TOLERANTLIKNING YOSHLAR TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Abstract
Bugungi kunda yoshlarni har tomonlama yetuk, yuksak bilim va salohiyatli etib tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirish muhim vazifalardan hisoblanadi. Yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirish, mafkuraviy yot g’oyalardan asrash, ularni bag’rikenglik asoslarida hayotga tayyorlashda tolerantlik muhim ahamiyat kasb etishi va tolerantlik shakllanishining bir qancha omillari maqolada yoritiladi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 430 TOLERANTLIKNING YOSHLAR TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI Salimova Sevara Asqar qizi https://doi.org/10.5281/zenodo.17443889 Annotatsiya. Bugungi kunda yoshlarni har tomonlama yetuk, yuksak bilim va salohiyatli etib tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirish muhim vazifalardan hisoblanadi. Yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirish, mafkuraviy yot g’oyalardan asrash, ularni bag’rikenglik asoslarida hayotga tayyorlashda tolerantlik muhim ahamiyat kasb etishi va tolerantlik shakllanishining bir qancha omillari maqolada yoritiladi. Tayanch so’zlar: Tolerantlik, tafakkur, tarbiya, qadriyatlar, oila, ta’lim. ЗНАЧЕНИЕ ТОЛЕРАНТНОСТИ В ФОРМИРОВАНИИ МЫШЛЕНИЯ МОЛОДЕЖИ Аннотация. Сегодня одна из важных задач -воспитать молодых людей во всех отношениях зрелыми, высокообразованными и способными, развить их в духе общечеловеческих ценностей. В статье подчеркивается важность толерантности в формировании толерантного мышления у молодежи, защиты от идеологических чужеродных идей, подготовки их к жизни на основе толерантности, а также ряда факторов формирования толерантности. Ключевые слова: толерантность, мышления, оброзование, ценности, семья. THE IMPORTANCE OF TOLERANCE IN FORMING THE THINKING OF YOUTH Annotation. Today, one of the important tasks is to bring up young people in all respects mature, highly educated and capable, to develop them in the spirit of universal values. The article highlights the importance of tolerance in the formation of tolerant thinking in young people, protection from ideological alien ideas, preparing them for life on the basis of tolerance, and a number of factors in the formation of tolerance. Keys words: tolerance, thoughts, education, values, family O’zbeklar azal–azaldan o’zida tolerantlik tuyg’ulariga boy millat hisoblanadi. Tolerantlik bizda umumiy ma’noda “bag’rikenglik” deb qabul qilingan. Tolerantlik o’zida bir necha milliy va umumbashariy ahloqiy normalar va estetik qadriyatlarni, shuningdek ijtimoiy dolzarb tushunchalarni mujassam etadi. Shu bois tolerantlikni ko’p qirrali ijtimoiy-psixologik kategoriya sifatida talqin qilinadi. Bugungi kunda tolerantlik nafaqat bizda balki, butun dunyoda muhim ahamiyat kasb etadigan fenomen desak mubolag’a bo’lmaydi. Murakkab globallashuv jarayoni, komunikatsiyalarning tez va shiddat bilan rivojlanishi, migratsiya va aholining ko’chib yurishi va boshqa bir qancha omillar tolerantlikning nechog’li ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatib turibdi. Mustaqillik yillarida tolerantlik tushunchasi mazmunini ilmiy-nazariy jihatdan o’rganish, yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishga doir ilmiy tadqiqotlarga ham keng e’tibor berila boshlandi. Tolerantlik umuminsoniy qadriyatlar tizimida alohida o’ringa egadir. Hozirgi davrda millatlarning o’zligini anglashga o’z manfaatlarini himoya qilishga, urf – odat, an’ana va qadriyatlarini saqlab qolish hamda ularni dunyo xalqlari o’rtasida ommalashtirishga qaratilgan harakat kuchayib bormoqda.