scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ZID MA'NOLI SO'ZLAR O'QUV IZOHLI LUG'ATINI TUZISHNING LINGVODIDAKTIK ASOSLARI

Axmedova Dildora Dilshodovna

Full text

72 ZID MA’NOLI SO‘ZLAR O‘QUV IZOHLI LUG‘ATINI TUZISHNING LINGVODIDAKTIK ASOSLARI Axmedova Dildora Dilshodovna tadqiqotchi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17441177 Annotatsiya. Zid ma’noli so‘zlar(antonimlar) guruhi leksik-semantik jihatdan o‘rganilgan bo‘lsa-da, antroposentrik paradigmalarda hali to‘liq o‘rganilgan emas. Antonim so‘zlarda zidlik motivi bilan birgalikda, lingvodidaktik, lingvokulturologik xususiyatlari ham mavjuddir. Maqolada antonim so‘zlar o‘quv lug‘atini tuzishda mavjud maqol va hikmatli so‘zlardan foydalanish, ular anglatgan milliy –ma’naviy, axloqiy-umuminsoniy didaktik xususiyatlar va ularning o‘rganilishi haqida fikrlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Antonimlar, o‘quv lug‘ati, antonim birliklarning lingvodidaktik xususiyatlari, milliyma’naviy, umuminsoniy xususiyatlari. Annotation. Although the group of words with opposite meanings (antonyms) has been studiedlexico-semanticallly, it has not yet been fully studied in anthroposentric paradigms. Antonyms, along with the motif of contradiction, also have linguodidactical propertiyes. The article presents ideas about the national spiritual, moral and universal didactic properties of antonyms, which are the Magyar and wise words, and their study. Keywords: antonyms, linguodidactic properties of antonymic units, nationalspiritual, universal properties. Axborot oqimi shiddat bilan kirib kelayotgan bir jarayonda davrimiz til ta’limidan har qanday sharoitda muammoga yechim topa oladigan, nutqiy salohiyati yuqori bo‘lgan, muammoga, vaziyatga xolis nuqtayi nazar bilan qaray oladigan, lisoniy birliklardan unumli va samarali foydalana oladigan shaxsni kamol toptirishni maqsad qilib qo‘ydi. Bu ustuvor maqsadlarni amalga oshirishda til ta’limi asosiy va yetakchi o‘rin tutadi. Negaki, insonning shaxsiy rivojlanishi uchun leksik bazasi yetarli darajada boy bo‘lishi, fikrlash salohiyati rivojlanishi uchun o‘z tilidagi leksema va leksik birliklarni mazmun-mohiyatini chuqur bilmog‘i, nutq sharoitiga mos tarzda so‘zlash malakasiga ega bo‘lmog‘i lozim. Ma’lumki, jamiyatni inson tebratadi. Uni buyuk kelajak sari yetaklash ham, tubanlik qa’riga tortish ham insonning qo‘lida. Shu sabab jamiyat a’zolarining, ayniqsa, o‘sib kelayotgan avlodning ma’naviy kamoloti yangilanayotgan O‘zbekistonda davlat ahamiyatiga molik dolzarb masalaga aylandi. Bugungi kunda o‘zbek o‘quvchilarini ham ruhan, ham aqlan, ham jisman yetuk qilib shakllantirish uchun milliy o‘quv dasturlar, oila, maktabgacha tarbiya muassasalari va maktabda tamomila yangicha yo‘sinda ish olib borilishi kerak bo‘ladi[1]. Taniqli leksikograf, pedagog, bir necha zamonaviy o‘quv lug‘atlari muallifi L.A.Vvedenskaya o‘zining mashhur “Ritorika va nutq madaniyati” nomli kitobida 73 shunday kirish qilgan edi: Muloqotning eng muhim vositasi so‘zdir”. Darhaqiqat, s o‘zning qudrati haqida antik dunyo olimlaridan tortib bugungi davr filosof va filologlari ham yetarlicha bahs yuritmoqdalar. