TO'RA NAFASOVNING LINGVISTIK TAHLILGA OID QARASHLARI
Full text
137 TO‘RA NAFASOVNING LINGVISTIK TAHLILGA OID QARASHLARI Chariyeva Sarvinoz Tuyg‘unovna, Qarshi davlat universiteti tayanch doktoranti Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17441327 Annotatsiya. Mazkur maqolada professor T.Nafasovning “Lingvistik tahlil” kitobida tilshunoslik bo‘limlari yuzasidan tadqiq qilgan tahlil usullari haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, olimning tahlil yo‘nalishlari va prinsiplariga o‘ziga xos yondashuvi ko‘rsatib berilgan. Kalit so‘zlar: tahlil, lingvistik tahlil, fonetik, orfografik, orfoepik, leksikologik, frazeologik, so‘zni morfemalarga ajratish, morfologik, punktuatsion, stilistik, sintaktik, sodda gap va qo‘shma gap bo‘yicha tahlil va semantik darajalarda tahlil, struktural tahlil, semantik tahlil, ilmiylik prinsipi. Abstract. This article provides information on the methods of analysis studied by Professor T. Nafasov in the book "Linguistic Analysis" on the branches of linguistics. Also, the scholar's unique approach to the directions and principles of analysis is shown. Keywords: analysis, linguistic analysis, phonetic, orthographic, orthoepic, lexicological, phraseological, word morpheme division, morphological, punctuation, stylistic, syntactic, analysis of simple and compound sentences and analysis at semantic levels, structural analysis, semantic analysis, principle of scientificity. Tilshunoslikda olingan nazariy bilimlarni amaliy jihatdan mustahkamlovchi usul lingvistik tahlildir. Bu masala ko‘plab olimlarni diqqatini tortib kelgan. Jahon tilshunosligida Ferdinant de Sossyur, Noam Chomskiy, Leonard Bloomfiend, Roman Yakobson, Edvard Sapir, Mixail Baxtin, Jon Lyons, A.V.Tekuchev, N.N.Staxovskiy, G.P.Domashenkina, B.T.Ivanova, R.I.Lixtma, O.Ya.Prik asarlari orqali tilshunoslikda tahlilning o‘ziga xos usullarini yaratishga muvaffaq bo‘lganlar. O‘zbek tilshunosligida esa dastlab Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiy, keyinchalik Qayum Ramazon, G‘ulom Zikrillayev, Shavkat Rahmatullayev, Abdug‘affor Rasulov, Ne’matulla Mahmudov, Olimjon Safarov, To‘ra Nafasov va To‘ra Qudratovlar lingvistik tahlil bo‘yicha alohida tadqiqotlar olib borgan. Professor To‘ra Nafasov o‘zbek tilshunosligining turli yo‘nalishlarida samarali ilmiy izlanishlar olib borgan olimlardan biridir. Uning tadqiqotlari asosan o‘zbek tili grammatikasi, uslubshunosligi, matn lingvistikasi va tilning ijtimoiy funksiyalari masalalariga bag‘ishlangan. Nafasov ilmiy ishlari til birliklarining shakl va mazmun uyg‘unligi, ularning nutqiy jarayondagi vazifasini yoritishga qaratilgan bo‘lib, o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotiga sezilarli hissa qo‘shgan. Olimning darslik va qo‘llanmalari tilshunoslik nazariyasi bilan bir qatorda amaliy til o‘rganishga ham xizmat qiladi. Olimning T.Qudratov bilan hamkorlikda yaratilgan “Lingvistik tahlil” asari o‘zbek tilshunosligida qimmatli manbadir. Ushbu qo‘llanma tilshunoslik bo‘limlarini nazariy va amaliy jihatda o‘rganishga bag‘ishlangan metodik qo‘llanmadir. Asarda
138 tildagi birliklarni – fonetik, orfografik, orfoepik, leksikologik, frazeologik, so‘zni morfemalarga ajratish, morfologik, punktuatsion, stilistik, sintaktik, sodda gap va qo‘shma gap bo‘yicha tahlil va semantik darajalarda tahlil qilish usullari keng yoritilgan. Har bir tahlil o‘zining izchilligi, ilmiyligi va tushunarliligi bilan ajralib turadi. Tilshunoslik bo‘limlarini mukammal va oson o‘rganishga ushbu tahlillarning ahamiyati katta. Tahlil jarayonida faqat shakl va tuzilish emas, balki mazmuniy, uslubiy va funksional qatlamlarga ham e’tibor qaratilgan. Lingvistik tahlilni faqat quruq qoidalar asosida emas, balki ilmiy metodologik asoslarda o‘rganishga yordam beradi. Olim lingvistik tahlilni dastlab og‘zaki va yozma tahlil turlariga ajratadi. Har ikki tahlil ham talabaning og‘zaki va yozma nutqini oshirishga xizmat qilishini ta’kidlaydi. Bundan tashqari olim lingvistik tahlilni til hodisalarini qamrash chegarasiga ko‘ra to‘liq va to‘liqsiz tahlilga ajratadi. To‘liq tahlil sohani mukammal o‘rganuvchilar va filologlar uchun mo‘ljallangan jarayon bo‘lib, darsda va alohida to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tishda foydalaniladi. To‘liqsiz tahlil dars davomida mavzular orasida amaliy jihatdan bajariladi. Ma’lumki, tahlil jarayoni til birliklariga uch xil yondashuvni taqozo qiladi: 1.Struktural tahlil – bunda til birliklarining ichki qurilishi va shakliga tayaniladi. Tuzilish jihatdan tahlil olib boriladi. 