scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BUXORO ARXITEKTURA YODGORLIKLARIDAGI BADIIY BEZAKLARNING GEOMETRIK ASOSLARI HAQIDA

Sobirov Tolib Ro'ziyevich

Abstract

Makolada Buxoro arxitektura yodgorliklsrida qo’llanilgan xalq amaliy besak san’ati turlaridan ganch o’ymakorligi, yog’och o’ymakorligi, naqqoshlik turlarining qo’llanisgi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Bu san’at turlarining geomarik asoslari borasida tadqiqot olb borgan O’rta Osiyolik olimlar va ularning faoliyatiga to’xtab o’tilgan. Amalda qo’llanilgan namunalardan misollar keltirilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 853 BUXORO ARXITEKTURA YODGORLIKLARIDAGI BADIIY BEZAKLARNING GEOMETRIK ASOSLARI HAQIDA Sobirov Tolib Ro’ziyevich Buxoro davlat pedagogika instituti, Musiqa va tasviriy san’at kafedrasi professori p.f.n. https://doi.org/10.5281/zenodo.17440938 Annotatsiya. Makolada Buxoro arxitektura yodgorliklsrida qo’llanilgan xalq amaliy besak san’ati turlaridan ganch o’ymakorligi, yog’och o’ymakorligi, naqqoshlik turlarining qo’llanisgi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Bu san’at turlarining geomarik asoslari borasida tadqiqot olb borgan O’rta Osiyolik olimlar va ularning faoliyatiga to’xtab o’tilgan. Amalda qo’llanilgan namunalardan misollar keltirilgan. Kalit so’zlar: Buxoro arxitektura,O’rta Osiyo, ganch o’ymakorligi, naqqoshlik, yog’ch o’ymakorligi, girix, olimlar, san’at. Аннотация.В статье представлены сведения о видах народного прикладного декоративного искусства, использованных в архитектурных памятниках Бухары, таких как резьба по ганчу, резьба по дереву и роспись. Рассмотрены исследования среднеазиатских учёных, посвящённые геометрическим основам этих видов искусства, а также их деятельность. Приведены примеры применённых на практике образцов. Ключевые слова: Бухарская архитектура, Средняя Азия, резьба по ганчу, декоративная роспись, резьба по дереву, гирих, учёные, искусство. Annotation.The article presents information about the types of folk applied decorative art used in the architectural monuments of Bukhara, such as ganch carving, wood carving, and painting. Studies by Central Asian scholars dedicated to the geometric foundations of these art forms, as well as their activities, are examined. Examples of practical applications of these artistic samples are provided. Keywords: Bukhara architecture, Central Asia, ganch carving, decorative painting, wood carving, girih, scholars, art. Kirish IX–X asrlar davrida Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan Markaziy Osiyoda Renessans davri hisoblanadi. Bu davrda siyosiy barqarorlik iqtisodiy taraqqiyot omillaridan biriga aylandi, ilm-fan va madaniyat yuksak rivojlanish darajasiga yetdi. Buxoro, Samarqand va Xiva kabi shaharlar yirik qurilish ishlari natijasida yangi qiyofa kasb etdi. Arxitektura va qurilish inshootlari barpo etildi hamda ular turli amaliy san’at turlari bilan bezatildi. Bu, ayniqsa, Markaziy Osiyoda islom dini ta’siri kuchli bo‘lgani uchun ham mumkin bo‘ldi. Chunki islom qoidalari binolarning bezaklarida muayyan cheklovlarni belgilagan. Shuning uchun ham