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, “antonimlik hodisasi abstarkt otlar tabiatida uchraydi”[2]. Abstarkt otlar o‘rtasidagi ma’noviy ziddiyatlar talqini xalqimizning madaniyati, ma’naviyati, dunyoqarashi, e’tiborli jihati qadriyatlar tizimi bilan bog‘liq. Zero, yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va zulmat, adolat va haqsizlik, hayot va o‘lim, rost va yolg‘on, sog‘lik va kasallik, do‘stlik va dushmanlik, mehnatkashlik va dangasalik, boylik va kambag‘allik, aql va ahmoqlik kabi qadriyatlar tizimi har bir xalq hayotining ajralmas qismiga aylangan. Aql, farosat, topqirlik, chaqqonlik kabi fazilatlar insoniyat uchun azaldan qadriyatlarga aylanib ketgan hodisalar hisoblanadi. Bu tushunchalar xalq og‘zaki ijodida ham, badiiy va publitsistik adabiyotda ham o‘z ifodasini topgan. Uzoqdagi ovni ko‘rib, Yaqindagi yovni ko‘rmas bo‘lma maqolida ham farosat, aql bilan harakat qilish lozimligi antonimiyadan mohirona foydalanish orqali xalqona usulda aks ettirilgan[5]. Zid ma’noli so‘zlar biri aytilganda ikkinchisi ya’ni zidi inson ongida tayyor turadi. Zid ma’noli so‘zlarning ahamiyatini maqollar, iboralar, so‘zlar, qo‘shimchalar misolida keng tushuntirib berilgani bilan o‘quvchilar hayotida amaliy ahamiyat kasb etmasa, bugungi til ta’limi oldidagi ustuvor maqsad amalga oshmagan hisoblanadi. Qachonki, berilayotgan mavzu asosida amaliy –nutqiy fikrlashga yo‘naltirilgan maqsadli mashqlar, topshiriqlar ishlab chiqilsa o‘quvchilarda tanqidiy va tahliliy fikrlash, nutq vaziyatiga ko‘ra fikr bildira olish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Ularda zukkolik, topqirlik, o‘ziga bo‘lgan ishonch, berilganlar ichidan munosibini tanlash, ularni tekshirish, zidlash, tahlil qilish kabi ongda bajariladigan bilish jarayonlari bevosita amalga oshadi. Jahon tilshunosligi va tajribasiga nazar tashlansa, zid ma’noli so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati rus, ingliz va turk tillarining o‘zida o‘quvchilarning yosh nuqtayi nazaridan bir necha turi nashr etilgan, ulardan foydalanib kelinmoqda. O‘quvchilarga bu lug‘atlarning amaliy ahamiyati juda katta. Yangi avlod darsliklariga yordamchi sifatida turli o‘quv lug‘atlarini joriy etish va ulardan nutq o‘stirish bo‘yicha samaralarga erishish mumkin. Bugungi kundagi maktab ta’limida yangi avlod darsliklari nashr etildi. Bu darsliklarni yaratishdagi asosiy tamoyillar o‘quvchining fikrlash salohiyatini o‘stirish, nutqini ravon va til unsurlaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanishga yo‘naltirish, grammatikadan qochish va tildan amaliy foydalanishga asoslangandir. O‘quvchilar nutqiy ko‘nikmmalarini shakllantirishning dastlabki omillari darslikda berilayotgan mashqlar va unga qo‘shimcha lug‘atlar hisoblanadi. O‘quvchilarda antonimlar qo‘llanilishining amaliy ahamiyatini oshirish, milliy ta’lim asoslarining yoshlar ongida rivojlanishini ta’minlash uchun mashqlar 74 salmog‘ini oshirish va qiziqarli topshiriqlar bilan boyitish lozim. Buning uchun o‘zbek xalq maqollaridan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. “Ma’naviy - axloqiy aksiologemalar ichida do‘stlik-dushmanlik munosabatlari nafaqat insonlar, balki butun borliqdagi o‘zaro aloqalarni ko‘rsatuvchi hodisadir. Uning tildagi ko‘rinishi, tilda voqelanishi ham ma’lum bir xalqning aksiosferasi, qolaversa dunyoqarashi, moddiy va ma’naviy olami bilan uzviy bog‘liq. Ablah do‘st dushmandan yomon, Ne hiyla bilsa ishlatar oson, Burgut kuchi oyog‘ida, odamnikido‘stlikda, Dushmanning do‘sti-mening dushmanim, Dushmanimning dushmanimening do‘stim; Jahi dushman-aql do‘st kabi maqollarda qadriyatga aylangan holatlarni yoki uning aksini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Maqollar tarkibidagi antonimlarning leksik-semantik, funksional-uslubiy xususiyatlarini o‘rganish o‘zbek xalqi madaniyati, urf-odati, an’analari, dunyoqarashi, milliy qadriyatlari haqida muhim ma’lumotlar berishi bilan ahamiyatli. Shuningdek, insoniyat uchun muhim hodisa va holatlardagi qarama-qarshiliklarni, kishilarning ichki dunyosidagi ziddiyatlarni nomlab