scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

CHIZMACHILIK DARSLARIDA INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA O'QUVCHILAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH

Ozodboyev Ismoil Odilboyevich

Abstract

Mazkur maqolada chizmachilik fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlardan foydalanishning ahamiyati va ularning o‘quvchilarda fazoviy tafakkur, ijodkorlik, mantiqiy fikrlash hamda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, dars jarayonida zamonaviy grafik dasturlar, interfaol metodlar va vizual texnologiyalardan foydalanish orqali samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilmiy-pedagogik fikrlar bildiriladi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 694 CHIZMACHILIK DARSLARIDA INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA O‘QUVCHILAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH Ozodboyev Ismoil Odilboyevich Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17439317 Annotatsiya. Mazkur maqolada chizmachilik fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlardan foydalanishning ahamiyati va ularning o‘quvchilarda fazoviy tafakkur, ijodkorlik, mantiqiy fikrlash hamda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, dars jarayonida zamonaviy grafik dasturlar, interfaol metodlar va vizual texnologiyalardan foydalanish orqali samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilmiy-pedagogik fikrlar bildiriladi. Kalit so‘zlar: chizmachilik, innovatsion yondashuv, fazoviy tafakkur, grafik dasturlar, kompetensiya, pedagogik texnologiya. XXI asrda ta’lim jarayoni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil qilinishi dolzarb masalaga aylangan. Chunki globallashuv sharoitida yosh avloddan nafaqat tayyor bilimlarni o‘zlashtirish, balki mustaqil fikrlash, muammolarni hal qilish, kreativ yondashuv asosida yangiliklar yaratish talab qilinmoqda. Shu jihatdan olganda, chizmachilik fani o‘quvchilarning mantiqiy va fazoviy tafakkurini rivojlantirishda, texnik bilimlarni puxta o‘zlashtirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Chizmachilik an’anaviy tarzda ko‘proq chizma chizish ko‘nikmalarini berishga qaratilgan bo‘lsa, hozirgi davrda bu fan innovatsion yondashuv asosida ijodiy tafakkurni shakllantirish, texnik loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish vositasiga aylanmoqda. Shuning uchun mazkur maqolada chizmachilik darslarida innovatsion yondashuvlarning o‘rni va ularning o‘quvchilar tafakkuriga ta’siri ilmiy-pedagogik asosda tahlil qilinadi. Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar davrida ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, chizmachilik kabi fazoviy tafakkur va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan fanlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini yanada yuksaltiradi. Chizmachilik fani nafaqat texnik tafakkurni shakllantiradi, balki o‘quvchilarning muhandislik ijodkorligini, loyihalash va konstruktorlik faoliyatiga qiziqishini ham oshiradi. Innovatsion yondashuvning ta’lim jarayonidagi ahamiyati – bu ta’limga yangicha qarash, ilg‘or texnologiyalar, metodlar va vositalarni joriy etish orqali o‘quv jarayonini samarali tashkil etish demakdir. Bu jarayon quyidagi xususiyatlarga ega: o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash; bilim olish jarayonida mustaqillikni oshirish; fazoviy va mantiqiy tafakkurni uyg‘otish; ijodkorlik va yangilik yaratishga yo‘naltirish. Chizmachilik fanini o‘qitishda innovatsion yondashuv an’anaviy yondashuvdan farqli ravishda faqatgina bilim berish emas, balki o‘quvchilarda grafik tafakkur madaniyati, kreativ loyihalash ko‘nikmalari va texnik ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratiladi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 695 Innovatsion yondashuvning asosiy maqsadi. Innovatsion yondashuv o‘quv jarayonida o‘quvchi shaxsini markazga qo‘yadi. Ya’ni, bilim berishning asosiy obyekti emas, balki subyekti – faol ishtirokchi sifatida shakllantiriladi. Bu esa o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi, muammolarni yechish qobiliyatini rivojlantiradi. Innovatsion yondashuvning ta’lim jarayonidagi o‘rni. Ta’limda innovatsion yondashuv – bu an’anaviy usullardan farqli ravishda yangi pedagogik texnologiyalarni, grafik dasturlarni, 3D modellashtirish imkoniyatlarini va interfaol metodlarni dars jarayoniga joriy etishdir. Chizmachilik fanida innovatsion metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilar murakkab fazoviy jismlarni osonroq tasavvur qiladi va ularni turli ko‘rinishlarda ifodalashni tezroq o‘zlashtiradi. Chizmachilik darslarida innovatsion metodlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari: AutoCAD, SolidWorks, Kompas-3D kabi dasturlar yordamida o‘quvchilar detal va konstruktsiyalarni vizual shaklda loyihalashni o‘rganadilar. O‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishda