YUQORI SINF O'QUVCHILARIDA GRAFIK DIZAYN KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY VA USLUBIY JIHATLARI
Abstract
Ushbu maqolada yuqori sinf o‘quvchilarida grafik dizayn ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy va uslubiy jihatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, grafik dizayn o‘qitishning samarali metodlari, zamonaviy texnologiyalar va amaliy mashg‘ulotlar asosida o‘quvchilarning tasvirlash savodxonligini oshirishga qaratilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 730 YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA GRAFIK DIZAYN KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY VA USLUBIY JIHATLARI Shonazarov Shahzod Sodiqjon o‘g‘li M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Universiteti, Magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17439430 Annotatsiya. Ushbu maqolada yuqori sinf o‘quvchilarida grafik dizayn ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy va uslubiy jihatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, grafik dizayn o‘qitishning samarali metodlari, zamonaviy texnologiyalar va amaliy mashg‘ulotlar asosida o‘quvchilarning tasvirlash savodxonligini oshirishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: Grafik dizayn, dizayn ta’limi, o‘qitih metodikasi, ijodiy fikrlash, Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Corel Draw , amaliy mashg‘ulotlar. Kirish.Yuqori sinf o'quvchilarining qiziqishlari, tabiiy moyilliklari, ruhiy, aqliy hamda jismoniy imkoniyatlariga qarab ish tutilsa, ularga mustaqil faoliyat uchun yetarli shartsharoit уaratib berilsa, o'quvchida o'z xatti-harakatlari uchun javobgarlik hissi paydo bo'ladi. Uning o'z mustaqil fikri, qarashi shakllanib boradi. Mamlakatimizda mustaqil, ijodiy fikrlovchi shaxslardan iborat barkamol avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda va u ustuvor vazifalar sirasiga kiritilganligi bejiz emas, albatta. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda o'quvchining grafik dizaynga qiziqishini, ya’ni dizaynerlik tafakkurini oshirishda Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Corel Draw dasturlari bilan takomillashib boradi. Asosiy qism.Grafik dizayn o'qitish metodikasida kursning asosiy bo'lim va mavzularini o'rganishning samarali usullari, chizmalarni o'qish va bajarish ko'nikmalarini shakllantirish metodikasi, grafik masalalaming roli va ulardan o'qitishda foydalanish uslublari kabilar o'rganiladi. Xususiy metodikada dastur mavzularini o'rganish ketma-ketligi tushunchalarini shakllantirish usullari; ko'rgazmali qurollardan foydalanish bo'yicha tavsiyalar; grafik hamda amaliy ishlaming mazmunlari va hokazoiar o'rganiladi. Grafik dizayn fanining asosiy vazifasi axborotlami grafik ko'rinishda tasvirlashdan iborat. Grafika insonlaming vizual madaniyati savodxonligi sifatida qaralib, bugungi kunda texnika, texnologiya, ta’lim, tibbiyot, sanoat, loyihalash va dizayn kabi inson faoliyatining deyarli hamma sohalari amaliyotida keng qo'llaniladi. Nisbatan kichkina hajmdagi grafik tasvirlarning juda katta hajmdagi axborotlarni uzatish imkoniyati mavjudligini va bu axborotlarda tasvirlanayotgan obyekt haqidagi hamma ma’lumotlarning to'liq yoritilishini e’tiborga olsak, grafikani insonlaming kasbiy hamda kundalik turmushdagi muloqotlarida eng sodda va tabiiy vositalardan biri deb qarashimiz mumkin. Umuman olganda, "grafik" so'zi ma'lumotlarning har qanday vizual tasvirini anglatadi va chizmalar, fotosuratlar, chizmalar, grafiklar, diagrammalar, raqamlar, belgilar, geometrik dizaynlar, xaritalar va muhandislik chizmalarini o'z ichiga oladi. Grafika nafaqat tasvir bo'lishi mumkin, balki matnni o'z ichiga olishi mumkin va ular dekorativ yoki funktsional maqsadlarda, jumladan, ta'lim berish, ma'lumot berish, tasvirlash yoki ko'ngil ochish uchun ishlatilishi mumkin. Kompyuterlarga qo'llanilganda, grafik atamasi odatda kompyuterda ko'rsatiladigan, saqlanadigan, yaratilgan yoki tahrirlanadigan 2D raqamli tasvirlarga nisbatan qo'llaniladi. Grafik
