BULAJAK MUHANDISLIK GRAFIKASI FANLARI O'QITUVCHILARINING KOMPETENTLIGINI OSHIRISH
Abstract
Ushbu maqolada muhandislik grafikasi fani o’qituvchisining o’z mutaxasislik fanlarini tashkil etish jarayonida zamonaviy oʻqitishning innovatsion metodlaridan hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanaolish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning kasbiy kompetensiyalarni oshirish haqida suz boradi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 732 BULAJAK MUHANDISLIK GRAFIKASI FANLARI O’QITUVCHILARINING KOMPETENTLIGINI OSHIRISH Abdullayev Akbar Hikmatovich Navoiy davlat universiteti. San’atshunoslik fakultetita “Tsviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi. t.f.n. dots. https://doi.org/10.5281/zenodo.17439436 Annaтаtsiya. Ushbu maqolada muhandislik grafikasi fani o’qituvchisining o’z mutaxasislik fanlarini tashkil etish jarayonida zamonaviy oʻqitishning innovatsion metodlaridan hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanaolish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning kasbiy kompetensiyalarni oshirish haqida suz boradi. Kalit suzlar: muhandislik, grafika, o’qituvchi, innovatsion, metodlar, kasbiy, kompetentligi, modernizatsiyalash. Insoniyat rivoji va taraqqiyotini hamda uning texnika va texnologiyada erishgan yutuqlarini fezika, matematika, kimyo va boshqa fanlar qatorida muhadislik grafikasi fanlariham juda katta ahamiyat kasb etadi. Bugungi zamonaviy shaharsozlik inshoatlari tasavur etib bulmas darajada jadal rivojlanishi, texneka sohasidagi yutuqlar bunga yqqol misol bo‘la oladi. Agar birgina kemasozlikdagi rivojlanishni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak barchamizga ma’lumkim dunyodagi eng katta kemalar qo‘rilgan bo‘lib ular o‘z bag‘riga 2500 nafardan ortiq yulovchi sig‘dira olishi yokiy dunyoning turli davlatlarida shunday binolar qurilmoqdakim ularning balandligi 900 metirdan ortiq bulishi bilan bir qatorda butun bir shahar ahilisini o‘z ichiga sig’dira oldi. Bugungi kunda bunga o‘xshash yuzlab texnalogek jarayonlar va qurilishlarni misollar keltirish mumkinkim bulib bularni chizmalarsiz qo‘rish va foydalanishnig iloji yo‘q. Yoshlarda manashunday nozik his-tuyg’ularni shakillantirishda ushbu soha vakillari bo’lgan muhandislik grafikasi fanlari o’qituvchilariga juda katta masuliyat yuklanadi. Hozirgi shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davirda o’quvchilarni bu fanlarga qiziqtirish va ulardagi iqtidorni rivojlantirish uchun soxa mutaxasislaridan o’z fanlariga kreativ yondashish talab etiladi. Bizga tarixdan ma’lumkiy sobiq itifoq davrida maktablarda ushbu fanlarga ikkinchidarajali fan sifatida qarab kelingan va fan o’qituvchilari barchaga barobar dars mavzularini tushintirishganlarkim natijada iqtidorli o’quvchilar nisbatan yaxshiroq qolganlar esa yomon o’zlashtirganlar. Hozirgi zamon pedagoglari bu usulda darslarni tashki etilishiga mutloq qarama-qarshi fikrlarni ilgari surmoqdalar. Yaniy oʻqitishning innovatsion metodlarini rivojlantirish, oʻquv jarayonida axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni joriy etishga alohida ahamiyat qaratilishi zarurligiga asosiy diqat etiborlarini qaratmoqdalar. Ma‘Iumkiy innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan foydalangan holda to’liq erishish mumkin.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 733 Interfaol metodlar - bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi, ya‘ni pedagogik ta‘sir etish usullari bo’lib ta‘lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi: O’quvchining dars davomida darslarga befarqi bo’lmasligiga, mustaqil fikrlashga, ijod etish va mavzu yuzasidan izlanishga majbur etish; O’quvchilarni dars jarayonida mavzuga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo’lishini ta‘minlash; O’quvchining darsga bo’lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirishi; Pedagog va o’quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyat olib borishi kabi masalalar o’z ichiga oladi. Muhandislik grafikasi darslarini utish jarayonida ushbu Interfaol metodlardan foydalana bilishlari uchun yosh o’qituvchilardan yuksak mahorat, chuqur bilim va kunikma bilan bir qatorda zamonaviy kasbiy kompetentlikga ega