scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AVESTANING ILMIY JIHATDAN TATBIQ ETILISHI

Nasriddinov, Dilovar

Abstract

This article discusses the relevance of studying Zoroastrianism, the history of researching the "Avesta" book, which is considered the foundation of this religion, and presents some conclusions drawn from scholars' scientific investigations.

Full text

PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 180 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us AVESTANING ILMIY JIHATDAN TATBIQ ETILISHI Nasriddinov Dilovar Muslixadim o‘g‘li Termiz davlat pedagogika instituti stajyor-o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada Zardushtiylik dining o‘rganilish dolzarbligi, ushbu dinnig asosi hisoblangan “Avesto” kitobining o‘rganilish tarixi, olimlarning ilmiy izlanishlari natijasida kelingan ba’zi xulosalar keltirilgan Kalit so`zlar: Dinshunoslik, huquqiy tafakkur, Zardushtiylik dini, Avesta, K.Bartolomey, “maqtov qо‘shig‘i”, Eski Avesta (Gatalar) Abstract: This article discusses the relevance of studying Zoroastrianism, the history of researching the "Avesta" book, which is considered the foundation of this religion, and presents some conclusions drawn from scholars' scientific investigations. Keywords: Religious studies, legal thought, Zoroastrianism, Avesta, K. Bartholomae, "hymn of praise," Old Avesta (Gathas) Jahondagi globallashuv jarayonlari sivilizatsiyalarning ijtimoiy-maʼnaviy tayanchini mustahkamlashda diniy qarashlar muhim omil ekanligini isbotlamoqda. Zero, insoniyat tarixida u yoki bu shakldagi din bilan bogʻliq boʻlmagan madaniyat yoʻq. Sivilizatsiyalar tarixidagi siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, maʼnaviy va mafkuraviy yondashuvlar diniy taʼlimotlarda mujassamlashgan. Dunyodagi ilk monoteistik taʼlimot – zardushtiylik shakllangan Oʻrta Osiyo mintaqasidagi turli diniy qarashlar evolyutsiyasi, tadrijiy taraqqiyoti, shuningdek, ularning jamiyat taraqqiyotining barqaror rivojlanishi va sivilizatsiyalar muloqotidagi oʻrnini yoritib berish muhim ahamiyatga ega. Jahonning Angliya, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Rossiya, Italiya, AQSh kabi davlatlarining yetakchi ilmiy tadqiqot markazlari tomonidan Oʻrta Osiyo xalqlari qadimgi diniy qarashlari, taʼlimotlarning shakllanishi va evolyutsiyasiga oid masalalar keng tadqiq etilmoqda. Zardushtiylik dinining vatani, paydo boʻlgan davri, uning asosida turuvchi mafkuraviy qarashlar, moddiy madaniyatda aks etishi, tadrijiy taraqqiyoti, transformatsion oʻzgarishi va boshqa dinlarga oʻzaro taʼsiri masalalarining yoritilishi koʻplab savollarga javob bermoqda. Shu jihatdan, ibtidoiy diniy qarashlardan jahon dini bosqichiga oʻtishda muhim qadam boʻlgan, shartli ravishda “protozardushtiylik” deb ataluvchi, zardushtiylikdan avvalgi eʼtiqodni oʻrganish mazkur tadqiqot mavzusining dolzarbligini koʻrsatadi. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 181 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us “Avesta” – bu zardushtiylik dinining asosini tashkil qiladigan manbalar tо‘plamining umumiy nomidir. “Avesta” tarkibidagi har bir kitob “nask” deb ataladi. Beruniyning ma’lumotiga kо‘ra “Avesta” jami 30 nask bо‘lgan, makedoniyalik Aleksandr Fors saltanatini (Ahamoniylar imperiyasi) bosib olganidan sо‘ng uning hududidagi barcha zardushtiylik ibodatxonalarini vayron etishga va “Avesta” nusxalarini yо‘q qilishga buyruq bergan. Beruniy, shuningdek, sо‘ngi ahamoniy hukmdor Doro III (mil.avv.380330) xazinasida “Avesta”ning 12 ming qoramol terisiga oltin harflar bilan bitilgan nusxasi saqlanganligi haqida ham ma’lumot berib о‘tadi. 1 “Avesta” – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik e’tiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu ta’limotdan boshlangan. Bu kitob tarki “Avesta” atamasining kelib chiqishi hamon bahsligicha qolmoqda va uning lug‘aviy ma’nosi ham noaniq. Bu sо‘z ilk marta pahlaviy bitiklarida “abestāg” shaklida uchraydi. Olimlar bu terminni turlicha talqin qilgan. Talqinlarning aksariyati K.Bartolomeyning ma’lumotiga borib taqaladi va u rekonstruksiya qilingan “upa stavaka”, ya’ni “maqtov qо‘shig‘i” sо‘zidan kelib chiqqani ilgari suriladi. Ammo tadqiqotlar natijasi о‘laroq, bu sо‘z о‘rta eroniy tillaridagi pwst’k(a) (pustak), ya’ni “kitob” yoki “hujjat” sо‘zi bilan bog‘liq bо‘lishi mumkin. Bu sо‘z asosan sharqiy eroniy tillarga xos bо‘lib, pwst (pōst) – “pо‘st, teri” sо‘zi asosida shakllangan. Bu sо‘z keyinchalik derivatsion bosqichlardan о‘tib, parfiyoniy tilida pwstag (pōstag) shaklida “pergament, kitob” ma’nosida 2 , sо‘g‘d tilida pwstk, pwst’k (pūstak, pūstāk) shaklida “kitob, xat, hujjat, pergament” ma’nolarida 3 , baxtar tilida πωσταγο (pustag) kо‘rinishida “kitob, hujjat, shartnoma” ma’nolarida 4 uchraydi. Hatto sanskrit tilidagi ham “kitob” ma’nosidagi pustaka sо‘zi ham sharqiy eroniy tillardan о‘zlashgan bо‘lishi mumkin, degan qarash ham mavjud. 5 Avestani ilmiy tatbiq etish bo‘yicha quyidagi ilmiy fikrlarni keltirishimiz mumkin: 1. Avesta - ko‘p yo‘nalishli ilmiy manba sifatida. Avesta faqat diniy matn sifatida emas, balki ko‘p tarmoqli ilmiy tadqiqotlar uchun asosiy qadimiy manbalardan biri hisoblanadi. Unda til, din, tarix, huquq, axloq, jamiyat va madaniyatga oid qimmatli ma'lumotlar jamlangan. Shu sababli Avesta atrofida filologiya, tarixshunoslik, 1 Beruniy, Abu Rayhon. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. 2020. Toshkent: “O‘zbekiston” 2 Boyce, Mary Textual Sources for the Study of Zoroastrianism, 1984. Manchester 3 Gharib, B. Sogdian Dictionary (Sogdian-Persian-English). 1995. Tehran: Farhangan Publications. 4 Sims-Williams, N. Bactrian documents (from Nothern Afghanistan) I Legal and economic documents, 2000. Oxford: Oxford University Press. 5 Saʼdullayev Sh va Abdurahmanova M. “ Qadimgi so‘g‘d va Sanskrit tillarining leksik jihatdan yaqinlik xususiyatlari” Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 1.5 (2021): 907 912. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 182 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us huquqshunoslik, etika, qiyosiy dinshunoslik kabi fanlarda ilmiy izlanishlar olib boriladi 2. Qadimgi til va matnshunoslik tadqiqotlari uchun asos. Avesta tili, xususan Eski Avesta (Gatalar) va Yangi Avesta (Videvdad va boshqa qismlar) filologik jihatdan chuqur o‘rganiladi. Avesta matnlari asosida hind-eron tillarining shakllanishi, indoevropa tillari bilan aloqalari tahlil qilinadi. Bu esa tilshunoslikdagi qiyosiy va tarixiy metodlarni rivojlantiradi. 