kelishi bilan tilning aksiologik tomoni bilan uzviy bo‘g‘liqdir”[5]. Maktab o‘quvchilarini antonim so‘zlar bilan chuqurroq tanishtirish uchun o‘zbek xalq maqollaridan foydalanishning bir necha afzalliklari mavjud. Eng avvalo, o‘quvchilar ongida mavjud, nutqida tayyor, va uning mohiyati mazmuni tarbiyaviy ahamiyatga ega. Zero, xalq og‘zaki ijodi bilimdoni, yozuvchi G‘afur G‘ulom aytganidek: ”Har qirrasida yetti rang oftob tovlanib turgan xalqimiz ijodi unchamuncha kishining zehni yetmaydigan darajada boydir ”. Dono fikrlarni, o‘tkir haqiqatni, teran mazmunni, so‘z xazinasining duru-javohirlarini o‘zida mujassam etgan rang-barang maqollar nutqimizning ta’sir etuvchi vositalari orasida eng ta’sirchan, eng esda qoluvchi, kishini o‘ylashga, fikr-mulohaza yuritishga beixtiyor majbur qiluvchi kuchga egadir. Ularning kishilik jamiyati va har bir inson hayoti uchun naqadar qimmatli ahamiyatga molik ekanligini jahon donishmandlari qadimqadimdan e’tirof etib, qayta-qayta uqtirib kelganlar: “Barcha kishining kuchi ovqatdandir, aqlning kuchi esa hikmatdandir”(Aristotel); “Agar aqlli bo‘lishni istasang, hikmat o‘rgangilki, aql hikmat bilan kamol topadi”(Kaykovus); “Qisqa ifodalangan o‘tkir fikrlar hayotni yaxshilashga ko‘p xizmat qiladi”( Sitseron); “Men qadimgi donishmandlarning… bizga qoldirib ketgan aql durdonalarini ko‘zdan kechiraman; agarki biz ulardan nimadir yaxshi bir narsaga duch kelsak,uni o‘zlashtirib olamiz va juda katta foyda orttirgan bo‘lamiz”(Suqrot). 75 Har bir millat asrlar davomida juda katta hayotiy tajriba to‘playdi, shu tajribani turli vositalar bilan kelajak avlodlarga meros qilib qoldiradi. Maqol va hikmatli so‘zlar ana shunday bebaho ma’naviy merosimiz hisoblanadi. Dunyoda hikmat durdonalari yaratmagan, ularni asrlar osha ko‘z qorachig‘idek asrab, avaylab, sayqal berib, tilida, dilida saqlab kelmayotgan biror xalq yo‘q. O‘zbek xalqi ana shularning biridir. Jahon madaniyatining ravnaqi uchun Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy singari ko‘plab buyuk olim va allomalar yetishtirib bergan xalqimizning madaniyatini, donishmandligini, umuman, kamolotini yer yuzining jamoatchiligi qadimdan e’tirof etib kelgan. Shunday ekan, bu bebaho ma’naviy merosimiz bilan yosh avlodni qurollantirishimiz lozim. Bunda ikki asosiy maqsadga erishgan bo‘lamiz. Til nuqtayi nazaridan o‘quvchilar maqollar orqali antonim so‘zlar haqida chuqur bilimga ega bo‘ladilar, amaliy jihatdan shu maqollar vositasida ma’naviyati, dunyoqarashi kengayib, o‘sib boradi. Avval o‘yla, keyin so‘yla. Do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib. Adabni beadabdan o‘rgan. Aytmoq osonqilmoq qiyin. Zarar ko‘rmay, foyda qayda?! Zaharning ozi nima-yu, ko‘pi nima? Mehr temirni eritar, qahr toshni yorar. Yaxshi so‘z –jon ozig‘i, yomon so‘z-bosh qozig‘i. Maqollarda ifodalangan qarama-qarshilik, leksema semasidagi zidlik o‘quvchini mulohazaga chorlaydi. O‘qituvchi maqollardan namunalar keltirib xattaxtada yoki elektron doskalarda yozib ularni ham leksik, ham mazmun jihatdan izohlab, o‘quvchilarga shunday zid ma’noli maqollar izlashga topshiriq bersa ta’limiy maqsadga erishiladi. Adabiyotlar: 1. Q. Husanboyeva. Tahlil-adabiyotni anglash yo‘li.monografiya. Toshkent, Muharrir nashr, 2013y. 2. Введенская Л.А. Риторика и культура речи / Л.А.Введенская, Л.Г.Павлова. – изд. 12-е. – Ростов н/Д: Феникс, 2012. – С. 3. 3. Shukurov R . O‘zbek tilida antonimlar.-T;Fan,1977.-154b,-16b. 4. G.Komilova. A.Navoiy nomidagi TDO‘TAI mustaqil tadqiqotchisi.Antonim so‘zlar vositasida qadriyat va bahoning ifodalanishi. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 ISSUE3 2021.