bo’lish talab etiladi. Bugungi kunda qator oimlar tomonidan bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish muammosini o‘rganish ishiga bir qator ilmiy ishlar bag‘ishlangan bo‘lsada bu muammoning turli jihatlari va aspektlariga olimlarning qiziqishlari kamaymayapti, bu esa uzluksiz ta’lim tizimini modernizatsiyalash va rivojlantirishning hozirgi zamon bosqichida alohida ahamiyatga egaligidan va uning dolzarbligidan guvohlik beradi. Pedagogik faoliyatga nisbatan uning komponentlarini pedagog faoliyatining nisbatan mustaqil funksional turlari sifatida ajratish yondashuvi ustun turadi. R.X.Tugeshevning ta’kidlashicha, kasbiy mahorat bu shaxs sifatining yuksalishi sari qo‘yilgan qadamlar yordamida faqat bir faoliyat uchun egallangan kompetensiyadir. Olim kompetensiya egasi deganda, shaxs o‘z ishining ustasi va mahorat egasi bo‘lish bilangina cheklanmsdan, balki ishni tashkil eta bilishi, o‘z faoliyatiga aloqador barcha muammolarni tizimli ravishda tushunishi o‘z oldiga vazifa qo‘ya bilishi hamda aniq muammolarga echim topish qobiliyatiga ega bo‘lishi kabi fazilatlarni nazarda tutadi. V.A.Slastenin nuqtai nazariga muvofiq, pedagogni tayyorlash unda ushbu vazifalarni amalga oshirish bilimlarini tarbiyalashni ko‘zda tutadi: - analitik – refleksiv -konstruktiv-prognostik - tashkiliy. Muallif tutgan nuqtai nazar, bizning fikrimizcha, o‘qituvchi faoliyatining strukturasi haqidagi tasavvurlarni yuqori darajada aks ettiradi. Shu bilan birga, bo‘lajak mutaxassisning kasbiy kompetentligi strukturasini tadqiq qilish pedagog mehnatini tahlil qilish, uning tayyorgarlik darajasiga hozirda modernizatsiya qilinayotgan va uzluksiz pedagogik ta’lim konsepsiyasi amalga oshirilayotgan sharoitlarda ta’lim tizimi tomonidan qo‘yilayotgan talablarni aniqlashni nazarda tutadi. V.G.Pishulin kasbiy kompetensiya xoh umumiy, xoh maxsus bo‘lsin, ko‘p hollarda xotira, mantiqiy va ijodiy fikrlash, refleksiya, chaqqonlik, epchillik, uddaburonlik, qat’iylik, tartibli va o‘z so‘zida turish, ehtiroslarga berilmaslik, kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik, diqqat-
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 734 e’tibor, jiddiylik va muomalaga kira olish kabi fazilatlarni yuzaga chiqishiga olib keladi, deb yozadi. Ko‘pchilik singari biz ham yuqoridagi fikrlarga tuliq qo‘shilamiz. Bizning fikrimizga ko‘ra, muhandislik grafikasi mutaxasisi o‘z kasbiy faoliyati doirasidagi kompetensiyalarni egallashi yaniy u nafaqat chizma chizishni balkim bu sir sinoatlarni o’quvchi yoshlarga yitkaza olishni barcha sir-sinoatini mukammal bilishi zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. -T.: “Moliya ” nashriyoti, 2003 y. – 171 b. 1. 2 Tolipov U., Usmanbayeva M. Pedagogik texnologiya:nazariya va amaliyot.-T.: “Fan”. 2005. 2. G’ulomov. X.R. Raimov. va boshqalar. “Ta’lim-tarbiya sifati va qirralari”. T; «Fan va texnologiyalar». 2004 3. Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -T.: TDPU. 2006 y. 4. Madyarova S. A. va boshq. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.: IQTISODMOLIYA, 2009, 240 b. 5. Sh. Bobonazarov. Kompozitsiya mashg‘ulotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning muhim ekanligi. Science and innovation international scientific journal volume 1 issue 6 uif-2022: 8.2 |issn: 2181-3337 16.09.2022 6. Sh. Bobonazarov. Tasvirlarni grizayl texnikasida ishlashning o‘ziga xosligi.Innovative Development in Educational Activities Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2022: 4.654 December, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal December, 7. Абдуллаев Акбар Хикматович НРАВСТВЕННОЕ И ЭСТЕТИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ УЧЕНИКОВ ЧЕРЕЗ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОЕ ИСКУССТВО //Academy. 2021. №4 (67). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/nravstvennoe-i-esteticheskoevospitanie-uchenikov-cherez-izobrazitelnoe-iskusstvo (дата обращения: 02.11.2023). 8. A.Ҳ.Aбдуллаев “ЎЗБЕКИСТОНДА ЧИЗМАЧИЛИК ВА ЧИЗМА ГЕОМЕТРИЯ ФАНИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ТАРИХИ”. Республика ОАК журнали. Ўтмишга назар 02. 2022. https://scholar.google.com/citations? view_opview_citation&hl=en&user=YF4p 9. www. ziyonet.uz