FRAZEOLOGIK GRADUONIMIYA
Full text
132 FRAZEOLOGIK GRADUONIMIYA Shahlo Akmal qizi Asadova Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17441323 Annotatsiya: Psixolingvistik tаlqinda lisonning psiхоfizik hоdisа ekаnligi u o‘zidа umumiylik, mоhiyat, imkоniyat, sаbаb kаbi sifаtlаrni mujаssаmlаshtirgаnligini isbоtlаydi. Lisоn bundаy хususiyatlаrini аniq fоrmаlаrdа – хususiy hоdisа vа vоqеliklаr sifаtidа yuzaga chiqaradi. Frazema va frazemalararo ma’noviy munosabat ham shular jumlasidandir. Zero, lison va unga tegishli har bir tushuncha o‘ziga xos sеrqirrаlikka ega. Kalit so‘zlar: lison, nutq, umumiylik, xususiylik, frazema, ibora, frazemalararo munosabat. Annotation: The psycholinguistic interpretation of language as a psychophysical phenomenon proves that it embodies qualities such as generality, essence, potential, and causality. Language expresses these characteristics in concrete forms—as specific phenomena and realities. Phraseological units and the semantic relationships between them are also among these features. Indeed, language and every concept related to it possess a unique multifaceted nature. Keywords: language, speech, generality, particularity, phraseological unit, expression, interphraseological relationship. Tаshqi strukturаsigа qаrаb guruhlаrgа аjrаtishdа frаzеоlоgik birliklаr tаrkibidаgi qismlаrning miqdоri аsоs qilib оlinаdi. Bundаy guruhlаsh nаtijаsidа frаzеоlоgik graduonimlаr tаbiаtigа ko‘rа nеchа so‘z (kоmpоnеnt)dаn tаrkib tоpgаnligi аniqlаnаdi. O‘zbеk tilidаgi frаzеоlоgizmlаrni tаshqi strukturаsigа qаrаb quyidаgichа guruhlаrgа аjrаtish mumkin: 1.Ikki kоmpоnеntli frаzеоlоgizmlаr. 2.Uch kоmpоnеntli frаzеоlоgizmlаr. 3.To‘rt vа undаn оrtiq kоmpоnеntli frаzеоlоgik birliklаr. Ikki kоmpоnеntli frаzеоlоgizmlаrga quyidagilarni misol keltirish mumkin: amri mahоl (qiyin, gumon), anqоning urug‘i (taqchil, kamyob), aqldan оzmoq (jinni bo‘lmoq) va h. Uch kоmpоnеntli frаzеоlоgizmlаrga quyidagilarni misol keltirish maqsadga muvofiq: arpasini хоm o‘rmoq (nima yomоnlik qilmoq), barmog‘ini bigiz qilmoq (niqtab ko‘rsatmoq), bir cho‘qishda qоchirmoq (оsоnlikcha yеngmoq), chizgan chizig‘idan chiqmaydigan (barcha talablarini to‘la-to‘kis bajaradigan, ko‘rsatmasiga ko‘ra ish tutadigan) va h. To‘rt kоmpоnеntli frаzеоlоgizmlаrga quyidagilarni misol keltirish o‘rinli: boshini qayoqqa urishini bilmaydigan (ilojsiz, chorasiz), fikrlari bir yerdan chiqadigan (fikr-o‘ylari mоs, hamfikr), gapni bir jоyga qo‘ymoq (o‘zarо kelishmoq) va h.
