scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

GLOBALLASHUV SHAROITIDA MA'NAVIY-MAFKURAVIY TAHDIDLARNING KUCHAYISHI VA UNGA QARSHI IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH ZARURIYATI.

Omonov Bahodir Nurillayevich

Full text

34 GLOBALLASHUV SHAROITIDA MA’NAVIY-MAFKURAVIY TAHDIDLARNING KUCHAYISHI VA UNGA QARSHI IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH ZARURIYATI. Omonov Bahodir Nurillayevich ShDPI Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri falsafa fanlari doktori (DSc), professor. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17444938 Annotatsiya: Ushbu maqola globallashuv jarayonida ma'naviy-mafkuraviy tahdidlarning kuchayishi va unga qarshi immunitetni shakllantirish zarurligini tahlil qiladi. Maqolada globallashuvning ijobiy va salbiy tomonlari, ma'naviy-mafkuraviy tahdidlarning mohiyati va xususiyatlari, yoshlar ongiga ta'sir etuvchi omillar, milliy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish, ma'naviy immunitetni shakllantirishning uslub va vositalari, shuningdek, fuqarolik jamiyatining bu jarayondagi roli ko'rib chiqiladi. Maqolada ma'naviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish va yosh avlodni tarbiyalash borasida tavsiyalar beriladi. Kalit so'zlar: Globallashuv, ma'naviy tahdidlar, mafkuraviy tahdidlar, ma'naviy immunitet, milliy qadriyatlar, yoshlar, axborot xavfsizligi, ma'rifat, tarbiya, fuqarolik jamiyati. Globallashgan jamiyat shiddat bilan odimlamoqda. Bugungi kun ham, kelajak ham global jamiyat ta’sirida kechishi ilmiy jihatdan o‘z isbotini topgan. Uning butun insoniyat hayotini farovonlashtirishdagi xizmati beqiyos. Globallashgan jamiyat – butun dunyo mamlakatlari, xalqlari va madaniyatlari o‘zaro bog‘langan, hamorlikda yashaydigan va faoliyat olib boradigan jamiyatdir. Globallashuvning asosiy xususiyatlari: axborot almashinuvining tezligi, iqtisodiy bog‘liqlik, madaniyatlarning o‘zaro aralashishi, xalqaro hamkorlik, migratsiya va harakat erkinligini tashkil etadi. Afzalliklari: birinchidan, ilmiy va texnologik rivojlanishni tezlashtiradi; ikkinchidan, yangiliklar va bilimlarni butun dunyo bo‘ylab tarqalishiga xizmat qiladi; uchinchidan iqtisodiy imkoniyatlarni yaratadi; to‘rtinchidan, madaniy xilma-xillikni oshiradi; beshinchidan, siyosiy hamjihatlikni mustahkamlaydi; oltinchidan, erkinlikni va inson huquqlarini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu jihatdan qaraganda, globallashgan jamiyatga – dunyo mamlakatlari va insonlarining o‘zaro bog‘liqligi kuchaygan, axborot, iqtisod, madaniyat va boshqa sohalarda chegara bilmaydigan jamiyatdir. Umumiy ma’noda aytganimizda, globallashgan jamiyat – hayot sur’atlarini tezlashtirish 1 ga qaratilgan umummilliy faoliyat jarayonidir. Hayot sur’atlarining tezlashishi zamonaviy jamiyatda insonlarning kundalik faaoliyati, ishlash, muloqot qilish va axborot olish jarayonlarining ilgarigiga nisbatan ancha tez oshishini anglatadi. Boshqacha aytganda, bu inson hayotida vaqt juda 1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: “Маънавият”, 2016. –Б.111. 