MUHANDISLIK FANLARIDA KREATIV SIFATLARNI RIVOJLANTIRISHDA EMOTSIONAL INTELEKTNING O'RNI
Abstract
Ushbu maqolada muhandislik fanlarida kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonida emotsional intellektning ahamiyati yoritilgan. Emotsional intellektning nazariy asoslari, kreativlik bilan o‘zaro aloqasi va muhandislik ta’limidagi amaliy qo‘llanishi ilmiy tahlil qilinadi. Shuningdek, muhandislik yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarda kreativlikni rivojlantirish uchun emotsional intellektni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 716 MUHANDISLIK FANLARIDA KREATIV SIFATLARNI RIVOJLANTIRISHDA EMOTSIONAL INTELEKTNING O‘RNI Xamidova Shaxzoda Baxodir qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17439392 Anatatsiya. Ushbu maqolada muhandislik fanlarida kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonida emotsional intellektning ahamiyati yoritilgan. Emotsional intellektning nazariy asoslari, kreativlik bilan o‘zaro aloqasi va muhandislik ta’limidagi amaliy qo‘llanishi ilmiy tahlil qilinadi. Shuningdek, muhandislik yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarda kreativlikni rivojlantirish uchun emotsional intellektni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so’zlar: Emotsional intellekt, kreativlik, muhandislik fanlari, ta’lim, innovatsiya, kreativ tafakkur. XXI asrda muhandislik sohasi jadal rivojlanmoqda. Texnologiyalar, raqamli transformatsiya, avtomatlashtirish va sun’iy intellekt taraqqiyoti shuni ko‘rsatadiki, muhandislik mutaxassisidan nafaqat nazariy bilim va aniq hisob-kitoblar, balki yuqori darajadagi kreativlik ham talab qilinadi. Muhandislikda kreativlik yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, samarali yechimlarni topish va dizaynda estetik hamda funksional uyg‘unlikni yaratishda zarurdir. Shu jarayonda emotsional intellekt muhim omil hisoblanadi. Emotsional intellekt shaxsning o‘z hissiyotlarini boshqarishi, boshqalarning emotsiyalarini tushunishi va konstruktiv muloqot olib borishini anglatadi. Bu sifatlar muhandislik jamoalarida ijodiy muhitni shakllantirish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish va amalga oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.Bugungi globallashuv davrida muhandislik fanlari nafaqat texnik bilimlarni egallashni, balki ijodiy tafakkur va keng qamrovli innovatsion yondashuvlarni ham talab etmoqda. Muhandislik fanlarini rivojlantirish uchun talabalar faqat nazariy bilimlar bilan chegaralanib qolmasdan, balki kreativlik va emotsional intellekt kabi shaxsiy fazilatlarni rivojlantirishlari zarur. Emotsional intellekt insonning o‘z hissiyotlarini boshqarishi, boshqalar bilan samarali muloqot qilishi va ijodiy vaziyatlarda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Emotsional intellekt tushunchasi ilk bor XX asrning oxirida paydo bo’lgan. Bu atamani 1990yillarda psixologlar Piter Salovey va Jon Mayer birinchi bo’lib fanga kiritgan, keyinchalik Daniel Golemani uni ommalashtirgan. Ularning fikriga ko’ra, inson faqat intellektual ko’rsatkich (IQ) bilan emas, balki o’z his-tuyg’ularini boshqarish va boshqalarni tushunish qobiliyati bilan ham muvaffaqiyatga erishadi. G. Gardnerning ko‘p qirrali intellekt nazariyasida ham insonning emotsional qobiliyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. D. Goleman tomonidan emotsional intellektning besh asosiy komponenti ajratib ko‘rsatildi: o‘z-o‘zini anglash, hissiyotlarni boshqarish, o‘zini rag‘batlantirish, empatiya va ijtimoiy ko‘nikmalar. Ushbu sifatlar talabalarning ijodiy fikrlash jarayonida muvaffaqiyatga erishishida muhim ahamiyatga ega. Ta’lim jarayonida ham emotsional intellekt katta ahamiyatga ega: O‘qituvchi o‘z hissiyotlarini boshqara olsa, sinfdagi ijobiy psixologik muhitni saqlaydi. O‘qituvchining empatiyasi o‘quvchilarning qiyinchiliklarini tushunib, ularga individual yondashishga yordam