chizmachilik fanining roli Chizmachilik fani o‘quvchilarda fazoviy tasavvur va mantiqiy fikrlash qobiliyatini grafik savodxonlik va konstruktiv tafakkurini ijodkorlik va yangicha yondashuvni kasbiy-grafik kompetensiyalarni shakllantiradi. Bu jarayonda innovatsion yondashuv asosida tashkil etilgan darslar an’anaviy chizmachilik mashg‘ulotlaridan farqli ravishda o‘quvchilarni faol ishtirokchi sifatida jalb etadi. Amaliy samaradorlik tajriba va kuzatuvlarga ko‘ra, innovatsion metodlar asosida o‘qitilgan o‘quvchilarda chizma qurish tezligi va aniqligi, fazoviy tafakkur darajasi, ijodiy yondashuv va mustaqil ishlash ko‘nikmalari sezilarli darajada ortadi. Masalan, AutoCAD dasturida bajarilgan chizmalar orqali o‘quvchilar 3D modellash va texnik tafakkurni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Chizmachilik darslarida innovatsion yondashuvdan foydalanish o‘quvchilarning nafaqat grafik ko‘nikmalarini, balki ularning tafakkurini, ijodkorligini va kasbiy tayyorgarligini rivojlantiradi. Zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish, darslarni interfaol usullar bilan boyitish hamda grafik dasturlardan samarali foydalanish bugungi ta’limning muhim talabi hisoblanadi. Shunday ekan, innovatsion yondashuv asosida tashkil etilgan chizmachilik mashg‘ulotlari o‘quvchilarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishiga xizmat qiladi. Chizmachilik fanida tafakkurni rivojlantirish imkoniyatlari: Mantiqiy tafakkur - chizmachilikda har bir chizma qat’iy qoidalar va standartlarga asoslanadi. O‘quvchi geometrik shakllarni tahlil qilish, o‘lchash, proyeksiyalash jarayonida mantiqiy fikrlashni o‘rganadi. Bu esa matematik tafakkur bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, keyingi kasbiy faoliyatda muhim ahamiyatga ega. Fazoviy tafakkur - chizma uch o‘lchamli obyektning ikki o‘lchamli ko‘rinishda tasvirlanishini o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar detallarni turli proyeksiyalarda ifodalash orqali fazoviy tasavvur qobiliyatini rivojlantiradi. Bu qobiliyat keyinchalik arxitektura, muhandislik va dizayn sohalarida zaruriy ko‘nikmaga aylanadi. Ijodiy tafakkur -nnovatsion yondashuv asosida o‘quvchilarga mustaqil loyihalar, dizayn ishlari, 3D modellar yaratish topshiriladi. Bu jarayonda o‘quvchilar yangi g‘oya ishlab chiqish, muammoni yangicha hal etish va ijodkorlik ko‘nikmalarini namoyon etadi. Interfaol ta’lim metodlarda “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Insert”, “Keys-stadi” kabi usullar o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va muammoli vaziyatlarni yechish qobiliyatini kuchaytiradi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 696 Vizualizatsiya va modellashtirish vositalari 3D printerlar yordamida chizilgan detalning real maketi tayyorlanadi. Virtual reallik texnologiyalari o‘quvchilarni fazoviy obyektlarni ko‘rish va boshqarish imkoniyati bilan ta’minlaydi. Amaliy joriy etish yo‘llari dars jarayonida an’anaviy chizmachilik usullarini zamonaviy dasturlar bilan uyg‘unlashtirish. 1. Mustaqil ijodiy topshiriqlarni joriy etish – o‘quvchilarga kichik loyihalar berish. 2. Tadqiqot faoliyatini yo‘lga qo‘yish – o‘quvchilarni texnik muammolarni hal qilishga jalb etish. 3. Integratsion yondashuv – chizmachilikni matematika, fizika va texnologiya fanlari bilan uyg‘unlashtirish. 4. Online ta’lim resurslari va masofaviy ta’lim vositalaridan foydalanish. Chizmachilik darslarida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash o‘quvchilarning mantiqiy, fazoviy va ijodiy tafakkurini rivojlantirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon ta’lim samaradorligini oshirish bilan birga, o‘quvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantiradi, ularning texnologik tafakkurini zamon talablariga mos ravishda rivojlantirishga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Odilboyevich, O. I. (2025). CHIZMACHILIK FANINI O ‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ORQALI DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH. ИКРО журнал, 15(02), 587-588. 2. Ozodboyev, I. O. (2022). DRAWING ASSEMBLY DRAWINGS USING AUTOCAD COMPUTER GRAPHICS SOFTWARE. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(11), 1085-1091. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tizimini rivojlantirishga oid qaror va farmonlari. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun. 5. Jumayev M., Toshmurodova D. Chizmachilik fanini o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018. 6. Axmedov A. Texnik grafikani o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar. – Samarqand, 2020. 7. Ziatdinov R. Innovative Technologies in Technical Drawing Education. – International Journal of Education, 2021. 8. Ivanov I., Petrova L. Computer Graphics in Engineering Education. – Moscow: Academia, 2019. 9. Kadirov B. Pedagogik texnologiyalar va ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati. – Toshkent, 2017.