scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KASBI TUMANI TOPONIMIYASIDA TRANSONIMIZATSIYA HODISASI

Quyanov Samandar Sayliyevich

Full text

146 KASBI TUMANI TOPONIMIYASIDA TRANSONIMIZATSIYA HODISASI Quyanov Samandar Sayliyevich QarDU mustaqil tadqiqotchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17441353 Annotatsiya. Bu maqolada Kasbi toponimiyasida transonimizatsiya hodisasi va uning tasnifi va talqini tilshunoslikka xos manbalarga tayangan holda asoslanib, tahlilga tortilgan. Kalit so‘zlar: tra(ns)…, transonimizatsiya, transkripsiya, transform, transliteratsiya, transformatsiya, maʼno oʻzgarishi, o‘tish. Abstract. This article analyzes the phenomenon of transonymization in the toponymy of professions, its classification and interpretation, based on linguistic sources. Keywords: tra(ns)…, transonymization, transcription, transform, transliteration, transformation, change of meaning, transition. Ma’lumki, tra(ns) morfemali terminlar deyarli barcha fan sohalarida uchraydi, ulardan ba’zilari barcha fanlar uchun umumiy bo‘lib, uning semalari har bir sohada bir qadar integral va differensial istifoda etiladi. “Xalqaro terminelementlarning izohli-illyustrativ lug‘ati”da “tra(ns)... [lot. trans – orqali, ichidan, o‘rtasidan, ustidan; bilan] – old ko‘makchi, old qo‘shimcha; o‘zlashma so‘zlarning birinchi qismi bo‘lib kelishi va sohalarda transatlantik, transalpik, transuran, transduksiya, transliteratsiya, transplantatsiya transfeksiya, transferaza, transferensiya, transfer(t), transfokator, transformatsiya, transgressiya, transkontinental (qit’alararo), translokator, translyator, translyatsiya, transmigratsiya, transmilliy (korporatsiya), transmissiya, transplantolog, transport, transportyor, transpozitsiya, transseksualizm; transsudatsiya, transverzit, transvestit, transvestizm, tranzistor, tranzitivizm; transduksiya, transfuziya, translokatsiya, transpiratsiya, transplantatsiya, transplantologiya, transuran 1 kabi terminlar qayd etilgan va ayrimlariga izohlar keltirilgan. Ushbu trans… morfemali terminlardan quyidagilari tilshunoslik terminlari lug‘atida qayd etilib, izohlangan: “Transkripsiya [lot. transcriptio (trans-scriptio) – ko‘chirib yozish] – 1) biror tildagi nutq tovushlarining talaffuzini shartli belgi va harflar vositasida aniq aks ettirish; shu maqsad uchun xizmat qiladigan belgilar tizimi; 2) biror soz yoki ovoz uchun mo‘ljallab yozilgan musiqa asarini boshqa soz yoki ovoz ijrosi uchun moslashtirish yoki uni ustalik bilan qayta ishlash. Transliteratsiya [trans...+ lot. lit(t)era – harf+...atsiya] – biror alifbo asosida yozilgan matnlar yoki alohida so‘zlarni boshqa bir alifbo vositalari bilan harfma-harf 1 Madvaliyev A. va boshq. Xalqaro terminelementlarning izohli-illyustrativ lug‘ati. – Toshkent: Donishmand ziyosi, 2023. – B. 388. 147 aks ettirish; transpozitsiya (lot. tranosittio – o‘rin almashtirish). Grammatik kategoriyalarning o‘ziga xos bo‘lmagan vazifada qo‘llanishi. Mas., bir turkum so‘zining matnda boshqa turkum so‘zi kabi qo‘llanishi; Transform transformaniya natijasida hosnl bo‘lgan tuzilma. Mas., aniq tuzilmaning o‘zgarishi bilan hosil bo‘lgan majhul tuzilma. Transformatsiya (lot. transformatio – qayta tuzmoq). Asosin sintaktnk tuzilmani til qonun-qoidalari asosida o‘zgartirib, ikkinchi bir tuzilma hosil qilishi” 2 kabi. Tilshunoslikning alohida bir sohasi bo‘lmish onomastikada va ushbu sohaga oid terminlar lug‘atida transantronomizatsiya, transkriptor, transkripsion lug‘at, transkripsiya, transliteratsiya, transonimizatya, tranpozitsiya, transformatsiya terminlari keltirilib, izoh berilgan 3 . Ushbu maqolamizda Kasbi tumani toponimlaridagi transonimizatyasi hodisasi haqida batafsil to‘xtalamiz. Dastlab bu atama izohiga e’tibor beradigan bo‘lsak, “transonimizatya (lot. trans – orasidan, ichidan + onomizatsiya) – biror tip atoqli otning boshqa tip atoqli otga o‘tishi. Mas.: etnonimning toponimga, aksincha toponimning etnonimga o‘tishi” 4 . Transonimizatya tushunchasi biror nomning maʼno yoki shakl jihatdan oʻzgarishi, boshqa nom bilan almashinishi mumkin boʻlgan soʻzlarni anglatadi. Bunday hodisa tilda biror nomning oʻzgarishi yoki yangi