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 731 dizaynda o'lcham, shakl, rang teksturasi, kompozitsiya, ko'chirish va shriftlar muhim ahamiyatga ega. Berilgan topshiriqni mavjud grafik dasturlarda bajarish va kerakli natijaga erishish uchun shakllar, shriftlar va ularning o'lchamlari bilan ishlash, ularga rang berishda rang modellari va tekstura haqida tasavvurga ega bo'lish, kompozitsiyani bilish, tasvirni kompyuter ekraniga chiqarish va u bilan bog'liq amallarni bajarish foydalanuvchidan ma'lum darajada geometrik bilimlarni bilishni talab etadi. Atrofimizdagi barcha grafik ma'lumotlar kompyuter yordamida amalga oshiriladi: kitoblar, jurnallar, qadoqlash, devor qog'ozi, plakatlar, yo'riqnomalar, vebsaytlar, ilovalar va boshqalar. Ko'pincha qo'lda ishlangan grafikalar kompyuter grafikasiga uyg'un ravishda birlashtiriladi. Muhokama va natijalar. Grafik dizayn ko‘nikmalarini yuqori sinf o‘quvchilarida shakllantirish ta’lim jarayonida muhim o‘rin tutadi. Zamonaviy texnologiyalar va metodologiyalar ta’lim jarayoniga joriy etilishi bilan bu sohada sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Statistik ma’lumotlarga asoslangan holda, grafik dizayn o‘quv darslarida o‘quvchilarning texnik bilimlari sezilarli darajada oshishi kuzatilgan. Masalan, grafik dizayn darslarini muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilarning aksariyati Adobe Photoshop va CorelDRAW kabi dasturlar bilan ishlashni o‘zlashtirgan hamda vizual aydentika, logotip yaratish va SMM dizayn sohalarida mustaqil ishlashga tayyor bo‘ladi. Xulosa.Grafik dizaynni o‘rganish yuqori sinf o‘quvchilari uchun nafaqat san’at va texnologiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglash, balki XXI asr kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ham muhim omillardan biri hisoblanadi. Umuman olganda, grafik dizayn ta’limining maktab dasturlariga kiritilishi o‘quvchilarning zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash, kreativ va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun muhim fan hisoblanadi. Grafik dizayn bo‘yicha zamonaviy ta’lim dasturlarini rivojlantirish va innovatsion yondashuvlarni qo‘llash ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoladi. ADABIYOTLAR. 1. https://lex.uz/uz/docs/-5841063 2. https://lex.uz/docs/-4545884 3. Majidova.G.A. Kompyuter grafikasi va dizayn. Uslubiy qo'llanma/G.A.Majidova - Toshkent. "DiMAL" nashriyoti, 2024-128 bet. 4. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). Effective methods of teaching fine arts and drawing at school. European Scholar Journal, 2(9), 9-11. 5. Mamirjonovich, M. N., Jumadillayevich, S. R., & Anvarovich, M. A. (2021). Thе Rolе Of Historicаl Monumеnts In Thе Dеvеloрmеnt Of Cеntrаl Аsiаn Аrchitеcturе. The American Journal of Engineering and Technology, 3(02), 1-5. 6. Мадаминов, Н. М. (2022). Таълимда Информацион Технологияларни Ривожлантириш Ва Талабаларда Касбий Кўникмаларни Шакллантириш. Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural And Social Sciences, 2(10-2), 200-203. 7. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A brief history of the development and teaching of drawing science in uzbekistan. European Scholar Journal, 2(9), 7-8. 8. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). Technologies of teaching fine arts with modern methods. European Scholar Journal, 2(9), 12-14.