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 431 O’zbekiston Respublikasida yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirish tizimi davlat va shaxs, davlat va fuqarolik jamiyati, davlat va oila ustuvorligi, oila himoyasi, davlat va milliy xavfsizlik, davlat va mafkura, davlat va ta’lim – tarbiya, davlat va aholi salomatligi, davlat va xotin – qizlar, davlat va yoshlar kabi o’zaro aloqador va mutanosib ijtimoiy – siyosiy yo’nalishlardan iborat qilib belgilanadi. Yurtboshimiz Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “2017 – 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Xarakatlar Strategiyasi” ning beshinchi yo’nalishi diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasiga qaratilgan. [1] Aytish joiz, davlatimiz rahbari tomonidan ushbu sohaga qaratilayotgan e’tibor xalqaro me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosining amaliy ifodasi hisoblanadi. Ayniqsa, Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning 2017 – yil 19 – sentabr kuni BMT ning 72 – sessiyasi minbarida turli dunyo hamjamiyatini islom ma’rifatini anglashga, diniy bag’rikenglik ruhida yashashga chaqirib, “Ma’rifat va diniy bag’rikenglik” rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi bilan chiqishi va buni dunyo hamjamiyati tomonidan qo’llab–quvvatlashini – o’zbek xalqi, umuman insoniyat uchun bag’rikenglik namunasi hamda ma’rifatga chorlov va ezgulik da’vati bo’ladi. Mazkur rezolyutsiyaga ellikdan ortiq davlatlar hammuallif bo’lish istagini bildirdi. [2] Zero, “Ma’rifat va diniy bag’rikenglik” rezolyutsiyasi barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlash, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko’maklashish, eng muhumi, bag’rikenglik va o’zaro hurmatni qaror toptirish, muhim xalqaro ahamiyatga ega. Shu jihatdan, yosh avlodni tolerantlik, hamjihatlik, turli millat va din vakillariga hurmat ruhida tarbiyalash bugungi globallashuv davrida har qachongidan muhim va dolzarb hisoblanadi. Bunda, din va jamoat tashkilotlari, o’zini o’zi boshqarish organlari o’rtasida ijtimoiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, dinshunoslik, adabiyot, ma’naviyat asoslari, milliy g’oya kabi fanlarni o’qitishda ko’proq tolerantlik tamoyillariga urg’u berish va bu asosida ma’naviy – axloqiy tarbiyani amalga oshirish, yoshlarni respublikadagi baynalmilal madaniyat markaziga tashriflarini uyushtirish va bu orqali turli millat vakillari bilan do’stona muloqotni kengaytirish orqali yoshlar ongiga tolerantlik tuyg’usini yanada chuqur singdirish mumkin. Shu o’rinda ta’kidlab o’tish lozimki, bugungi kunda kelib, mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yo’lga qo’yish borasida o’ziga xos amaliy ishlar qilinib, namuna bo’ladigan darajada tajriba orttirildi. Bunda milliy o’zlikni anglash, milliy g’urur va milliy iftixor tuyg’usini tarbiyalash, millatlarning tili, madaniyati, urf-odat va qadriyatlarini asrab-avaylash, xurmat qilish, mamlakatdagi boshqa millat vakillarini ham manfaatlarini har tomonlama o’ylab, millatlarning umumiy birdamligini ta’minlashga erishilmoqda. Shu bois respublikamiz hududida istiqomat qilayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari “O’zbekiston – umimiy uyimiz”, “O’zbekiston – yagona Vatan” shiori ostida yashamoqdalar va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etyaptilar. Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda oilaning roli va ijtimoiy mavqei juda balanddir. Shu bois, tolerantlik ham dastlab, oilada shakllantiriladi. Ona suti bilan go’dak tafakkuriga singdiriladi. O’zbek oilasida milliy qadriyatlar tarkibida tolerantlik o’zining ma’lum bosqichini o’tagan bo’lib, inson va komil inson tushunchasi bag’rikenglik, muloyimlik, ziddiyatlarsiz hayot kechirish, kechirimli bo’lish kabi hislatlarni ardoqlash va farzandlar
