CHIZMACHILIK FANIDA TALABALARNING MUSTAQIL ISHLASH KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
Abstract
Mazkur maqolada chizmachilik fanini o‘qitishda talabalarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil etilgan. Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlar, xususan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, grafik dasturlar, masofaviy ta’lim platformalari hamda interfaol metodlar qo‘llanilishi orqali mustaqil o‘quv faoliyatini samarali tashkil etish imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, maqolada yangi pedagogik texnologiyalar asosida mustaqil ishlashni tashkil etishning afzalliklari, talabalarning kasbiy-grafik kompetentligini rivojlantirishga ta’siri hamda ta’lim-tarbiya jarayonidagi dolzarb jihatlar yoritilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 688 CHIZMACHILIK FANIDA TALABALARNING MUSTAQIL ISHLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR 1Ozodboyev Ismoil Odilboyevich, 2Farhodova Sevinch Abdurazzoq qizi 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi o‘qituvchisi, 2talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.17439293 Annotatsiya. Mazkur maqolada chizmachilik fanini o‘qitishda talabalarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil etilgan. Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlar, xususan axborotkommunikatsiya texnologiyalari, grafik dasturlar, masofaviy ta’lim platformalari hamda interfaol metodlar qo‘llanilishi orqali mustaqil o‘quv faoliyatini samarali tashkil etish imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, maqolada yangi pedagogik texnologiyalar asosida mustaqil ishlashni tashkil etishning afzalliklari, talabalarning kasbiy-grafik kompetentligini rivojlantirishga ta’siri hamda ta’lim-tarbiya jarayonidagi dolzarb jihatlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: chizmachilik, mustaqil ish, innovatsion texnologiyalar, yangi pedagogik texnologiya, grafik dasturlar, AutoCAD, kasbiy kompetensiya, zamonaviy ta’lim, tarbiya, interfaol metodlar. Bugungi kunda ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri – talabalarda mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir. Chunki bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi faqat dars jarayonidagi bilimlarni egallash bilangina cheklanib qolmasdan, balki ularning mustaqil ta’lim olish, yangi ma’lumotlarni izlash, axborotni qayta ishlash va amaliyotda qo‘llash layoqatiga ham bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan, chizmachilik fanida talabalarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Chizmachilik – texnologik ta’limning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, u muhandislik tafakkurini rivojlantiradi, fazoviy tasavvur hosil qiladi va grafik savodxonlikni shakllantiradi. Talabalarda mustaqil grafik topshiriqlarni bajarish malakasini oshirish uchun esa yangi pedagogik texnologiyalar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va kompyuter grafikasi dasturlaridan foydalanish zarurdir. Chizmachilik fanida mustaqil ishning o‘rni. Chizmachilik fanida mustaqil ishlar quyidagi vazifalarni bajarishga xizmat qiladi: Talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlab grafik topshiriqlarni mustaqil bajarish orqali amaliy malakalarni rivojlantiradi. Kreativ fikrlash va muammoli vaziyatlarni yechish qobiliyatini shakllantirish, kasbiy faoliyatga tayyorlash va grafik kompetentlikni rivojlantirishdan iborat. Mustaqil ish jarayonida talabalar o‘z bilimlarini mustahkamlash bilan birga yangi yo‘nalishlarni o‘rganadi, o‘z ijodiy yondashuvini rivojlantiradi hamda grafik madaniyatini yuksaltiradi. Hozirgi zamon ta’lim jarayoni innovatsion texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mustaqil ta’lim uchun keng imkoniyat yaratadi. Grafik dasturlar (AutoCAD, SolidWorks, Compass-3D) yordamida talabalar amaliy
