scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MA'RIFIY JAMIYAT NIMA: IJTIMOIY-FALSAFIY MULOHAZALAR

V. A. Alimasov

Full text

26 MA’RIFIY JAMIYAT NIMA: IJTIMOIY-FALSAFIY MULOHAZALAR V. A. Alimasov O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti professori DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17444932 Annotatsiya. Ushbu maqolada Ma’rifat, hurfikrlik, plyuralizm "ma’rifiy jamiyatning kosubstansional negizlari sifatida qaralishi, dunyoviy tafakkurning diniy dogmalarga zid tarzda, ilm-fanni yoqlab chiqishi bilan bog‘lanishi, mazkur yondashuvlar e’tiroz uyg‘otmaydi, inson aqlu idrokiga, ilm-fanga, ratsionalizmni ishonish ma’rifat jamiyatining mag‘zi ekanligi yoritilgan. Kalit so‘zlar: Ma’rifiy jamiyat, mutaassiblik, neoteologik yondashuvlar, aqidaparastlik, plyuralizm, demokratizm, antogonizm. "Ma’rifiy jamiyat" atamasining ilmiy iste’molga kiritilishini Yevropadagi uyg‘onish davri (XVXVII asrlar) bog‘lashsa-da, ba’zi mualliflar ma’rifatchilik harakatini Konfutsiylik (er.avv.VI-V asrlar bilan bog‘lashadi. Boshqa bir tadqiqotchilar esa uni XVI asrda boshlangan ilmiy-texnik kashfiyotlar bilan bog‘lashadi. Ma’rifiy jamiyatga bo‘lgan e’tibor mutaassiblik, diniy uyg‘onish, diniy merosga qaytish, transsendentdal qarashlarni mutlaq haqiqat sifatida tiklashga bo‘lgan intilishlarning ta’siri mahsulidir.Neoteologik yondashuvlarni ilm-fanga tadbiq etish ratsional idrokka xavf uyg‘otmoqda.Sovet davrida (1987) respublikamiz aholisining 94 foizdan ziyodi ateistlar edi, 1992 yilga kelib 96foizga yaqin aholimiz islomni e’tiqod qilganini uqtiradi. Qisqa muddat ichida ijtimoiy ongda bunday evrilish, transformatsiya bo‘lishi mumkinmi? Ba’zi yoshlarimizning diniy aqidaparastlik, terrorizm iskanjasiga tushbb qolayotganing negizi shu yerdadir. Bugun ilm-fan, jamiyatimiz taraqqiyoti ilm-fan bilan diniy aqidalar, ratsional bilan transsendentdal, real muammolar bilan irratsional tasavvurlar o‘rtasidagi farqni aniqlab olishga undaydi. Ilm-fan, ratsional, real hayotiy muammolar, substansional mohiyatiga ko‘ra, insonning aqlu idroki, darki va yaratuvchanlik kuchi bilan bog‘liqdir. Insonning aqlu idrokidan tashqaridagi transsendentdal qarashlar his-tuyg‘uga yo‘naltirilgan. Birinchisidan, ratsionalga tayanish kuchli, ikkinchisida --hisga. Birinchisi sinovlarga, eksperimentlarga tayanadi va ikkinchisi -- dogmaga.Birinchisida plyuralizm va demokratizm ustuvor, ikkinchisida avtoritetga sig‘inish, uning so‘zlarini yagona haqiqat deb bilish. Ushbu fundamental farqlar hali ularni antogonizmga aylantirmaydi. Ma’rifiy jamiyat ushbu ikki tomondagi ijobiy-konstruktiv va ma’naviy-axloqiy jihatlarni uyg‘unlashtirish yo‘lidan boradi. 27 Ma’rifiy jamiyatda ma’rifat, bilim, ilm-fan yutuqlarga tayanish usuvordir. Insondagi rvsional-konstruktiv kuchlardan samarali foydalanish, unda o‘ziga, aqlu idrokiga ishonch uyg‘otish ma’rifiy jamiyatdagi yetakchi vazifa bo‘lib qoladi. Agar din shu maqsadda ilm-fan bilan uyg‘unlashsa, diniy-ma’rifiy tadbirlari bilan inson va jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shsa, bu sa’y-harakat qo‘llab-quvvatlanishiga loyiqdir.Dindagi sotsiopedagogik tajribani rad etish navbatdagi ateizmni, dogmaga sig‘inishni keltirib chiqaradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Alimasov V.A. Ijtimoiy-ma’naviy meros va sharqona demokratiya. Toshkent. Noshir – 2013. 2. Soatov G‘. Madaniyatshunoslik asoslari. T., Fan. 2008. 3. Ashirov A. O‘zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari. –T.: 2007