bezak ishlarida asosan geometrik shakllardan (girih) va o‘simlikka xos naqshlardan (islimi) tashkil topgan ornamentlar ishlatilgan, shuningdek, yog‘och o‘ymakorligi, ganchi o‘ymakorligi, koshinkorlik va naqqoshlik kabi amaliy bezak san’ati turlari qo‘llangan. Shulardan biri ganchi o‘ymakorligidir. Bu san’at tarixi juda qadimga borib taqaladi. Ganchi o‘ymakorligi asosan binolarning ichki qismlarini bezashda ishlatilgan. Hozirga qadar deyarli uch ming yillik tarixga ega Buxoro shahri alohida o‘rin egallaydi. X–XIX asrlarda barpo etilgan tarixiy inshootlarda, boshqa amaliy san’at turlari bilan bir qatorda, Buxoro ganchi INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 854 o‘ymakorligining mahorati bilan yaratilgan namunalarni ko‘rish mumkin. Shuningdek, yog‘och o‘ymakorligidan ham keng foydalanilgan. Naqqoshlik san’ati ko‘pincha ganch o‘ymakorligi bilan uyg‘unlashib ketgan. Binolarning umumiy shaklidagi geometrik uyg‘unliklar bilan birga ularning tashqi qismlari koshinkorlik bezaklari bilan bezatilgan. Bu bezaklarning ya’ni koshinkorlik, ganchkorlik, yog‘och o‘ymakorligi va naqqoshliklarning asosini ko‘pincha girihlar, ya’ni geometrik shakllar tashkil qiladi. Bu geometrik shakllar o‘zining murakkabligi bilan ajralib turadi. Bunday murakkab geometrik shakllar qanday yasalgan, uning nazariy asoslarini kim yoki kimlar tomonidan kashf qilingan tabiiy savol tug‘iladi. Mavzuningo’rganilganlik darajasi. Bu kabi savollarga aniqlik kiritish uchun bizlar IX– XV asrlarda “Ilmi handasa” sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan Markaziy Osiyolik olimlarning faoliyatiga murojaat qilamiz. Abul-vafo Bo‘zjoniy (940-998) Hijriy-qamariy to‘rtinchi asrning astronomi va riyoziyot ilmining bilimdoni Abul-vafo Bo‘zjoniy nomi bilan tanilgan Muhammad bin Muhammad bin Yah’yo Xurosonda dunyoga keldi. Abul-Vafo Bo‘zjoniyning “Hunarmandlarga handasa-viy yasalmalardan nimalar zarurligi haqidagi kitob” nomli asari ayniqsa diqqatga sazovordir. Bu asarda Bo‘zjoniy o‘zi olib borgan tadqiqotlar bilan bir qatorda Geometrik chizmachilikka doir mualliflari noma’lum tadqiqotlarni ham jamlab to‘plam shakliga keltiradi. Ayni paytda bu to‘plamning fors tildagi nusxasi Fransiyaning Parij shaxridagi milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Abul-vafo Bo‘zjoniyning bu asarida sirkul (pargor) yordamida bajariladigan geometrik chizmalarga alohida e’tibor qaratilgan. U o‘zining kitoblarida 200 ga yaqin gеomеtrik naqshlar yеchimi to‘g‘risida yozib qoldirgan. Bulardan girixning ba’zi oson yo‘llarini tushuntirib o‘tgan. Masalan, uning kitoblaridan birida qurilish va gеomеtrik naqsh yеchimi to‘g‘risida yozilgan. Quyida olim tomonidan yasalgan bir nesha sirkul bilan bajariladigan shizmalarni misol tariqasida keltiramiz. (1-shakl a,b,c,d.) 1-shakl b) a) INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 855 c) d) Shu bilan bir qatorda O‘rta Osiyolik quyidagi olimlar ham Ilmi handasaning rivojiga o’ hissalarini qo’shdilar. Ular orasida Muhammad ibn Muso Xorazmiy (IX asr), Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy (873-950), Abu Rayhon Beruniy (973–1048), va boshqalar bor