarning nomini so‘raydi. O‘quvchi: «Bular «Gorizоntal chiziqlar», deydi. Shuningdek, nima uchun to‘g‘ri chiziq nuqta ko‘rinishida proyeksiyalanishi ham yuqоridagi kabi savоl-javоblar оrqali aniqlanadi. O‘yinda eng yaxshi javob bergan o‘quvchilar g‘olib hisoblanadilar. Bu o‘yin o‘quvchilarni birma-bir chaqirib, to‘g‘ri chiziqning har xil vaziyatdagi ko‘rinishlari taevirlangan plakatchizmalardan uning vaziyatini proyeksiyalash apparatida ko‘rsatib berishni so‘rash оrqali o‘tkazilishi ham mumkin. 3-rasm 1. O‘YLAB TOP O‘yinning sharti. Detalning berilgan ikkita kurinishiga qarab uchinchi ko‘rinishini topish. Maqsad. o‘quvchilarga chizmalarni o‘qish va uning ko‘rinishlarini tahlil qilishni, ziyraklik va t opqirlikni o‘rgatish. Ularning chizmalarni uqish ko‘nikmalarini tak omillashtirish. Jihozlar. Detallarning ikkitadan ko‘rinishlari sinfdagi hamma o‘quvchilarga yaqol ko‘rinadigan kattalikda tasvirlangan plakat-chizmalar (4-rasm). har bir bosh ko‘rinishlar yoniga uchinchi ko‘rinishlarni jоylashtirish uchun moslamalar. Mazkur detallarning uchinchi ko‘rinishlari chizilib, aralashtirib qo‘yiladi (5-rasm). O‘quvchilar detallarning uchinchi ko‘rinishlarini aniqlash paytida ularga ko‘maklashish maqsadida, shu detallarning yaqqol tasvirlari (6-rasm) yoki mоd ellari tayyorlanib, yashirib qo‘yiladi. O‘yinning tafsiloti. Detallarning ikkita ko‘rinishlari tasvirlangan chizma dоskaga ilib qo‘yiladi. O‘qituvchi o‘quvchilardan birini chaqirib, chizmalar ichidan bitta detalning uchinchi ko‘rinishini tez topib berishni so‘raydi. O‘quvchi esa chizmalar orasidan detalning ikkita ko‘rinishini o‘qib, unga mos uchinchi ko‘rinishni topadi va chizmadagi mоslamaga j о ylashtiradi. O‘yin shu tartibda dav о m ettiriladi. O‘yin paytida o‘quvchilar detallarning uchinchi ko‘rinishlarini topishda qiynalsalar, ularga о ldin tayyorlanib yashirib qo‘yilgan yaqqo l tasvirlari yoki mоdellari ko‘rsatiladi va bular ichidan shu ikkita ko‘rinishga mos keladigan detalni ko‘rsatish suraladi. Agar o‘quvchi to‘g‘ri topa olsa, detalning uchinchi ko‘rinishini aniqlash оsоnlashadi. O‘qituvchi ishni tez va turd bajargan o‘quvchilarni roliblar deb e’lon qiladi. Eslatma. O‘yinni boshlashdan oldin bir-biridan katta farq qiladigan detallar tanlanib, ularning ikkitadan INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 657 ko‘rinishlari orqali uchinchi kurinishlarini topish mashq qilinsa, keyinchalik detallarning farqi kamaytirib borilsa, detalning uchinchi ko‘rinishini topish osonlashadi. Mashq uchun tanlangan detallarni asta-sekin murakkablashtirib borishga e’tibor be rish tavsiya etiladi. 4-rasm. 5-rasm 5-rasm 1. ENG TO‘G‘RISINI TOPISH O‘yinning sharti. Detaining yaqqol tasviriga mos bir necha ko‘rinishlari orasidan eng to‘g‘risini topish. Maqsad. O‘quvchilarda chizmalarni o‘qish va tahlil qilish malakalarini takomillashtirish, standart talabiga doir bilimlarni tarkib toptirish. Jihozlar. Diametri 250 mmli beshta doyra yasaladi va bittasini diametri orqali to‘rtga, qolganlari 3 ga bo‘linadi. Bittasiga to‘rt xil detalning yaqqol tasvirlari chiziladi. Qolgan doiralarga har bir detalning uch xil variantdagi ko‘rinishlari chizib chiqiladi va 6-rasm a,b da ko‘rsatilgandek, joylashtirib chiqiladi. O‘rtasidagi doira qo‘zralmas, atrofdagilari markazidagi o‘qi atrofida aylanishi lozim. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 658 6-rasm a,b O‘yinning tafsiloti. O‘qituvchi o‘rtadagi qo‘zralmas doiraga chizilgan to‘rt xil detaining yaqqol tasvirlarini ko‘rsatib, atrofdagi aylanadigan doiralarda tasvirlangan uch xil variantdagi ko‘rinishlar ichidan eng to‘g‘ri ko‘rinishni topib, o‘rtadagi detalning yaqqol tasviriga moslab qo‘yish kerakligini aytadi. Bu ishni bajarishda chizmachilikdagi barcha standart talablariga e’tibor berish zarurligini ta’kidlanadi. 7-rasmda yaqol tasvir va proyeksiyalari bilan berilgan deatalning proyeksiyalarini to‘g‘ri belgilash talab qilinadi. Detallarning yaqqol tasvirlariga mos eng to‘g‘ri ko‘rinishlarni birinchi bo‘lib aniqlagan o‘quvchi g‘olib hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Boburmirzo, Kukiev., Achilov, Nurbek, Norboy o‘g‘li & Bekqulov, Qudrat, Shaydulloyevich. (2019). Technology for creating images in autocad. European Journal of Research and Reflection in Educational Science. 7 (12), 49-54-220. 2. Shaydulloyevich, B. K. (2020). Increasing students’ graphic literacy through teaching the sciences of drafting and descriptive geometry. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 75-78. 3. Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li, Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich, Ko‘kiyev Boburmirzo Baxodir o‘g‘li & Jumayev Isroil Omandovlat o‘g‘li (2020). Methods of developing creative abilities in children. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (10), Part II, 151-153. 4. Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich., Kukiyev Boburmirzo Bahodir ugli., Avazova Guzal Rustambek qizi. (2020). The works in the framework of five initiatives at chirchik state pedagogical institute in tashkent region. EPRA International Journal of Research and Development, 5 (3), p. 411-412. 5. Ko‘kiyev, J. S., Bekqulov Q.Sh. (2021). MUHANDISLIK GRAFIKASI FANLARINI BOSHQA FANLAR BILAN BOG'LIQLIGI. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 34-39