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 432 xarakterida tarbiyalashga yo’naltirilgan. Shuning uchun ham O’zbekistonda tolerantlik tafakkurini oilada shakllantirish jarayoni o’zining tarixiy – ijtimoiy hodisa ekanligini namoyon qiladi. Oiladagi tarbiyadan boshlab, bolani o’zgalar fikrini mutanosib qabul qilishga, o’z fikrini ham mutanosib anglashga o’rgatish lozim. Bugungi kunda oilaviy pedagogikada bola manfaatlari va uning zahiradagi fikrlash jarayonini anglab yetish muhimlik kasb etadi. Shunday ekan, oilada tolerantlikni shakllantirishda, ota-ona, bola, pedagoglar, ijtimoiy muhit omillarini tizimli tarzda tashkil etilishi lozim. Yoshlar ongiga bag’rikenglik g’oyalarini singdirishda ta’lim tizimi ham alohida ahamiyatga ega. Sababi, inson farzandlari aynan ta’lim muassasalarida to’plangan ijtimoiy tajriba va qadriyatlarni ilmiy asosda va tizimli tarzda o’zlashtirilib boradi. Qolaversa, ta’lim tizimi bosqichlari o’rtasidagi o’zaro bag’rikenglik tufayli tarbiya jarayonida tadrijiylik ta’minlanadi. Ta’lim tizimi yosh avlodda milliy g’urur, Vatanga muhabbat, millatparvarlik tuyg’ularini qaror toptirish barobarida ulardagi har qanday millatchilik tuyg’ularini, o’z millati, dinining boshqalarnikidan ustunligi kabi tuyg’ular yuzaga kelishining oldini olish zarur. Zero, bu tuyg’ularning yoshlar qalbida kurtak ortishi, pirovard natijada, milliy nizolarga, diniy to’qnashuvlarga olib kelishi mumkin. Demak, ta’lim muassasalarining muhim vazifalaridan biri – yoshlarda tolerantlik tuyg’usini qaror toptirishdan iborat. Bundan ko’rinib turibdiki, ta’lim tizimi millatlararo totuvlik, bag’rikenglik g’oyasini singdirishga xizmat qiluvchi muhim mexanizm bo’lishi bilan bir qatorda, ta’bir joiz bo’lsa, millatlararo munosabatlarning ahvolini ko’rsatuvchi o’ziga xos ko’zgudir. Yoshlarda tolerantlik sifatlarini shakllantirishda Sharq mutafakkirlari merosining ham o’rni kattadir. O’zbek millatining etik–estetik, axloq va odob, ma’naviy-ma’rifiy, falsafiy qadriyatlari tizimida tolerantlik g’oyalari eng qadimgi davrlardan boshlab rivojlantirilgan va o’ziga xos tarzda shakllantirilgan. Tolerantlik tushunchasida inson axloqiga oid sabr–bardoshli bo’lish, hurmat, e’zoz, izzat ko’rsata olish, rahmdillilik, mehru – mruvvat kabi sifatlar an’anaviy xususiyatga ega bo’lgan. Tolerantlikning tarixiy ildizlari eng qadimgi “Avesto”, “O’rxun-Enasoy bitiklari”, “So’g’d yozuvlari” kabi adabiy yodgorliklarda shakllantirilgan va inson odobi, uning ma’naviy-ruhiy aqidalarining zarur talabiga aylangan. “Kattalarni hurmat qilish, kichikka izzat bilan qarash” o’zbeklarning milliy axloqiy talablaridan hisoblangan.[8] Islomda diniy bag’rikenglik din arkonlarining asosiy mezonlari tizimiga singdirilgan. Islom madaniyatida insoniy va diniy bag’rikenglik aqidalari keng targ’ib va tashviq etilgan. Islomda inson kamoloti va uning zimmasiga yuklatiladigan an’anaviy vazifalar shaxsning bag’rikenglik, sabr-bardoshli, hurmatli va o’zgalarni e’zozlash munosabati darajasida qo’yilgan.[9] Qur’oni Karim va Hadislarda diniy bag’rikenglik inson komilligi xususiyati sifatida e’zozlanishi qayd etiladi. Islom dini va uning tarixiy rivojlanish jarayonlari o’z takomili davrida har doim boshqa madaniyatlar va e’tiqodlarga hurmat bilan qaralgan, ularning ijobiy tomonlarini o’ziga mujassam etish va singdirishga harakat qilingan, o’zi ham o’zga madaniyatlar axloqiy qadriyatlari shakllanishiga ijobiy ta’sir o’tkaza olgan. Muhammad (s.a.v) ko’plab hadislarda nizolarning oldini olish, tajovuzkorlik va agressiv harakatlarni qoralaganlar.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 433 Masalan: “Yov bilan harbiy to’qnashuvni orzu qilmangiz, balki Allohdan xotirjamlik va osudalik tilangiz”. Shu bilan birga, boshqa hadisda “Qiyomat kuni odamlardan birinchi navbatda nohaq to’kilgan qonlar to’g’risida so’roq qilinur”,- deb aytilgan. Yana bir rivoyatda shunday deyiladi: Abu Saiddan so’rabdilarki, - “Bandaning egamga yetishi uchun qancha yo’llar bor?”