edi. Keyinroq ular safiga Mirzo Ulug‘bek (1394–1449) va G‘iyosiddin Jamshid Koshiy (XIV–XV asrlar) qo‘shildi. Bu olimlarning geometrik chizmachilikga doir izlanishlari va tadqiqotlarining natijalari yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek O’rta Osiyo jumladan Buxoro me’moriy binolarining bezatilishida qo’llanilgan ganch o’ymakorliqi, koshinkorlik, yog’och o’ymakorli, naqqoshlik kabi amaliy bezak san’ati turlariga asos bo’lib xizmat qilgan. Quyida namunalar keltiramiz. Ganch o’ymakorligida qo’llanilgan geometrik chizmalar (2-shakl) INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 856 2-shakl Koshinkorlikda qo’llanilgan geometrik chizmalardan namunalar (3,4-shakllar) 3-shakl INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 857 4-shakl Yog‘och o‘ymakorligida qo‘llanilgan geometric girixlar.(5-shakl) 5-shakl Naqqoshlikda qollanilgan geeometrik yasashlar (6,7shakllar) 6-shakl INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 858 7shakl Xulosa.Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki IX-XV asrlarda barpo etilgan O’rta Osiyo arxitekturasida qo’llanilgan xalq amaliy bezak san’ati asoslarini tashkil siluvchi murakkab chizmalar ilmiy asosga ega. XX asrning mashhur san’atshunos olimi Laser Rempel ajoyib bir iborani kelrirgan. “G’arbda o’rta asr ruhoniylari birta ignaning ichida nechata farishta sig’ishi mumkinlini muhokama qilib turgan bir paytda Sharqda islom olimlari amaliy fanlar bilan shug’ullanib buyuk natijalarga erishdilar.” Fоydаlаnilgаn аdаbiyоtlаr 1. Abu Nasr Forobiy. Baxt saodatga erishish yo‘llari haqida risola. - Toshkent. 1992, 120-bet. 2. Abu Rayhon Beruniy. Ruhiyat va ta’lim-tarbiya halqida. -Toshkent, 1992, 122-bet. 3. .Al-Xorazmiy. Al jabr va almuqobala. - Toshkent, 1990,- 205 b. 4. Sobirov T, “Grafik tasvirlash asoslari”. Darslik. – B.: «Durdona», 2022 yil. 5. Ёдгоров Ж., Машинасозлик чизмачилиги, T., Ўзбекистон, 2009 6. Ёдгоров Ж.Ё., Собиров Т.Р., Ёдгоров. Н.Ж. Геометрик ва проекцион чизмачилик. – Т.: Фан, 2007. - 278 б. 7. Собиров Т. Р. АРИСТОТЕЛЬ ВА ЭВКЛИД ТАДҚИҚОТЛАРИДАГИ ИЛМИЙ НАЗАРИЯЛАРГА ФАРОБИЙНИНГ БИЛДИРГАН ФИКРЛАРИ //Экономика и социум. – 2023. – №. 11 (114)-1. – С. 1010-1013. 8. Авлиякулов, М. М., Собиров, Т. Р., Бадиев, М. М., & Азимов, С. С. (2021). Общие законы композиции в резьбе по дереву. European science, (2 (58)), 32-34. 9. Собиров Т. Р. и др. Об общественном положении зодчих и архитекторов среднего и ближнего востока в IX-XV веках //European science. – 2021. – №. 2 (58). – С. 59-62. 10. Собиров Т. Р. Обучение геометрическому орнаменту в узбекской школе. – 1993. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 859 11. Ёдгоров Ж., Собиров Т. Р., Ёдгоров Н. Ж. Геометрик ва проекцион чизмачилик //Т.:“Фан. – 2008. 12. Azimov Sanjar Samadovich, Sobirov Tolib Ruzievich, Badiev Makhmud Marufovich, Avliyakulov Muzaffar Mukhammedovich THE ESSENCE AND CONTENT OF FOLK AND APPLIED ART OF UZBEKISTAN AND CENTRAL ASIA // European science. 2021. №2 (58). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/the-essence-and-content-of-folk-andapplied-art-of-uzbekistan-and-central-asia (дата обращения: 13.03.2024).