scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK VA JAHON TILSHUNOSLIGIDA ORTOLOGIK TADQIQOTLAR

Ruzimurodova Sadinura Muhiddin qizi

Full text

22 O‘ZBEK VA JAHON TILSHUNOSLIGIDA ORTOLOGIK TADQIQOTLAR Ruzimurodova Sadinura Muhiddin qizi Qarshi davlat universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish fakulteti 1-bosqich magistranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17441046 Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda o’zbek va jahon tilshunosligida keng tatbiq etilayotgan, adabiy til me’yori va nutq madaniyati sohalarini chambarchas holda o’rganuvchi tilshunoslik sohasi - ortologiya, tilshunoslarning fan bo’yicha nazariyalari va ushbu sohaning o‘zbek va jahon tilshunosligida o‘rganilishi xususida so’z boradi. Shuningdek, ushbu terminning izohi, tilshunoslar tomonidan unga berilgan talqinlar ko’rib o’tiladi hamda ushbu talqinlar solishtiriladi. Kalit so’zlar. Adabiy me’yor, ortologiya, tilshunoslik maktablari, nutq madaniyati. Abstract. This article discusses ortology - a field of linguistics that is widely implemented in Uzbek and world linguistics today, closely studying the norms of literary language and speech culture, the scientific theories of linguists, and the study of this field in Uzbek and world linguistics. Also, the interpretation of this term, the interpretations given to it by linguists, are considered, and these interpretations are compared. Keywords. Schools of literary norms, ortology, linguistics, speech culture. KIRISH. Zamonaviy tilshunoslikning antroposentrik yo‘nalishini kuchaytirish, asosiy e’tiborni til sistemasidan kommunikativ jarayonga qaratish bir qator nutq fanlarini rivojlantirishni va qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Nutq madaniyati bilan bog‘liq muammolarning ortganligi zamonaviy ilmiy g‘oyalarni aks ettiruvchi lingvistik nazariyani yaratishga ehtiyoj tug‘dirdi. Shu sababli nutq madaniyati, adabiy me’yor va bu hodisalarni yaxlit tarzda ifodalaydigan ortologiya sohasi vujudga keldi. Ortologiya sohasini tatbiq etish masalasining dolzarbligi shundaki, ortologiya – bu nafaqat til qoidalarini o‘rganish, balki nutq madaniyatini rivojlantirish, fikrni to‘g‘ri ifodalash va jamiyatda toza til muhitini yaratish uchun muhim fan hisoblanadi. Shu sababli ham ortologiya sohasi, uni tatbiq etish antroposentrik tilshunoslikning sotsiolingvistika sohasi bilan bog‘liq holda o‘rganilishi kerak bo‘lgan muhim sohalardan biridir. Fanda ortologiya tushunchasi ikki ma’noda qo‘llaniladi : ➢ Tilshunoslikda so‘zlarning to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llanilishi, fonetik, leksik, grammatik, semantik va jihatlardan adabiy me’yorga solingan yoki solinmaganini o‘rganuvchi soha; 23 ➢ Ortologiya-bu bioinformatikada genetik tadqiqotlarning markaziy tushunchalaridan biri bo‘lib turli, organizmlarda joylashgan, umumiy ajdodlardan kelib chiqqan genlarni anglatadi. 1 Ortologiya sohasi tilshunoslikning boshqa sathlariga nisbatan kech talqin qilina boshlandi. Bugungi kunda jahon tilshunosligida bu sohaga oid ma’lumotlar talaygina. Chunki, ortologiya bu nafaqat til qoidalarni o‘rganish, balki nutq madaniyatini rivojlantirish, fikrni to‘g‘ri ifodalash va jamiyatda toza til muhitini yaratish uchun muhim fan hisoblanadi. Shu sababli ham hozirgi kunda bu sohada salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jahon tilshunosligida ortologiya masalasi bizdan ancha ilgarilab ketgan. Ingliz, rus, turk va boshqa tilshunoslik maktablaridagi manbalarni solishtirgan holatda shunday xulosaga keldikki, tilshunoslikda ortologiya ilmiy fan sifatida ilk bor ingliz tilshunosligida qo‘llanilgan ekan. Ushbu atama ilk bor XX asrning 60-yillarida tilshunoslik me’yor va me’yorga solish masalalari bilan shug‘ullanuvchi bir qator tilshunoslar tomonidan tilshunoslikning muayyan sohasi sifatida qat’iyan belgilab qo‘yildi. Sababi nutq madaniyati bilan bog‘liq muammolarning ortganligi zamonaviy