133 Frazeologizm ikki yoqlama lisoniy birlik, shakl va mazmunning dialektik birligidan iborat. Frazeologizmning shakliy tomonini so‘z (leksema emas) tashkil qiladi. Ularning mazmuniy tomoni frazeologik ma’nodir. Frazeologik ma’no o‘ta murakkab tabiatli, leksemada bo‘lgani kabi ayrimi denotativ tabiatli bo‘lsa, boshqalari grammatik ma’noga ega, xolos. Masalan, mustaqil so‘z turkumiga kiruvchi frazeologizm: (burgaga achchiq qilib, ko‘rpaga o‘t qo‘ymoq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq; ko‘ngli bo‘sh; hash-pash deguncha) denotativ ma’noga ega bo‘lsa, turgan gap, shunga qaramay kabi nomustaqil frazeologizmlar faqat grammatik vazifa bajaradi. Odatda, frazeologizmning ma’nosi bir leksema ma’nosiga teng deyiladi. Biroq ular hech qachon teng emasligi kuzatiladi. Chunki frazeologizm va leksema ma’nosi teng bo‘lsa edi, unda frazeologizm ortiqcha bo‘lib qolar edi. Misol sifatida yoqasini ushlamoq frazeologizmi bilan hayron bo‘lmoq leksemasining ma’nolarini qiyoslab ko‘raylik. Mazkur frazeologizm “kutilmagan, tushunib bo‘lmaydigan narsa yoki hodisadan o‘ta darajada ta’sirlanib, taajjublanmoq” bo‘lsa, hayron bo‘lmoq leksemasi “kutilmagan, tushunib bo‘lmaydigan narsa yoki hodisadan ta’sirlanmoq” sememasiga ega. Har ikkala ma’noda ham kishi ichki ruhiy holati (denotat) aks etgan. Biroq frazeologizm ma’nosida “o‘ta darajada” va “so‘zlashuv uslubiga xos”, “bo‘yoqdor” semalariga egaligi bilan “hayron bo‘lmoq” leksemasidan farqlanadi. Demak, frazeologizmning ko‘pincha, ifoda semalarida obrazlilik, bo‘yoqdorlik bo‘rtib turadi. Umuman olganda, frazeologik ma’no torroq va muayyanroq, leksema ma’nosi esa, unga nisbatan kengroq va mavhumroq bo‘ladi. Masalan, [hayron bo‘lmoq] leksemasi nutqiy voqelikda qo‘llanilishiga ko‘ra umumuslubiy va hassiy-ta’siriy jihatiga ko‘ra bo‘yoqsiz hisoblanadi. Shuning o‘ziyoq mazkur leksemani nutqning barcha uslublarida qo‘llash imkoniga egaligini va turli “bo‘yoqlar” bilan ishlatish mumkinligini ko‘rsatadi. Ko‘rinadiki, frazeologizm va leksema bir narsa yoki hodisani atasa-da (atash semelari bir xil bo‘lsa ham), ifoda bo‘yoqlari bilan keskin farqlanib turadi (ya’ni ifoda semalari turlichadir). Frazeologizm bir va birdan ortiq mustaqil so‘zdan tashkil topadi. Biroq uning ma’nosi tashkil etuvchi ma’nolarining oddiy yig‘indisi emas. Masalan, qo‘yniga qo‘l solmoq frazeologizmining ma’nosi qo‘yin, qo‘l, solmoq leksemalari ma’nolari sintezi yoki qo‘shiluvchisi emas. Frazeologizmning ma’nosi tashkil etuvchi so‘z to‘la yoki qisman ko‘chma ma’noda ishlatilishi natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, birovning fikrini bilishga urinish harakati uning qo‘ynini titkilab, nimasi borligini bilishga intilish harakatiga o‘xshaydi. Natijada, qo‘yniga qo‘l solmoq erkin birikmasi o‘zidan anglashilgan mazmunga o‘xshash bo‘lgan boshqa bir mazmunni ifodalashga
