SOMATIK LEKSEMALARDA PARTONIMIK MUNOSABAT
Full text
25 SOMATIK LEKSEMALARDA PARTONIMIK MUNOSABAT K. Т. Jumayeva Turon universiteti magistranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17441057 Annotatsiya: Maqolada inson tana a’zolari (somatizmlar)ning partonimik munosabat bilan aloqadorligi talqin etilgan bo‘lib, somatik leksemalarning leksikografik talqinlari diaxronik va sinxronik planda tasnif etilgan. Shuningdek, bu jabha leksik birliklarining tadqiqi somatizmlarning anatomik butunlik bo‘lish bilan birga muayyan lisoniy tizim bo‘la olish imkoniyati mavjudligi dalillar bilan yoritib berilgan. Tayanch so‘zlar: somatik leksema, butun, bo‘lak, munosabat, butunnom, bo‘laknom, makrotizim, mikrotizim, sinonim, osteonim, sistemaviy tahlil, komponent. Annotation: The article interprets the connection of human body parts (somatisms) with partonymic relations, and the lexicographical interpretations of somatic lexemes are classified diachronically and synchronically. Also, the study of lexical units of this field is illuminated with evidence that somatisms, along with being an anatomical whole, can be a certain linguistic system. Key words: somatic lexeme, whole, part, relation, whole, part, macrosystem, microsystem, synonym, osteonym, system analysis, component. “Partonim” so‘zi lotincha pars (partis) (qism)dan kelib chiqqan va yunoncha meronim atamasi bilan sinonimdir. Bu g‘ildirak avtomobilning bir qismi bo‘lgani kabi, kichigi o‘zidan kattaroq tushunchaning tarkibiy qismi bo‘lish ma’nosini bildiradi. Inson tana a’zolarini (somatizmlar)ni ham bir butun sistema sifatida tasavvur qilinganda, uning tarkibiy qismlarini bosh, tana, qo‘l va oyoq mikrosistemalaridan iboratligi ayon bo‘ladi. O‘z navbatida bu to‘rt birliklar ham o‘ziga xos kichik sistemalarga bo‘linadi. Ular orasidagi ma’no aloqalarini butun-bo‘lak (partonimiya) lug‘aviy mavzuviy guruhlar misolida tadqiq qilish ayni tizimning mohiyatini yorqin ochish imkoniyatini yaratadi. “Butun-bo‘lak munosabatlari ham voqelikda keng tarqalgan bo‘lib, voqelikning bevosita in’ikosi bo‘lgan ongimizda, ongning shakli va ifoda vositasi bo‘lgan tilimizda o‘z aksini topadi. Butun-bo‘lak munosabatlari bilan bog‘langan lug‘aviymavzuviy guruh (LMG)lari miqdori ham o‘zbek tilida anchagina bor. Jumladan, (daraxt, ildiz, shox, barg) leksemalar guruhini olib ko‘raylik. Bu guruh o‘zaro butunbo‘lak munosabatlari bilan bog‘langan «butun» bosh leksema (daraxt) bilan, bo‘laklar esa (ildiz, shox, barg) leksemalari bilan ifodalanadi” [1]. Tadqiqotchi M.I. Gadoyeva somatizmlarni: “1. Bosh va uning qismlari nomlari. 2. Bo‘yin va tomoq qism a’zolari. 3. Osteonemik so‘zlar (bunday so‘zlar sohasiga inson tanasidagi suyak va bo‘g‘inlarni ifodalovchi so‘zlar kiradi. Ular, o‘z navbatida, yana butun inson tanasining skelet tizimi nomlarini, bosh suyak, magistral suyak,
