scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TA'LIM TIZIMIDA O'QUVCHILARGA RANGSHUNOSLIK TARIXINI O'RGATISHNING AHAMIYATI

Ankabayev Raxim Turg'unovich, Shermatova Tursunoy Turgʻunovna, Shonazarov Shahzod Sodiqjon o'g'li

Abstract

Mazkur maqolada insoniyat tafakkurining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan rangshunoslik fani va uning tarixiy shakllanish jarayoni haqida so‘z yuritiladi. Rangshunoslikning ilmiy asoslari, buyuk allomalar va rassomlarning bu boradagi izlanishlari, hamda ta’lim tizimida ushbu fan asoslarini o‘rgatishning zarurligi yoritilgan. Xususan, ranglar nazariyasining psixologik, estetik va ilmiy jihatlari, ranglar uyg‘unligi, ularning amaliy qo‘llanilishi hamda o‘quvchilarning estetik didini shakllantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlangan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 949 TA’LIM TIZIMIDA O‘QUVCHILARGA RANGSHUNOSLIK TARIXINI O‘RGATISHNING AHAMIYATI 1Ankabayev Raxim Turg‘unovich, 2Shermatova Tursunoy Turgʻunovna, 3Shonazarov Shahzod Sodiqjon o‘g‘li 1CHDPU San’atshunoslik fakulteti Tasviriy san’at va dizayn kafedrasi dotsenti, 2Jizzax viloyati Zomin tumani 14 sonli maktab boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, 3Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17443959 Annotatsiya. Mazkur maqolada insoniyat tafakkurining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan rangshunoslik fani va uning tarixiy shakllanish jarayoni haqida so‘z yuritiladi. Rangshunoslikning ilmiy asoslari, buyuk allomalar va rassomlarning bu boradagi izlanishlari, hamda ta’lim tizimida ushbu fan asoslarini o‘rgatishning zarurligi yoritilgan. Xususan, ranglar nazariyasining psixologik, estetik va ilmiy jihatlari, ranglar uyg‘unligi, ularning amaliy qo‘llanilishi hamda o‘quvchilarning estetik didini shakllantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlangan. Kalit so‘zlar: rangshunoslik, rang nazariyasi, estetik tarbiya, tasviriy san’at, rang uyg‘unligi, xromatik va axromatik ranglar, ta’lim, san’atshunoslik, amaliyot, rang aylana, spektr. Kirish Bugungi kunda O‘zbekiston ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlar, ilg‘or pedagogik usullar va estetik tarbiyani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o‘quvchilarni estetik tarbiyalash, ijodiy tafakkurini rivojlantirish va madaniy ongini shakllantirish muhim vazifa sifatida belgilangan. Rangshunoslik bu borada alohida o‘rin tutadi. Rangshunoslik fanining mazmuni va tarixiy asoslari Rangshunoslik — insoniyat qadimdan e’tibor qaratgan, ko‘plab olimlar va san’atkorlar tomonidan chuqur o‘rganilgan fan sohasidir. Bu fan inson ko‘zining ranglarni idrok etishi, ularning uyg‘unligi, hissiy ta’siri, fizik va kimyoviy xususiyatlari hamda estetik ko‘rinishlarini o‘rganadi. Quyidagi tarixiy shaxslar rangshunoslik taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan: • Aristotel – ilk falsafiy asoslar; • Leonardo da Vinchi – rang va yorug‘lik munosabatlari haqida ilmiy fikrlar; • I. Nyuton – ranglarni fizik jihatdan tahlil qilgan, spektr nazariyasini ilgari surgan; • M. Lomonosov, I.V. Gyote, G.L. Gelmgols – ranglarning tabiiy, psixologik va estetik ta’sirlarini ilmiy asosda o‘rganganlar. Sharq allomalari, xususan Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod va boshqa mutafakkirlar asarlarida ham ranglar ramziy ma’noda chuqur tahlil qilingan. Rangshunoslikning ta’limdagi o‘rni Ta’lim jarayonida rangshunoslikni o‘rgatish: • o‘quvchilarning estetik didini rivojlantiradi; • ranglar bilan ishlash madaniyatini shakllantiradi; INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 950 • tasviriy san’atda amaliy mahoratni oshiradi; • boshqa fanlar (fizika, kimyo, psixologiya, estetika) bilan integratsiyalashgan holda chuqur tahlil qilish imkonini beradi. Tasviriy san’at darslarida rang tanlash, ularni uyg‘unlashtirish, rang kontrasti va tusni aniqlash, shuningdek, ranglarning ramziy ma’nolarini tushunish orqali o‘quvchilar o‘z dunyoqarashlarini boyitadi. Ranglar haqidagi nazariyalar va amaliy jihatlar Rangshunoslik fani quyidagi asosiy tushunchalarni o‘z ichiga oladi: • Xromatik va axromatik ranglar; • Asosiy va qo‘shimcha ranglar; • Rang to‘yinganligi, yorqinligi, ohanglar uyg‘unligi; • Rang aylana va spektr; • Iliq va sovuq ranglar tasnifi; • Ranglarning psixologik ta’siri. Shuningdek, bu fan rassomlar, dizaynerlar, dekoratorlar, modelyerlar kabi ijodkor kasblarga tayyorlayotgan o‘quvchilar uchun amaliy tayyorgarlik vazifasini ham bajaradi. Xulosa va takliflar Rangshunoslikni ta’lim tizimiga kengroq singdirish orqali: • o‘quvchilarning estetik didi va ijodiy salohiyatini rivojlantirish mumkin; • o‘zbek rang nomlarini mustahkamlash va ularni amaliyotga joriy qilish imkoni yaratiladi; • rang tanlashda ilmiy yondashuv shakllanadi; • madaniyat va san’at sohalariga qiziqish ortadi. Taklif: Rangshunoslikni mustaqil fan sifatida maktab, kollej va oliy ta’lim muassasalarida chuqur o‘rgatish; zamonaviy tajriba darslari va laboratoriya mashg‘ulotlarini joriy etish; milliy madaniyatda ranglar ramziyatini o‘rganishga alohida e’tibor qaratish lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. A.Karirnov. “Ma’naviy yuksalish yo'lida”. IT.Uz. 1998. 2. Avliyakulova N.M. “Tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi”. 3. R. Xudayberganov. “Rangshunoslik asoslari”. 4. Ankabaev R.T. “Rangtasvir” / elektron darslik. 2021. 5. Ankabaev R.T. “Rangtasvir” / o‘quv qo‘llanma. “Ishonchli Hamkor”, 2021