MUHANDISLIK GRAFIKASI VA TEXNIKA FANLARIDA 3D PRINTERLARNING O'RNI VA AHAMIYATI
Abstract
Ushbu maqolada muhandislik grafikasida va texnika fanlarida 3D printerlardan foydalanishning o‘rni hamda ahamiyati tahlil qilingan. 3D texnologiyalarning pedagogik va ilmiy afzalliklari, ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli hamda talabalarda ijodkorlik va muhandislik tafakkurni rivojlantirishdagi ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, 3D printerlardan ta’lim va ilmiy-amaliy jarayonlarda foydalanish bo‘yicha misollar keltirilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 691 MUHANDISLIK GRAFIKASI VA TEXNIKA FANLARIDA 3D PRINTERLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI 1Ozodboyev Ismoil Odilboyevich, 2Sayfullayeva Sevara Nodirovna 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi o‘qituvchisi, 2talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.17439307 Annotatsiya. Ushbu maqolada muhandislik grafikasida va texnika fanlarida 3D printerlardan foydalanishning o‘rni hamda ahamiyati tahlil qilingan. 3D texnologiyalarning pedagogik va ilmiy afzalliklari, ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli hamda talabalarda ijodkorlik va muhandislik tafakkurni rivojlantirishdagi ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, 3D printerlardan ta’lim va ilmiy-amaliy jarayonlarda foydalanish bo‘yicha misollar keltirilgan. Kalit so‘zlar: 3D printer, muhandislik grafika, texnika fanlari, ta’lim samaradorligi, innovatsion texnologiyalar, muhandislik tafakkur, prototiplash, pedagogik metodika, fazoviy tasavvur, ilmiy-amaliy tadqiqot. So‘nggi yillarda ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash dolzarb masalaga aylandi. Texnik ta’limda, xususan, muhandislik grafikasi va unga aloqador fanlarda 3D printerlardan foydalanish nafaqat o‘quv jarayonini jonlantiradi, balki o‘quvchilarni real ishlab chiqarish jarayonlariga tayyorlashda muhim vositaga aylanmoqda. 3D printerlar yordamida virtual loyihalar real obyektlarga aylantiriladi. Bu jarayon talabalarga nazariy bilimlarni mustahkamlash, ijodiy yondashuvni shakllantirish hamda texnik tafakkurni rivojlantirish imkonini beradi. Bugungi kunda ilm-fan va texnologiyalar rivojlanishi natijasida ta’lim jarayonida ilg‘or texnik vositalardan foydalanish tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Shunday innovatsion texnologiyalardan biri — 3D printerlar muhandislik grafikasi va texnika fanlarida samarali o‘quv-uslubiy vosita sifatida keng qo‘llanilmoqda. 3D printerlar yordamida nafaqat murakkab modellarni yaratish, balki o‘quvchilarda ijodkorlik, amaliy ko‘nikma, texnik tafakkurni rivojlantirish imkoniyati ham paydo bo‘ladi. Muhandislik grafikasida 3D printerlardan foydalanish imkoniyatlari muhandislik grafikasini o‘qitishda asosiy vazifa — talabalarda turli geometrik shakllar, proyeksiyalar va chizmalarni tushunish, ularni modellashtirish ko‘nikmasini shakllantirishdir. Bunday jarayonda 3D printerlar yordamida, chizmalar asosida real modellar yasash, fazoviy tasavvurni mustahkamlash; murakkab geometrik jismlarni 3D ko‘rinishda o‘rganish, abstrakt tushunchalarni aniq moddiy model orqali ko‘rsatish mumkin. Muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday innovatsion vositalardan biri — 3D printerlar bo‘lib, ular o‘quvchilar va talabalar uchun abstrakt grafik tasvirlarni aniq hajmiy modellar ko‘rinishida tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Natijada, o‘quvchilar nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtiradi va muhandislik tafakkuri yanada chuqurlashadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 692 Texnika fanlarida 3D printerlarning o‘rni. Texnika fanlarini o‘qitishda 3D printerlardan foydalanish talabalarga texnologik jarayonlarni vizuallashtirish imkonini beradi. Masalan: Mashinasozlikda detallarni prototipini tayyorlash; Arxitektura va qurilishda loyihalash ob’ektlarini modellashtirish; Elektronikada turli korpuslar, maxsus qismlarni ishlab chiqish; Biotexnologiya va tibbiyotda anatomik modellar yaratish. Bu holat texnika fanlarini faqat nazariy emas, balki tajriba asosida chuqur o‘zlashtirish imkonini beradi. 