nomlar paydo boʻlishi holatida kuzatilishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, bu bir nomning boshqa nomga aylanish jarayonini bildiradi. Bu hodisa quyidagi holatlarda kuzatilishi mumkin. Maʼno oʻzgarishi: Bir nomning maʼnosi vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib, boshqa nomga aylanishi. Oʻxshashlik (analitika): Bir nomning boshqa nom bilan maʼno yoki shakl jihatidan oʻxshashligi sababli almashinishi. Anʼanaviy qabul qilinishi: Baʼzi nomlar maʼlum bir kontekstda boshqa nom bilan almashinib qoʻllanilishi mumkin. Hodisaga diqqat qaratilsa, bu holat 2 xilda amalga oshishi mumkin: a) boshqa ko‘lamdagi atoqli otning toponimga o‘tishi (antroponim toponimga yoki etnonim toponimga va boshqalarga o‘tishi); b) toponimik ko‘lamdagi onimlarning bir-biriga o‘tishi (gidronim oykonimga yoki komonim oykonimga yoki nekronim komonimga o‘tishi). Shunga ko‘ra Kasbi toponimiyasiga e’tibor berilsa, bu hodisa har ikkala jarayonda ham namoyon bo‘ladi. Jumladan, I. Boshqa ko‘lamdagi atoqli otning toponimga o‘tishi: 1. Antroponim, taxallus, laqab dromonimga: Zulfiya, Abdulla Avloniy, Furqat, Muhammad Yusuf, Cho‘lpon, Musa Jalil, Sayido Nasafiy, Imom Buxoriy, Razzoq Hamrayev, Usmon 2 Hojiyev A. Tilshunoslik terminlar izohli lug‘ati. – Toshkent, 2002. – B. 111. 3 Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати. – Наманган, 2006. – Б. 84. 4 Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати. – Наманган, 2006. – Б. 84. 148 Nosir, Lutfiy, Fuzuliy, Nodirabegim, Akmal Ikromov, Sharof Rashidov, Hofiz Xorazmiy, Ahmad Yassaviy, Esaboy, Sobir Rahimov, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Imom Moturidiy, Imom Termiziy, Alisher Navoiy, Mirzo G‘olib, Abdurauf Fitrat, Mirxond, Islom Karimov, Abulqosim Zirgan, Zaynnab Sadriyeva, Lutfixonim Sarimsoqova, Abulmajid Sanoiy, Temuriyzoda, Maknuna, Nizomulmulk, To‘maris, Sakkokiy, Ogahiy, Komil Yormatov, Mirtemir, Maqsud Shayxzoda, Mahmud G‘aznaviy, Farididdin Attor, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Farg‘oniy, Maxsum Vosiliy, Al-Buxoriy, Said Ahmad, Huvaydo, Mohlaroyim, Ismoil Javhariy, Latif Fayziyev, Muxtor Ashrafiy, Abdulla Oripov, Xoja Ahror Valiy, Pahlavon Mahmud, Amir Temur, Muso Xorazmiy, Ahmad Yugnakiy, Najmiddin Kubro, Xo‘ja Bahouddin Naqshband, Saroymulkxonim, Is’hoqxonto‘ra Ibrat, Aruziy Samarqandiy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Nosiriddin Rabg‘uziy, Abdurahmon Jomiy, Abul Fazl Nasafiy, Akademik Yahyo G‘ulomov, Sayfi Saroyi, Berdaq, Shiroq, Bibixoni, Xondamir, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdurahmon Mushfiqiy, Halima Nosirova, Komiljon Otaniyozov, Botir Zokirov, Saida Zunnunova, Fazogir Solijon Sharipov, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abulhasan Ma’mun, O‘rol Tansiqboyev, Chingiz Ahmarov, Turob To‘la, Asqad Muxtor, Muhammad Ali Buxoriy, Mahmud azZamaxshariy, Ramz Bobojon, Nosir Buxoriy, Qutb Xorazmiy. 2. Antroponim nekronimga: Nazarbobo, Imom Muhammad Sadr Islom, Ibrohimota, Hazrati Sulton Mir Haydar. 3. Biblionimning dromonimga: Zarbulmasal. 4. Fitonimning toponimga o‘tishi: Mehrigiyo. 5. Etnonimning toponimga: Turkman, Qoʻngʻirot, Qozoq. II. Toponimik ko‘lamdagi onimlarning bir-biriga o‘tishi: 1. Komonim nekronimga: Qamashi, Cho‘lquvar 2. Oykonim nekronimga: Fazli, Maymanoq, Denov. Xullas, Kasbi toponimlari bo‘yichа оlib bоrilgаn tаdqiqоtlаrning аksаriyаti o‘z dаvri tоpоnimik tаdqiqоtlаridаgi аn’аnаviy usuldа bаjаrilgаn bo‘lib, ulаrdа Kasbi tоpоnimlаrining shаkllаnishidа hududning o‘zigа xоs tаrixiy-etnоgrаfik, ijtimоiy-iqtisоdiy hаmdа gеоgrаfik xususiyаtlаri, mаhаlliy nоmlаr, jоy nоmlаrigа аsоs bо’lgаn etnоnimlаrning о‘rni vа аhаmiyаti, ulаrning etimоlоgiyаsi hаmdа tuman tоpоnimiyаsini tizimlаntirishgа dоir muаmmоlаr bartaraf etish va tаhlil qilishni talab etmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Madvaliyev A. va boshq. Xalqaro terminelementlarning izohli-illyustrativ lug‘ati. – Toshkent: Donishmand ziyosi, 2023. – 432 b. 2. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlar izohli lug‘ati. – Toshkent, 2002. – B. 111. 3. Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати. – Наманган, 2006. – Б. 84.