XORAZM SHAROITIDA SUV HAVZALARI BO'YLAB TURIZM VA DAM OLISH YO'NALISHLARI UCHUN LANDSHAFT-REJALASHTIRISH YECHIMLARI. (SHO'RKO'L MISOLIDA)
Abstract
Mazkur maqolada “Sho‘rko‘l” hududining tabiiy salohiyati tahlil qilinib, turizmni rivojlantirish hamda sohilbo‘yi dam olish yo’nalishlari uchun barqaror shaharsozlik tamoyillari asosida rejalashtirish konsepsiyasi taklif etiladi. Loyihani shakllantirishda ekologik muvozanatni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda landshaft dizaynining innovatsion yondashuvlarini qo‘llashga alohida e’tibor qaratiladi.
Full text
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 9 XORAZM SHAROITIDA SUV HAVZALARI BOʼYLAB TURIZM VA DAM OLISH YOʼNALISHLARI UCHUN LANDSHAFT-REJALASHTIRISH YECHIMLARI. (SHO’RKO’L MISOLIDA) Ro’zmetova Gulnoza Ulug’bek qizi “Smart Building Engineers” MCHJ muhandisi Annotatsiya: Mazkur maqolada “Sho„rko„l” hududining tabiiy salohiyati tahlil qilinib, turizmni rivojlantirish hamda sohilbo„yi dam olish yo‟nalishlari uchun barqaror shaharsozlik tamoyillari asosida rejalashtirish konsepsiyasi taklif etiladi. Loyihani shakllantirishda ekologik muvozanatni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda landshaft dizaynining innovatsion yondashuvlarini qo„llashga alohida e‟tibor qaratiladi. Kalit so‘zlar: “Sho„rko„l”, turizm, landshaft, rekreatsion hudud, geoekologik tahlil. Аннотация: В статье анализируется природный потенциал района «Шуркуль» и предлагается концепция планирования развития туристических и прибрежных рекреационных маршрутов, основанная на принципах устойчивого городского планирования. Проект направлен на поддержание экологичности, сохранение ресурсов и разработку новых продуктов в области ландшафтного дизайна. Ключевые слова: «Шуркуль», туризм, ландшафт, рекреационная зона, геоэкологический анализ. Annotation: This article analyzes the natural potential of the “Shurkul” region and proposes a planning concept for the development of tourism and coastal recreation routes based on the principles of sustainable urban planning. When formulating the project, special attention will be paid to maintaining ecological balance, rational use of natural resources, and the application of innovative approaches to landscape design. Keywords: “Shurkul”, tourism, landscape, recreational area, geoecological analysis. ―Sho‗rko‗l‖ — Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida joylashgan tabiiy sho‗rlashgan suv ombori bo‗lib, nomi uning suv tarkibidagi yuqori miqdordagi mineral tuzlari bilan bog‗liq. Mazkur suv havzasi mintaqaning pasttekislik relyefida, Amudaryo oqimlari va sug‗orish tizimidagi gidrologik o‗zgarishlar natijasida shakllangan. Bunday turdagi sho‗rlangan ko‗llar Xorazm vohasining ayrim qismlarida tabiiy jarayonlar yoki antropogen suv taqsimoti oqibatida paydo bo‗lgan [1]. So‗nggi yillarda olib borilgan statistik tahlillar va geoekologik kuzatuvlar natijalari voha landshaftlarida sezilarli o‗zgarishlar yuz berganini, tabiiy muvozanatning buzilishi esa suv resurslari va tuproq unumdorligiga bevosita ta‘sir ko‗rsatayotganini bildiradi[2,3]. Mazkur holat Sho‗rko‗l havzasining ekologik va rekreatsion salohiyatini ilmiy asosda baholash, uni turizm va landshaft rejalashtirish nuqtai nazaridan tahlil etish zaruratini keltirib chiqaradi. Hududni o‘rganish davomida Xorazm viloyatidagi tabiiy xavflar va atrof-muhit omillari tahlil qilindi. Unga ko‘ra: O‘rtacha yillik harorat +35.5°C dan - 5°C gacha bo‘lib, Namlik – eng sovuq oyda 72%, eng issiq oyda 30% ni tashkil qiladi, suv sathi 1-3 metr chuqurlikda joylashgan, nisbatan past seysmik faollik va atmofera ifloslanishi qisman past darajani tashkil qiladi. Sho‘rko‘l - Uyg‘ur mahallasi hududiga to‘g‘ri keladi(1.1.-rasm) maydoni 40 Ga, hudud aholisi 2599 kishini tashkil qiladi[4 ].