26 pastki qo‘l-oyoq suyaklarining nomlarini o‘z tarkibiga qamrab oladi). 4. Yuqori qo‘l qismi nomlari. 5. Pastki qo‘l qismi nomlari. 6. Ko‘krak qismi nomlari. 7. Bel qismi nomlari. 8. Beldan past qism nomlari. 9. Oyoq qism nomlari” ga ajratadi va somatizmlarni makro va mikro maydon sifatida tasavvur qilish va anglash mumkinligini uqtiradi [2]. Ko‘rinadiki, inson tanasi muayyan makrotizim sifatida, asosan, to‘rt birlikdan: bosh, tana, qo‘l va oyoqdan iborat ekan. Har bir mikrotizim butun-bo‘lak munosabatlari bilan bog‘langan lug‘aviy-mavzuviy guruhlarni yuzaga chiqaradi. Chunonchi: 1. “Bosh” mikrotizimi butunlik maqomida: tepa, soch, peshana, ko‘z, qosh, kiprik, quloq, yonoq, og‘iz, lab, tish, til, iyak bo‘laklarni tashkil etadi. 1-jadval. Butun nom Bo‘lak nom BOSH tepa, soch, peshana, ko‘z, qosh, kiprik, quloq, yonoq, og‘iz, lab, tish, til, iyak Bosh leksemasi inson va boshqa jonzotlarga nisbatan etimologik mansubligiga ko‘ra turkiy va tananing bo‘yindan yuqorisida joylashgan qismi hisoblanadi. Turkiy tillarda bash (turkman, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, nug‘ay va boshqa tillarda); pats//puts (chuvash tilida) shakllarda qo‘llanadi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da: “BOSH 1 Tananing bo‘yindan yuqorigi, oldingi (odamda, hayvonlarda) qismi; kalla. Bosh kosasi (anat.). Boshmiya. Boshkiyimlar magazini. Do‘st boshga boqar, Dushman — oyoqqa. Maqol. O‘zbek oyim boshi bilan keliniga rizolik bildirib, “barakalla!” deb qo‘ydi. A. Qodiriy, O‘tkan kunlar. -Badanim o‘t bo‘lib yondi, boshim og‘rib, ko‘zlarim tindi, — dedi Hojixola. M. Ismoiliy, Farg‘ona t. o. U shoshib, ot boshini chap tarafga burdi. S. Ahmad, Ufq” tarzida qayd etilgan. Ko‘p ma’noli so‘z. O‘TILda bu so‘zning yigirmata nutqiy ma’nolari keltirilgan [3]. Sh.Rahmatullayevning “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da: “Bosh “tananing bo‘yindan yuqori (old) qismida joylashgan a’zo”. Ukam suvga boshi bilan sho‘ng‘idi. Qadimgi turkiy tilda ham shunday ma’noni va boshqa bir qancha ma’nolarni
27 anglatgan bu ot asli ba:sh tarzida talaffuz qilingan (ESTY, II, 86), keyinroq a: unlisining cho‘ziqlik belgisi yo‘qolgan (ПДП, 389; Devon, III, 165; ДС, 86); o‘zbek tilida a unlisi â unlisiga almashgan: ba:sh > bash > bâsh” [4]. “Yevropa fani va texnikasida sistem yo‘nalishning shakllanishi, fanlarda tadqiq manbaiga sistema sifatida yondashish butun-bo‘lak munosabatlarini va falsafiy kategoriyalarini, umumiylik-xususiylik munosabatlari va falsafiy kategoriyalarini farqlashni taqozo qildi. Chunki sistemaviy tahlilda tadqiq manbai umumiylik sifatida emas, balki butunlik, butun sifatida tan olinadi. Shuning uchun butun-bo‘lak munosabatalarini o‘rganish “20-asr falsafasi” nomini olishga intilgan. Butun va bo‘lak munosabatlarining lisoniy xususiyatlarini tushunish uchun, avvalo, butunlikning o‘zi nima ekanligidan xabardor bo‘lish lozim. Butunlik ma’lum tashkil etuvchilar – bo‘laklarning dialektik birlashmasi bo‘lib, unda har bir a’zo – bo‘lak aniq bir funksiyani bajaradi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, bo‘laklarning shunchaki to‘dasi butunlikni yuzaga keltirmaydi. Masalan, to‘rt devor, shift, eshik-deraza – bu hali uy degani emas. Til – borliqni aks ettiradi. Demak, atrofimizdagi narsalar tilda o‘z in’ikosiga