3D printerlardan ta’lim jarayonida foydalanishning pedagogik afzalliklari quyidagilardan iborat: o‘quvchilarda ijodkorlik va innovatsion fikrlashni rivojlantiradi; nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish imkonini berib tashabbuskorlik va muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Fanlararo integratsiyani ta’minlaydi (fizika, matematika, informatika, texnologiya va boshqalar). Bundan tashqari, 3D texnologiyalar yordamida o‘quvchilar loyihaviy faoliyatda faol ishtirok etadilar va bu ularning mustaqil ta’lim olish kompetensiyasini rivojlantiradi. 3D printer texnologiyasining mohiyati— bu additiv texnologiya asosida ishlovchi qurilma bo‘lib, u modellarni qatlamma-qatlam bosib chiqarish yo‘li bilan tayyorlaydi. An’anaviy ishlab chiqarish texnologiyalaridan farqli ravishda, 3D printer materialni kesmaydi yoki kamaytirmaydi, balki uni qo‘shib borish orqali tayyor mahsulotni hosil qiladi. Bu texnologiyaning asosiy ustunliklari quyidagilardan iborat: Loyihalash jarayonida tezkorlik va qulaylik; Kichik hajmli va murakkab detallarni aniq tayyorlash imkoniyati; Xarajatlarni kamaytirish va vaqtni tejash; Tajriba va prototiplarni sinab ko‘rish imkoniyati. Muhandislik grafikasida 3D printerlarning o‘rni. Muhandislik grafikasida asosiy maqsad — o‘quvchilarda fazoviy tafakkur, chizma o‘qish va chizish ko‘nikmalarini shakllantirishdir. 3D printerlardan foydalanish bu jarayonga quyidagi yangiliklarni olib kiradi: • Virtual va real obyektlarning integratsiyasi: talabalarning 2D chizmasi 3D modelga, undan esa real buyumga aylantiriladi. • Fazoviy tasavvur rivoji: obyektlarni turli rakurslarda ko‘rish va bosib chiqarish fazoviy tafakkurni mustahkamlaydi. • Ijodkorlik va loyiha faoliyati: talabalarga mustaqil loyiha ishlab chiqish, uni amalda sinab ko‘rish imkonini beradi. • O‘qitish samaradorligi: an’anaviy qog‘oz chizmalariga nisbatan yanada jonli va tushunarli ta’lim muhiti yuzaga keladi. 3D printerlarning ilmiy-amaliy jihatdan qo‘llanishi ham keng imkoniyatlarga ega: murakkab ilmiy loyihalarni sinovdan o‘tkazish uchun tezkor prototip yaratish, ilmiy-tadqiqot ishlarida tajribalarni vizual model orqali o‘rganish muhandislik yechimlarini iqtisodiy va vaqt jihatidan samarali amalga oshirish, ilmiy laboratoriyalarda yangi konstruktsiyalarni ishlab chiqish. Shunday qilib, 3D printerlar nafaqat o‘quv jarayonida, balki ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarishda ham muhim vosita sifatida o‘z o‘rniga ega. Muhandislik grafikasida va texnika fanlarida 3D printerlardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirish, talabalarda texnik tafakkur va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishning zamonaviy usullaridan biridir. Bu texnologiyalar yordamida yoshlar nafaqat nazariy bilimlarni o‘zlashtiradi, balki ularni amaliyotda sinab ko‘rish, yangi g‘oyalarni yaratish imkoniyatiga ega
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 693 bo‘ladilar. Shu bois, 3D printerlardan ta’lim va ilmiy jarayonlarda keng foydalanish kelajakda yuqori malakali, innovatsion tafakkurga ega mutaxassislarni tayyorlashning muhim omillaridan biridir. Ta’lim tizimida 3D printerlarning ahamiyati 3D texnologiyalar talabalarning mustaqil ta’lim olishini, amaliy faoliyatini va ijodiy tafakkurini rivojlantirishda quyidagicha ahamiyat kasb etadi: Amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish: talabalar nazariy bilimlarini real obyektlar yaratish orqali sinab ko‘radi. Motivatsiyani oshirish: 3D texnologiyalarning innovatsionligi o‘quvchilar qiziqishini kuchaytiradi. Kompetensiyalarni shakllantirish: texnik tafakkur, muhandislik madaniyati, ijodkorlik va innovatsion fikrlash rivojlanadi. Integratsion yondashuv: matematika, fizika, chizmachilik va texnologiya fanlari o‘zaro bog‘lanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Rixsiboyev T. «Kompyuter grafikasi», -T.: «Tafakkur qanoti». 2012-y. 2. Ro‘ziyev E.I., Ashirboyev A.O. «Muhandislik grafikasini o‘qitish 3. Qirg‘izboyev Yu. «Mashinasozlik chizmachilik kursi». -T.: «O‘qituvchi».1989-y. 4. Odilboyevich, O. I. (2025). CHIZMACHILIK FANINI O ‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ORQALI DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH. ИКРО журнал, 15(02), 587-588. 5. Ozodboyev, I. O. (2022). DRAWING ASSEMBLY DRAWINGS USING AUTOCAD COMPUTER GRAPHICS SOFTWARE. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(11), 1085-1091. 6. Seytimbetov, S. M. (2022). Muhandislik kompyuter grafikasi fanidan foydalanib talabalarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish. Science and Education, 3(11), 829-833.