scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK TILSHUNOSLIGI VA TILSHUNOSLIKNING NAZARIY MASALALARI

To'rayeva Maftuna Abdiraim qizi

Full text

19 O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI VA TILSHUNOSLIKNING NAZARIY MASALALARI To‘rayeva Maftuna Abdiraim qizi Samarqand davlat chet tillari instituti magistranti [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17441030 Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek tilshunosligining shakllanishi, rivoji va uning dolzarb vazifalari, tilshunoslikning nazariy masalalari va ularni mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: globallashuv, o‘zbek tilshunosligi, til taraqqiyoti, raqamli texnologiyalar. Abstract. This article provides information on the formation, development and current tasks of Uzbek linguistics, theoretical issues of linguistics and their content and essence. Keywords: globalization, Uzbek linguistics, language development, digital technologies. Kirish. Til – jamiyat hayotining eng muhim aloqa vositasi, millatning ma’naviy boyligi va madaniy merosidir. Bugungi globallashuv davrida o‘zbek tilshunosligi va tilshunozligimizni yanada chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Chunonchi, o‘zbek tilshunosligi umumiy tilshunoslikning bir bo‘lagi bo‘lib, mustaqillik yillarida tilshunoslik sohasi yangi nazariy va amaliy yo‘nalishlar bilan boyidi. Bugungi kunda o‘zbek tilini tadqiq etishda strukturaviy, funksional, kognitiv hamda korpus lingvistikasi kabi zamonaviy yondashuvlar qo‘llanilib kelmoqda. Asosiy qism. O‘zbek tilshunosligi – o‘zbek xalqining tilini, uning tarixiy taraqqiyoti , grammatik tuzilishi, leksik boyligi, uslubiy xususiyatlari va adabiy til me’yorlarini ilmiy asosda o‘rganadigan fan sohasidir . O‘zbek tilining shakllanishi XIX asr oxiri va XX asr boshlariga to‘g’ri keladi. Tilshunoslikning dastlabki bosqichlarida jadid ziyolilari , keyinchalik ilmiy maktab yaratgan olimlar muhim rol o‘ynagan. Shuningdek o‘zbek tilshunosligining tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning rivojlanish tarixiga bir qancha olimlar o‘z hissalarini qo‘shganlar. 1. 1. Abdurauf Fitrat (1886–1938) Fitrat jadidchilik harakatining yetakchi namoyandalaridan bo‘lib, o‘zbek tilshunosligi fanining asoschilaridan biri sanaladi.U “O‘zbek tili qoidalari”, “Sarf”, “Nahv” kabi darsliklar yozib, grammatik tizimni ilmiy asosda ishlab chiqqan. Fitrat o‘zbek adabiy tili masalalari, imlo, til tarixi va uslubshunoslikka oid qarashlari bilan keyingi tilshunoslarga yo‘l ko‘rsatgan. 2. G‘ozi Olim Yunusov (1887–1943) O‘zbek tilshunosligining ilk grammatik maktabini yaratgan olimlardan.1915 yilda yozilgan “O‘zbek tili grammatikasi” asari 20 o‘zbek tilini ilmiy asosda tahlil qilgan dastlabki ishlardan biridir.Til fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisiga oid tadqiqotlari bilan mashhur. 3. Sadriddin Ayniy (1878–1954) Adib va olim sifatida o‘zbek va tojik tilshunosligi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan. O‘zbek adabiy tili taraqqiyotida uning ilmiy maqolalari, asarlari muhim o‘rin tutadi. 4. Keyingi davr olimlari Sh. Shoabdurahmonov, A. G‘ulomov, N. Mahmudov kabi olimlar XX asrning ikkinchi yarmida o‘zbek tilshunosligini zamonaviy ilmiy asosda rivojlantirdilar. Grammatik qurilish, leksikologiya, uslubshunoslik, adabiy til me’yorlari bo‘yicha tadqiqotlar olib bordilar. O‘zbek tilshunosligining asoschilari birgina shaxs emas, balki bir guruh ziyoli va olimlar hisoblanadi. Fitrat va Yunusov bu sohaga ilmiy asos solgan bo‘lsalar, keyingi olimlar ularning izlanishlarini davom ettirib, bugungi kunda rivojlangan ilmiy maktabni shakllantirdilar. Shunday qilib, o‘zbek tilshunosligi – Fitratning adabiy til haqidagi qarashlari, Yunusovning grammatik izlanishlari, Shoabdurahmonov va G‘ulomovlarning nazariy tadqiqotlari orqali shakllangan ilmiy yo‘nalishdir. Tilshunoslikning eng qadimiy masalalaridan biri bu tilning qanday paydo bo‘lgani haqidagi savoldir. Turli nazariyalar mavjud: Ilohiy nazariya – til ilohiy hodisa sifatida berilgan, degan qarashlar; Tabiiy nazariya – til tabiiy jarayonlar natijasi sifatida tushuntiriladi; Ijtimoiy nazariya – til jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan, degan ilmiy qarash. Hozirgi lingvistika tilni ijtimoiy hodisa sifatida talqin qiladi. 2. Til va tafakkur munosabati Til va tafakkur o‘zaro chambarchas bog‘liq, ammo mustaqil hodisalardir. Tafakkur til vositasida shakllanadi, til esa tafakkurning moddiy qobig‘idir. Til orqali inson o‘z fikrini ifodalaydi, saqlaydi va avlodlarga yetkazadi. 3. Tilning ijtimoiy vazifalari Til jamiyatda bir qator vazifalarni bajaradi: Kommunikativ vazifa – muloqotni ta’minlaydi; Kognitiv vazifa – bilimlarni shakllantirish va uzatishda vosita bo‘ladi; Ekspressiv vazifa – his-tuyg‘ular va munosabatlarni ifodalaydi; Madaniy-tarixiy vazifa – milliy qadriyatlar va tarixiy xotirani saqlaydi. 4. Til va jamiyat munosabati . Til jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq. Jamiyatdagi ijtimoiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlar til rivojida aks etadi. Masalan, yangi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar 21 yangi terminlar va tushunchalarni yuzaga keltiradi. Shu sababli til va jamiyat o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Xulosa. O‘zbek tilshunosligi bugungi kunda nazariy va amaliy jihatdan keng rivojlanib, umumiy tilshunoslikning dolzarb masalalari bilan uyg‘unlashib bormoqda. Tilshunoslikning nazariy asoslari tilning mohiyatini, uning ijtimoiy funksiyalarini, tuzilish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek tilshunosligida fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis va pragmatika sohalarining nazariy tadqiqi tilning o‘ziga xos milliy xususiyatlarini yoritishga xizmat qilmoqda. Shu bois, nazariy tilshunoslikning yutuqlarini o‘zbek tili materiallari asosida tadqiq etish ham ilmiy, ham amaliy jihatdan dolzarb hisoblanadi. Bu jarayon o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini ochib berish, uni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish va zamonaviy lingvistik paradigmalarga mos holda rivojlantirishga zamin yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Nurmonov Abduhamid. O‘zbek tilshunosligi tarixi – T. ’’ O‘zbekiston “, 2002-232b. 2. Turdimurotova G. O‘zbek tilshunosligi va uning rivojlanish yo‘nalishlariga bir nazar. Ilmiy maqola. “ Oriental Renaissance: Innovative , educational, natural and social sciences”, 20245b. 3. Raxmatullayev A. O‘zbek tilshunosligi va uning rivojlanish yo‘llari. “Scientific Journal Impact Factor “ , 2023-6b. 4. Xolmanova Z. Tilshunoslik nazariyasi . – T. “ Shafoat Nur Fayz “ , 2020 – 256b.