OLIY TA'LIMDA KORRUPSION HOLATLARNI OLDINI OLISH MASALALARI
Abstract
Ushbu maqolada korrupsiyaga qarshi kurashishda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, korrupsiyaga qarshi kurashning nazariy masalalari va chora-tadbirlar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilib berilgan. Shuningdek, sohada korrupsiyani oldini olishda davlat siyosatining ahamiyati ko‘rsatib o’tilgan. Bundan tashqari, ushbu sohada muammoning koʻplab xususiyatlari tahlil qilingan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 444 OLIY TA’LIMDA KORRUPSION HOLATLARNI OLDINI OLISH MASALALARI Rashidova Dildora Mansur qizi Samarqand davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi. Sattorova Gulruh Furqat qizi Samarqand davlat pedagogika instituti 2-kurs talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17443984 Annotatsiya. Ushbu maqolada korrupsiyaga qarshi kurashishda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, korrupsiyaga qarshi kurashning nazariy masalalari va choratadbirlar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilib berilgan. Shuningdek, sohada korrupsiyani oldini olishda davlat siyosatining ahamiyati ko‘rsatib o’tilgan. Bundan tashqari, ushbu sohada muammoning koʻplab xususiyatlari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: korrupsiya, oliy ta’lim muassasasi, poraxoʻrlik, inson, huquqiy ong, qonun. ISSUES OF PREVENTING CORRUPTION IN HIGHER EDUCATION Annotation. This article provides a scientific and theoretical analysis of the work being carried out in the field of combating corruption in higher education, theoretical issues and measures in the fight against corruption. The importance of state policy in preventing corruption in the field is also indicated. In addition, many features of the problem in this area are analyzed. Keywords: corruption, higher education institution, bribery, person, legal consciousness, law. ВОПРОСЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ КОРРУПЦИИ В ВЫСШЕМ ОБРАЗОВАНИИ Аннотация. В статье представлен научно-теоретический анализ работы, проводимой в сфере противодействия коррупции в высшем образовании, теоретических вопросов и мер борьбы с коррупцией. Обозначена важность государственной политики в сфере профилактики коррупции. Кроме того, проанализированы многие особенности данной проблемы. Ключевые слова: коррупция, высшее учебное заведение, взяточничество, личность, правосознание, право. Ta’lim tizimi jamiyatning rivojlanishida katta ahamiyatga ega, chunki ta’lim orqali yangi avlodni tarbiyalash, ilmiy salohiyatni oshirish va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash mumkin. Ammo, ta’lim tizimida korrupsiya holatlari mavjudligi bu jarayonlarni jiddiy xalaqit beradi. Ta’limda korrupsiyaning oldini olish masalalari nafaqat ta’lim sifatini ta’minlash, balki jamiyatda adolat, shaffoflik va ishonchni mustahkamlash uchun ham muhimdir. Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda. OTMlarda talabalar uchun korrupsiya holatlari bilan to‘qnashganligi bo‘yicha xabar qilish imkoniyatini beruvchi turli xil so’rovnomalar tashkil etilyapti. OTMlari o‘quv jarayonlarida, talabalar bilimini tekshirish imtihonlarida va qabul jarayonlarida axbarot kommunikatsion texnologiyalar imkoniyatlari keng joriy etilmoqda. Korrupsiya haqida va uning oqibatlaridan xalqning, ayniqsa professor-o‘qituvchilar, talabalarning koʻpchilik qismini xabardor qilish maqsadida huquqiy targ‘ibot ishlari, ma’ruzalar, slaydlar OTMlarda keng targ‘ib qilinyapti.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 445 Shuningdek, jamoat joylarida ta’lim muassasalari tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashamiz” shiori ostida bannerlar o‘rnatildi.Korrupsiyaning ma’lum bir davlatda rivojlanishi esa shu mamlakatning tanazzuliga, rivojlanmasligiga olib keladi. “Korrupsiya” atamasi lotincha “corruptio” so’zidan olingan bo’lib “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadi. Korrupsiya bu – insonning mansab obroʻyidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turi sanalanadi. Korrupsiya faoliyati yashirin iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida aholidan pora olish, qonunga zid ravishda pul daromadlarini qo‘lga kiritib tushum qilish tushuniladi. Lekin, umuman olganda, davlat xizmatchilarigina emas, balki, davlat tashkilotlarida ishlamaydigan insonlar ham korrupsiyaga oid ishlarning ishtirokchilari bo‘lishi, pora pul emas, balki boshqa narsa evaziga ma’lum xizmatni amalga oshirishlari mumkin. Hozirgi kunda mamlakatimizda jinoyatchilikning sabablarini aniqlash choralari ko‘rilmoqda, korrupsiya holatini sodir etgan shaxslar qattiq jazolanmoqda, jinoyatni jazolashdan ko‘ra, uni oldini olish singari profilaktik tadbirlar yo‘lga qo‘yilmoqda, respublikamiz ichidagi jinoyatchilik doimo davlat tomonidan doimiy nazorat qilib tekshirilmoqda. Jinoyatchilik keng yoyilib ketishiga va korrupsiyachilar tomonidan aldangan mansabdorlarning qilmishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun bir qator uzoq muddatli