35 qimmat bo‘lib qolishi va barcha jarayonlarning jadal sur’atda kechishidir. Hayot sur’atlarining tezlashishi bir tomondan, kundalik xalqlar turmush-tarzi sifatini oshirayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan insoniyat uchun turli xavflarni kuchayishiga ham zamin hozirlamoqda. Mana shu xavflar tarkibida ma’naviy-mafkuraviy tahdidlar insoniyat ongini manipulyasiya qilishga, xalqlar madaniyatini o‘zgartirishga, mafkuraviy qullikda saqlashga qaratilgan xurujlarda namoyon bo‘lmoqda. Dunyoning ko‘plab mintaqalari mana shu tahdidlar iskanjasida qolmoqda. Aslida, globallashish imkoniyatini keltirib chiqaruvchi har bir jarayonlardan foydalanish tizimi kundan-kunga ommalashmoqda. Ko‘plab maxsus geosiyosiy institutlar faoliyatining natijasi bo‘lgan ma’naviy tahdidlarning turlari XXI asrda ancha “sermahsul” bo‘lib bormoqda. Avvaliga “Amerika madaniyati”ni g‘arbga, “G‘arb madaniyati”ni (g‘arblashtirish) jahonga tarqatish orqali “Hokimlik”ka erishishni davo qiluvchi kuchlarning harakat doirasining kengayishi ushbu tahdidlarga poydevor va moliyaviy tayanch vazifasini o‘tamoqda. Geosiyosiy kuchlar barcha jarayonlarni nazorat qilish uchun uzun va qisqa halqalarni tashkil etish, yangi hamkor jamoalarni tashkillashtirish, ularni rag‘batlantirish asosida ko‘p tomonlama (bitta harakat ko‘p tomonlama foyda berishi, masalan, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy, siyosiy va h.k.) harakatni rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Bu harakat dasturlar siyosiy kuchlar uchun foyda berishi boshqa mintaqa va xalqlarga misli ko‘rilmagan fojealarni keltirish evaziga bo‘ladi. Avvaliga, xuddiki jozibador ko‘rinadigan (aslida ahloqsizlikni targ‘ib qiluvchi) modalar (kiyim-kechak, pardozlar) ishlab chiqiladi. Bu mahsulotlar tezda ommalashishi, ma’naviyatga jiddiy ta’sir o‘tkazishi shart qilib qo‘yiladi. Mahsulotning ommalashishi juda katta iqtisodiy foyda keltiradi. Bunda raqamlar e’tiborga olinadi. Masalan, million yoki milliardlarga qo‘yiladigan bir yoki ikki dollarning natijasi shunga qarab boraveradi. Agar mahsulot ommalashishi qiyin kechadigan bo‘lsa maxsus kishilar yollanadi va kiyim reklama qilinadi. Natija yaxshi bo‘lmasa, unda ba’zi maxsulotlarga sun’iy ravishda ma’lum muddatga cheklovlar joriy etiladi va shu asosda mahsulot majburiy sotishga harakat qilinadi. Ma’lum vaqt o‘tishi natijasida mahsulot obyektiv ravishda ommalashadi. Chunki mahsulot iste’mol qilinishi natijasida ko‘zga singishib ketadi. Shu asnoda ma’naviyatga ta’sir etish jarayoni boshlab beriladi. Ma’naviyatga ta’sir etishi insonni, xalqlarni ongini egallaydi. Insonda odobahloq, sharm-hayo, or-nomusni yo‘qolishiga olib keladi. Bu tuyg‘ularni yo‘qolishi insonning insoniylik fazilatlaridan mahrum qiladi. Tafakkur izdan chiqadi. Bir yoqlama qarash, befarqlik kuchayadi. Natijada boshqa kuchlar boshqaruv (ongni 36 boshqarish)ni to‘liq izmiga oladi. Keyingi bosqichlarda ishlab chiqilayotgan mahsulotlarni sotishda murakkabliklar yuzaga kelmaydi. Shu sababli turli hil prichyoskalar (muayyan shakl), harakatlar tez ommalashadi. Yana oddiy misol sifatida shuni ta’kidlash kerakki, Markaziy Osiyo mintaqasi aholisida keyingi vaqtlarda soqol qo‘yish (erkaklarda) modaga aylanmoqda. Buni ham ma’naviy xurujlarning bir turi sifatida qarash mumkin. Bir nechta mashhur kelishgan