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 717 beradi.Talabalarda EI rivojlansa, ular stressga chidamli, jamoada ishlashga qodir va ijodkor bo‘ladilar.Konfliktli vaziyatlarni hal qilish osonlashadi. Masalan, talaba o‘qishda qiynalayotganda, faqat bilim berish emas, balki uni ruhlantirish ham kerak bo‘ladi. Bu esa EI ko‘nikmalariga bevosita bog‘liq. Muhandislik sohasi odatda texnika va hisob-kitoblarga asoslangan deb qaraladi, lekin bu yerda ham emotsional intellekt zarur.Muhandis jamoada ishlaydi, loyiha va dizaynlarni muhokama qiladi – bu jarayonda muloqot va empatiya kerak. Innovatsion g‘oyalar ko‘pincha kreativlikdan tug‘iladi, kreativlik esa ijobiy hissiyotlar bilan chambarchas bog‘liq. Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasida ijodiy fikrlash bilan birga, hissiy sezgirlik ham zarur, chunki chizmalar va loyihalar odamlar hayotiga bevosita ta’sir qiladi. Stress va mas’uliyatli vaziyatlarda o‘zini boshqara olish loyihalarning muvaffaqiyatiga olib keladi. Kreativlik esa yangicha fikrlash, noodatiy yechimlarni topish va mavjud muammolarga innovatsion yondashuvni qo‘llash jarayoni sifatida talqin etiladi. Ya’ni Kreativlik – divergent tafakkur, muammolarga noodatiy yondashuv va yangi g‘oya ishlab chiqish jarayonidir. Muhandislik fanlarida kreativlikning ahamiyati juda katta, chunki bugungi kundagi texnologik taraqqiyot muhandislardan doimiy ravishda yangilik yaratishni talab etadi. Masalan, muhandislik grafikasi fanida talabalar loyihalash jarayonida nafaqat texnik mezonlarga, balki estetik yondashuvga ham e’tibor qaratishlari zarur.Ko‘plab ilmiy tadqiqotlar emotsional intellekt va kreativlik o‘rtasida bevosita bog‘liqlik borligini tasdiqlaydi. Yuqori EI ga ega shaxslar o‘z hissiyotlarini boshqara olish orqali ijodiy tafakkurga to‘liq e’tibor qaratadi; stressli vaziyatlarda noodatiy yechim topa oladi; jamoada yangicha g‘oyalarni ilgari surib, ularni himoya qila oladi va empatiya orqali foydalanuvchi ehtiyojlarini hisobga olgan holda innovatsion dizaynlar yaratadi. Muhandislik grafikasi fanida talabalar konstruktsiya va dizayn chizmalari ustida ishlaganda, emotsional intellekt ularning motivatsiyasi va ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Emotsional intellekt va kreativlik o‘zaro uzviy bog‘liq tushunchalardir. O‘z hissiyotlarini boshqara olgan talaba stressli vaziyatlarda ham samarali qarorlar qabul qila oladi, ijodiy loyihalarda guruh bilan ishlashda muvaffaqiyat qozonadi. Muhandislik ta’limida bu ko‘nikmalarni shakllantirish orqali talabalarda nafaqat nazariy bilim, balki amaliy kompetensiyalar ham mustahkamlanadi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, muhandislik fanlarida emotsional intellektni rivojlantirish quyidagi yo‘nalishlarda samarali natijalar beradi: - Talabalarda muloqot madaniyatini shakllantirish; - Jamoaviy ishlash va liderlik qobiliyatlarini kuchaytirish; - Stressni boshqarish va muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri yechim topish; - Loyiha va dizayn ishlarida kreativ yondashuvni rivojlantirish. Shuningdek, emotsional intellektning muhandislik ta’limidagi ahamiyatini oshirish uchun quyidagi pedagogik yondashuvlardan foydalanish maqsadga muvofiq: interaktiv metodlar, kreativ topshiriqlar, loyiha asosida o‘qitish, munozara va debatlar tashkil etish. Bu jarayonlar nafaqat talabalarning bilimini mustahkamlaydi, balki ularning emotsional sezgirligini ham oshiradi. Xulosa qilib aytganda, Kreativlik va emotsional intellekt bir-birini to‘ldiradi: EI insonning ijodiy salohiyatini ochib beradi, kreativlik esa bu salohiyatni real g‘oyalarga aylantiradi. Shu bois, har ikki sifatni ham rivojlantirish o‘qituvchi, talaba va muhandislar uchun muhimdir. Talabalarda emotsional intellektni shakllantirish ularning nafaqat kasbiy, balki
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 718 shaxsiy rivojlanishida ham katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun muhandislik ta’limida nazariy bilimlar bilan bir qatorda, emotsional intellektni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik yondashuvlarni qo‘llash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. Gardner H. Frames of Mind: The Theory of Multiple Intelligences. – New York: Basic Books Goleman D. Emotional Intelligence. – New York: Bantam Books, 1995. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasidagi qaror va farmonlari. Pedagogika va psixologiya bo‘yicha ilmiy maqolalar to‘plami. – Toshkent, 2022. 2. Kreativ pedagogika. O‘quv qo‘llanma. B.E.Karimova. Toshkent “METODIST NASHRIYOTI”, 2023,316b 3. Kreativ pedagogika asoslari. O‘quv qo‘llanma. Ernazarov G.O, Chudakova V.P, Yakubova M.Y, Oblaqulov Sh .D — Toshkent:” Nazokathon ziyo print” 2023. — 170 bet. 4. Kreativ fikrlash. O‘quv qo‘llanma. G‘affarova G., Bozorov NChirchiq: “City of Book”, 2023. – 223 bet. 5. Kreativ pedagogika. Darslik . M.Q. Raxmanova, B.K.Karamov, M.E.Sulaymonova. Chirchiq, “Osiyo tur”, 2024-228 bet. 6. Pedagogik mahorat [Matn]: O‘quv qo‘llanma/G.O. Ernazarova, M.Sh. Islamova. -Toshkent: «MALIK PRINT CO», 2021.-220 b.