chora-tadbirlar, masalalar amalga oshirilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro miqyosda hozirgi kuning eng dolzarb masalalaridan bir bo‘lib qolmoqda. Bu oqimga qarshi kurash dunyoning ko‘plab davlatlarini qamrab olmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qancha dasturlar joriy etildi va shular asosida keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Davlatimiz ta’lim tizimini tubdan yaxshilash uning sifati hamda samaradorligini ko’tarish, ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash doirasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Shuning bilan bir qatorda, oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, ta’limdagi korrupsiya va poraxo‘rlikning oldini olishga ham astoydil kirishilgan. Lekin korrupsiyaga qarshi kurash maqsadida olib borilayotgan kompleks chora-tadbirlarga qaramay yana shu illat bilan boyishni maqsad qilgan firibgarlar haligacha uchrab turibdi. Eng avvalo, kichik yoshdan korrupsiya, uning zararlari, oqibatlari haqidagi ilk dunyoqarash shakllantirilishi, bolalarda poraning eng oddiy shakllari haqida tasavvur hosil qilinishi zarur. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy usullari. 1.Shaffoflikni ta’minlash. Korrupsiyaning oldini olish uchun ta’lim tizimida shaffoflikni ta'minlash zarur. Bu, o'quvchilar, ota-onalar va jamoatchilik uchun barcha jarayonlarning ochiq boʻlishini anglatadi. Masalan: Imtihonlar va baholash jarayonlarini elektron tizimga o‘tkazish, shu bilan birga baholashning obektivligini ta'minlash, o‘qituvchilarni ishga olishda ochiq tanlovlar tashkil qilish va shaffof me’yorlarga asoslanish, grantlar va stipendiyalar taqsimotida shaffof jarayonlarni ishlab chiqish. 2. Qonunlar va normalarni kuchaytirish. Ta'lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunlar va normalarning muhim roli bor. Korrupsiya bilan kurashish uchun: Ta’limda korrupsiyaga qarshi qattiq jazolarni belgilovchi qonunlar ishlab chiqilishi kerak, oʻqituvchilar va talabalarga korrupsiyaga qarshi madaniyatni o‘rgatish, etik qadriyatlarni targ‘ib qilish zarur,
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 446 ta’lim sohasida korrupsiya holatlarini oʻrganish va tahlil qilish uchun maxsus inspektsiyalar va kuzatuvchi organlar tashkil etilishi lozim. 3. Oʻqituvchilar va talabalar uchun ta’lim va tarbiya. Korrupsiyaning oldini olish uchun ta'lim tizimida ta'lim va tarbiya zarur. Pedagogik kadrlar uchun korrupsiyaga qarshi maxsus treninglar, seminarlar o‘tkazish, shuningdek, talabalarga ham kasbiy etikani o‘rgatish, ularning huquqlarini va majburiyatlarini tushuntirish muhimdir. 4. Elektron tizimlar va texnologiyalarni joriy etish. Yangi texnologiyalarni joriy etish orqali ta'lim tizimida korrupsiyaga qarshi samarali kurashish mumkin. Misol uchun: Imtihonlarni onlayn tizimda o'tkazish va avtomatik baholash tizimlarini joriy etish, ta'lim tashkilotlarining moliyaviy holatini elektron tizimlar orqali nazorat qilish, o'qituvchilar va talabalarning har bir harakatini kuzatish uchun elektron tizimlarni joriy etish. 5. Jamiyatning faolligini oshirish. Korrupsiyaga qarshi kurashishning yana bir muhim jihati — bu jamiyatni faollashtirishdir. Jamiyatdagi barcha qatlamlarni, shu jumladan o‘quvchilar, ota-onalar, jamoat tashkilotlari va davlat idoralarini korrupsiyaga qarshi kurashishga jalb qilish zarur. Bu uchun: Jamiyatda korrupsiyaning zararlarini tushuntirish, ta'limda korrupsiyaga qarshi jamoat kuzatuvchilarini tashkil etish, korrupsiya holatlari haqida shikoyat qilish uchun ishonchli kanallarni yaratish. 6. Korrupsiyaning oldini olishda davlatning roli. Davlat ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olishda markaziy rol o'ynaydi. Davlat tomonidan ta’lim sohasida korrupsiyaning oldini olish uchun: Tegishli qonunlarni ishlab chiqish va ularni joriy etish, ta'lim muassasalarida audit va tekshiruvlarni muntazam o‘tkazish, o'qituvchilar va boshqaruvchilar uchun etika kodeksini joriy etish va unga rioya qilishni ta'minlash, jamiyatni korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etishga rag'batlantirish. Xulosa. Ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish — bu nafaqat adolatli va shaffof ta'lim muhitini yaratish, balki jamiyatning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun samarali qonunlar, shaffof jarayonlar, zamonaviy texnologiyalar va jamiyatning faolligi birgalikda muhim rol o'ynaydi. Korrupsiya ta’lim sifatiga salbiy ta'sir koʻrsatishi va kelajak avlodni noto‘g‘ri yo‘naltirishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun bu muammoni hal qilish jamiyatning har bir a’zosining mas’uliyatidir. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi 419-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonuni. 2. А.В.Кузьмин (2001), Козловских Е.А. Проблемы преодоления коррупции в РФ // Актуальные проблемы антикоррупционной политики на региональном уровне: Материалы региональной научно-практической конференции. СПб.,. C – 165 3. https://anticorruption.uz 4. http://www.ombudsman.uz 5. https://lex.uz/docs/3088008