shaxslar tanlab olinadi (katta miqdorda pul to‘lash evaziga) va soqol qo‘yish taklif etiladi. Ular ma’lum vaqtgacha buyurtmani bajarishadi. Qarabsizki tez orada ularga o‘xshaganlarni soni ko‘payadi va ommalashadi. Umuman olganda ma’naviy-mafkuraviy tahdidlar “kosmopolitizm” (dunyo fuqarosi)ni shakllantirish evaziga hukumronlik qilish siyosatini keltirib chiqarishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu esa, inson ongi-tafakkurini egallashning turli unsurlari ko‘payib borayotganligi milliy, mintaqaviy, global tahdidlarga qarshi kurash chorasi zarurligini ko‘rsatadi. Insoniyat avvalo, ma’naviy-mafkuraviy tahdid tushunchasi, mazmun-mohiyati, nima maqsadga yo‘naltirilganligini to‘la anglab yetishi zarur. “Ma’naviy tahdid” iborasi ikki so‘z birikuvidan iborat: ma’naviyat va tahdid. “Ma’naviyat” deganda insonning ichki dunyosi, ongi va qalbi nazarda tutiladi. “Tahdid” deganda esa hadik, ya’ni tajavuz qilish, yo‘ldan chiqarishga asoslangan xavf-xatar majmui tushuniladi 2 . Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim 3 . Ma’naviy tahdidlar inson hayotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri daxl qiladi va jamiyat taraqqiyotiga zarar keltiradi. Jamiyatning jamiyatga ko‘rsatadigan ma’naviy zarari ta’sirning eng falokatli ko‘rinishlaridan bo‘lib, buning natijasida bir jamiyatda mavjud o‘ziga xos ma’naviy qadriyatlar butunlay barham topib, ma’lum bir ma’naviy madaniyat yo‘qolib ketadi va uning o‘rniga o‘zga jamiyat ma’naviy qadriyatlari hukmron mavqega ko‘tariladi. Masalan, Yevropa xalqlarining Amerika qita’siga kirib borishi mahalliy aholining moddiy-ma’naviy qadriyatlari yo‘qolishiga yoki yagicha ma’naviyatni qabul qilishiga majbur etdi. Jamiyatning jamiyatga, insonning jamiyatga yoki jamiyatning insonga ma’naviy zarari ikki xil yo‘l bilan yetkazilishi mumkin: birinchidan, inson yoki jamiyat tomonidan ixtiyoriy qabul qilinishi va u 2 Тўраев Ш. Маънавий таҳдид: фалсафий талқин. -Т.: “Муҳаррир”, 2010.-Б.3-4. 3 Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т.: “Маънавият”, 2008. –Б.13-14. 37 natija bergandagina zararli ekanligi anglanishi mumkin. Ikkinchidan, kuch ishlatish vositasida yetkazilishi va uning ma’naviy zarar ekanligi boshidayoq ma’lum bo‘ladi. Yetkazilgan ma’lum ma’naviy zararlarga qarshi kurashish va ularni bartaraf etish mumkin. Ba’zi ma’naviy zararlarni bartaraf etish imkoniyati bo‘lmaydi. Tuzatishga urinish taraqqiyotni ortga surishi bilan teng bo‘lishi mumkin, bunday vaziyatda voz kechilayotgan ma’naviy qadriyatlarni tiklashga imkoniyat qolmaydi 4 . Ma’naviy tahdidlar mafkuraviy, g‘oyaviy, informatsion turlarga bo‘linadi. Mafkuraviy tahdidlar keng qamrovli va uzoqni ko‘zlovchi xususiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Mafkuraviy tahdidlarning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: milliy qadriyatlarni kamsitish, milliy ahloq qoidalarini inkor qilish, mutadil qarashlarni pisand qilmaslik, muayyan mafkuraviy markaz yo‘rig‘iga yuritish, kosmopolit qoidalarini maqtash, yot g‘oyalar va dunyoqarashni mutloq haqiqat sifatida targ‘ib qilish. G‘oyaviy tahdidlar inson ma’naviy olamida yot g‘oyalar, qarashlar va maqsadmuddaolarni shakllantirishga urinadi. G‘oyaviy