ega. Shu jumladan, butunliklar ham. Har bir butunlik o‘z tashkil etuvchilari – bo‘laklar bilan birgalikda tilda so‘z shaklida namoyon bo‘ladi. Butunlikning eng kichik bo‘laklarigacha ma’lum so‘zlar bilan ifodalanadi. Partonimik munosabatlar mana shu butun va bo‘laklarni atovchi so‘zlararo aloqadorlikdir. Yuqorida ko‘rganimiz bosh butunligi o‘z semantik aloqadorligi tufayli 1-jadvalda keltirilgan o‘n uch bo‘laklik mantiqidagi birliklarni o‘ziga tobelantiradi. Partonimiya hodisasida ikki atamani farqlash lozim. Bular: butunnom va bo‘laknomdir. Bo‘laknom deganda, bo‘laklarni ifodalovchi so‘zlar nazarda tutiladi. Demak, tepa, soch, peshana, ko‘z, qosh, kiprik, quloq, yonoq, og‘iz, lab, tish, til, iyak bo‘laknom sifatida qaraladi [5]. “Tana” mikrotizimi yoki butunnomiga ko‘krak/ko‘ks, yelka, qorin, kindik, bel, qo‘ltiq, orqa (spina), yon (yon tomon) singari bo‘laknomlar assotsiativ munosabat kasb etadi. Bu izohdan ko‘rinib turibdiki, “tana” so‘zi odam, hayvon va daraxt kabilarga bir xil aloqadordir. Ushbu so‘zlarda “tana” turlicha bo‘laknomlarga ega bo‘ladi. Jumladan, odam tanasi: yelka – ko‘krak – qorin – bel; daraxt tanasi: po‘stloq – parda – o‘zak kabilar bilan birlashgan [5].
28 1-chizma. ko‘krak/ko‘ks yelka qorin Tana kindik bel qo‘ltiq orqa yon 2.Bo‘yin – inson tanasining boshi bilan tanasini tutashtiruvchi qismi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning 5 jildli nashrida ham xuddi shu ma’no keltirilgan, faqat bo‘yin leksemasining nutqiy ma’nolarini ikki jildli nashriga nisbatan kengroq berilgan, xolos. Sinonimlari – bo‘yin, gardan. Tanani bosh bilan birlashtiruvchi qism. Bo‘yin so‘zi gardan so‘ziga nisbatan keng qo‘llanadi. Gardan so‘zi ko‘proq tanani bosh bilan birlashtiruvchi qismning orqa tomoniga nisbatan qo‘llanadi [6]. Bo‘yin “bosh bilan tana oralig‘idagi a’zo”. Bu ko‘ylakning yoqasi bo‘ynimga keng keldi. Bu so‘z “kishi yoki narsaning tik yo‘nalishidagi ko‘lami” ma’nosini anglatuvchi bo‘y otidan kichraytirish ma’nosini ifodalovchi -(in) qo‘shimchasi bilan hosil qilingan (ЭСТЯ, II, 181; Devon, III, 183). ... [4]. 3. ”Qo‘l” butunligi (yoki butunnomi) tirsak, bilak, kaft, barmoq, tirnoq singari bo‘laklarni o‘zida umumlashtirib, o‘ziga xos mikrosistemani tashkil etadi. Bu tana a’zosi eng faol harakat vositasi bo‘lganidek, mazkur somatizmining semantik imkoniyatlari ham ancha keng sanaladi. “Qo‘l” komponentli somatik frazeologik birliklar insonning olamni idrok qilishida, barcha tashqi va ichki faolligini aks ettirishda, ko‘plab funksiyalarni bajarishda faol ishtirok etadi. Qo‘l komponentli somatik frazeologik birliklar, shuningdek, tashqi muhit bilan munosabatga kirishuvdagi eng faol tana a’zosidir. Qo‘l insonning kinestetik va taktil qaytarma aloqalar o‘rnatish vositasi sifatida tashqi olamni hissiy idrok qilinishining shakllanishida ham muhim rol o‘ynaydi va undan katta miqdordagi axborotni qabul qilishda ishtirok etadi. Inson tanasining ko‘zdan boshqa, biror bir tana a’zosi dunyoni idrok etishda va u orqali turli harakatlarni bajarishda qo‘l uzvidek faollik kasb etmaydi. Demak, qo‘l leksik birligi insonning olamni idrok qilishida, barcha tashqi va ichki faolligini aks