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 10 1.1.-rasm. ―Sho‘rko‘l‖ loyiha taklifining joylashuv o‘rni Koordinatalari:41°14'49.3"N 60°29'51.0"E Loyiha konsepsiyasining asosiy maqsadi - Sho‗rko‗l hududida yil bo‗yi faoliyat yurituvchi, ekologik jihatdan barqaror va iqtisodiy samarali turizm tizimini shakllantirishdan iborat. Ushbu konsepsiya doirasida mahalliy aholini turizm jarayoniga faol jalb etish, tabiiy muhitni muhofaza qilish va barqaror boshqaruv tizimini yo‗lga qo‗yish hamda noyob landshaft va tarixiy merosni hudud brendi sifatida ilgari surish ko‗zda tutilgan. Loyiha vazifalari sifatida tarixiy va zamonaviy infratuzilma elementlarini uyg‗unlashtirish, turli turistik xizmat turlarini bir maskanda jamlash, shuningdek, mahalliy hunarmandchilik va savdo faoliyatini turizm tarmog‗iga integratsiya qilish belgilangan. Bu orqali hududda iqtisodiy faollikni oshirish, yangi ish o‗rinlari yaratish va ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlash maqsad qilingan. Sho‗rko‗l turizm maskanini barpo etish jarayonida bir qator investitsiya loyihalari taklif etilgan bo‗lib, ular hududning ekologik, iqtisodiy va estetik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi: Qayiq bekatlari investitsiya loyihasi: Bosh reja loyihasining markazidagi sun‘iy ko‗l bo'ylab ekologik xavfsiz, kichik tezlikda harakatlanuvchi qayiqlar uchun: maxsus bekatlar barpo etilishi ko‗zda tutilgan (1.2-rasm). 1.2-rasm: a,b - sun‘iy ko‗l bo'ylab qayiq bekatlari а b
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 11 Bu bekatlarning afzalligi shundaki, zamonaviy dizayn va qulay infratuzilmaga ega bo‗ladi, aholi va sayyohlarning dam olishi, sayr qilishi va ko‗l bo‗ylab xavfsiz harakatlanishini ta‘minlaydi, hududning turistik jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. ushbu bekatlar xususiy sektor ishtirokini kengaytirish va investitsiyalarni jalb etish maqsadida investitsiya loyihalari sifatida taklif etilmoqda. Chayla tipidagi kichik mehmon uylari: Bosh reja loyihasida aholi va sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega turizm maskanlarini barpo etish doirasida chayla tipidagi kichik mehmon uylari qurilishi nazarda tutilgan(1.3-rasm). 1.3-rasm: Kichik mehmon uylari: a – chayla tipi, b - o‘tov tipi, c - dacha tipi. Ushbu mehmon uylari qamish bilan yarim o'ralgan, zamonaviy qulayliklar bilan ta‘minlangan holda loyihalashtiriladi hamda qisqa muddatli dam olish uchun eng qulay sharoitlarni yaratadi. Mazkur chayla tipidagi kichik mehmon uylari investitsiya loyihalari sifatida taqdim etilmoqda. Bu orqali tadbirkorlar va xususiy investorlar turizm infratuzilmasini rivojlantirish jarayoniga jalb etiladi, yangi ish o‗rinlari yaratiladi va hududning iqtisodiy salohiyati oshiriladi. Quyosh panellari tizimi investitsiya loyihasi: Taklif loyihasida barcha bino va inshootlarning tom qismida quyosh panellari o‗rnatilishi nazarda tutilgan. Bundan maqsad turizm maskanlarining energiya ta‘minotida barqaror va ekologik toza manbalarni joriy etish bilan birga Elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirib, uzoq muddatli iqtisodiy samaradorlikni ta‘minlash, qishloq hududida yashil energiya texnologiyalarini ommalashtirish hamda ekologik turizm salohiyatini oshirish hamda shu orqali ―Sho‘rko‘l‖ hududi energiya jihatdan mustaqil, ekologik toza va zamonaviy turizm markaziga aylanishi rejalashtirilmoqda (1.4.-rasm). b a c
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 12 1.4.-rasm. ―Sho‘rko‘l‖ loyiha taklifining umumiy ko‘rinishi. Sho‗rko‗l hududida suv havzalari bo‗ylab turizm va dam olish yo‗nalishlarini rivojlantirish bo‗yicha taklif etilgan landshaft-rejalashtirish yechimlari hududning tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatini kompleks rivojlantirishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‗rsatadiki, loyihaning amalga oshirilishi mahalliy aholini turizm jarayoniga faol jalb qilish, ekologik barqarorlikni ta‘minlash va rekreatsion infratuzilmani shakllantirish imkonini beradi. Loyiha ko‗rsatkichlari quyidagicha: Umumiy maydon – 400 000 m²; Qurilish osti maydoni – 19 699 m²; Ko‗kalamzor hudud – 64 060 m²; Yo‗l va yo‗laklar – 76 470 m²; Qum maydoni – 239 771 m². Mazkur rejalashtirish yechimlari Sho‗rko‗l hududida tabiiy landshaftlarni muhofaza qilgan holda zamonaviy rekreatsion muhit yaratish, yil bo‗yi faoliyat yurituvchi turizm tizimini shakllantirish hamda mahalliy aholining bandligini oshirishga xizmat qiladi. Natijada, Sho‗rko‗l ekologik barqaror, iqtisodiy jihatdan foydali va estetik jihatdan jozibador yangi turizm maskaniga aylanishi kutilmoqda. Foydalanildan adabiyotlar: 1. Xojyazova, D. Sh. (2024). ―Ulug‗ Sho‗r ko‗lda turizmni rivojlantirish istiqbollari‖.Экономика и социум (Economics and Society), 7(122), 185–190. [https://www.iupr.ru](https://www.iupr.ru) 2. Khaitbaev, A., Yarashev, K., Karimov, Y., & Nazarov, M. (2024). Anthropogenic transformation of oasis landscapes in Khorezm Province, Uzbekistan: A geoecological analysis. E3S Web of Conferences, ICECAE 2024, 497, 02043. EDP Sciences. /p.3 [https://doi.org/10.1051/e3sconf/202449702043 ] 3. Azizova, B., & Osello, A. (2020). Integration of natural elements into the traditional house (of Khorezm region, Uzbekistan) for the climate improvement. Environmental Engineering-Inženjerstvo okoliša, 7(1), 43-49. 4. O‗zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. (2025). Xorazm viloyati va Yangiariq tumani bo‗yicha rasmiy statistik ma‘lumotlar. [https://stat.uz](https://stat.uz)