tahdidlarning quyidagi ko‘rinishlari jamiyatda aks etmoqda: axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik, egotsentrezim, individualizm, “ommaviy madaniyat”, milliy davlatning тaraqqiyot modeliga ishonchsizlik o‘yg‘otish, millatlararo nizolarni keltirib chiqarishga urinish, iqtisodiy tanglik joriy qilish, qo‘shni davlatlarni bir-biriga qayrash, yoshlarni ongini zaharlash. Informatsion tahdidlar insonning ijtimoiy ongini noto‘g‘ri shakllantirish va shu tariqa o‘zligiga ega bo‘lmagan olomonni tarkib toptirishni ko‘zlaydi. Informatsion tahdidlar asosan internet vositasida chetdan turib uyushtirilmoqda va uning asosiy ko‘rinishlari quyidagilardir: davlatning milliy siyosatini atayin tanqid qilish, soxta xabarlar tarqatish, kichik muammoni bo‘rttirib tasvirlash, muxoliflarni gij-gijlash, rahbarlarni adolatsiz qilib ko‘rsatish, milliy qadriyatlarni noto‘g‘ri talqin qilish, yoshlarni chalg‘itish 5 . Bugungi kunda ma’naviy tahdidlar geosiyosiy xuruj sifatida izohlanadi. Shu sababli, barcha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar ma’naviy tahdidlarga qarshi qonunchilik tizimini shakllantirgan va rivojlantirmoqda. Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etishi 6 – shiori takomillashmoqda. Ayni damda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin 4 Қаранг: Равшанов Ф. Маънавий тараққиётга таҳдидлар. –Т.: “Муҳаррир”, 2010. –Б.8-9. 5 Қаранг: Тўраев Ш. Маънавий таҳдид: фалсафий талқин. -Т.: “Муҳаррир”, 2010. -Б.4-7. 6 Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т.: “Маънавият”, 2016. –Б.119. 38 zararni hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin 7 ligini anglash – jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlaydi. Xulosa qilib aytganda, ma’naviy-mafkuraviy tahdidlar bugungi kun va kelajakka doimiy rahna soluvchi murakkab jarayon bo‘lib, unga qarshi immunitetni shakllantirish ijtimoiy-siyosiy zaruriyatdir. Bular quyidagilarda: birinchidan, ma’naviy-mafkuraviy tarbiyani mustahkamlash, ta’lim muassasalarida tarbiya tizimini samarali tashkil etish, milliy qadriyatlar, ijtimoiy fanlar va din asoslariga oid bilimlarni yoshlarga chuqur o‘rgatishda; ikkinchidan, OAV va internet makonida ijobiy kontent yaratish, yoshlar iste’mol qilayotgan axborotlarni tahlil qilish va sog‘lom, konstruktiv kontent bilan axborot makonini to‘ldirish, feyk va buzg‘unchi axborotlarga qarshi oqilona media savodxonlikni oshirishda; uchinchidan, oila institutining rolini kuchaytirish, oila orqali yoshlarda milliy g‘urur, Vatanparvarlik va ma’naviy daxldorlik hissini shakllantirishda; to‘rtinchidan, davlat va nodavlat institutlari hamkorligini kuchaytirish, har bir hududdagi ijtimoiy-siyosiy muhitni muntazam o‘rganib, tahdidlarga qarshi profilaktik choralar ko‘rishda; beshinchidan, yoshlarni faol hayot tarziga jalb qilish, ijtimoiy faolllik, tadbirkorlik va innovatsiyaga bo‘lgan qiziqishni oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishda amalga oshadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: “Маънавият”, 2016. 2. Тўраев Ш. Маънавий таҳдид: фалсафий талқин. -Т.: “Муҳаррир”, 2010. 3. Равшанов Ф. Маънавий тараққиётга таҳдидлар. –Т.: “Муҳаррир”, 2010. 7 Ўша асар. –Б.115.