lingvistik tushunchalarni o‘zida aks ettiruvchi tilshunoslik sohasi yaratishga ehtiyoj tug‘dirdi. Shu munosabat bilan nutq madaniyati, adabiy me’yor va bu tushunchalarni o‘zida aks ettiruvchi hodisalarni yaxlit holda ifodalaydigan ortologiya sohasi tilshunoslikka kirib keldi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR. Tadqiqotda qiyosiy-tarixiy, qiyosiy-chog‘ishtirma, kvantitativ, kompleks va germinivtik tahlil metodlaridan foydalanildi. NATIJALAR. Jahon tilshunosligida ortologiyaga oid muhim manbalardan biri Ch.K.Ogden va I.A.Richardslar tomonidan ilm ahliga taqdim etilgan. ,, The Meaning of Meaning‘’ asaridir. Asarda tilshunoslikning bir qancha yo‘nalishlari bilan birgalikda adabiy me’yor, nutq madaniyati va ortologiya xususida nodir ma’lumotlar keltiriladi. ,,The Meaning of Meaning‘’ asari semantika, pragmatika va muloqot nazariyasining shakllanishiga asos bo‘lgan. Bugungi kunda ham ushbu asar til va tafakkur o‘rtasidagi bog‘liqlikni,adabiy me’yor -ortologiyani o‘rganuvchi tadqiqotchilar uchun muhim manba hisoblanadi 2 . Ortologiya bilan aloqador nutq madaniyati, til me’yorlari, stilistika kabi tushunchalar tilshunoslik tadqiqotlarida xam uchraydi. Shuning uchun tilshunoslar nutq madaniyati nazariy masalalarini yoritishda batafsil yondashishga harakat kilganlar: P.D.Jerard, J.Dyubua, J.M.Jorj, V.Fan Kozeem, N.O.Nayda, M.Shpolskiy, 1 A.Hojiyev Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashiryoti. 2 N.SH.SHirinova . Ortologiya tadqiqi va uning tilshunoslikda tutgan o‘rni . Ilmiy xabarnoma . Seriya : gumanitar tadqiqotlar . 2020. N 1 ( 45) 110bet . 24 A.Xalidiy kabi olimlar esa tadqiqotlarida fonetika, orfografiya, leksikologiya, morfologiya, stilistik xususiyatlarni ochib berganlar. 3 Rus tilshunoslaridan V.G.Kostomarov, R.A.Budagov, A.V.Superanskaya, B.S.Bukchina, V.E.Goldin, A.A.Potebnya, S.I.Ojegov, B.N.Golovin, G.S.Koaydenko, M.N.Senkevich, L.I.Skvorcov, N.S.Vodina, L.A.Vvedenskaya, D.E.Rozental, I.B.Golub, N.G.Goltsova, T.N.Ushakova, M.A.Petrichenko, L.V.Shcherba, A.I.Duney, N.G.Bloxina, V.N.Chernyshov, M.I.Divakova kabi nazariyotchilar til me’yorlarining fonetika, orfografiya, leksikologiya, stilistika doirasida tadqiq qilganlar. Yuqorida, ingliz, rus, qozoq, turk va nihoyat o‘zbek tilshunoslarining norma haqidagi fikrlarini ko‘rib o‘tdik, tadqiq etgan manbalarimiz, o‘rgangan fikr va mulohalarimizni xulosalagan holda, biz ham ilm ahliga o‘zimizning adabiy me’yor xususidagi qarashlarimiz jamlangan ta’rifni taqdim etamiz: ,, Adabiy me’yor - bu muayyan hududda istiqomat qiluvchi adresant va adresat uchun qulay, tushunarli kommunikatsion muhit yaratishga xizmat qilish maqsadida tuzilgan, barcha uchun teng bo‘lgan qonun – qoidalar majmuyi’’ Foydalanilgan adabiyotlar: 1. E.Begmatov, A.Mamatov.Adabiy norma nazariyasi . 3-qism . – Toshkent . Navro‘z . 1997. 8-bet. 2. A.Hojiyev Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashiryoti. 3. Zeynep KORKMAZ . CUMHURIYET dönemınde türk dılı türk dılı kültürü ( TDK ) nashrlari 1992. 122-bet . 4. Nejmiye Alpan . Dil meseleleri. . Metis nashrlari .2004. 78-bet. 5. N.SH.SHirinova . Ortologiya tadqiqi va uning tilshunoslikda tutgan o‘rni . Ilmiy xabarnoma . Seriya : gumanitar tadqiqotlar . 2020. N 1 ( 45) 110bet . 6. A.Nurmonov . Struktur tilshunoslikning ildizlari va yo‘nalishlari. Toshkent .Ta’lim nashiryoti . 2009. 58-bet. 7. A.Omonturdiyev , SH.Abdurayimova . O‘zbek nutq madaniyati va uslubiyati . bakalavr va magistorlar uchun uslubiy qo‘llanma . Toshkent . 2016.13-bet. 8. S.Muhammedova . Nutq madaniyati .O‘quv metodik qo‘llanma .Toshkent 2007. 14-bet 9. R.Rasulov, N.Husanov , K.Muyiddinov. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati . O‘quv qo‘llanma . Toshkent 2008. 15-bet. 10. O‘zbek tilining izohli lug‘ati . ,,O‘zbekiston milliy insiklopediyasi,, davlat ilmiy nashiryoti . Toshkent .71-bet. 3 E.Begmatov, A.Mamatov .Adabiy norma nazariyasi . 3-qism . – Toshkent . Navro‘z . 1997. 8-bet