- deb. Abu Said javob beribdilarki, “Ba’zilar - minglab yo’llar bor, – deyishadi”, ba’zilar bandalar qancha bo’lsa, shuncha yo’llar mavjud, - deb bilishadi. Ammo eng maqbul va qisqa yo’l, bu insonlarga to’g’ri yo’l ko’rsatib, mehribonlik qilish hamda insonlar manfaati uchun harakat qilishlikdir debdilar. Ya’ni insonga to’g’ri yo’l ko’rsatib, ularni yaxshi va ezgu amallarga yo’naltirish sof e’tiqod darajasiga ko’taradigan amal sifatida baholanadi. Shunday qilib, islom manbalarida tolerantlik va diniy bag’rikenglik inson komilligining muhim talablaridan biri sifatida tan olingan bo’lib, islom ulamolari har doim tolerantlik masalalariga alohida e’tibor bilan qarab, bag’rikenglikni tarannum etib kelganlar. Islom madaniyatining buyuk vakillari bo’lgan mutafakkir olimlar va shoirlar har vaqt tolerantlik tamoyillarini insoniy kamolotning qirralaridan biri ekanligini ta’kidlab kelishgan. O’zbekiston zaminida tavallud topib, islom madaniyatiga ulkan hissa qo’shgan ulamo va mutafakkirlarning tolerantlik taraqqiyoti va amaliyotida qo’shgan xissasini bir necha davrlarga bo’lib o’rganish mumkin. Islom dini, shariat va fiqhiy masalalarning ishlanishida dunyo tan olgan olimlardan Imom al-Buxoriy, Abu Mansur al-Moturudiy, Burxoniddin Marg’iloniy, Imom at-Termiziy, Abu Bakr al-Xorazmiy, Yusuf Hamadoniy sof diniy va fiqhiy yo’nalishda, AlFarobiy, Ibn Sino, alBeruniy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy kabilar diniy bag’rikenglik asoslarini ilmiy ishlab chiqqanlar, mazkur jarayon islom tarkibida tolerantlik tafakkurining ilmiy-falsafiy va diniy ishlanishida birinchi bosqich hisoblanadi.[6] Amir Temur va temuriylar davrida tolerantlikni joriy etish masalalari davlat va hokimiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri deb baholangan. Amir Temur, Ulug’bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Sakkokiy, Lutfiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Zahiridddin Muhammad Bobur kabilarning tolerantlik tafakkurini rivojlantirishga qo’shgan hissalari e’tiborga loyiqdir. Shu bois ushbu madaniy va ma’rifiy taraqqiyot davri tolerantlikni rivojlantirishdagi ikkinchi bosqich hisoblanadi. Najmiddin Kubro, Bahoviddin Naqshband, Xo’ja Ahrori Valiy, Jaloliddin Rumiy, Amir Xusrav Dehlaviy, Ahmad Yassaviy, Nizomiddin Avliyo va boshqalarning badiiy ijod namunalarida tolerantlik g’oyalari tarannum etilgan. Tasavvuf tariqatlari tizimida shakllantirilgan bag’rikenglik g’oyalari islom madaniyati tarkibidagi uchinchi bosqich hisoblanadi. Buyuk xamsanavis shoir Amir Xusrav Dehlaviy o’z hikmatlarida bag’rikenglik tamoyillariga ham to’xtaladi. U insonsevarlik va adolatparvarlik mezonlarini inson hayotining bosh mazmuniga aylantira olganligi bilan qadrlidir. Shu bois shoir g’oyalari hozirgacha o’z asl mohiyatini yo’qotmagan. Bag’rikenglik masalasi hamisha tinchliksevar davlatimiz siyosatini tashkil etib kelgan, bag’rikenglik ta’minlangan yurtda tinchlik, barqarorlik hukm suradi hamda o’zaro hamjihatlik, ishonch, hurmat kabi munosabatlar to’liq qaror topadi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 434 ADABIYOTLAR: 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Xarakatlar strategiyasi to’g’risida” gi farmoni. 2017yil 7 fevral. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz); 2. O’zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoyev 2017yil 19-sentabrda BMT 72-sessiyasida so’zlagan ma’ruzasi. (www.lex.uz); 3. Fitrat. Oila.-T.: Ma’naviyat. 1998; 4. Inomova M.O. Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi. -T.:TDPU,1999; 5. Qurbonov M. Oilaviy munosabatlar madaniyati va sog’lom avlod tarbiyasi. -T.: O’zbekiston, 2000; 6. Al-Moturudiy ta’limoti va uning Sharq xalqlari madaniyatidagi o’rni. Ma’ruzalar to’plami. -T.: 2000; 7. Boboyev X., Hasanov S., Avesto-ma’naviyatimiz sarchashmasi. -T.: Universitet, 1996: 8. Yo’ldoshev J., Hasanov S. “Avesto” da axloqiy-ta’limiy qarashlar. -T.: O’qituvchi, 1996; 9. Islom:bag’rikenglik va mutaassiblik. Z.M.Husnutdinov tahriri ostida.-.: 1998.