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 689 topshiriqlarni bajarishda aniq, sifatli va tezkor natijalarga erishadi. Masofaviy ta’lim platformalari (Moodle, Google Classroom, Microsoft Teams) orqali mustaqil ishlash samaradorligi oshdi. Interfaol metodlar talabalarda qiziqish uyg‘otib, ijodiy yondashuvni kuchaytiradi. Shunday qilib, innovatsion texnologiyalar talabalarning faolligini oshiradi, mustaqil ta’limga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi hamda o‘quv jarayonini zamonaviy talablar darajasida tashkil etishga yordam beradi. Chizmachilik fanida mustaqil ishlash jarayonida quyidagi yangi pedagogik texnologiyalar samarali natija beradi: 1. Loyiha usuli (Project-based learning) – talabalarni muayyan grafik loyiha ustida mustaqil ishlashga yo‘naltiradi. 2. Differensial yondashuv – har bir talabaga uning bilim va qobiliyat darajasidan kelib chiqib topshiriq berish imkonini beradi. 3. Interfaol metodlar – “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Insert” kabi metodlar orqali mustaqil ishlash jarayonini qiziqarli va samarali qiladi. 4. Raqamli texnologiyalar – virtual trenajyorlar, 3D modellashtirish vositalari mustaqil grafik faoliyatni rivojlantiradi Pedagogik amaliyot shuni ko‘rsatadiki, AutoCAD dasturida 2D va 3D chizmalarni yaratish, turli modellarni loyihalash va tahrirlash talabalarning mustaqil ishlash malakasini sezilarli darajada rivojlantiradi. Masalan, oddiy detalning proyeksiyasini qo‘lda bajarish bilan solishtirganda, AutoCAD’da mustaqil bajarilgan ish talabaning tezkorlik, aniqlik va grafik madaniyatini bir necha baravar oshiradi. Shuningdek, virtual laboratoriyalar orqali talabalarga murakkab grafik topshiriqlarni mustaqil bajarish imkoniyatini berish ularning bilimlarini mustahkamlash bilan birga, kasbiy faoliyatda uchraydigan real vaziyatlarga tayyorlaydi. Chizmachilik fanida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini samarali rivojlantirish uchun quyidagi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish zarur: Innovatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish, mustaqil ishlarni topshirishda differensial yondashuvdan foydalanish, ta’lim jarayonida motivatsiyani oshirish va talabalarda mas’uliyatni shakllantirish, o‘qituvchilar tomonidan masofaviy maslahatlar va ko‘rsatmalar berib boorish, mustaqil ishlash natijalarini baholashda reyting tizimidan foydalanish. Ta’lim va tarbiya jarayoni bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Chizmachilik fanida innovatsion texnologiyalar asosida mustaqil ishlashni rivojlantirish nafaqat grafik ko‘nikmalarni oshiradi, balki: Talabalarda mas’uliyat, intizom, mustaqil fikrlash kabi tarbiyaviy sifatlarni shakllantirib jamoada ishlash, hamkorlik, ijodkorlik kabi kompetensiyalarni rivojlantiradi. O‘z ustida ishlash, yangilikka intilish, innovatsion tafakkurni kuchaytiradi. Bu esa bugungi kunda jamiyatimizda shakllanayotgan yangi avlod mutaxassislariga qo‘yilayotgan talablarning asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Chizmachilik fanida talabalarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalar alohida o‘rin tutadi. AutoCAD, 3D modellashtirish dasturlari, masofaviy ta’lim platformalari va interfaol metodlardan foydalanish talabalarning grafik bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish, mustaqil ishlash malakasini rivojlantirish hamda kasbiy kompetentligini yuksaltirish imkonini beradi. Yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan mustaqil ishlar esa zamonaviy ta’lim va tarbiya jarayonining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri sifatida talabalarda
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 690 intellektual salohiyat, ijodiy tafakkur va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Jumayev M., Toshmurodova D. Chizmachilik fanini o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018. 2. Axmedov A. Texnik grafikani o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2020. 3. Abdurahmonov A., Usmonov S. Kompyuter grafikasi va ta’limda axborot texnologiyalari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. 4. Achilov, N.N., (2020). O'yinli texnologiyalardan foydalanib chizmachilik darslarida o'quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va dars samaradorligini oshirish metodikasi. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 49-60. 5. Xalimov Moxir, Achilov Nurbek, Bekqulov Qudrat, Xo‘jaqulov Elbek, Ko‘kiyev Boburmirzo., (2020). Chizmachilik va chizmageometriya fanlarida burchak topishning bazi usullari. ФИЗИКА МАТЕМАТИКА ФАНЛАРИ журнали, 4 (1), 47-52. 6. Odilboyevich, O. I. (2025). CHIZMACHILIK FANINI O ‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ORQALI DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH. ИКРО журнал, 15(02), 587-588.