3. Dinshunoslik va falsafiy tafakkur tarixining o‘rganilishida tutgan o‘rni. Avesta diniy-falsafiy mazmuni orqali inson tafakkurining dastlabki bosqichlarini, diniy dualizm (yaxshi-yomon, yorug‘lik-zulmat) g‘oyalarining shakllanish jarayonini yoritadi. Bu g‘oyalar keyingi yirik diniy tizimlarga (Manixeylik, Gnostitsizm, ba’zi Islomiy oqimlar) ta’sir o‘tkazgan. Shuningdek, zardushtiylikdagi axloqiy tamoyillar bugungi zamon kontekstida ham dolzarb ahamiyatga ega. 4. Tarixiy va madaniy antropologiya uchun noyob manba. Avestada qadimgi Eron xalqlari hayoti, urf-odatlari, ijtimoiy tuzilmasi, qadimiy geografik bilimlari va voqealar aks ettirilgan. Videvdad bo‘limi orqali qadimiy gigiyenik, tibbiy, agrar va huquqiy an’analar aniqlanadi. Bu jihatdan Avesta qadimgi jamiyatlar hayotini rekonstruksiya qilishda katta ahamiyatga ega. 5. Huquqiy tafakkur va qadimiy qonunchilikni tahlil qilish uchun asos. Avesta, ayniqsa Videvdad, qadimgi diniy-huquqiy normalar, jinoyat turlari, jazolash va poklanish marosimlarini ifodalaydi. Bu qadimgi Eron huquqiy tafakkurini o‘rganish imkonini beradi va boshqa qadimgi qonunchilik tizimlari bilan (masalan, Hammurapi qonunlari, Muso qonunlari, Rim huquqi) qiyosiy tahlil qilish uchun zamin yaratadi. 6. Qiyosiy dinshunoslikda markaziy ahamiyatga ega. Avesta boshqa muqaddas matnlar — Vedalar, Bibliya, Qur’on bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Shu orqali umumiy mifologik obrazlar, diniy ramzlar, ibodat shakllari aniqlanadi. Bu diniy arxaik tafakkurning umumiy ildizlarini ko‘rsatadi 7. Zamonaviy g‘oyalar va qadriyatlar bilan bog‘lanish imkoniyati. Avestadagi “yaxshi o‘y, yaxshi so‘z, yaxshi amal” tamoyili — zamonaviy etika, ekologik ong, insonparvarlik va ijtimoiy adolat g‘oyalari bilan mushtaraklik kasb etadi. Bu esa uni zamonaviy sivilizatsiyalararo muloqot doirasida ham tatbiq etish imkonini beradi. Avesta matni — zardushtiylikning asosiy muqaddas kitobi bо‘lib, uning ilmiy jihatdan tatbiq etilishi turli sohalarda katta ahamiyat kasb etadi. Avesta yozilgan til olimlar tomonidan shartli ravishda avesta tili deb nomlangan. Avesta tili lingvistik, adabiy va konseptual xususiyatlarga kо‘ra kо‘hna va yangi avesta tili deb farqlanuvchi dialektlarga ega bо‘lib, kо‘hna avesta tili yangi avesta tilidan bir necha PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 183 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us asrlar oldin paydo bо‘lgan 6 “Avesta”ning Yasna naskida 17 ta goh (gatha) mavjud bо‘lib, ular bayon etilgan til “Avesto”ning boshqa qismlari yoritilgan tildan farq qiladi. Avestashunoslikda ushbu gohlar “Zardusht qо‘shiqlari” deb ham yuritiladi, chunki ularning barchasi kontekstual va konseptual jihatdan Zardusht tilidan aytilganligi ma’lum. Gatha sо‘zi avesta tilida “qо‘shiq”, “tilovat” ma’nosini anglatadi va hozirgi hind-oriy tillarida ham geit shaklida “qо‘shiq” ma’nosini saqlagan holda iste’molda mavjud. О‘zbek va tojik milliy qо‘shiq-musiqa tizimi – shoshmaqom tarkibida ham “dugoh”, “segoh”, “chorgoh” singari ashulachilik terminlari mavjud va sharqshunos olim Mirsodiq Is’hoqov gatha atamasini о‘zbek tiliga goh shaklida tarjima qilgan. 