134 ixtisoslashadi va qurilma frazeologizmga aylanadi. Yoki kishi qo‘ltiqlab ketayotgan tarvuzini tushirib yuborsa, qanday ahvolga tushadi? Biror narsadan ruhiy tushkunlikka tushgan odamning holati shunga monand va erkin birikma frazeologizm mohiyatiga ega bo‘lgan [3;4]. Bu esa, frazeologik ma’noning mantiqiyligidan dalolat beradi. Frazeologizm tarkibidagi ayrim so‘zning ko‘chma ma’noda, boshqalarining o‘z ma’nosida qo‘llanilishi natijasida ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, aqlini yemoq, ko‘zini bo‘yamoq, ko‘zi ko‘ziga tushmoq, og‘zi qulog‘ida frazeologizmlarida aql, ko‘z, og‘iz so‘zlari o‘z ma’nosida, yemoq, bo‘yamoq, tushmoq, qulog‘ida so‘zlari ko‘chma ma’noda. Ba’zan harakat-holatning natijasini ifodalovchi qurilma frazeologizmga aylanadi. Masalan, kishi afsuslanishi natijasida barmog‘ini tishlab qolishi mumkin. Shuning uchun barmog‘ini tishlab qolmoq qurilmasi frazeologik qiymat kasb etgan. Tishni-tishga qo‘ymoq, tepa sochi tikka bo‘lmoq, labiga uchuq toshmoq iboralari ham shular jumlasidandir. Ayrim frazeologizm turli irim-sirimlar, tushuncha, rivoyat asosida ham shakllanadi: 1. “Jabrdiyda”ning ham, guvohlarning ham dumi xurjunda gaplari shunday savollar berilishini talab etardi. (M.Ismoiliy) 2. Hammani qo‘yib, sizning soldat o‘g‘lingizga tegaman deb ko‘zim uchib turibdimi? (M.Muham.) 3. Uning eriga mening ko‘zim tekkan emish. (I.Rahim) Nutqda frazeologizmlarning aksariyati birma’noli ekanligini kuzatamiz. Ammo polisemantiklik frazeologizmlarda ham uchrab turadi. Masalan, aqli yetadi frazeologizmi “idrok qilmoq”, “ishonch hosil qilmoq” ma’nosiga, bo‘yniga qo‘ymoq iborasi 3 ta – “aybni birovga to‘nkamoq”, “isbotlab bermoq”, “muayyan ishni bajarishni birovning zimmasiga yuklamoq” ma’nolariga, qo‘lga olmoq iborasi esa, 4 ta – “o‘z ixtiyoriga o‘tkazmoq”, “qo‘qqisdan hujum qilib bosib olmoq”, “qamash maqsadida tutmoq”, “biror yo‘l bilan o‘z xohishiga bo‘ysunadigan qilmoq” ma’nolariga ega. Frazeologik polisemiyada barcha ma’no ko‘chma bo‘lganligi bois, ularni bosh va hosila ma’nolarga ajratish qiyin. Leksikada bo‘lgani kabi frazeologiyada ham lisoniy-semantik munosabat amal qiladi. Bular quyidagilar: Frazeologik sinonimiya. Til – uzoq tarixiy taraqqiyot mahsuli bo‘lib, undagi sinonim so‘z va iboralar kishi tafakkuri tadrijiy rivoji bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Ma’nodosh so‘zlar kishilarning so‘z ma’nolarini har tomondan to‘laroq, mukammalroq ochishga urinishi natijasida vujudga keladi. Masalaga ana shu nuqtayi nazardan qaraganda, har qanday tilning lug‘at tarkibidagi asosiy vositalardan birini sinonim so‘z va iboralar tashkil etadi.