2. Funksional tahlil – bu tahlil til birliklarini nutq jarayonidagi vazifasini o‘rganishga yordam beradi. 3.Semantik tahlil – bu jarayon esa o‘rganilayotgan til birligini ma’nosini chuqur ochishga qaratilgan bo‘ladi. T.Nafasovning ushbu asari o‘zbek tilshunosligida til birliklarini ilmiy tahlil qilish metodologiyasini yaratishga xizmat qilgan muhim manbalardan biridir. Asar tilshunoslik nazariyasi va amaliyotini bog‘lab, yosh tadqiqotchilarga ilmiy izlanishlarida yo‘l ko‘rsatadi. Professor T.Nafasov lingvistik tahlilda 4 ta prinsipga asoslanganini kuzatishimiz mumkin. 1. Ilmiylik prinsipi. 2. Ma’lum tahlil asosida ish ko‘rish prinsipi. 3.Bir tahlilni boshqa bir tahlil bilan aralashtirib yubormaslik prinsipi. 4.Tahlilni sistematik o‘tkazib berish prinsipi. Har bir prinsip alohida sharhlab berilgandan so`ng lingvistik tahlil namunalari va bosqichlari ketma-ket ko`rsatib berilgan. Lingvistik tahlil bosqichlarida ham uzviylik bo‘lib, oddiydan murakkabga tomon qarab boradi. Har bir tahlilda ma’lum bir bo‘lim mavzulari to‘liq qamrab
139 olinadi. Ushbu kitobda T.Nafasovning sintaksis va punktuatsion tahlil alohida yondashgan. Jumladan, olim sintaktik tahlil bo‘yicha 6 xil tahlilni tartibini ishlab chiqqan: 1.So‘z birikmasi bo‘yicha; 2. Sodda gap bo‘yicha; 3.Bir tarkibli (sostav) sodda gap bo‘yicha; 4. Gap bo‘laklari bo‘yicha; 5, Qo‘shma gap bo‘yicha; 6. O‘zga gapli qo‘shma gap bo‘yicha. Har bir tahlilni alohida bosqichlarga bo‘lgan va misollar orqali alohida-alohida tahlil qilib bergan. Tahlil namunalari ko‘rsatib berilgan. Misol tariqasida so‘z birikmasi tahlilini olamiz: “Katta bino: bino – hokim so‘z, ot bilan ifodalangan; katta – tobe so‘z sifat bilan ifodalangan. sifat+ot. so‘rog‘i – qanday?, Tartibi – oddiy – tobe so‘z hokim so‘zdan oldin kelgan. tobelanish; otli birikma, hokim so‘z – ot; atributiv (aniqlovchili) birikma, sifatlovchi-aniqlovchili birikma, sifatli birikma; sifat+ot. birikma komponentlari so‘z tartibi orqali bog‘langan; bitishuv, tobe va hokim so‘zlar hech qanday grammatikbelgilarga ega emas; sodda birikma; tobe so‘z belgi-hajm birldiradi. Birikma predmet (bino) va uning belgisini (atta) anglatadi” 1 . Ko‘rinadiki, professor T.Nafasov tahlil jarayonlarida uzviylik va ketmaketlikka amal qilgan holda har bir tinish belgi haqidagi ma’lumotlarni aniqlashtirishga erishgan. Asar bilan tanishar ekanmiz, lingivistik bilimlarimiz boyib, tilshunoslikning har bir bo‘limi haqida tushunchalarga ega bo‘lamiz. Garchi asardagi ba’zi bir tahlil jarayonlari hozirgi tilshunoslik uchun sodda tuyulsada, “Lingvistik tahlil” kitobi o‘z davrida eng dolzarb asar sifatida maydonga kelgan. Hozirda ham soha vakillari uchun muhim qo‘llanmadir. 1 Қудратов Т., Нафасов T. Лингвистик таҳлил. – Тошкент, Ўқитувчи, 1981. – Б. 74.
140 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Соссюр, Ф. де. Курс общей лингвистики. – Париж: Payot, 1916. – 423 с. 2. Якобсон, Р. Лингвистика и поэтика // Стиль в языке. – Кембридж (США): MIT Press, 1960. – С. 350–377. 3. Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. 3 jildlik. – Toshkent: Fan, 1960–1963. – J. 1: 465 b.; J. 2: 472 b.; J. 3: 480 b. 4. Mahmudov, N. Zamonaviy o‘zbek tili tizimi va struktural tahlil. – Toshkent: Universitet, 2010. – 276 b. 5. Навоий, А. Муҳокамат ул-луғатайн. – Тошкент: Фан, 1960. – 156 б. 6. Қудратов Т. Нафасов T. Лингвистик таҳлил. – Тошкент: Ўқитувчи, 1981. – 184 b. 7. Рамазон, Қ. Ўзбек тили фонетикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1974. – 248 б. 8. Rasulov, A. Matn lingvistikasi. – Toshkent: Fan, 2007. – 212 b. 9. Раҳматуллаев, Ш. Ўзбек тили лексикологияси. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий университети нашриёти, 1992. – 215 б. 10. Safarov, O. O‘zbek tilining frazeologik tizimi va semantik tahlili. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2012. – 240 b. 11. Зикриллаев, Ғ. Ўзбек тили грамматикаси: Морфология ва синтаксис масалалари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1985. – 284 б.