7 Gohlar tili – kо‘hna avesta tili sharqshunos O.Skvervyoga kо‘ra mil.avv. II mingyillikning oxirlarida shakllangan bо‘lishi mumkin. Yangi avesta tili esa, ehtimol, zardushtiylik ahamoniy podsholar diniga aylangan davrda shakllangan 8 . Kо‘hna va yangi avestaning til xususiyatlari eroniy tillarning “о‘rta eroniy” bosqichiga о‘tishidan ancha oldin shakllanganini kо‘rsatadi. 9 Aytib о‘tish joizki, ushbu din paydo bо‘lgan davr va uning vatani – hali fanda oxirigacha tо‘liq yechilgan masalalar emas. Zardushtiylik dini payg‘ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish Avestada “Mazdayasna” dini deb atalgan. Bu sо‘zni “Mazdaga sig‘inmoq” deb tarjima qilish mumkin. “Mazda” sо‘zi “donish, donishmand, oqil” kabi talqin etiladi. Zardushtiylik yana “Behdin”, ya’ni “Eng yaxshi din” deb ham ulug‘langan. Uning ta’limotiga kо‘ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. “Mazda” sо‘zi oldiga ulug‘lash ma’nosini anglatuvchi “Axura” qо‘shilib, zardushtiylikning ilohiyati – Axura-Mazda nomi paydo bо‘lgan. Bu – “Janob Mazda” yoki “Iloh” demakdir. Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zarduts, Zoroatsr kо‘rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar о‘rtasida Zardushtning tarixda bо‘lgan yoki bо‘lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Ba’zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil. av. 1200-570 yillar orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Tadqiqotchi M. Boys ta’kidlashicha, u mil. av. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht Markaziy 6 Hintze A. “Zarathusrta’s Time and Homeland – Linguistics Perspectives”. – Stausberg: John Wiley&Sons, 2015. – 38 p. 7 Is’hoqov M.M. Avesta: “Zardusht “goh”lari (ma’no o‘zgartmalari va germenevtik talqinlari”. – T.: O‘zMK nashriyoti, 2022. – 306 b 8 Skjaervø, P. Oktor . "Old Iranian". In Windfuhr, Gernot (ed.). The Iranian Languages. Routledge. (2009) 9 Kreyenbroek, Philip G. "Early Zoroastrianism and Orality". Oral Tradition among Religious Communities in the IranianSpeaking World. Cambridge: Harvard University. (August 2022). PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 184 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Osiyo hududida mavjud bо‘lgan kо‘pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Beruniy, Abu Rayhon. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. 2020. Toshkent: “O‘zbekiston” 2. Boyce, Mary Textual Sources for the Study of Zoroastrianism, 1984. Manchester 3. Gharib, B. Sogdian Dictionary (Sogdian-Persian-English). 1995. Tehran: Farhangan Publications. 4. Sims-Williams, N. Bactrian documents (from Nothern Afghanistan) I Legal and economic documents, 2000. Oxford: Oxford University Press. 5. Saʼdullayev Sh va Abdurahmanova M. “ Qadimgi so‘g‘d va Sanskrit tillarining leksik jihatdan yaqinlik xususiyatlari” Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 1.5 (2021): 907 912. 6. Hintze A. “Zarathusrta’s Time and Homeland – Linguistics Perspectives”. – Stausberg: John Wiley&Sons, 2015. – 38 p 7. Is’hoqov M.M. Avesta: “Zardusht “goh”lari (ma’no o‘zgartmalari va germenevtik talqinlari”. – T.: O‘zMK nashriyoti, 2022. – 306 b 8. 1 Skjaervø, P. Oktor . "Old Iranian". In Windfuhr, Gernot (ed.). The Iranian Languages. Routledge. (2009) 9. 1 Kreyenbroek, Philip G. "Early Zoroastrianism and Orality". Oral Tradition among Religious Communities in the Iranian-Speaking World. Cambridge: Harvard University. (August 2022).