135 Sinonimiya – semantik hodisa sifatida shunday izohlanadi: “Til birliklarining (so‘zlar, iboralar va b.) bir xil denotativ ma’noga ega bo‘lishi asosida guruhlanishiga sinonimiya (yunoncha – bir xil nomga egalik) deyiladi” [1]. Sinonimlarning fikrni aniq, maqsadga muvofiq ifodalash uchun xizmat qilishi ma’nodoshlikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi va tilning lug‘aviy birliklaridan tashkil topadigan ma’nodoshlik qatorlari ijtimoiy hayotda bo‘layotgan o‘zgarishlar asosida to‘ldirilib boradi. Leksemalarda sinonimiya hodisasi ko‘proq ot so‘z turkumi doirasida kuzatilsa, frazeologizmlardagi sinonimiya esa, asosan, fe’l so‘z turkumi, sifat va qisman ravish so‘z turkumi doirasidagi frazeologik birliklarda uchraydi. B.Yo‘ldoshev “Frazeologik uslubiyat asoslari” o‘quv qo‘llanmasida frazeologik sinonimlarning frazeologik variantlardan farqlarini qayd qilib, ularning qo‘llanishida frazeologik sinonimlarni ham biri o‘rnida ikkinchisini ishlatsa bo‘ladi, lekin sinonim iboralar uslubiy jihatdan o‘zaro mos bo‘lsa, adabiy-uslubiy normaga muvofiq kelsagina o‘zaro o‘rin almashadilar”, deb ta’kidlaydi. Ammo makur qo`llanmada ham frazeologik sinonimiya hodisasi frazeologik graduonimiya hodisasidan farqlanmagan. Sinonim frazeologizmlarni frazeologik variantdan farqlash lozim. Sinonim iboralarda ayni bir so‘z bir xil bo‘lishi mumkin. Lekin qolgan so‘zlar sinonim leksemaning ko‘rinishlari bo‘lmasligi lozim. Jonini hovuchlab va yuragini hovuchlab iboralarida bir xil so‘z mavjud. Ammo jon va yurak so‘zlari sinonim leksema ko‘rinishi emas. Кo‘ngliga tugmoq va yuragiga tugmoq iboralariga frazeologik variant sifatida qarash o‘rinli. Shuningdek, reja tuzmoq yoki reja qilmoq birliklarida ham variantlilik kuzatiladi. Ma’nodoshlik hodisasi frazeologizmlarda ham mavjud. Faqat shu o`rinda bir narsaga e’tibor qaratish zarur. Ma’nodosh frazeologizmlarning atash semasi bir xil bo‘ladi. Masalan, ipidan ignasiga – miridan sirigacha, qilidan quyrug‘igacha kabi iboralarida “butun tafsiloti bilan” atash semasi umumiy. Ammo ular uslubiy xoslanganlik va bo‘yoqdorlik darajasini ifodalovchi semalari bilan farqlanganda, leksik ma’no buyog‘ida ortish yoki kamayish bo‘lganda, albatta, frazeologik graduonimiya yuzaga keladi. Frazeologik graduonimiya. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, lisoniy sistema boshdan oyoq birinchi bosqichdan eng quyi bosqichlargacha qat’iy sistemaviy qurilish tabiatiga ega. Tabiiyki, til birligi sifatida frazemalar ham lisonda o‘ziga xos tizim sifatida yashaydi. Xuddi leksemalarda bo‘lgani kabi frazeologizmning graduonumik paradigmasida birliklar ifoda semalari darajasiga ko‘ra farqlanadi. Demak, iboralar ham o‘ziga xos darajalanish qatorlarini hosil qila oladi. Buni badiiy asarlardan olingan misollarda kuzatish mumkin.
136 Frazeologik graduonimlarning deyarli barchasi majoziy ma’noda qo‘llanuvchi obrazli iboralar bo‘lib, ular muallif nutqining rang-barang, ta’sirchan bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi, personaj nutqiga tavsif berishda eng samarali vositalardan biri sanaladi. Masalan, tirnog‘iga arzimaslik – harom tukiga arzimaslik – bosgan iziga arzimaslik – sariq chaqaga arzimaslik. Frazeologik graduonimlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular u yoki bu frazeologik birlikning emotsional-ekspressiv imkoniyatini farqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Frazeologizmdagi darajalanish, giponimiya, funksionimiya, iyerarxionimiya kabi semantik munosabatlar o‘z tadqiqini kutmoqda. Adabiyotlar: 1. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Raupova L., Qurbonova M., Abuzalova M., Yuldasheva D. Hozirgi o`zbek tili. Darslik. – Buxoro: Durdona, 2021.–555 b. 2. Вафоева М. Ўзбек тилида фразеологик синонимлар ва уларнинг структурал-семантик таҳлили: Филол. фан. номзоди дисс. – Самарқанд.– 2010.‒ Б.112. 3. Yuldasheva D.N., Asadova Sh.A. O‘zbek tilida frazeologik graduonimiya. Monografiya. ‒ Germaniya: Globe Edit international Publishing Group.– 2021.– 85 p. 4. Yuldasheva D.N., Asadova Sh.A. Graduonimiya hodisasi va uning tadqiqi xususida// Ayniy vorislari, 2024. ‒ Buxoro, 2-son. ‒ 106-110-b.