29 ettirishda, ko‘plab funksiyalarni bajarishda faol ishtirok etadi. Inson uzvi bo‘lmish qo‘l jismi tashqi muhit bilan munosabatga kirishuvdagi eng faol tana a’zosidir. 2-chizma. Qo‘l tirsak bilak kaft barmoq tirnoq 5.Oyoq. Oyoq butunligi tashqi jihatdan son, boldir, tizza, to‘piq, panja, tovon, barmoq va tirnoq bo‘laklarini o‘zida mujassam etadi. Oyoq organizmi inson tanasining eng quyisida joylashganligi uchun “adoq” (ishning adog‘i, yo‘lning adog‘i) so‘zining fonetik jihatdan o‘zgargan variantidan shakllangan bo‘lib, “so‘ng”, “oxir” ma’nolariga teng keladi. 3-chizma. Oyoq son boldir tizza to‘piq panja tovon barmoq tirnoq “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da bu leksemaga quyidagicha izoh keltirilgan: OYOQ I 1 Odam, hayvon, qush va umuman jonli organizmlar gavdasining tayanib turishi va yurishi yoki o‘rmalashi uchun xizmat qiladigan a’zo. O‘ng oyoq. Chap oyoq. Ipak qurtining oyoqlari. Otning orqa va oldingi oyoqlari. Do‘st — boshga, dushman oyoqqa boqadi. Maqol [7]. Inson tana a’zolari zohiriy jihatdan ham muayyan tizimni hosil qiladi. Bu tizim inson ichki organlari (osteonemlar) bo‘lib, biz uni “botiniy somatizmlar” (“внутренные соматизмы”) nomi bilan atadik. Bu tizimning eng yirik va qo‘llanishi faol bo‘lgan qismlari bo‘g‘iz, kegirdak, yurak, ichak, buyrak, taloq, o‘t, jigar (bag‘ir), oshqozon, o‘pka, tomir va boshqa uzvlardan iborat sanaladi. Bundan tashqari, inson alohida-alohida nomlanuvchi inson tana a’zolari va qon aylanish tizimi nomlari ham alohida tizim sanaladi. Umuman olganda, biz somatizmlarning zohiriy – eng umumiy partonimik talqiniga qisqacha to‘xtaldik. Aslida inson tana a’zolari juda ko‘p tushunchalarni ifoda etib, ularni ataydigan leksemalarning ko‘lami ham ancha kengdir. Bu atamalar jamlanmasi bir butunnomga assotsiativlik mezonlari asosida birlashadi hamda talay makro va mikrotizmlarga mustaqil a’zo sifatida tutashish imkoniyatini namoyon qiladi.
30 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Неъматов Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тилининг систем лексикология асослари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995. – Б. 129. 2. Гадоева М. И. Инглиз ва ўзбек тилларида соматизмларнинг семантик-прагматик тадқиқи (фольклорнинг кичик жанрлари мисолида): филол. фан. докт. ... дисс. автореф. – Бухоро, 2022. – Б. 13. 3. Жўраев Б. Бош сўзининг маънолари // Ўзбек тили ва адабиёти, 1982. –№3. –Б. 46. 4. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. "Ўзбекистон миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти. 5 томлик. I жилд. А – Д. 2006. – Б. 332. 5. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. – Тошкент: Университeт, 2000. – Б. 61. 6. Бафоева Н. Ўзбек тилида маъновий муносабатлар (гипонимия, градуонимия ва партонимия асосида). – Бухоро, 2011. – Б. 9. 7. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдлик. Учинчи жилд. Шукрона – Ҳ. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2007. Н – Тартибли. – Б. 89.